Michael's Blog
15.6K subscribers
1.49K photos
286 videos
53 files
345 links
IELTS maydonidagi eng "go'shtli" darslar kanaliga xush kelibsiz.

O'zim haqimda:

— Michael, 16 yoshda IELTS 8.5
— 2,500+ o'quvchi IELTS olishiga yordam berganman
— 2 yildan beri ustozlik qilaman
— TESOL/TEFL Certified Teacher

Contacts: @xmichael446
Download Telegram
Zakot va rivojlanish

Reciprocal altruismni ko'rib chiqishda bir nechta xulosalar oldim, bo'lishmoqchiman. Farzlarimizdan birini esa bunga katta aloqasi bor.

Har qanday guruh (oila, mahalla, jamiyat) rivojlanishi uchun kimdur evazsiz yaxshilik qila olishi kerak.

Oila rivoji uchun ota o'z qiziqishlarini qurbon qilishi...

Mahalla rivoji uchun odamlar hasharga chiqishi...

Jamiyat rivoji uchun ba'zilar evaziga hech narsa kutmay yordam qilishi.

Zakot so'zini ma'nolaridan biri "rivojlanish" — o'z boyligingizni kichik bo'lsada bir qismini evaziga (hozir) hech narsa olmaslikka tayyor bo'lib berib yuborishingiz.

Demak, agar hamma zakotini o'z vaqtida, kerakli miqdorda berganda edi, jamiyatimizda kambag'allar qolmas edi.

Birovdan foyda qaytishini o'ylamay yaxshilik qila oluvchilar rivojlanishga sababchi bo'ladilar.

Shu haqida IELTS Passage ham bor edi — Rewards for Scientific Achievement nomida.

Bir paytlar olimlar har bir ixtirosini hukumat (o'sha payt qirollar)ga "hadya" qilib berishgan. Shu hadya evaziga mukofot olishgan.

Lekin eng katta kashfiyotlar bir dona olim tomonidan emas, undan oldingi o'nlab, ba'zida esa yuzlab hech qanday mukofotsiz olib borilgan tadqiqotlar ustida qurilgan.

Hermann Joseph Muller mutagenezni kashf qilgani uchun Nobel mukofotini olgan. Tagida esa oddiy bir bog'bon Gregor Mendellni lovyalar ustida olib borgan ishlari yotgan.

Mendel "mukofot" uchun emas, jamiyat uchun ish olib borgan, shu sabab genetikadagi eng katta kashfiyot vujudga kelgan.

Altruism orqali rivoj kelgan. "ilmiy" zakot sabab o'sish bo'lgan desak ham bo'ladi.

@Michael_Blog
🔥229👍4❤‍🔥2🥰1🕊1🐳1
Kechasi 2da keladigan hayollar 🙂

@Michael_Blog
😁889🔥4🐳2🌭2😭2🌚1
Ranglari nega yoqyapti desam pulni eslatib turadi ekanda.

Nice 🙂.
😁10611🔥7🥰3🤔1😍1🐳1
6 yoshar jiyanimni ish joyi va men undan bezbetlarcha ko'chirgan ish joyim.

🐳 — o'xshaganmi?

@Michael_Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳156😁3810😎5👍2❤‍🔥1👏1🕊1🏆1
— qanaqa kitoblar o'qiysan?
— har hil)

@Michael_Blog
62🔥13🐳6💊3
@Wallet haqida eshitganmidingiz?
Yaqinda o'zim qiziqib ko'rib chiqdim.

Dekabrda Kripto Hamyon rasman O'zbekistonda ishga tushub litsenziya olgan edi, oldinroq bu haqida aytgandim.

1-2 daqiqada ro'yhatdan o'tib kichik summagaham kriptoaktiv olsa bo'ladi — TON, BTC... etc.
Verifikatsiya uchun myGov, Payme, Click yoki Zoomraddan yashash joyi dokument kerak bo'ladi: my.gov.uz ga kirib, yashash joyi haqida spravka olasiz, bir necha daqiqada tasdiqlanadi. Bunda hujjatning berilgan sanasi 12 oydan oshmagan bo‘lishi lozim. Bu xalqaro standart talabi hisoblanadi. O‘zbekiston uchun biroz noodatiy bo‘lishi mumkin, biroq aynan shu orqali ma’lumotlaringiz xavfsizligi ta’minlanadi.
Aytgancha, mening ma’lumotlarimga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasidan ham foydalanish mumkin, ba’zi tanishlarim shunday qilganlar.

Yangi foydalanuvchilar uchun hozir Aksiya o‘tkazilmoqda — yangi iPhone 17 yoki PlayStation yutib olish mumkin, shuningdek, pul mukofotlari ham bor ekan. Umuman olganda, barcha ma’lumotni olish uchun ularning kanaliga o‘tganingiz ma’qul. Shuningdek, Humo, Visa va Mastercard kabi mahalliy bank kartalari orqali mablag‘larni to‘ldirish va yechib olish imkoniyati ham mavjud.

