Namanganda Kimyo(Mexmonxonov)
7.62K subscribers
9.46K photos
458 videos
3.64K files
3.85K links
Siz qidirgan bilim maskani!
Biz bilan albatta talaba bo'ling!

🦠 Biologiya
🔬 Kimyo
🇺🇸 Ingliz tili
🇷🇺 Rus tili
🔢 Matematika
🧮 Mental Arifmetika
☘️ Ona tili
⌛️ Tarix

📞 +998952000990
📞 +998952000330
Download Telegram
​​​​Qo‘rquv va hayajonni qanday jilovlash mumkin? Abituriyentlarga psixolog tavsiyalari

Aslida har qanday imtihon emotsiyalarga boy, hayajonli o‘tadi.

Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi, psixologiya fanlari nomzodi Gulmira Boyuzakova abituriyent uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan imtihonda hayajonni jilovlash bo‘yicha tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Abituriyentning imtihon vaqtida muvaffaqiyatga erishishi ikki omilga bog‘liq: nazariy va psixologik tayyorgarlik. U mavzularni qanchalik yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsa ham, imtihon vaqtidagi hayajon dushmanga aylanishi mumkin.

Diqqatni jamlang. Titul varag‘ini to‘ldirish kabi barcha rasmiyatchiliklarni bajarib bo‘lgach, diqqatni jamlashga va atrofni unutishga harakat qiling. Siz uchun faqat vazifalar matni va soatlar mavjud bo‘lishi kerak. Qat’iy belgilangan vaqt javoblar sifatiga ta’sir qilmasligi kerak. Javobni kiritishdan oldin savolni ikki marta o‘qing va sizdan nima talab qilinayotganini to‘g‘ri tushunganingizga ishonch hosil qiling.

Osonidan boshlang. Test yechishni sizda shubha tug‘dirmaydigan savollarga javob berishdan boshlang. Uzoq o‘ylantiradigan savollarga ko‘p to‘xtalmang. Shunda ancha tinchlanasiz, yuklama yengillashadi. Miya yanada aniq ishlay boshlaydi. Qolgan butun kuch va diqqatni qiyin savollarga yo‘naltirish mumkin bo‘ladi.

Shoshilmang, vazifani oxirigacha o‘qing. Vazifani birinchi so‘zlaridanoq uning shartini tushunaman deb shoshqaloqlik qilmang. Bunda eng oson savollarga ham xato javob berish ehtimoli oshadi. Shoshqaloqlik natijasida javobi miyangizda naqd bo‘lgan savolni ham boy berishingiz mumkin.

Faqat hozirgi vazifa haqida o‘ylang. Yangi vazifani o‘qiyotganda avvalgi hamma narsani unuting. Testlardagi vazifalar bir-biri bilan bog‘liq emas, shuning uchun siz ilgari qo‘llagan qoidalar va formulalar yangi vazifani to‘g‘ri hal qilishga xalaqit beradi.

Muvaffaqiyatsizlikni unuting. Agar bironta testga javobni bilmasangiz, bu muvaffaqiyatsizlik ta’sirida qolib ketmang. Yangi savolni yangi imkoniyat sifatida qabul qiling. Avvalgi vazifalar natijasidagi tushkunlik keyingi topshiriqlar samarasiga ta’sir ko‘rsatmasin.

Istisno qiling. To‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligiga ishonchingiz komil bo‘lgan javoblarni ketma-ket chiqarib tashlang. Bu variantlar o‘rtasida tanlov doirasini toraytiradi.

Tekshirib ko‘ring. Bajargan topshiriqlaringizni tekshirib chiqishga vaqt ajrating, hech bo‘lmaganda ko‘z yugurtirib, xatolarni ko‘rish uchun vaqt toping.

Taxmin qiling. Aniq javobga ishonchingiz komil bo‘lmasa, intuitiv ravishda biror variantni tanlang. Ba’zida intuisiyaga ishonish kerak.

#abituriyent  #qabul2024

@Abituriyentlar✅️- taʼlimga oid yangiliklar!

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇

https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi
#abituriyent

Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o’tkazilishi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topshirgani uchun test sinovlari 12 kunda tugaydigan bo’ldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda o’tkaziladi. Demak, mandat ham vaqtliroq chiqadi.

Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi.

1-smena: soat 08:00 da;
2-smena: soat 15:00 da
boshlanadi.

🏃‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test o’tadigan joyga kelishi kerak.

📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim:

1️⃣ pasport yoki ID-karta;
2️⃣
abituriyent ruxsatnomasi.

Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uchun savollar kitobining o’zida ochiq hududlar tashlab ketilgan bo’ladi (alohida bo’sh qog’oz berishmas ekan).

❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent

Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.

Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?

1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi.

Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin.

Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos.

Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/24239

Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz.

2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi.

Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.

Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.

3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.

Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi.

Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/19940

❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa).

Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UzBMB (DTM) yana eski davrga qaytyaptimi? Yoki “bolasi yo’qlar” yana savol tuzyaptimi?
#abituriyent

Kecha testning ilk kunida huquq fanidan imtihonga kirgan abituriyentlar darsliklarda mavjud bo'lmagan ma'lumotlardan, xususan, Kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan shikoyat qilishdi. Masalan, davlat ramzlari to'g'risidagi qonunlar (bayroq qachon ko'tarilishi, madhiya soat nechida aytilishi va hk), davlat byudjeti to'g'risidagi qonun va hk.

Albatta, qo'limda aniq fakt bo'lmagani uchun bu borada biror fikr aytishdan yiroqman, bunga UzBMB izoh bergani ma'qul. Har qanaqa vaziyatda ham savollar tayyorlanadigan manbalar aniq ko'rsatilishi va bunga qat'iy rioya qilinishi shart. Hamma qonunni yoddan bilishning iloji yo'q, boz ustiga bular hali oddiy abituriyent, oliy ma'lumotli yurist emas. Agar biror qonundan savol berishmoqchi bo‘lsa, o‘sha qonunlar ro‘yxatini ham alohida e’lon qilish kerak.

Lekin men boshqa masalaga e'tibor qaratmoqchiman. Kecha testga kirgan abituriyentlarning aytishicha, Jinoyat va Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslarda qaysidir qilmishga qanaqa jazo nazarda tutilgan degan savollar ham tushgan emish. Ya'ni sanksiya qismini so'rashibdi.

Agar bu gap rost bo'lsa, agar testda bir donagina bo'lsa ham shunaqa savol tushgan bo'lsa, unda bu sharmandalikdan boshqa narsa emas. Bunaqa savol tuzgan ekspertni butun umr "qora ro'yxat"ga tiqib, hech qachon testlarga yaqinlashtirmaydigan qilish kerak.

Rahmatli ustozimiz Omonulla Madayev tili bilan aytganda, bunaqa savollarga “farzandi yo'q odam tuzgan savol” deb ta’rif berish mumkin.

Biz Yuridik institutda o'qib yurgan paytlarimizda ustozlarimiz sanksiya qismini yodlashni taqiqlagan edi. Sababi qonunlar tez o'zgaradi, buni yodlash befoyda. Undan ko’ra, mazmunini tushinish kerak. Boz ustiga yurist doim qaror chiqarishdan oldin, kodeksni qayta ochib, yana bir marta o'qib, keyin xulosa qilishi kerak, faqat xotirasiga ishonish aksincha chalg'itadi. Uchinchidan, sanksiyalarga qat'iy amal qilinmaydi, sudya vaziyatdan kelib chiqib, umuman o’sha modda sanksiyasida ko'rsatilmagan yengil jazoni ham berishi mumkin.

Qaysi kalla bilan kecha maktabni tugatgan o'quvchilarga JK yoki MJtK sanksiyasidan savol berishgan, hayronman. Sanksiyalarni hatto sudya, prokuror va tergovchilar ham yoddan bilmaydi-ku.

Yoki yana eski davrga qaytyapmizmi? Savollarni atayin qiyin qilib, mantiqiy fikrlashga emas, faqat xotiraga qaratilgan savollar bilan yoshlar kelajagini sindirmoqchimizmi yana?

Vaziyatga albatta izoh berilishi kerak.


👉 @xushnudbek 👈
Bakalavr KVOTA-2024.pdf
4.2 MB
⚡️KVOTA TASDIQLANDI
#abituriyent

Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi

Prezidentning 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

🔹 bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
🔸 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.


👉 @xushnudbek 👈
Magistratura KVOTA-2024.pdf
6.3 MB
Magistratura uchun davlat granti kvotasi tasdiqlandi
#abituriyent

2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?
#abituriyent

Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;

🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.

Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.

‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi
#abituriyent

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.

❗️Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

Mandat qachon?

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Demak, mandat 17-avgustgacha e’lon qilinishi kerak.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Kunduzgi ta’lim shakli - 2024-yil.pdf
1.6 MB
⚡️KVOTA-2024

BAKALAVR. KUNDUZGI
#abituriyent

Jami: 127 ming 995 ta.

2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.


👉 @xushnudbek 👈
Sirtqi ta’lim shakli - 2024-yil.pdf
813.4 KB
⚡️KVOTA-2024

BAKALAVR. SIRTQI.
#abituriyent

Jami: 52 ming 129 ta.

2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.


👉 @xushnudbek 👈
Kechki ta’lim shakli - 2024-yil.pdf
262.4 KB
⚡️KVOTA-2024

BAKALAVR. KECHKI
#abituriyent

Jami: 9 ming 158 ta.

2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.


👉 @xushnudbek 👈
Masofaviy ta’lim shakli - 2024-yil.pdf
146.7 KB
⚡️KVOTA-2024

BAKALAVR. MASOFAVIY
#abituriyent

Jami: 5 ming 610 ta.

2024-2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
‼️Minimal o’tish bali o’zgarmadi
#abituriyent

Davlat qabul komissiyasi tegishli bayoni bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlandi.

Unda ko‘ra:

🔹 davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);

🔸 toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.

P/S: Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi.

Bundan avval joriy yildan boshlab minimal ball oshirilishi haqida xabar berilgandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov “O’zbekiston 24” telekanali orqali ma’lum qilgan edi.

Vazirning so’zlariga ko’ra, joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanishi kerak edi.

Ammo negadir minimal ballni oshirmasdan, eskicha saqlab qolishga qaror qilingan.

ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman:
https://t.me/xushnudbek/20721


👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2024
#abituriyent

XOTIN-QIZLAR UCHUN
(qo‘shimcha 2000 ta davlat granti kvotasi)

📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi111;
📍 Andijon183;
📍 Buxoro112;
📍 Jizzax81;
📍 Qashqadaryo193;
📍 Navoiy60;
📍 Namangan165;
📍 Samarqand227;
📍 Surxondaryo155;
📍 Sirdaryo50;
📍 Toshkent viloyati177;
📍 Farg‘ona221;
📍 Xorazm110;
📍 Toshkent shahri155.

O‘tgan yillardagi kabi 3 ta sohaga alohida kvota ajratilgan:

1) aniq va tabiiy fanlar;
2) texnika fanlari;
3) tibbiyot fanlari.

Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun bo‘ladi.

Masalan, Andijon uchun umumiy kvota 183 ta. Shu jumladan, aniq va tabiiy fanlar uchun 43 ta, texnika fanlari uchun 24 ta, tibbiyot fanlari uchun 29 ta kvota. Jami 96 ta o‘rin mana shu 3 ta sohaga ajratilmoqda. Qolgan 87 ta o‘rin esa boshqa barcha sohalar, masalan gumanitar, ijtimoiy, xizmatlar sohalari va h.k. uchun beriladi.

‼️MASLAHAT: yo’nalish tanlashda e’tiborli bo’ling. Agar bilimlaringiz yuqori bo’lmasa, unda o’tish bali pastroq sohani, ya’ni TEXNIKA sohasini birinchi yo’nalish sifatida tanlang.

Sohalar kesimidagi o’tgan yilgi o’tish ballari mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20881

Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?

Batafsil va aniq misollar bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20045

Eng muhim maʼlumotlar:

bu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi;
faqat KUNDUZGI taʼlim shakliga qo‘shimcha kvota berilgan. Sirtqi, kechki yoki masofaviy uchun imtiyoz qo‘llanmaydi;
❗️shu sababli tavsiyanomasi bor xotin-qizlar birinchi yo’nalishga albatta kunduzgi ta’limni tanlashi kerak, yo’qsa tavsiyanoma kuchga ega bo’lmaydi;
ushbu tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.

