Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.7K subscribers
14K photos
2.03K videos
13 files
6.14K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида видеоселектор йиғилиши бошланди.

Асосий масалага ўтишдан аввал давлатимиз раҳбари мамлакатимизга кириб келган совуқ ҳаво таъсирини беталафот ўтказиш чораларига тўхталиб ўтди.

Барча туман ва ҳудудларда ташкил этилган штаблар узлуксиз ишлаши кераклиги, аҳоли эҳтиёжлари тезкор ҳал этиб борилиши шартлиги таъкидланди.

Ижтимоий соҳа объектларини энергия ва иссиқлик билан таъминлашни алоҳида назоратга олиш зарурлиги қайд этилди.

Ички ишлар вазирлиги ва Миллий гвардияга йўлларни тозалаш ишларини ва транспорт воситаларининг хавфсиз ҳаракатини ташкил этиш топширилди.

Барча серқатнов йўналишларда жамоат транспортининг узлуксиз ҳаракати таъминланиши кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Вазирлар Маҳкамаси раҳбарияти олдига ҳар бир вилоят, туман ва шаҳардаги аҳвол бўйича кунлик назорат ўрнатиб, жойлардаги муаммоларни тезкор бартараф этиш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|Twitter
✈️ Uzbekistan Airways reyslari to‘g‘risida xabar

Bugun, 2023-yil 10-yanvar kuni noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining quyidagi reyslari:

HY 9685/HY9686 Toshkent–Sochi–Toshkent
HY 011/ HY012 Toshkent–Nukus–Toshkent
HY 271/ HY272 Toshkent–Istanbul–Toshkent
HY 065/HY066 Toshkent–Termiz–Toshkent
HY 745/HY746 Toshkent–Tbilisi–Toshkent
HY 023/HY024 Toshkent–Buxoro–Toshkent
HY 603/HY604 Toshkent–Moskva–Toshkent
HY 333/HY334 Toshkent–Dubay–Toshkent
HY 5303/ HY5304 Toshkent–Jidda–Toshkent
HY 763/HY764 Toshkent–Olmaota–Toshkent
HY 631/HY632 Toshkent–Sankt-Peterburg–Toshkent kechikib amalga oshiriladi.

⚠️Shuningdek, HY 065/HY066 Toshkent–Termiz–Toshkent qatnovi noqulay ob-havo sharoiti sababli bekor qilindi.

‼️ Yo‘lovchilar bekor boʻlgan qatnov aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olish yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | 3 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro aviaparvozlarni tiklamoqda

Joriy yilning 10-yanvar kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Pekin – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha ilk parvozni amalga oshirdi.

Xitoyga kirish uchun yo'lovchilarga viza va amal qilish muddati 48 soatdan ko'p bo'lmagan PZR-test natijasi kerak bo'ladi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Toshkent viloyatida jamoat transporti qatnovi uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda

Anomal sovuq kunlarda Toshkent viloyatining 22 ta tuman va shaharlarida jamoat transportining bir maromda ishlashini tashkil etish, yo‘l kira narxlarining ko‘tarilib ketish holatlarining oldini olish hamda yo‘lovchi tashuvlari xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i S.Shoqosimov noqulay ob-havo sharoitida jamoat transportining uzluksiz ishlashini tashkil etish yuzasidan yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlariga aniq ko‘rsatmalar berdi.

Viloyat IIBB YHXB boshlig‘i B.Nig‘monov esa harakat xavfsizligini ta’minlash, kunlik qatnovga chiqishdan avval transport vositalarini texnik ko‘rikdan haydovchilarni esa tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, haydovchilarning yo‘l qoidalariga rioya etishini qat’iy nazoratga olish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида саноатни ривожлантириш ҳамда қўшимча захираларни аниқлаш масалалари бўйича видеослектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития промышленности и выявления дополнительных резервов.

#Mirziyoyev #videoselektor #sanoat #zaxiralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Namangan_viloyati

❄️ Noqulay ob-havo sharoitida hududlarda aholiga bir maromda sifatli transport xizmati ko‘rsatish, jamoat transporti harakati uzluksizligini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

🚌 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar transport vositalari belgilangan AGTKSh larida yoqilg‘i bilan ta’minlanib, erta tongdan o‘z yo‘nalishlarida faoliyat yuritishga chiqarilmoqda.

🚍Namangan viloyati transport boshqarmasi tomonidan barcha yo‘nalishlarda avtobus va mikroavtobuslar qatnovini uzluksiz tashkil etish nazoratga olingan.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Andijon_viloyati

Jamoat transporti qatnovi uzluksiz taʼminlanmoqda

❄️ Yurtimizga, xususan Andijonga kirib kelgan anomal sovuq kunlarda aholiga bir maromda sifatli transport xizmatini ko‘rsatish, yo‘nalishlarda harakat oqimi uzviyligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bugun Andijon viloyatida qor yog‘ishi natijasida yo‘llarda harakatlanayotgan transportlar qatnovi kamaygan.

🚌 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug ‘ullanuvchi korxonalar tomonidan viloyatdagi barcha jamoat transportlari yo‘nalishlarida qatnovlar amalga oshirilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
UZB:❗️O‘zbekiston xalqaro aeroportlaridagi cheklovlar, reyslarning bekor qilinishi va kechikishi haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni quyidagi havolalar orqali olish mumkin:

✔️ @UzairportsBot Telegram botda

✔️ +998 (55) 501-47-50 Yagona aloqa markazida

✔️ Tegishli aviakompaniyalarning vakolatxonalarida

✔️ "Uzbekistan Airports"ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida



RUS:❗️Оперативную информацию об ограничениях в международных аэропортах Узбекистана, отменах и задержках рейсов можно получить:

✔️ В Telegram-боте @UzairportsBot

✔️ В едином контакт-центре по номеру +998 (55) 501-47-50

✔️ В представительствах соответствующих авиакомпаний

✔️ На официальных страницах в социальных сетях Uzbekistan Airports