Telegram secrets UZ
4 subscribers
31 photos
2 videos
27 files
55 links
Telegram messenjeri tarkibi ishlatish usullari va texnik imkoniyatlari...
Ta‘sischi Xusniddin Roziqiy
Download Telegram
Plus Messenger (org.telegram.plus)
Version: 5.11.0.4(15750)
Last Updated: Oct 15, 2019
Size: 31.07MB
Web: https://apkdl.in/app/details?id=org.telegram.plus
Download apk [31.07MB]
https://checker.in/go/10209991

Please wait, your apk file will be sent shortly.
#ict_news #smartfon

IMEI-kod mobil qurilmani O‘zbekiston hududiga olib kirayotgan yuridik yoki olib kirayotgan jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi 📱📶

Ayni kunlarda mobil qurilmalarining IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilmoqda. Shunday bo‘lsada, har bir fuqaro uchun muhim bo‘lgan ushbu tizim haqida ko‘plab savollar yuzaga kelmoqda. Shuni e’tiborga olib IMEI-kod bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan dolzarb savollarga yana bir bor oydinlik kiritamiz. Bu hamma bilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, chunki IMEI-kodlarni bepul ro‘yxatdan o‘tkazish uchun berilgan muddat tugadi.

1️⃣. IMEI-kod kim tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

IMEI-kod mobil qurilmani O‘zbekiston hududiga olib kirgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Demak bundan ko‘rinib turibdiki, mobil qurilmani sotib olayotgan fuqaro ro‘yxatdan o‘tkazishi shart emas. Ushbu qurilmaning ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganligini bilish uchun:
1) UZIMEI rasmiy veb-sayti orqali;
2) 1170 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali;
3) USSD *1170# yoki SMS 1170 so‘rovlari yordamida bilib olishingiz mumkin.

Agar siz sotib olayotgan mobil qurilma ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, bilingki, bu qurilma O‘zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirilgan bo‘lishi mumkin, ushbu ma’lumot asosida Siz huquqni himoya qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, IMEI-kod mobil qurilmani O‘zbekiston hududiga olib kirgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi belgilangan.

2️⃣. IMEI-kod nima?

Mobil qurilmaning 15 xonalik seriya raqami IMEI-kod deyiladi. IMEI-kod SIM-kartalar ishlashini ta’minlovchi barcha mobil qurilmalarda mavjud bo‘lib, SIM-kartaning har bir slotiga alohida beriladi. Agar mobil qurilmada SIM-kartalarning ikki yoki undan ko‘p slotlari mavjud bo‘lsa, ushbu mobil qurilma ikki yoki undan ortiq IMEI-kodlarga ham ega bo‘ladi.

Demak, agar sizda ikkita SIM-karta bilan ishlaydigan mobil qurilmangiz bo‘lsa, ikkita IMEI-kod olishingiz lozim bo‘ladi.

3️⃣. IMEI-kod nimaga kerak?

• mobil qurilmalarning IMEI-kodi/kodlarini tekshirish orqali sifatsiz, inson sog‘lig‘iga zarar keltiradigan va respublika hududiga noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan qurilmalar savdosining oldini olish uchun;

• mobil qurilma yo‘qolib qolgan yoki o‘g‘irlangan holatda uning qidiruv ishlarini tezkor amalga oshirish uchun;

• mobil gadjetlarni qo‘llagan holda sodir etiladigan jinoyatlarni samarali va tezkor fosh etish uchun;

• soliq va bojxona tizimida korrupsiya xavfini qisqartirish uchun.

4️⃣. Qurilmaning IMEI-kodini qayerdan bilish mumkin?

IMEI-kod qurilmaning klaviaturasida *#06# buyrug‘ini terish orqali bilib olish mumkin. Bundan tashqari, ushbu kod qurilmani qutisida, kafolat kartasida va ayrim qurilmalarning batareyasi ostida yozilgan bo‘ladi.

5️⃣. Qachon ro‘yxatdan o‘tkazish kerak?

Qurilma orqali birinchi tarmoq hodisasi sodir etilgandan so‘ng (ya’ni birinchi marta SIM-karta qo‘yilganidan keyin) 30 kun ichida IMEI-kodi ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Hozirda foydalanilayotgan mobil qurilmalarning IMEI-kodi 1 noyabrgacha avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazilgan (tekshirib ko‘rishingiz mumkin).

Demak, mobil qurilmalar tizim operatoriga murojaat qilish orqali:
1 noyabrdan 1 dekabrgacha – bepul edi;
1 dekabrdan – to‘lov asosida ro‘yxatga olinadi.

Sotib olingan, ammo shu kungacha ishlatilmagan (yangi) mobil qurilmalar taqdiri nima bo‘ladi? Unday qurilmalarni, afsuski, jismoniy shaxslar endi ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydilar. Yuridik shaxslar esa tizim operatoriga murojaat asosida, kerakli hujjatlarni taqdim etganidan so‘ng, bunday qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin.

IMEI-kod qancha to‘lov evaziga ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

Bitta IMEI-kodi uchun BHMdan foiz hisobida:
import qiluvchi uchun – 20% (44 600 so‘m);
ishlab chiqaruvchi uchun – 10% (22 300 so‘m).

Jismoniy shaxs (rezident) uchun birinchi tarmoq hodisasidan boshlab:
30 kun ichida – 20% (44 600 so‘m);
30 kun o‘tgandan keyin – 25% (55 750 so‘m).
Stellio.apk
11.4 MB
Stellio Music Player - eng zo'r, takomillashgan boshqaruv va judayam chiroyli dizaynga ega musiqa pleyeri!