Hammasi Telegramni o'zida.
1🔥7😭21👍1😍1
Odam real hayotda qanchalik baxtsiz bo'lishi kerakki yo'q joydan kimdur bilan izohlarda tortishib haqoratlashib o'tirish uchun?
🔥42😁132🤔2😭1
"What is formulated becomes tolerable"
— (c) Emil Cioran


O'zbekchasiga — Ifodalangan narsaga chidash osonlashadi.

Otalarimiz birdan uyg'otib "eski kiyimlaringni kiy, uyni buzib qayta quramiz" deb qolganlaridek, YouTrackni fundamentini o'zgartirgim keb qoldi.

Darslar qismini 2 soat natijasiz o'ylab o'tirdim. Keyin joyimdan turib, divanga o'tirdim.

Ruchkani, bloknotni olib yozishni boshladim. Chizishni boshladim. Miyadagi malumot oqimini tartibga keltirdim.

2 soat joyidan qimirlamagan narsani 15 daqiqada tugatdim.

Qiynayotgan narsa nega qiynayotganini aniqlasak kamroq qiynashni boshlaydi. So'z, rasm, harakat bilan ifodalay olsak, qiynamay qo'yadiham.

Shuning uchun ekspert psixolog ham yaqin do'stingiz shunchaki eshitib o'tirganichalik foyda berolmaydi.

Shunaqa gaplar 🙂. Uxlang.
🔥295❤‍🔥3😭21👏1
Sal tushunmadim-da...

125,000ga udlinitel...

Svet to'loviyam ichida bo'lsa kerak 🙂
39😁23🔥4
Forwarded from Oyatillo
Iyye bilmeszmi buni to'kka suqmasayam ishlaydi shuunga
😁427🔥4
Tez kunda o'quvchilar YouTrackga telegram orqali login qila olishadi 🙂.

@Michael_Blog
18🤩4🔥2
🌙RAMAZONGA 7 KUN QOLDI

Ramazonda siz o’qishingiz kerak bo’lgan kitoblar va foydali suhbatlar ro’yxatini hoziroq ovoling👇

@Ramazon_kitoblar_bot
@Ramazon_kitoblar_bot


🎉HECH QANDAY ODAM QO’SHISH SHARTI YO’Q!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥3😭1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
What a privilege 🙂.
🔥288❤‍🔥3😭2
Ism tanlashni menga ishonib topshirish xato.

@Michael_Blog
😁99🙊4🔥32😍2🗿1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir dona "✔️" qo'yish qancha vaqt va asabni yediya 🙂. Shukur.

⌛️YouTrack V2.0 loading...

@Michael_Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
34🔥11🤗5
Hayotimni 2x yaxshilagan o'zgarishlar:

1) Yozish.

Miyada g'oyalar to'lib ketadi. Yozib olinmasa g'oyaligicha qolib ketadi.

Ishlarni bitirish ham yozib olinsa osonlashadi — nima qilishni o'rniga qanday qilishni o'ylaysiz.

Hech qanday planner yoki trackerlar qog'ozni o'rnini bosolmaydi. Sifatli ruchka va bloknot esa yozishni yoqimli qilib beradi.

2) Ish uchun muhit.

Chalg'ituvchilar yetmaganidek o'zimiz doim chalg'ishni xohlab qolamiz — telefon titkilab, keraksiz mavzularda tortishib, ortiqcha gapga berilib ketamiz.

Ish qurollarni yaxshilab, telefon ishlatishni kamaytirib, faqatgina foydali narsalarni muhokama qilsak ishimiz yengillashadi. Chalg'ish kanayadi.

3) Harakatda bo'lish.

Uyqu, ovqatlanish, doimiy harakat. Depressiya aynan shu 3tasidagi kamchiliklardan kelib chiqadi.

Natijada ishni bitirishni o'rniga e'tiborni shular olib qo'yadi. Narkoman bir moddani tashlash uchun ikkinchisidan foydalanib qutula olmaganidrm, miyadagi muammolarni ko'proq o'ylab hal qila olmaymiz.

Harakatdagi nishonga tegish qiyin bo'lganidek, to'xtamasak depressiyaga tusholmaymiz.

4) Kichik qulayliklar.

- Yaxshi, og'ir adyol uyquni sifatini oshiradi. O'zi 10kg bo'lgan adyolni ikkiga buklab yopinaman, uyqudan keyin charchoq yo'qoladi.

- Ko'p vaqtim kompyuterda o'tgani uchun eng sifatli aksessuarlar olganman: mexanik klaviatura, vertical mishka, quloqni og'ritmaydigan naushnik.


Shularni hammasi ohirgi 3 hafta ichida bir yillik ishlarimni tugatishimga yordam berdi.

@Michael_Blog
🔥397❤‍🔥5👏3🎉21💯1
— aka kontr o'ynasak "xo'jayin" ruhsat beradilarmi?
— ruhsat so'rashim shartmas-ey
— mumkinmasligini oldindan bilasiz-da?

@Michael_Blog
😁747