Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.8K subscribers
13.3K photos
1.95K videos
12 files
5.9K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
Download Telegram
#Andijon_viloyati

❄️ Anomal sovuq sharoitida hududlarda jamoat transporti harakati uzluksizligini ta`minlash borasida zarur choralar ko‘rilmoqda

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar transport vositalari belgilangan AGTKSh larida yoqilg‘i bilan ta’minlanib, erta tongdan o‘z yo‘nalishlarida faoliyat yuritishga chiqarilmoqda.

Viloyat transport boshqarmasi tomonidan yo‘nalishlarda avtobus va mikroavtobuslar qatnovini uzluksiz tashkil etish nazoratga olingan.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Samarqand_viloyati

Viloyat transport boshqarmasi xodimlari tomonidan aholiga transport xizmatini ko‘rsatuvchi yo‘nalishli taksi haydovchilari o‘rtasida yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Tadbir davomida transport vositalarining texnik holatiga jiddiy e’tibor qaratilib, yo‘lovchi tashish uchun qo‘yilgan talablar ijrosini ta’minlash, korxonalarning tender talab va shartlariga rioya qilgan holda faoliyat olib borishi nazorat qilinmoqda.

Shuningdek, tashuvchilar tomonidan yo‘l kira narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborish holatlarining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Surxondaryo_viloyati

🚌 Yurtimizda hukm surayotgan izg‘irin ob-havo sharoitida jamoat transporti, ayniqsa, avtobuslar qatnovi muntazamligini ta’minlash, yo‘lovchilarni o‘z manzillariga xavfsiz yetkazib qo‘yish bo’yicha zarur choralari ko‘rilmoqda.

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar transport vositalari belgilangan AGTKSh larida yoqilg‘i bilan ta’minlanib, erta tongdan o‘z yo‘nalishlarida faoliyat yuritishga chiqarilmoqda.

🚍Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug ‘ullanuvchi korxonalar tomonidan viloyatdagi barcha jamoat transportlari yo‘nalishlarida qatnovlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat transport boshqarmasi inspektorlari tomonidan harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘lkira narxlarining asossiz oshib ketmasligi bo‘yicha doimiy profilaktik tadbirlar olib borilayapti.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Hurmatli yo`lovchilar, o`quvchi va talabalarning qishki ta'til davri 2023-yilning 23-yanvar sanasigacha uzaytirilishi munosabati bilan talabalarga shuni ma'lum qilmoqchimiz:

Chegirma asosida xarid qilingan chiptalarni temir yo’l chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz saytida qaytarishingiz mumkin.
Chipta 100% qiymatda qaytariladi.

Chiptalarni qaytarishda:
Elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz sayti orqali "Chiptalarni qaytarish" bo`limidan foydalanasiz. Chiptani qaytarishga rozilik bildirganingizdan so`ng, chipta summasi 24 soat ichida chipta xarid qilingan plastik kartangizga qaytariladi.

Temir yo`l chiptaxonalaridan xarid qilingan chiptalarni qaytarishda chiptaxonalarga murojaat qilishingiz va chipta summasini to`liq olishingiz yoki boshqa sanadagi poyezdga chiptani almashtirishingiz mumkin.

Talabalarga eslatib o`tamiz, chiptalarni 23-yanvar sanasigacha 50% chegirma asosida xarid qilishingiz mumkin!

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

️Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
📨Murojaat uchun

👉🏻
Кириллда
👉🏻Статья на русском
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Singapurning PSA International kompaniyasi bilan transport va logistika sohasida hamkorlik bitimi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida Transport vaziri Ilhom Maxkamov va PSA International kompaniyasi bosh direktori Van Chi Fo o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralarda tomonlar transport va logistika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish masalalarini muhokama etishdi hamda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

- raqamli savdo va logistika platformasi tizimini joriy etish;

- mamlakatimizda quruq portlar va logistika infratuzilmasini rivojlantirish hamda yangilarini birgalikda qurish;

- transport-logistika markazlarini qurishda tajriba almashish va o‘zbek mutaxassislarini ushbu sohada Singapurda malakasini oshirish va boshqalar.

Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Сингапурга давлат ташрифи доирасида Ли Куан Ю номидаги Давлат сиёсати мактабига ташриф буюрди ва ишбилармон доиралар вакиллари билан учрашув ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в рамках программы государственного визита в Сингапур посетил Школу государственной политики имени Ли Куан Ю и провел встречу с представителями деловых кругов.

#Mirziyoyev #tashrif #Singapur #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
“Toshkent – Termiz – Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Qishki ta’til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan “Toshkent – Termiz – Toshkent” yo‘nalishiga qo‘shimcha 1 ta reysga qatnovlar qo‘yildi. Poyezd harakat jadvali quyidagicha.

2023-yilning 21-yanvar kuni 158-sonli “Toshkent – Termiz” yo‘nalishi:

Toshkent 21:42 – Termiz 11:41

2023-yilning 22-yanvar kuni 157-sonli “Termiz – Toshkent” yo‘nalishi:

Termiz 15:10 – Toshkent 05:42

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |