Michael's Blog
12.8K subscribers
1.54K photos
304 videos
52 files
341 links
Nothing specific.

DM: @xmichael446
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4 soatdan keyin Ko'ksuv yorig'iga yugurib chiqib kelamiz.

15km borish, 15km qaytish. 20ta professional atletlar jamoasi... va men.

Nasib yana bitta milestone, Bo'stonliqdagi 55kmga tayyorgarlik bahonasida.

Tirik qaytsam habar beraman 🫡
37👍7
Buniyam ko'rsatayda.
62👍2
Forwarded from Michael
"Yosh bolali, nogiron va bugun 30km yugurib kelgan yo'lovchilarga joy bering"
48👍6
Rasmdagi shirintoylarga yangi boquvchi qidirilyapti.

Hammasi 2 oylik, o'g'il/qiz, parodalari silver va gold chinchilla.

Yaxshi qarab boqaman desangiz @Sevara_Sayfiddinova ga yozib oʻzingiz narxini kelishib olsangiz boʻladi.

Uyda sharoit bo'lganda oʻzim olib qo'yardim, balkim sizga nasib qilar.
30👍6
Yo'ldan charchash doim uydan charchashdan koʻra afzal.
1👍3218👎1
Qiziq kuzatuv: o'quvchi darsda qanchlik faol qatnashishiga o'tirgan partasi doskaga yaqin/uzoqligi yaxshigina ta'sir qiladi ekan.
👍232
Yoz ichida iloji boricha koʻproq joylarda suzib/cho'milib ko'rmoqchiman.

Hozircha quyidagilar to'plandi:
1. Qizilsuv
2. Andijon kanali
3. Anhor kanali
4. Qoraqizsoy
5. Nefrit ko'li
6. Ko'ksuv
7. Chorvoq


Xudo xohlasa yoz ohirigacha 20ta yangi suvga tushmoqchiman.

Nasib ulashib boraman albatta :)

@Michael_Blog
18👍6
Ko'ksuvga 30kmlik trail rundan keyin olgan darslar va maslahatlarim:

1. Oyoq kiyim ipini bo'shatib bog'lang.

Yugurgan sari sal qattiq bog'langaniham oyoqni qisib, og'ritib qo'yadi.

2. Suv kamida 1.5-2.0 litr, iloji boʻlsa running vest bilan gidratorda oling.

Yoʻlda suv koʻp edi, lekin toʻxtab ichish charchatib qoʻyadi ekan, baklashka ko'tarib yurish esa qiyin.

3. Qoʻshimcha snacklar oling.

Man bir dona banan va 40gr bodom olgandim holos, borishga yetdi lekin qaytishda energiya oladigan source qolmadi.

4. Tepaliklarga iloji boricha sekin, yugurmasdan yurib chiqing.

Birinchi 4kmda tepaliklargaham yugurib chiqqanim uchun 8kmdan oʻtib kuchim tugab qoldi.

5. Toshlarga ehtiyot boʻling.

Oyoqni qayirib olish yoki urib olish oson. Qaytishda suyagi bilan toshga urildi, baqirganimni dunyo eshitdi. Qiyin joylar boʻlsa umuman shoshilmang.

6. Tights (oyoqni pas qismini biroz qisib turadigan kiyim) kiymang.

Kichik masofalarga foydasi bor, lekin katta masofada zararga ishlaydi ekan. Man afsuski 24kmdan keyin tushunib yetdim.

7. Boshqalar oldinlab ketishiga umuman eʼtibor bermang.

20 kishidan 19tasi (mandan tashqari hamma) professional atletlar yoki ancha yildan beri yugurib yurgan odamlar edi, shuni o'ylamasdan birhil tempda yugurishga harakat qildim. Bu juda katta xato. O'zingizni kuchingizga qarab yuguring.

8. Miyani gaplariga umuman quloq solmang.

1 soat yugurdim deb o'ylaganimda endi 27 minut bo'lgandi, atigi 3km. Borishni oʻzida qaytish haqida oʻylab taslim bo'lgim keldi. Qaytishdaham 2km-3km yugurib to'xtagim keb qoldi. Lekin finishga yetib borib yana 10km bemalol yugurolishimni tushundim.

9. Masofa va vaqtga iloji boricha kamroq qarang.

Hayolimda 13:00ga yetiborishimiz kerak deb, ulgurmayman deb siqila boshladim. Notoʻgʻri hisoblabman, aslida finish limiti 14:00 ekan. Masofaniham hayolimda juda koʻp xato hisoblab aslini koʻrib kayfiyat koʻp martta tushdi.

10. O'zingizga ishonchni ko'taring.

Aytganimdek mandan tashqari hamma tajribalilar bo'lgani uchun rosa o'zimni yerga urdim, hayolda solishtirish koʻp boʻldi. Lekin shunga qaramasdan 20tadan 7chi o'rinda finish qildim. Ba'zilar belgilangan vaqtda yetib kelmadiham (jarohat, yiqilib ketish vahokazolar bilan).

@Michael_Blog
18👍3
Insonga qo'rquv kerak.

Ota-bobolarimiz oʻlim xavfi ostida yashashgan. Istalgan payt qaysidur yirtqich yeb ketishi, suvda cho'kib ketish yoki tosh dumalab oʻlib ketishlari mumkin bo'lgan.

Qo'rquv instinkti yashashga undagan. Harakatga sababchi bo'lib kelgan.

Hozirgi zamonda esa chindan hayotga xavf tug'diradigan hech narsa yoʻq. Bir zumda o'ldirib qo'yishi mumkin bo'lgan narsa yoʻq.

Barchasi sekin o'ldiradi. Uzoq vaqt davomida, bildirmasdan o'ldiradi.

Haqiqiy qo'rquv yo'q bo'lsa miya nimadan qo'rqishni bilmasdan har hil narsaalr o'ylab topishni boshlaydi. Siqilasiz, havotir kuchayadi, depressiyaga tushib qolasiz.

Shuning uchun biroz bo'lsada hayotni qadriga yetish uchun o'limni eslab turish kerak. Qo'rquvni his qilish kerak.

O'lib ketish osonligini, ertangi kun kafolatlanmaganligini tushunishga yordam beradi.

@Michael_Blog
141👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
17👍1
"I am indebted to my father for living, but to my teacher for living well."


- Alexander the Great
30👍9