Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.8K subscribers
13.3K photos
1.95K videos
12 files
5.9K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | 3 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro aviaparvozlarni tiklamoqda

Joriy yilning 10-yanvar kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Pekin – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha ilk parvozni amalga oshirdi.

Xitoyga kirish uchun yo'lovchilarga viza va amal qilish muddati 48 soatdan ko'p bo'lmagan PZR-test natijasi kerak bo'ladi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Toshkent viloyatida jamoat transporti qatnovi uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda

Anomal sovuq kunlarda Toshkent viloyatining 22 ta tuman va shaharlarida jamoat transportining bir maromda ishlashini tashkil etish, yo‘l kira narxlarining ko‘tarilib ketish holatlarining oldini olish hamda yo‘lovchi tashuvlari xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i S.Shoqosimov noqulay ob-havo sharoitida jamoat transportining uzluksiz ishlashini tashkil etish yuzasidan yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlariga aniq ko‘rsatmalar berdi.

Viloyat IIBB YHXB boshlig‘i B.Nig‘monov esa harakat xavfsizligini ta’minlash, kunlik qatnovga chiqishdan avval transport vositalarini texnik ko‘rikdan haydovchilarni esa tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, haydovchilarning yo‘l qoidalariga rioya etishini qat’iy nazoratga olish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида саноатни ривожлантириш ҳамда қўшимча захираларни аниқлаш масалалари бўйича видеослектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития промышленности и выявления дополнительных резервов.

#Mirziyoyev #videoselektor #sanoat #zaxiralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Namangan_viloyati

❄️ Noqulay ob-havo sharoitida hududlarda aholiga bir maromda sifatli transport xizmati ko‘rsatish, jamoat transporti harakati uzluksizligini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

🚌 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar transport vositalari belgilangan AGTKSh larida yoqilg‘i bilan ta’minlanib, erta tongdan o‘z yo‘nalishlarida faoliyat yuritishga chiqarilmoqda.

🚍Namangan viloyati transport boshqarmasi tomonidan barcha yo‘nalishlarda avtobus va mikroavtobuslar qatnovini uzluksiz tashkil etish nazoratga olingan.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Andijon_viloyati

Jamoat transporti qatnovi uzluksiz taʼminlanmoqda

❄️ Yurtimizga, xususan Andijonga kirib kelgan anomal sovuq kunlarda aholiga bir maromda sifatli transport xizmatini ko‘rsatish, yo‘nalishlarda harakat oqimi uzviyligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bugun Andijon viloyatida qor yog‘ishi natijasida yo‘llarda harakatlanayotgan transportlar qatnovi kamaygan.

🚌 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug ‘ullanuvchi korxonalar tomonidan viloyatdagi barcha jamoat transportlari yo‘nalishlarida qatnovlar amalga oshirilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
UZB:❗️O‘zbekiston xalqaro aeroportlaridagi cheklovlar, reyslarning bekor qilinishi va kechikishi haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni quyidagi havolalar orqali olish mumkin:

✔️ @UzairportsBot Telegram botda

✔️ +998 (55) 501-47-50 Yagona aloqa markazida

✔️ Tegishli aviakompaniyalarning vakolatxonalarida

✔️ "Uzbekistan Airports"ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida



RUS:❗️Оперативную информацию об ограничениях в международных аэропортах Узбекистана, отменах и задержках рейсов можно получить:

✔️ В Telegram-боте @UzairportsBot

✔️ В едином контакт-центре по номеру +998 (55) 501-47-50

✔️ В представительствах соответствующих авиакомпаний

✔️ На официальных страницах в социальных сетях Uzbekistan Airports
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | -24 daraja sovuqda «Qamchiq» dovonidagi yo‘llar qordan tozalanmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#MAN_A22_CNG

🚌 "Toshshahartransxizmat" AJ harakat tarkibi katta sig‘imli avtobuslar bilan yangilanmoqda

"TRUCK AND BUS TRADE GROUP" MCHJ tomonidan joriy yilning 9-yanvar kuni "MAN A22 CNG" rusumli avtobuslarning navbatdagi 12 donasi "Toshshahartransxizmat" AJ tasarrufiga topshirilgan edi.

Ushbu katta sig‘imli yangi avtobuslar quyidagi yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish uchun biriktirildi:

🔹1 donasi 8-sonli “Olchazor mahallasi – Chilonzor mavzesi 25-daha”;
🔹1 donasi 58-sonli “Do`stlik 2-mavzesi – Ekskavator zavodi bekati”;
🔹2 donasi 80-sonli “Janubiy vokzal – M.Yusuf ko`chasi”;
🔹3 donasi 105-sonli “Sergeli qo`rg`oni – Karvon bozori bekati";
🔹1 donasi 131-sonli “Do`stlik 2-mavzesi – Olimpiya mavzesi”;
🔹1 donasi 63-sonli “Qorasuv 1-mavzesi – Yunusobod mebel do`koni”;
🔹1 donasi 83-sonli “Yunusobod mavzesi 6-daha – Ekskavator zavodi bekati”;
🔹1 donasi 89-sonli “Qorasuv 1-mavzesi – Chorsu savdo markazi”;
🔹1 donasi 96-sonli “Yunusobod mavzesi 9-daha – Mashinasozlar metrosi” avtobus yo`nalishi.