Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.8K subscribers
13.4K photos
1.95K videos
12 files
5.91K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
Download Telegram
Қоҳирадаги “Ал-Иттиҳодия” саройида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Миср Араб Республикаси Президенти Абдулфаттоҳ ас-Сисининг музокаралари бўлиб ўтди.

Во дворце “Аль-Иттихадия” в Каире состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Арабской Республики Египет Абдельфаттаха ас-Сиси.

#Mirziyoyev #tashrif #Misr #muzokaralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Олий даражадаги Ўзбекистон-Миср музокаралари якуни бўйича ҳужжатлар имзолаш маросими бўлиб ўтди.
Давлат раҳбарлари сиёсий, савдо-иқтисодий, инвестиция, маданият ва таълим соҳаларидаги ҳамкорликни кенгайтиришга қаратилган Қўшма баёнотни қабул қилдилар.

По итогам узбекско-египетских переговоров на высшем уровне состоялась церемония подписания документов.
Главы государств приняли Совместное заявление, направленное на расширение сотрудничества в политической, торгово-экономической, инвестиционной, культурной и образовательной сферах.

#Mirziyoyev #tashrif #Misr #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekiston Suriyaga 50 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami yubordi

Bugun, 21-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Suriya Arab Respublikasining zilziladan jabr ko‘rgan aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi.

Insonparvarlik yordami yuki ro‘yxatiga bolalar va kattalar uchun kiyimlar, maishiy texnika vositalari, chidamli oziq-ovqat konservalari, quruq mevalar, yarim tayyor ovqatlar, chaqaloqlar bo‘tqasi, odyol va yostiqlar, gigienik vositalar to‘plami singari hayotiy zarur vosita va mahsulotlar kiritilgan.

🎥 https://youtu.be/1BaK13C6oGE

📍 https://uza.uz/posts/456224


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

BAAning aviatsiya sohasi kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev BAAga amalga oshirgan xizmat safari davomida mamlakatning aviatsiya sohasi korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Emirates Engineering vitse prezidenti, Dubay Aviatsiya agentligi direktori, BAA Aviatsiya rahbari o‘rinbosari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda mamlakatlarimiz o‘rtasida tuzilgan Aviatsiya bitimining yangi izohini IKAOning yangi talablari bo‘yicha ishlab chiqish, o‘zaro amalga oshirilayotgan parvozlar geografiyasini kengaytirish, Uzbekistan Airways Technics xodimlarini va Transport Universiteti talabalarini BAA o‘quv dasturlariga qabul qilish va malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatishga kelishib olindi.

Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида тармоқ ва соҳаларда ҳамда ҳудудларда рақамлаштириш жараёнларини жадаллаштириш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам ускорения процессов цифровизации в сферах и отраслях, а также в регионах.

Facebook|Instagram|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo_viloyati

🚌 Surxondaryo viloyatda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |