Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.6K subscribers
14.1K photos
2.04K videos
13 files
6.18K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
#Andijon_viloyati

Nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

🚛 Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishida vazn va hajm parametrlarini samarali nazorat qilish maqsadida qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

❗️Avtomobil transportida nazorat Andijon viloyati hududiy bo‘limi inspektorlari Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda 44-YPX maskanida yuk transport vositalarining vazn parametrlari belgilangan me’yorlarga mosligi tekshiruvdan o‘tkazilyapti.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jamoat transportida yo'l haqini to'lashning qulay usulidan foydalaning

📲 Buning uchun ATTO mobil ilovangizdagi "QR-kod orqali to'lash" panelga o'tib, avtobus yoki metroni tanlang.

Shundan so'ng validatordagi QR-kodni skaynerlab yo'l haqi uchun to'lovni tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.
Transport vaziri Ilhom Maxkamov «Oq Ko‘prik», «Chuqursoy», «Xamza» va «Sergeli» stansiyalarining faoliyati, yuklarni qayta ishlash jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur stansiyalarda yuk operatsiyalarini amalga oshirish jarayoni, yuk poyezdlarini tekshirish va ko‘rikdan o‘tkazish, vagonlarni saralash, yuk hujjatlarini rasmiylashtirish, yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchilarga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida stansiyalarning o‘tkazuvchanlik va yuk tashish quvvatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qurilish, ekologiya va transport sohalaridagi ustuvor vazifalar xususida mas'ullar bilan jonli muloqot


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 2024 йилда таълим, соғлиқни сақлаш, рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларида амалга оширилиши лозим бўлган устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в сферах образования, здравоохранения, цифровизации, культуры и спорта на 2024 год.

Facebook|Instagram|X
#Buxoro_viloyati

“Buxoro va Kogon shaharlarida jamoat transporti tizimida yo‘lovchilar tashish tariflarini belgilash to‘g‘risida” viloyat hokimining qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan Buxoro va Kogon shaharlarida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti (avtobus va yo‘nalishli taksi)larda yo‘lovchilar tashish xizmatlarining bir martalik cheklangan tarifi (yo‘l kira haqi) 2000 (ikki ming) so‘m etib belgilandi.
Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabarlar yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Jurnalist Muhammadjon Obidovning 2024-yil 2-fevral kuni O‘zA milliy axborot agentligida e’lon qilingan “Uchko‘prik – Kenagas” yo‘nalishida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxona faoliyati bo‘yicha e’lon qilingan jurnalistik surishtiruvida ko‘tarilgan masalalar hamda ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati transport boshqarmasi faoliyati bo‘yicha tanqidiy xabarlar yuzasidan Transport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Omarov hamda Transport nazorat inspeksiyasi rahbari J.Karimovlar ishtirokidagi maxsus ishchi guruh tomonidan 3–4-fevral kunlari viloyat transport boshqarmasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

O‘rganish ishlari davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan vazirlik markaziy apparati, inspeksiya hamda hududiy transport boshqarma va nazorat qilish bo‘limi rahbar va ishchi xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Tekshiruv xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.