Ulaning va ulashmang 📲💻
Faqat sizda bo'lsin 😉

Qitmir bo'ling do'stlar dan foyda yo'q 🤣
Twitter (com.twitter.android)
Version: 7.93.4-release.05(17934005)
Last Updated: Nov 4, 2019
Size: 31.12MB
Web: https://apkdl.in/app/details?id=com.twitter.android
Download apk [31.12MB]
https://checker.in/go/368408

Please wait, your apk file will be sent shortly.
Plus Messenger (org.telegram.plus)
Version: 5.11.0.7(15920)
Last Updated: Nov 21, 2019
Size: 31.33MB
Web: https://apkdl.in/app/details?id=org.telegram.plus
Download apk [31.33MB]
https://checker.in/go/382838

Please wait, your apk file will be sent shortly.
#ict_news

UMS endi “Mobiuz” deb nomlanadi 🔄

UMS mobil operatori rebrending o‘tkazib, o‘z nomini Mobiuz deya o‘zgartirdi. Bu haqda bugun, 2-dekabr kuni Toshkentda tashkil etilgan taqdimot marosimida e’lon qilindi.

Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov ishtirok etdi.

Taqdimot marosimida kompaniya bosh direktori Sobir Aripov so‘nggi yillarda ko‘p narsa o‘zgargani va UMS brendi ham o‘zini oqlamay qo‘yganini ma’lum qildi.

– 2018 yilda prezident qarori bilan bizning kompaniyamizga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida bir qator muhim vazifalar yuklatilgan edi. Bu esa bizni nafaqat mobil aloqa xizmatlari sohasida, balki boshqa yo‘nalishlarda, jumladan, sifatli internet, tarmoqni to‘liq modernizatsiya qilish, hukumat aloqasini yo‘lga qo‘yish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini barpo etish, Elektron hukumatni rivojlantirishda ishtirok etishishimizni talab etadi. Buning uchun o‘zimizga beshta ustuvor vazifani belgilab oldik, — dedi kompaniya bosh direktori.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda yo‘l xaritasi va 2019-2021 yillarda rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Jizzax viloyatida ma’lumotlarni qayta ishlash markazini qurish hamda xalqaro internet kanaliga bevosita chiqish loyihalarini boshlash shular sirasiga kiradi.

Taqdimotda nafaqat nom o‘zgarayotgani qayd etildi, balki kompaniya rivojlanishning yangi bosqichini boshlayotgani aytib o‘tildi.

📍P.S. Ushbu mobil operatorning doimiy mijozi sifatida, uning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolaman! (buni reklama deya qabul qilmang).

📝 Manba: @mitcuz
Telegram secrets UZ pinned «​​Hurmatli MessenjerTelegramSecrets kanali obunachilari! Vazirliklar, idoralar, banklar va boshqa davlat tashkilotlarining telegram-kanallari katalogi shakllantirildi. Marhamat, ularga obuna bo‘ling va do‘stlaringizga ulashing! https://t.me/MessenjerTelegramSecrets…»
Telegram secrets UZ pinned «Yolg'onchilar Demak telegram yolg‘onlari haqida:Marketing va reklama bozorini tahlil qilish mobaynida Telegram messenjeriga alohida to'xtalib o'tish o'rinli bo'ladi va bu marketing,reklama ishlari juda tartibsiz joylashgani ozgina achinarli ham biroq siz…»
Qisqasi foydali kanal 😉
Қўшиқларни юклаб олиш учун ботлар рўйҳати

@vkm_bot - сиз унга фақатгина қўшиқ ёки санъаткор номини ёзишингиз ва юклаб олиш учун рўйхатдаги қўшиқни танлашингиз керак

@vksound_bot - ҳавола бўйича ВК-даги профиллардан мусиқани юклаб олади, қидирув бўйича трек ва қўшиқчиларни излайди, ўз плейлистингизни яратиш имконини беради

@vkfmbot - очиқ аудио ёзувлар шарти билан vk профилларидан мусиқаларни юклаб олади

@LyBot - исмни қидиришда, рўйхатдаги тугмачани босиб турамиз, трекни юкланишини кутамиз ва видеони ўзгартирадиган иловага юборамиз ёки телефонинга сақлаб оламиз

@fmusbot - қўшиқ ёки санъаткор номини ботга юборинг

@netubot - VK, FB, Coub ёки Youtube-дан қўшиқларни юклаб олади. Ҳаволани юборишингиз кифоя

@buddy_music_bot - энг янги қўшиқлар рўйҳатини тақдим этади ва ВК-дан плейлистларини юклайди

@TYAudio_Bot - YouTube-даги видеони фақатгина аудио файл сифатида юклаб оласиз

@ShazamMusicChartsBot - шазам чартларининг рўйхатини тақдим этади, танланг ва юклаб олинг

@MusicKeeperBot - ўз плейлистларингизни яратишга мўлжалланган бот ва бонус сифатида сўнгги янгиликлар рўйхати ҳам тақдим этилади

@RadioBot - радио эфирларини тинглаш мухлислари учун;) шу билан бирга турли мамлакатлардаги радиони ҳам тинглашингиз мумкин

@auddbot - сиз эшитаётган мусиқанинг 3-10 сониясини ёзиб олинг ва AudD шу қўшиқни аниқлайди

@YaMelodyBot - телефон микрофонига ёзилган ва юборилган мусиқани аниқлайди ва Яндекс.Музыка-га трек ҳақоласини юборади

@BeatSpotBot -диктофондан ёзувни юбориб, мусиқани қидириш мумкин