Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.7K subscribers
13.2K photos
1.93K videos
12 files
5.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
Download Telegram
Buxoro shahri transport tizimini rivojlantirish modeli muhokama etildi

Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov Transport vazirligi huzuridagi Transport muammolarini o‘rganish markazi rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda Buxoro shahri transport tizimini kompleks rivojlantirish konsepsiyasi muhokama etildi.

Loyihada shaharda jamoat transporti jozibadorligini oshirish, samarador yo‘nalishlar tarmog‘ini yaratish, chorrahalar parametrlarini qayta ko‘rib chiqish, axborot navigatsiya va yo‘l belgilari, aqlli svetaforlar o‘rnatish, yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, tezlik cheklangan va avtomobilsiz hududlar joriy etish, bir tomonlama harakat tizimini yo‘lga qo‘yish kabi transport tizimi bilan bog‘liq masalalar o‘rin egallagan.

Loyiha Toshkent davlat transport universiteti professori Shavkat Hakimov boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Гулистон шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирокида Халқ депутатлари Сирдарё вилояти кенгашининг сессияси бўлиб ўтди.

В городе Гулистане с участием Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялась сессия Сырдарьинского областного Кенгаша народных депутатов.

#Mirziyoyev #Sirdaryo #sessiya #tashkiliymasala

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Toshkentga 233 ta avtobus va elektrobuslar olib kelindi

Xabaringiz bor Prezidentimizning topshiriqlari bilan Toshkent shahri jamoat transporti uchun 1000 dona avtobus olib kelinishi belgilangan edi.

Bugun “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida “Toshshahartransxizmat” AJ harakat tarkibini yangilash maqsadida Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan avtobus va elektrobuslarning birinchi partiyasini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Toshkentga 233 ta avtobus va elektrobuslar olib kelindi

Tantanali tadbirda vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchilik vakillari, yoshlar faollari ishtirok etishdi.

Olib kelingan avtobuslarning birinchi partiyasi 233 dona bo‘lib, shundan 100 tasi YUTONG elektrobuslari, 103 tasi uzunligi 12 metr bo‘lgan siqilgan tabiiy gazda harakatlanuvchi YUTONG avtobuslari, 30 tasi esa o‘ta katta sig‘imli KingLong avtobuslaridir.

Prezidentning tegishli qaroriga (PQ–59-son, 16.02.2023-y.) muvofiq Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobus hamda 300 ta 12 metrli elektrobuslar olib kelinadi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |