Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.7K subscribers
14K photos
2.03K videos
13 files
6.14K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида янги уй-жой қурилиши ва 2023 йилги ипотека дастури бўйича устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам строительства нового жилья и приоритетам ипотечной программы на 2023 год.

#Mirziyoyev #videoselektor #qurilish #ipoteka

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Buxoro shahri transport tizimini rivojlantirish modeli muhokama etildi

Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov Transport vazirligi huzuridagi Transport muammolarini o‘rganish markazi rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda Buxoro shahri transport tizimini kompleks rivojlantirish konsepsiyasi muhokama etildi.

Loyihada shaharda jamoat transporti jozibadorligini oshirish, samarador yo‘nalishlar tarmog‘ini yaratish, chorrahalar parametrlarini qayta ko‘rib chiqish, axborot navigatsiya va yo‘l belgilari, aqlli svetaforlar o‘rnatish, yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, tezlik cheklangan va avtomobilsiz hududlar joriy etish, bir tomonlama harakat tizimini yo‘lga qo‘yish kabi transport tizimi bilan bog‘liq masalalar o‘rin egallagan.

Loyiha Toshkent davlat transport universiteti professori Shavkat Hakimov boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Гулистон шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирокида Халқ депутатлари Сирдарё вилояти кенгашининг сессияси бўлиб ўтди.

В городе Гулистане с участием Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялась сессия Сырдарьинского областного Кенгаша народных депутатов.

#Mirziyoyev #Sirdaryo #sessiya #tashkiliymasala

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Toshkentga 233 ta avtobus va elektrobuslar olib kelindi

Xabaringiz bor Prezidentimizning topshiriqlari bilan Toshkent shahri jamoat transporti uchun 1000 dona avtobus olib kelinishi belgilangan edi.

Bugun “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida “Toshshahartransxizmat” AJ harakat tarkibini yangilash maqsadida Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan avtobus va elektrobuslarning birinchi partiyasini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |