MenSenvaUlar 2.0
395 subscribers
73 photos
4 videos
119 links
Xush kelibsiz MenSenvaUlar’ning 2.0 talqiniga.

Muallif, Dilraboning ko’rgan - kechirganlariga siz ham hamroh bo’ling.

Hozirda Ottava, Kanadada. 🇨🇦

Muloqot uchun: @MSU_Muloqot_bot

MenSenvaUlar2.0
Download Telegram
​​Oranglarda Kanadaga immigratsiya qilayotgan/qilmoqchilar bo’lsa, ushbu qo’llanmani tavsiya qilmoqchiman. U IRCC (Immigration, Refugees and Citizenship of Canada) tomonidan ishlab chiqilgan va doimiy yangilanib boriladi.

Mazkur qo’llanmada Kanadaga ilk kelgan haftalaringizda kerak bo’ladigan muhim resurslar va ma’lumotlar mavjud: ish izlash, ta’lim olish, til bilimlaringizni mukamallashtirish, Kanada qonunchilik tizimi, huquq va majburiyatlaringiz, yangi kelganda zarur hujjatlarni qayerda/qanday rasmiylashtirishingiz kerak (Soliq to’lovchi raqami- SIN, sug’urta, haydovchilik guvohnomasi va hzo). Xullas, kerakli va eng so’nggi ma’lumotlar, eng muhimi rasmiy manbadan. Kimdir kimdan eshitgan yoki amakingizni o’g’lini tanishi aytgan gaplar emas. Va yana yaxshi tomoni - TEKIN. Elektron variantini yuklab olishingiz mumkin. Men chop qilingan nusxasini buyurtma bergandim (2016 yil). Ikki oylarda pochtadan yetib borgandi, Toshkent viloyatiga.

Quyida havola ⬇️

P.S So’raganlar bor edi. Muloqot botini qayta tiklayapman. Kanalni biosidan o’tib yozsanglar bo’ladi.

@MenSenvaUlar2
​​​​​​Kuni kecha Apple yangi iPhone va boshqa qurilmalarni taqdim etdi. Bitta yaqin tanishim yozib qoldi. Biz tomonlarda iPhone’ning narxi qanaqaligiga qiziqib. Toshkentda Apple’ning rasmiy do’koni yoki online do’koni yo’qligi bois, bunday qiziqishlar tug’ilishi tabiiy.

Olamshumul yangilik emas, lekin ayrimlar uchun asqotishi mumkin: agarda sizni A yoki B davlatda yangi iPhone narxlari qiziqtirsa, o’sha davlatdagi online do’kon vebsaytiga kirib ko’rishingiz kifoya. Masalan, AQShda (apple.com), Kanadada (Apple.com/ca), Germaniyada (Apple.com/de) va hokazo.

P.S AQSh va Kanadada narxlar QQSsiz ko’rsatilishini yodda tuting, shtat/provinsiyaga qarab soliq % o’zgaradi va ko’rsatilgan narxga qo’shimcha to’lanadi.

Yana bitta olamshumul yangilik emas, ammo ayrimlarimiz uchun asqotishi mumkin layfhak. Bu ham QQS bilan bog’liq. Balki sifat jihatdan ishonchi komil bo’lishi uchun, balki narx - navoda kichik farq tufayli, xorijdan elektron qurilma yoki boshqa buyumlarni xarid qilish istagi bo’lishi mumkin.

Bunday holda siz odatda to’lagan QQSni aksariyat qismini qaytib olishingiz mumkin. Deylik, Buyuk Britaniyada iPhone xarid qildingiz – XXX funt sterlingga. Aeroportda maxsus VAT Tax refund (QQS qaytib olish) kiosklariga uchrasangiz, sizga to’lagan QQSingizning aksariyat Y qismini qaytib beradi. Aksariyat deyishimning boisi, bu xizmatni ko’rsatuvchi tashkilot (siz va soliq mutasaddilari o’rtasida vositachilik qilgani) xizmati uchun biroz o’ziga komissiya to’lovi olib qoladi.

Adashmasam, Yevropada Global Blue bu xizmatni ko’rsatadi. Faqat xarid chog’ida oddiy chekdan tashqari, VAT refund chekini ham so’rab olishni unutmang.

P.S Bu tax refund xizmatidan faqatgina sayyohlar, mamlakatga vaqtincha borganlar foydalana oladi. Yani, xarid qilingan buyum bizni misolimizda Buyuk Britaniyadan tashqarida ishlatish uchun mo’ljallanmoqda. Buyuk Britaniyada doimiy istiqomat qiluvchi inson xarid qilgan bo’lsa, u QQSni qaytarib olish huquqiga ega emas.

Masalani ikkinchi tarafi: buyumni olib kirayotgan davlatingiz bojxona deklaratsiyada ma’lum qilishingiz va kerak bo’lsa boj/soliqlar to’lashingiz lozim. Alqissa, bitta buyumga ikki marotaba QQS/ soliq solinmaydi. Siz yashaydigan davlatda bojxona ‘shedriy’ bo’lsa-yu, mayli yangi olib kelganing telefonga boj to’lash shart emas desa, siz biroz yutasiz. Shunaqa gaplar.

Aytgancha, shu qoqtungi yashillik rangdagisini yomon chiqaribdi – a? Sizga qaysinisi yoqdi?

@MenSenvaUlar2
​​Ertalab bir maqola o’qib qoldim. Kanadaga yangi ko’chib kelganlarning yangi joyda tanish va do’st ortirib ketishlari, aniqrog’i buning biroz qiyin kechishi haqida.

Maqolaning qisqa mazmuni shunda iboratki, Kanadaga yangi kelganlarda mahalliy aholi vakillari bilan do’stlashib ketishi biroz qiyin kechadi. Taajublanarli bo’lishi mumkin, ammo bunga asosiy sabablardan biri qilib kanadaliklarning xushmuomala, muloyim va tolerantliklari keltirilgan.

Bunday xushmuomala va tolerant jamiyatga yangi kelib qo’shilgan shaxs ham mazkur ijobiy xislatlarni tezda o’zlashtirib olishlari ham rost. Natijada, suhbatlar chog’ida hamma nimtabassumli, o’ziga yoqmagan mavzu yoki insonga ham xushmuomalalik bilan javob qaytarishadi, juda qursa jilmayib qo’yishadi.

Suhbatdoshingiz aslida nima o’ylayapti, nimalarga qiziqadi, nimalarni yoqtirmaydi bila olmaysiz. Tanish, suhbatdosh bo’la olasiz, ammo o’rtada devor bordek, nosamimiylik bor. Uni oshib, yaqin do’st bo’lib ketish esa birmuncha qiyin.

Albatta maqolada jon bor, o’zimga, men tanigan, bilgan immigrantlarga nazar tashlasam ‘odatda’ boshqa immigrantlar bilan do’stlashishgan, bordi - keldi qilishadi. Aslida, hozir ish, o’qish, uy, oila va boshqa hobbylarimdan ortib o’ta ijtimoiylashayapman deya olmayman. Hatto eski qadrdonlarim bilan ham ahyon - ahyonda gaplashaman.

Lekin masalan, Britaniyada o’qigan kezlarimga e’tibor qaratsam, yaqin o’rtoqlarim bari xalqaro talabalar bo’lgan ekan (turk, xitoy, grek, ispan, arab, ukrain va hzo., lekin ingliz emas). Aslida o’qishda kursdoshlarim ham, ish joyida ham, ijarada turadigan uyimda ham aslida hammasi no-ingliz insonlar edi-da.

Yuqoridagi maqolada jon bo’lsa-da, bu holatning asosiy sabablaridan yani biri madaniyatlar turfaligi, menimcha. Ha kanadaliklar tolerant, sizning boshqacha hatti - harakatlaringiz, qiziqishlaringiz, gap so’zlaringizga muloyimlik bilan yondashishadi. O’z o’rnida siz ham kelib qo’shilgan jamiyatingiz madaniyatiga 100% kirishib ketmasangiz - da, hech qursa hurmat qilasiz.

Oddiy misol, ishxonada tushlik qilib o’tiribmiz, biror kino, qo’shiq, ko’rsatuv, kitob haqida so’z ketadi, men esa shunchaki boshimni qimirlatib “ha shunaqami, ha-ya” -, deb turaveraman jilmayib. Bu mavzular borasida ma’lumotim yo’qligi uchun aralashib keta olmayman. Xuddi shunday, ularga Chingiz Aytmatovning biror kitobi yoki “Mahallada duv - duv gap” filmi haqida aytsam, ular ham nari borsa “ha-a, qiziq” deb jilmayib qo’yishadi va tamom.

Demoqchimanki, ming liberal qarashga ega bo’lmay, 25 yil yashaganim madaniyat, o’qib o’rganganim ma’lumotlar bu yerda unchalik ahamiyatga ega emas. Tarix, madaniyatlar turfaligi, taomlar va hzo haqida bir gapirasiz, ikki gapirasiz, shu bilan tamom.

Keyin masalaning yana bir tarafi bor, inglizzabon insonlarning, hammasi emas, lekin sezilarli qismining odatda dunyo qarashi biroz torroq (geografiya, til o’rganish, boshqa madaniyatlar haqida bilim borasida). Ingliz tili global til bo’lgani uchun xuddiki dunyoning markazi ular… Lekin dunyo ko’rgan, ko’p sayohat qilib, o’qib - o’rganib yuradiganlari albatta bundan mustasno.

Shunday ekan, o’ylashimcha, yangi kelgan va mahalliy aholi vakillarining do’stlashib ketishi qiyinligiga nafaqat kanadacha muloyimlik balki madaniyatlar o’rtasidagi farq ham asosiy sababdir.

Oramizda xorijda yashaydigan/ yashab ko’rgan mushtariylarimiz ham talaygina. Siz bu mavzuda qanday fikrdasiz? Yangi joyda mahalliy do’stlar ortirishda nimalar qo’l kelishi mumkin?

@MenSenvaUlar2
​​​​Keyingi oyda Kanadada saylovlar bo’lib o’tadi. Hukumat uchun kurashuvchi asosiy siyosiy partiyalar beshta:
- Liberallar (amaldagi hukumat)
- Konservatorlar (muxolifat)
- Yashillar
- Kvebek bloki
- Yangi demokratlar

Ammo kurash, doimgidek Liberallar va Konservatorlar o’rtasida kechishi kutilmoqda. Men qaysi partiyaga ovoz bergan bo’lardim? Keling, undan avval bu ikki partiyaning stereotipik farqlariga nazar tashlaymiz.

Ijtimoiy sohalarda:

Inson huquqlari, irqchilik va hzo masalalarida Liberallar o’ta faol. Kichik va diskriminatsiyaga uchragan ijtimoiy guruhlarga imtiyozlar yaratishga harakat qilishadi. Farqli ravishda, Konservatorlar bunday mavzularga ‘ko’z yumib’, barcha barobar qabilida ish tutishadi.

Jinoyatchilikka, Liberallar ijtimoiy masala deb qarab, unining kelib chiqish sabablarini (masalan qashshoqlik) bartaraf qilishga harakat qiladi. Ular yana odatda ko’proq ayblanadigan kichik etnik guruhlarga adolatliroq bo’lish g’oyasini ilgari surishadi. Konservatorlar esa jinoyatchilikka biroz qattiq qo’llik bilan, jazo va qonunchilikni qattiqlashtirish orqali yondashishadi.

Iqtisodiy sohalarda:

Soliqqa solish masalasida Liberallar ‘boy va o’rta qatlam’ga ko’proq soliq solish payida bo’lishadi. Konservatorlar iloji boricha soliqlarni kamaytirish g’oyasini ilgari surishadi.

Budjet sarflari borasida, Liberallar yuqoridagi aytganim soliqlarni ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taminlangan qatlamga sarflab o’zlarini saxovatpesha qilib ko’rsatishsa; Konservatorlar esa davlat budjeti sarflari iloji boricha minimal bo’lish tarafdori.

Iqtisodiyotni tartibga solish borasida. Liberallar turli (masalan ekologik) jabhalarni o’ylab, tadbirkor va ishlab chiqaruvchilar uchun ma’lum cheklovlar kiritishi mumkin. Konservatorlar esa, iqtisodiyot erkin qo’yilishi tarafdori bo’lib, hamma bilganini qilishini yoqlaydi.

Harbiy sohada

Liberallar iloji boricha kamroq harbiy xarjlarni yoqlab, armiyaga o’ta e’tibor qaratavermaydi. Konservatorlar, davlat budjeti bo’yicha ziqna bo’lishsa- da, harbiy sohaga kelganda g’azna pullarini ayashmaydi.

Bularning bari o’ta umumiy va stereotipik qarashlar. Albatta, har bir partiya aniq rejalar bilan boyitilgan o’z kun tartibiga ega.

Menga kelsak, shu soliq borasidagi qiliqlarini yoqlamasam - da (yil oxirida deklaratsiya to’ldirganda yillik to’lagan solig’imni ko’rib qon bosimim oshib ketadi 🤯) Liberallar tarafini tutgan bo’lardim. Ammo lekin biroq, menda saylovda qatnashish huquqi yo’q, shunga mana hech kim so’ramasa ham, kanalimda tanlovimni yozib o’tiribman.

Mundoq olib qarasa, umrimda birinchi marta saylovlarni qiziqib kuzatarkanman. Undan avvalgilarini kuzatish shart bo’lmagan - da, kim yutishini avvaldan bilib tursang…mayli mavzudan chetga chiqmaylik.

Darvoqe, siz qaysi partiyaga ovoz bergan bo’lardingiz? O’zim tarafga og’dirish uchun mana bonusiga Liberallarning saylov oldi kampaniyasi qo’shig’ini qo’yib beryapman 😉

@MenSenvaUlar2
​​​​📢 Kanada oliygohlarida magistraturada ta’lim olmoqchi bo’lganlar diqqatiga. Kanada hukumati tomonidan barcha xarajatlarni qoplovchi grant dasturi e’lon qilindi. Batafsil ma’lumot uchun quyidagi havolaga o’ting. Omad!

@MenSenvaUlar2
​​Ottawa Citizen OAVsining yozishicha Ottava kasalxonasi tez tibbiy yordam ko’rsatish bo’limida kutish vaqti uzunligi bo’yicha butun provinsiya bo’yicha yoz oylari davomida birinchilikni olibdi. Hech ham hayratlanmadim. O’rtacha kutish vaqti 3.2 soat bo’libdi.

Kasalxona rahbari o’rinbosari bunday uzoq navbatlarga sabab qilib: (1) kasalxonada bemorlarni qayd qilishning yangi elektron tizimiga o’tganliklari, xodimlarning tizimga moslashishi vaqt olishini hamda (2) bemorlar oqimi odatdagidan ko’p bo’lganligini keltiribdi.

Ma’lumot uchun, tez tibbiy yordam bo’limida ahovolingiz qanchalik og’irligiga qarab ‘tezroq’ yoki sekinroq xizmat ko’rsatishadi.

Shaxsan o’zim iyul va augustda ikki marotaba bo’lgandim.

Birinchi borganimda, doktor ko’rsatmasi bilan o’z oyog’imda borgandim, zudlik bilan X mutaxassisdan maslahat olish uchun. Mubolag’asi yo’q, naqd 6 soat kutib qolganman. Kutish zalida tizma qator o’rindiqlar bemorlar bilan to’la, yana yo’laklarda tez yordam mashinasida olib kelingan bemorlar kushetkada yotib kutayapti… kimlardir nogironlik aravachasida…kimdir homilador, kimnidir qo’li gips… boshqa bir muncha ahvoli yaxshiroq bemorlar shunchaki kitob/ gazeta o’qib o’tiribdi…

Qiziq jihati, hech kim jig’i biyron emas, jim o’tirib kutishyapti… Ahvoli qanchalik yomon bo’lmasin… O’shanda kanadaliklarning sabri va muloyimligiga yana bir bor amin bo’lgandim. Joningiz o’g’rib turganda bamaylixotir o’tirish… Menimcha kanadaliklarning yuragi juda keng, to’rtta kamera o’rniga yuraklari sakkiz kameralik bo’lsa kerak…

Ikkinchi safar uyga tez yordam mashinasi chaqirishimizga to’g’ri kelgan. O’rnimdan turib yurolmasdim. Tezda yetib kelib, yo’lda hamma qatnovni chetga surib meni zumda kasalaxonaga obordi nimayu… yana o’sha bo’lim yo’laklarida qabul qilinishimni kutib yotishim nima… Xullas qabul qilinib, shifokor meni ko’rguncha 3 soatcha vaqt o’tdi.

Zutopiya multfilimini ko’rganmisiz? O’shanda yalqovning harakatlanishi bor-ku, shu tezlikka ruhan tayyorlanib borilsa, uzoq navbatlarda turganda odam anchayin xotirjam bo’lsa kerak.

Darvoqe, Zutopiyani ko’rmagan bo’lsangiz, ko’ring. MenSenvaUlar tavsiya etadi. Zo’r multfilm! Quyida kichik parcha (inglizcha)

@MenSenvaUlar2
Azizlar, ikkita yaxshi yangiligim bor:

1. Navbatdagi CPA kursimdan yaxshi o’tib olibman 😎. CPA haqida oldin aytib o’tgandim.

2. AQShga sayyohlik vizam chiqdi. Shu joyida bir tilim qichiydi endi.

Shu paytga qadar, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada va Efiopiyaga viza olganman. Deyarli barida belgilangan tartibda ma’lum hujjatlar so’ralgan, topshirganman, ko’rib chiqilgan va viza berilgan.

AQShga kelsak, ariza blankasi va rasmdan boshqa hujjat so’ralmaydi. Anketada bergan ma’lumotlaringiz, suhbat chog’ida javoblaringiz va ofitserning kayfiyatiga qarab viza olasiz/olmaysiz. Asosiy immigratsiya tizimi butunlay lotoreyaga asoslangan bu davlat, sayyohlik vizasiniyam subyektiv ravishda beradi. Xullas, shu logikasi yo’q prezidentiga o’xshaydi, ish tutishlari.

Bundan ikki yil oldin, topshirganimda berishmagandi. Qo’shimcha oborganim hujjatlarga qaramagandi ham.

Bu safar qaniy bersa berar bo’lmasa yo’q deb topshirsam, bervordi.

Xullas,nima bo'lgan taqdirda ham, keyingi oydagi safarimdan allaqachon hayajondaman 🤩
Xo’sh...Taxmin qilib ko'ringchi, qaysi shtatga otlandim?

@MenSenvaUlar2
​​Haq to’lanuvchi onalik ta’tili davomiyligi, ayrim rivojlangan davlatlar kesimida:
🇨🇦 Kanada va 🇸🇪 Shvetsiya peshqadamlardan.
🇺🇸 AQShda esa federal miqyosda haq to’lash majburiyati yo’q (ammo, ayrim shtatlarida bir necha haftalik ta’til mavjud).

@MenSenvaUlar2
​​Inson umri moboynida katta o’zgarishlar olib keladigan bir necha burilishlar bo’ladi. Menda shunday burilishlardan biri aynan bugungi kun san’asi bilan bog’liq.

Bundan roppa-rossa 6 yil avval xuddi shu bugun Toshkent- London yo’nalishidagi samolyotga o’tirgandim. Ilk marta parvoz qilishim, ilk marta xorijga chiqishim edi(O’rta Osiyoni hisoblamaganda).

Keyingi ikki yil moboynida Kardiffda o’rganganlarim, orttirgan ajoyib do’stlarim va ko’rgan -kechirganlarim yuragimda alohida o’ringa ega.

MenSenvaUlar ham aynan Kardiffda tug’ilgan.

Mayli bugunga shunchalik romantika yetar ☺️

Rasmda Kardiff yaqinidagi Brecon Beacons tog’ tizmalarida o’sha safarga chiqqan qahramonimiz.

@MenSenvaUlar2
Malakali kadrlarni jalb qila olish tashkilotlar uchun qanchalik muhim bo’lsa, ularni ushlab qolish ham teng ahamiyatlidir…Yani mehnat bozorida ish beruvchilar o’rtasida sifatli kadrlar uchun raqobat kechadi.

Ish takliflarini ko’zdan kechirarkan, kadrlar ish haqi miqdoridan tashqari boshqa moddiy va nomoddiy rag’batlarni ham nazardan chetda qoldirishmaydi.

Masalan:
• Tibbiy sug’urta paketi: qanchalik keng qamrovli ekanligi;
• Nafaqa jamg’armangizga qo’shimcha pul ajratilishi (majburiy federal to’lovdan tashqari);
• Haq to’lanuvchi yillik mehnat ta’tili va xastalikda ta’tilga chiqish;
• Moslashuvchan ish vaqti: ish soatlarini o’zingizga moslash, uydan ishlash; (batafsil bu yerda)
• Turli korporativ tadbirlar;
• Trening va malaka oshirishdan o’tish imkoniyatlari;
• Ofisda biroz xordiq chiqarish uchun sharoitlar mavjudligi: mini sport zal, dam olish xonalari…

Bu ro’yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Buyog’i biror sohaning qanchalik yog’lik soha va/yoki ish beruvchining moliyaviy ahvoliga bog’liq.

Men insonvarparlik yordami ko’rsatuvchi notijorat tashkilotda ishlayman. Albatta, resurslar cheklangan. Shunga qaramay, tashkilotimiz imkon boricha xodimlarni rag’batlantirib boradi.

Shulardan biri har yili o’tkaziladigan “Xodimlarni qadrlash kuni”. Shahar chetida biror maskanga borib dam olib kelinadi: turli o’yinlar, yeguliklar, ko’p e’tirof etilgan xodimlar uchun sovg’alar va h.k.

O’tgan hafta zarang daraxtidan sirop oluvchi fermada mehmon bo’ldik. Butun haftani shaharda, betonlar orasida o’tkazuvchi ofis xodimlari uchun tabiat qo’yniga chiqish ayni muddao… Quyida tadbirdan ayrim rasmlar.

Siz uchun ish beruvchi tanlashda ish haqidan tashqari yana nimalar muhim?

@MenSenvaUlar2
​​​​Shu oyda Kanadada saylovlar bo’lib o’tishi haqida aytgandim.

Ayni damda, 6 ta siyosiy partiya rahbarlari ishtirokida jonli efirda qizg’in bahs- munozaraga boy saylov oldi debati bo’lib o’tmoqda.

Kanadaning turli provinsiya va hududlarida yashovchi aholi vakillari to’g’ridan-to’g’ri o’zlarini qiziqtirgan savollarni berishmoqda.

Har bitta ovoz uchun kurashayotgan partiya rahbarlarini jon kuydirib bahslashishini, o’z partiyasi rejasini ko’ndalang qo’yishini ko’rib xursand bo’ldim. Raqobat bor, demak o’sish/o’zgarish bo’ladi.

Bir necha yil oldin, Kanadaga ko’chish uchun olgan qarorim yana bir bor to’g’riligiga amin bo’lyapman.

@MenSenvaUlar2
​​Torontodan salom, azizlar! Ottavaning mo’jazgina aeroportidan odatda mamlakat ichiga qatnovlar amalga oshiriladi. Bir nechta AQSh shaharlari, Frankfurt va Londonga to’g’ridan – to’g’ri qatnov bor xolos. Shu bois, bugun Torontoda transfer qilishimga to’g’ri keldi.

Qaysi shtat sari otlanganim haqida oldinroq o’tkazgan so’rovda, taxminlar orasida Nyu - York eng ko’p ovoz to’plagan edi. Florida va Koloradoni taxmin qilganlar ham talaygina. Lekin, men quyoshli Kaliforniya sari yo’l oldim. 🌞

To’g’ri taxmin qilganlar uchun kichik sovg’a: Red Hot Chili Peppersning eng mashhur qo’shig’i Californicationni o’zbekcha dutor sadolari ostidagi coveri Flying Up guruhi ijrosida. 🤘🏼

@MenSenvaUlar2