Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.7K subscribers
14K photos
2.02K videos
13 files
6.12K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | O‘zbekiston Respublikasining «Yo‘l harakati to‘g‘risida»gi Qonuniga sharh


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Pekin shahrida Transport vazirligi delegatsiyasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi aviatsiya ma’muriyati o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasiga ko‘ra har ikki mamlakat uchun manfaatli bo‘lgan muhim kelishuvning yakuniy matni bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinib, kelishuv bayoni imzolandi.

Ushbu kelishuv bayoni tomonlar o‘rtasida aviaqatnovlar hajmini haftasiga 100 taga (har ikki mamlakat aviakompaniyalari tomonidan 50 tadan) olib chiqish, parvozlar geografiyasini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston va Xitoy aviakompaniyalari uchun ikki mamlakatning istalgan shaharlariga parvoz etish imkoniyatini yaratish (hozirda parvozlarni amalga oshirish uchun 7 ta shahar belgilangan), shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi 3 ta aviakompaniyalar sonini cheksiz aviakompaniyalarga o‘zgartirishni nazarda tutadi.

Batafsil
Toshkent davlat transport universiteti Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan ta’lim forumi doirasida Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan Tyanzin dengizchilik kolleji va Tyanzin jahon tillari universiteti bilan memorandum imzoladi.

Tyanzin dengizchilik kolleji bilan imzolangan memorandumga ko'ra “Lu Ban ustaxonasi”ning qurilish ishlarini yangi bosqichga chiqarish, laboratoriyaning qurilish ishlarini joriy yil yakuniga qadar yakunlash hamda kerakli texnik jihozlar bilan laboratoriyani ta’minlash rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, transport infratuzilmasini rivojlantirish borasida laboratoriyada olib boriladigan sohalar bo‘yicha Xitoy tajribasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Batafsil
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda yangi yo‘nalishda yuk tashuvlarini amalga oshirish boshlandi.

Mazkur yangi savdo yo‘li O‘zbekistonni Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Sindao shahri bilan bog‘lab, yuk tashuvlarini tez, tejamkor va xavfsiz amalga oshirish imkonini bermoqda.

Ushbu yangi savdo yo‘lagi orqali yuklar avtomobil transportida “eshikdan eshikkacha” tamoyili asosida qisqa vaqtda o‘z egalariga yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida Transport vazirligi haydovchilarning viza olish, tashuvlarni amalga oshirish uchun xalqaro ruxsatnoma blankalari bilan taʼminlash, xorijiy davlatlar bojxona nazoratidan o‘tish jarayonida vujudga kelayotgan masalalarni qisqa fursatlarda hal qilishda korxonalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatmoqda.

Batafsil
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Samarqand shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bog‘liq infratuzilmani yaratish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-37, 22.01.2024-y.) qabul qilindi.

YeTTB bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "Samarqand shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bog‘liq infratuzilmani yaratish” loyihasi doirasida 100 dona YUTONG elektrobuslari va 50 ta quvvatlash qurilmasi xarid qilinadi.

Loyiha doirasida xarid qilinadigan elektrobuslar va quvvatlash qurilmalari xususiy sektorga (tashuvchilarga) eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan moliyaviy ijaraga beriladi.

Xarid qilinadigan elektrobuslar loyiha doirasida tanlab olingan muntazam shahar avtobus yo‘nalishlariga brutto-shartnoma asosida, istisno tariqasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 7 yil muddatga biriktiriladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Urganch – Xiva – Urganch” yo‘nalishidagi trolleybuslarda elektron toʼlov tizimi ishga tushirildi


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashilgan tranzit yuklarning hajmi qariyb 11,3 mln tonnani tashkil etgan.

🚂Tranzit yuklarning 9,2 mln tonnasi temir yo‘l transporti orqali (jami yuk hajmiga nisbatan 81,3 %) tashilgan.

🚛 Tranzit yuklarning 2,1 mln tonnasi (jamiga nisbatan 18,7 %) avtomobil transporti orqali tashilgan.
24-yanvar kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash
marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Qo‘shma bayonot imzoladilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi qamrovi kengaymoqda

2023-yilda poytaxt va viloyatlar jamoat transportida ATTO to'lov tizimi orqali 369,8 million tranzaksiya amalga oshirildi. (2022-yilga nisbatan 65,2% ga o'sdi)

2023-yil davomida transport kartalari orqali 118 226 283 tranzaksiya amalga oshirilgan bo‘lsa, shundan 54 008 581 tasi tarifli kartalar orqali amalga oshirilgan.

Batafsil


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |