Michael's Blog
15.3K subscribers
1.49K photos
287 videos
53 files
346 links
IELTS maydonidagi eng "go'shtli" darslar kanaliga xush kelibsiz.

O'zim haqimda:

— Michael, 16 yoshda IELTS 8.5
— 2,500+ o'quvchi IELTS olishiga yordam berganman
— 2 yildan beri ustozlik qilaman
— TESOL/TEFL Certified Teacher

Contacts: @xmichael446
Download Telegram
Анонимные сообщения 🔵
Speaking ni tez oshirish usuli qanday va qanaqa tarzda tayyorlanish kerak 30 kunlik plan b1 - b2 ga, fluency juda past qolganlariga nisbatan
Speakingdagi biz bilgan B1, B2, C1 lar gapirish darajasini belgilasa, o'rganish darajasini belgilaydigan "etap"lar ham bor.

Qaysi levelda nima mashq bilan ko'tarish tushuntirilgan audio yozganman, eshitib chiqing.

O'rganish etaplaridan qaysi birida ekanligingiz, va ko'tarish uchun nima qilishni bilib olasiz
❤‍🔥33👍11🔥7👏32
Анонимные сообщения 🔵
Assalomu alaykum teacher yaxshimisiz. Teacher, dasturlash böyicha ham kurs ochsangiz bölmaydimi? Menga sizni IELTS darslariz juda yoqadida, tushuntirishingiz, örgatadigan texnikalariz perfect
Kurs ochish niyatim yo'q lekin darslar o'tib berishni o'zim ham o'ylab turgan edim.

Programmingdagi ishimga partially qaytganman, kanalda qiziquvchilar yetarli bo'lsa boshlang'ich mavzularda jon deb dars o'tib beraman.
63👍18❤‍🔥11🔥7🥰5👏1
1. Noaniqlik ustunligi.

"2 oyda IELTS 8.0", "1 haftada $15,000", "17 yoshda kvartira" degan sarlavhalarni hammamiz ko'rganmiz.

2 oy o'qishidan oldin 7.5da bo'lgani, $14,500 pul otasidan kelgani, 17 yoshida olgan kvartirasi bobosidan me'ros qolgani haqida bilmaymiz.

E'tiborni tortishi oson, aslida muhim va o'rinli bo'lgan faktlar esa yashirilgan. Noaniq joyda miya bo'shliqlarni yaxshi narsa bilan to'ldiradi.

"2 oy ichida nima qilgan ekan?", "rostan ham 1 haftada eplasa bo'larmikan?", "shu yoshda kvartirani qanday olgan?" degan savollar tug'uladi.

Yaxshiyamki bunday e'lonlar ko'payib ketganidan ishonchimiz ham biroz kamaygan, bunday manipulyatsiyaga oz bo'lsada qarshilik paydo bo'lgan.

Lekin sezmayotganimiz, e'tiborsiz qolib ketganlari qancha? Ko'p misollar "before/after" holatlari bilan bog'liq, boshlanishi va ohiri ko'rsatilib, jarayon yashirin qolib ketadi.

A nuqta: hech narsani eplolmaydigan, hamma narsada muammosi bor Xoshim.

B nuqta: hammasini yorib tashlagan, qizlarni ajaliga aylangan Xoshim.

Shu ikkita nuqta orasidagi jarayonni esa faqatgina cho'ntagingiz bo'shaganda bilish imkoni bor holos.

Yana bir keng tarqalgan misol va'dalar bilan bog'liq. Noaniq bo'lgan va'da bilan e'tiborni tortib, haqiqatni pulingizni olib bo'lgandan keyin aytish.

"Oyiga $1,000 daromadga chiqishni 2 haftada o'rgataman" - $1,000ga chiqish uchun 1 yil ketar ekan, o'rgataman degan 2 haftasi davomida esa siz 1 yil nima qilishingiz kerakligini tushuntirgan.

Eng qiziq joyi esa va'dasini bajarmadi ham deya olmaysiz.

Kanalda #mindtraps nomli rubrika boshlamoqchiman. Shu kabi malumotlarni ulashib boraman.

@Michael_Blog
👍127🔥3015🐳6👏5❤‍🔥2😁2🤗1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 IELTS 8.5 uchun yo'l!

Ushbu dars davomida o'zim 8.5ga chiqqanim, har bit sectiondan qanday yuqori bal olganimni ko'rsatganman.

Ko'rib chiqing, o'rganing, ulashing 🤝

@Michael_Blog
101👍22🔥16❤‍🔥11🍓3
— Faqat man "❤️" ko'ryapmanmi?
524😁117❤‍🔥13🔥13🤪9👍5🤣3💘3🆒2
Reading 9.0 olish uchun Samandar aka video darslik tayyorlabdilar.

☄️Videodagi texnikalar orqali nafaqat vaqtingizni tejaysiz, balki readingdagi tushunchangiz to’gri taraflama shakllanadi

💯Savolni o’qib textga qaramasdan qanday texnika ishlatish kerakligini o’rganasiz

🔜Part 2 - Books vs Articles; which one do I read to get a 9.0?

Videoni ko'rish uchun pasdagi linkdan kanalga o'ting 👇

https://t.me/ieltsrakhim/278
35👍13❤‍🔥4🔥4🏆2🍓1
Telegram ishlashi bilan muammolar faqat O'zbekistonda emas, dunyo bo'yicha ekan.

Surish foyda bermaydi.

@Michael_Blog
👏99😁32🔥25🤣2211👍9❤‍🔥8🙈3
— Красавица ❤️ .
254😁55🔥23👍12❤‍🔥7💯6🥰5😍5👏31🤨1
Michael's Cave
Ota onangiz bilan munosabatlaringiz qalay?
Dadamni bir yaxshi hislatlari haqida maqtanmoqchiman.

Yosh bo'lib ko'p jinni ishlar qilganman. O'rtog'larim qo'rqib, cho'chib qilolmay yurgan narsalar.

Hech qachon so'kib, qattiq gapirib urmaganlar. Doim shunchaki suhbat qilardilar. Xato qilgan bo'lsam nimaga xato ekanligini o'zimga yetkazib berardilar. Jazolash o'rniga.

O'zim aybni tushunib yetishim uchun. Boshqa bunday inson hali uchratganim yo'q.
❤‍🔥13827🔥22👍15😁3👏2💔1
The pride and superiority you feel from leading an unhealthier lifestyle than others is a short-term gratification that will lead to long-term detriments.


Boshqalarga qaraganda nosog'lomroq turmush tarzini olib borishdan keladigan g'urur va ustunlik hissi - bu uzoq muddatli zararlarga olib keladigan qisqa muddatli zavqdir.

"Atigi 3 soat uxladim", "doim energetik ichib yuraman", "ishlarimni ohirgi kunga qadab bitiraman" degan gaplar sizga vaqtinchalik ustunlik berishi mumkin.

Boshqalardan nosog'lomroq bo'lganingiz uzoq muddatda faqatgina zararga ishlaydi.

Uxlanglar.

@Michael_Blog
🔥76👍15❤‍🔥13💯31
2. Ramka effekti.

Og'ir kasalga chalindingiz, o'z vaqtida muolaja o'tkazilmasa tez orada o'lib ketishingiz mumkin. Ikkita doktor quyidacha va'dalar beryapti, qay biriga ko'proq ishongan bo'lar edingiz?:

A) "Be'morlarimni 90% sog'ayib ketgan. Ishonsangiz bo'ladi."

B) "Har 10ta be'morimdan atigi 1tasi vafot etgan. Ishonsangiz bo'ladi."

Manimcha birinchisiga. Foizlarni "80% muvafaqqiyatli" ga qarshi "10% o'xshamagan" desak ham ko'pchilik birinchi doktorga ko'proq ishonadi.

Obyektiv qaraganda ikkala doktor ham birhil tajribaga egaligi, ikkinchi holatda ikkinchi doktor ishonchliroq ekanligiga qaramasdan.

Malumot bizga qanday taqdim etilganiga qarab xulosa qilamiz. Yaxshi natija, ustun taraf, ajralib turuvchi hossani "ramka"ga solib, shu ramkani tashqarisidagi kamchiliklarni berkitiladi.

Oddiy misol: energetik ichimliklar sizga vaqtinchalik quvvat berishini aytib reklama qilinadi, potensial zararlari haqida malumotni izlanib ko'rmasdan topa olmaysiz.

Foydasi chiroyli "ramka" ichiga solib qo'yilgan, zarariga e'tibor ham bergingiz kelmay qoladi.

Kuzatuvimdagi ko'p misollar natijalar bilan bog'liq. Yaxshi natijalarni ramkaga joylab, yomonlari haqida malumot olish yo'lini qiyinlashtiriladi.

#mindtraps rubrikasi davom etmoqda.

@Michael_Blog
75👍30🔥19❤‍🔥63👏2🥰1🕊1🌚1💯1💊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1.5 soat Matching Headings Practice.

Ortiqcha izoh yozib o'tirmayman, shunchaki ko'rib o'rganish kerak.

🤝 Osh bo'lsin!

@Michael_Blog
🔥57👍196🏆3❤‍🔥2
🌧 + 🏍 + 🎧 = this.

@Michael_Blog
🥰116❤‍🔥45👍24🍓1312🔥43😈3🫡3
3. Ajiotaj.

Sotib olmasangiz afsuslantiradigan taklif eng yaxshi taklif. Mijozlarda qancha ko'p "FOMO" yarata olsa shuncha yaxshi.

Maksimum shoshiltiradigan gaplar sabab sotib olish niyatida bo'lmagan odam ham sotib oladi.

Misollar ko'pincha cheklangan son, kamayib borayotgan vaqt, va aynan nimadan "quruq qolayotganingiz"ni doimiy ko'rsatib borish bilan bog'liq.

"Mahsulot 100 dona, 80tasi sotilib ketdi!",

"2 soatdan keyin qabul tugaydi",

"Biz bilan oyiga $5,000 topishyapti"


Rost bo'lsa zo'r ishlaydi, yaxshi mahsulot ko'proq va vaqtida sotilishiga yordam beradi. Lekin yolg'on aralashib noto'g'ri yo'lda ishlatilishi ham mumkin.

Ko'p ko'rganman: 50ta qoldi deb 300ta yana sotgan, 2 soatda tugatamiz degan habarni bir hafta aylantirgan, oldingi postlardagi noaniqlik va ramkani yoniga yolg'on ajiotaj qo'shib pul qilganlarni.

Aldanib qolmaslik uchun qo'limizdan keladigan yagona narsa manimcha #mindtraps rubrikasini yaxshilab kuzatib borib, hamma usullarga "resistance" hosil qilish.

Nimadur o'rganyapsizmi, davom etaylikmi?

@Michael_Blog
👍8317🔥13🥰63❤‍🔥1
Yaxshi yangilik: ITdagi ishimni yana boshladim, man bunchalik mazza qiladigan boshqa ish yo'q ekan.

Yomon yangilik: ITdagi ishimni yana boshladim, miyamni bunchalik yeb bitiradigan ish ham yo'q ekan.

@Michael_Blog
😁183🤣7621👍15🔥5❤‍🔥3🥰1👏1😭1
Bepul Reading Marafon 📖

IELTS 9.0 sohibi, Ozodbek Botiraliyev bilan 20 kun davomida IELTS Reading’ni oddiy va tushunarli usulda o‘zlashtirasiz.

Reading’dan qiynalib yurgan o’quvchilar uchun ajoyib imkoniyat.

🚀 Start: 20-Aprel!

Marafon mutlaqo bepul va hech qanday odam qo’shish sharti yo’q! Qo‘shilish uchun hoziroq linkni bosing:

https://t.me/+74TMMEYfCswzYWVi
https://t.me/+74TMMEYfCswzYWVi
👍43❤‍🔥85🔥2😭21
Nimadur bo'ldida 👀
😁184👀197👍7🔥5❤‍🔥3🥰3
Forwarded from Michael's Blog
"My dream was to live a quiet life with my family in a small house where we would sleep side by side. I would be close enough to see the beloved faces of my wife and child and close enough to reach out and take their hands. That would have been enough. But even that did not come true. Demons exist in this beautiful world."

(c) Yoriichi Tsugikuni
115🔥17👍12😍11💔11❤‍🔥3😁2😭21🍓1💘1
— hayrli tong 🙂

@Michael_Blog
🔥15137🥰23❤‍🔥21👍7🦄3🍓2🤗2💘2
Qiymatini belgilaysiz.

Barcha mayda narsalar ma'nosiz ko'rinib, qib yurgan ishlaringizni nima uchun qib yurganizni bilmay qoladigan paytingiz bo'ladi.

Qancha mehnat, vaqt, energiya ketganiga qaramasdan hammasi birdek ma'nosiz tuyuladi.

Shunaqa holatga tushganimda man eshitgan eng yaxshi gap "I like pizza, I want to eat more of it" bo'lgan.

Qiziq emas nima uchun qilishingiz. Qiziq emas ortidagi ma'nosi, maqsadi. Qancha qiynalishingiz, va qiynalganingizga arzish yoki arzimasligi.

Shunchaki sizni xursand qila oladigan eng kichik narsani olib, umringiz ohirigacha shu kichik narsalarni ko'paytirishni maqsad qiling.

Fikrlashingiz rivojlangani sari bu bir vaqtni o'zida ham qiyinlashadi ham osonlashadi.

Oldin hayron qoldirgan narsalar oddiy, oddiy ko'ringan narsalar esa hayratlanarli ekanligini tushunasiz. Eng kichik narsalarniham qadriga yetishni o'rganasiz. Ulardan ma'no olasiz.

Tabiat, bekorchi suhbatlar, o'yinlar, qo'lingizdagi telefon. Qanchalik kichik narsalarni ichida qanchalik katta dunyolar borligini ko'rasiz.

Qiymatini o'zingiz belgilab, qadrlashni boshlaysiz.

@Michael_Blog
🔥12423❤‍🔥19👍17👏12🆒3💘3🐳2💯21
Kofe-mofe ichib turish kerak.

@Michael_Blog
😁258👍23🔥1615🤣9❤‍🔥3