Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.8K subscribers
13.9K photos
2.01K videos
13 files
6.09K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
#Buxoro_viloyati

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar transport vositalari Buxoro viloyati transport boshqarmasi xodimlari nazorati ostida belgilangan AGTKSh larida yoqilg‘i bilan ta’minlanib, erta tongdan o‘z yo‘nalishlarida faoliyat yuritishga chiqarilmoqda.

Bugungi kunda viloyatda har kuni 250 dan ortiq avtobus va 100 ga yaqin mikroavtobuslar belgilangan yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Har kuni 15 ta yo‘nalishda tuman markazlaridan viloyat markaziga qatnovlarni amalga oshiruvchi jamaot transporti harakatining uzluksiz faoliyat yuritishi ta’minlanmoqda.

Boshqarma xodimlari tomonidan yo‘nalishlarda harakat uzluksizligini ta’minlash va tashuvchilar tomonidan yo‘l kira narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborish holatlarining oldini olish bo‘yicha nazorat olib borilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Buxoro_viloyati

Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda qatnovlarni to‘liq amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar bilan hamkorlikda shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda qatnovlarni to‘liq bajarish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilib, transport vositalari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritishga chiqarilmoqda.

Xususan, Buxoro – Toshkent, G‘ijduvon – Toshkent, Qorako‘l – Toshkent va Shofirkon – Toshkent yo‘nalishlarida qatnovlar amalga oshirilmoqda.

Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda avobus qatnovlari uzluksizligini ta’minlash maqsadida Buxoro–Toshkent yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi “All Comfort” korxonasi tomonidan kundalik qatnovlar to‘liq tiklandi.

22-yanvar kuni Buxoro – Toshkent yo‘nalishida soat 8:00, 9:00, 10:00, 11:00, 12:00, 13:00 da avtobus qatnovlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Buxoro_viloyati

Buxoro shahar jamoat transportini rivojlantirish Bosh rejasi loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 59-son qarorida berilgan topshiriqlar asosida boshqarma tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent davlat transport universiteti bilan hamkorlikda Buxoro shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasi loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.

Buxoro viloyati hokimi B.Zaripov va viloyatdagi sohaga mas’ul rahbarlar taqdimot bilan tanishtirildi.

Ishlab chiqilgan Bosh reja loyihasiga asosan Buxoro shahrida jamoat transporti o‘tadigan yo‘l-ko‘cha tarmog‘ining umumiy uzunligi 81 kmga ortib, shahar asosiy ko‘chalari to‘liq avtobus yo‘nalishlari bilan qamrab olinadi. Yo‘nalishlarning takrorlanish darajasi esa 33 foizga kamaytiriladi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Buxoro_viloyati

Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda qatnash uchun yangi avtobuslar olib kelindi

Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va viloyatning turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida "All Comfort" MChJ tomonidan Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan YUTONG rusumli 10 ta yangi avtobuslar olib kelindi.

Mazkur avtobuslardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida 701-sonli "Buxoro-Toshkent-Buxoro" yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilishi rejalashtirilgan.

Natijada "Buxoro-Toshkent-Buxoro" yo‘nalishida kuniga qo‘shimcha 550 ta yo‘lovchini tashish imkoniyati yaratiladi.

Kelgusida korxona faoliyati yanada kengaytirilib, davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, yangi turistik yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Buxoro_viloyati

🚌 Yangi avtobuslar yo‘lovchilar xizmatida

Buxoro viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

🚏 Xususan, “Progress mega trans” MChJ tomonidan 5-sonli "To‘qimachi bozori – F.Xo‘jaev MFY" yo‘nalishida 10 dona “Zhongtong” rusumli yangi avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Mazkur yo‘nalishida avtobuslar 8-10 daqiqali oraliq interval bilan harakatlanmoqda.
#Buxoro_viloyati

Buxoro va Kogon shaharlarida jamoat transporti tizimida yo‘lovchilar tashish tariflarini belgilash to‘g‘risida” viloyat hokimining qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan Buxoro va Kogon shaharlarida yo‘lovchi tashuvchi jamoat transporti (avtobus va yo‘nalishli taksi)larda yo‘lovchilar tashish xizmatlarining bir martalik cheklangan tarifi (yo‘l kira haqi) 2000 (ikki ming) so‘m etib belgilandi.