‼️ Bu 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomadan farq qiladi. U boshqa, bu boshqa. 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan imtiyoz haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/20090


👉 @xushnudbek 👈
‼️BU MUHIM:
#abituriyent

Turli tavsiyanomalar orqali davlat granti uchun qo‘shimcha kvotaga da’vogarlik qiladigan imtiyozli abituriyentlar yodidan chiqarmasligi kerakki, ushbu imtiyoz faqatgina 68 balldan ko‘proq to‘plaganlarga qo‘llanadi.

Agar tavsiyanomasi bor abituriyent, u xoh xotin-qizlar bo‘lsin, xoh harbiylarning farzandlari bo‘lsin, 68 dan kamroq ball to‘plagan bo‘lsa, unda mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.

Agar tavsiyanomasi kontrakt uchun ham imtiyozli qo‘shimcha kvota beradigan bo‘lsa, unda bu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 56,7 ball olishi kerak. Undan past ball olsa, imtiyozi kuyadi.
Mandat qachon chiqadi?
#abituriyent

JAVOB: hozir hammani qiziqtirayotgan savol shu bo’lib turibdi.

Mendagi ma’lumotga ko’ra, yakuniy natijalar to’liqligicha shakllantirilib bo’lingan. UzBMB tomonidan tasdiqlash uchun Davlat qabul komissiyasiga (Vazirlar Mahkamasiga) kiritilgan. Qachon tasdiqlanishi hozircha noma’lum.

Har yilgi an’anaga ko’ra, mandatning qonunchilikda belgilangan kuni yaqinlashgani sari sukunat, noaniqlik va shubhalar ortib ketadi.

Aslida amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari, ya’ni mandat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash 10-avgust kuni to‘liq yakunlanadi. Undan so’ng hech qanday qo’shimcha muddat berilmadi.

Demak, mandat 17-avgustgacha e’lon qilinishi kerak.

Bugun — 16-avgust. Bundan kelib chiqadiki, agar mandat yoki bugun, yoki ertaga e’lon qilinmasa, unda qonun hujjatlari buzilgan bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
«Super-kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
#abituriyent

O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘layotganini hisobga olib, ayrim tushuntirish berib o‘taman.

‼️Eng avvalo bir narsani unutmang: 2024-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beramiz.

2023-yilgi narxlar mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/21116

4 ballgacha yetmaganlar qancha to’laydi?

Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:

o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);

1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;

2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;

3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.

❗️ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

4,1 ball va undan ko‘proq
yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi.

Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?

Yo‘q, unaqa emas. Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.

Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza berishi kerak?

Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz.

Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi.

Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?

Yo‘q. 3 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish, kimnidir kabinetida navbat kutish, kimlargadir iltimos qilish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.

O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?

Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi. O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?

Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.

Ammo super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limga beriladi.

Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?

Ha, 4 ga bo’lib to’lash mumkin.

56,7 balldan kam to’plaganlar ham super-kontraktda o’qisa bo’ladimi?
Javob: https://t.me/xushnudbek/21132


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
4 ballgacha yetmaganlarga ham super-kontraktda chegirma bormi?
#abituriyent

JAVOB: Yo‘q, 4 ballgacha bo‘lganlarga chegirma berilmaydi.

Joriy yilda tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda (❗️bu chegirmani oddiy (bazaviy) kontraktlarga aloqasi yo'q).

Ammo bu chegirma, 56,7 balldan ko‘p to‘plagan, lekin kirish baliga 4,05 ball yetmay qolib, o‘qishdan yiqilgan abituriyentlarga taalluqli. 4 ballgacha bo‘lgan shkaladagilar uchun esa chegirma qo‘llanmaydi.

Eslatib o‘taman, super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha bo‘ladi:

o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;
2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.

Mana shu toifadagilar garchi birdaniga 100% to‘lov qilsa ham, ularga chegirma yo‘q. Shu sababli avval 50 %ini to‘lab, qolganini o‘quv yili davomida bo‘lib to‘lasa bo‘ladi.

❗️ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) ball va undan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

4,1 ball va undan ko‘proq
yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 6, 8, 10, 12, 15, 19 va hk. barobar qo‘llanadi. Qaysi yo‘nalishda super-kontrakt qanchaligini mana bu yerdan ko‘rib olish mumkin.


👉 @xushnudbek 👈