Sport vazirligi
14.5K subscribers
38K photos
3.23K videos
41 files
15.3K links
Sport vazirligi

Veb-sayt: https://gov.uz/sport/
Facebook: fb.com/MinistrySportUz
Instagram: instagram.com/minsportuz
Youtube: bit.ly/30pICdW

Telefon: +998 (71) 239-24-21
E-mail: info@minsport.uz

M: Toshkent sh, A.Qodiriy ko‘chasi 2-Uy 100017
Download Telegram
Qoraqalpogʻiston Respublikasida shaxmat boʻyicha har hafta yakunida boʻlib oʻtayotgan umumiy sovrin jamgʻarmasi 5 000 000 soʻm boʻlgan “Rokirovka” turniri navbatdagi haftasi ham yuqori darajada oʻtkazildi.

Gʻolib va sovrindorlar bilan tanishing:

Erkaklar o'rtasida:

1-oʻrin Abbaz Ashezimbetov
2-oʻrin Alisher Rahimov
3-oʻrin Bekzad Maksudbayev

Qizlar oʻrtasida:

1-oʻrin Gulnaz Uzaqbayeva
2-oʻrin Yulduz Artiqbayeva
3-oʻrin Ayzada Sarsenbayeva

Shuningdek, 4 ta nominatsiya boʻyicha eng yaxshi shaxmatchilar aniqlandi.

Yakunda gʻolib va sovrindorlar pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Sambo: Moskvadagi xalqaro turnirni 7 ta medal bilan yakunladik

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida anʼanaviy “Sambo asoschilari kubogi” oʻz nihoyasiga yetdi.

Batafsil: https://minsport.uz/oz/news/post/2192

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Suv polosi: Ayollar terma jamoamiz Osiyo chempionatida 3-oʻrinni egalladi

Singapur davlatida suv polosi bo'yicha Osiyo chempionati oʻtkazildi. Mazkur musobaqada munosib qatnashgan ayollar terma jamoamiz sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Osiyo chempionatida 1-oʻrin Qozogʻiston ayollar terma jamoasiga, 2-oʻrin Tailand ayollar terma jamoasiga va 3-oʻrin hamyurtlarimizga nasib etdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida oʻtkazilmoqda

Ayni kunlarda Chirchiq shahrida ogʻir atletika boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida mamlakat birinchiligi bo'lib o'tmoqda. Musobaqaning ortda qolgan kunida chempionatning tantanali ochilish marosimi va bir qator vazn toifalaridagi bellashuvlar boʻlib oʻtdi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Yoshlar siyosati va sport vazirligi ishchi guruhi Samarqandda bo'lib turibdi

Dastlab ishchi guruh rahbari Feruz Ablayarov boshchiligida agentlikning viloyat boshqarmasi va Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi xodimlari uchun kengaytirilgan apparat yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad esa, hududlar bo'ylab soha rivojini yanada jadallashtirish, tashkil etilayotgan barcha loyihalarni samarali va sifatli amalga oshirishdir.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan har ikki boshqarma o'rtasida tashkil etilayotgan loyihalarni jipslik bilan sifatli amalga oshirilishi ta'kidlandi va oldinda turgan "Besh tashabbus olimpiadasi"ni yuqori saviyada tashkil etish belgilab olindi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube