Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.6K subscribers
14.1K photos
2.04K videos
13 files
6.18K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
🌸 Navro‘z – yangi kun, yil boshi, yangilanish va yasharish bayrami!

Transport vazirligi jamoasi yurtdoshlarimizni qadimiy qadriyatlarimiz tarovati – yangilanish, yasharish fasli, bahor bayrami bo‘lmish Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi!

Barchamiz uchun sevimli va qadrli bo‘lgan ushbu ayyom jumlai olamga, yurtimizga, shaharlarimizga xayrli va barakali, qutlug‘ kelsin!

Tinchligimiz barqaror bo‘lsin, har bir xonadon shodlikka to‘lsin!

Navro‘z ayyomi muborak!


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz |Telegram | Facebook |Instagram |
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида "Янги Ўзбекистон" боғида Наврўз шодиёнаси бўлиб ўтмоқда. Давлатимиз раҳбари нутқ сўзлаб, халқимизни байрам билан табриклади.

В парке "Янги Узбекистон" с участием Президента Шавката Мирзиёева проходят торжества, посвященные Наврузу. Глава нашего государства выступил с речью и поздравил наш народ с праздником.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Наврўз умумхалқ байрамига бағишланган тантанали маросимдаги табрик нутқи

Приветственное слово Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжествах, посвященных всенародному празднику Навруз

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#SILK_AVIA_ATR72_600

Silk Avia milliy aviakompaniyasining birinchi samolyoti Toshkentga
kelib qo‘ndi

Bugun, 21-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:30 da “Silk Avia” mintaqaviy milliy aviakompaniyasining birinchi samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo’ndi.

An’anaga ko‘ra havo kemasi tantanali ravishda suv arkasi, ekipaj a’zolari karnay-surnay sadolari ostida gular bilan kutib olindi.

Yo‘lovchi sig‘imi 70 kishilik ATR 72-600 samolyoti dunyodagi eng mashhur qisqa masofaga uchuvchi samolyotlardan biri hisoblanadi. Airbus A320 ga nisbatan to‘rt baravar kam yoqilg‘i sarflaydigan xavfsiz va tejamkor, arzon samolyot yo‘lovchilarga hamyonbop narxda ishonchlilik va qulaylikni taqdim etadi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz |Telegram | Facebook |Instagram |