MenSenvaUlar 2.0
389 subscribers
73 photos
4 videos
119 links
Xush kelibsiz MenSenvaUlar’ning 2.0 talqiniga.

Muallif, Dilraboning ko’rgan - kechirganlariga siz ham hamroh bo’ling.

Hozirda Ottava, Kanadada. 🇨🇦

Muloqot uchun: @MSU_Muloqot_bot

MenSenvaUlar2.0
Download Telegram
Salom salom, azizlar! Qisqa muddatli tanaffusdan keyin yana birgamiz…
Bu qiz qaytib qolar deb kanalimizda qolganligingiz uchun katta rahmat! Muloqot boti va izohlarda yo’qlab turgan a’zolarimizga alohida rahmat! Boringlarga shukur ☺️

@MenSenvaUlar2
O’tgan oyda doktorma - doktor yurishimga to’g’ri keldi, hozir ham kamaygani yo’q. Bugun Ontario sog’liqni saqlash tizimi haqida aytib bersam bo’ladi, masalan. Sog’liqni saqlash tizimi provinsial masala va aynan provinsial budjetdan moliyalashtiriladi.

Provinsial tibbiy sug’urta kartasi

Ontario rezidenti sifatida provinsial tibbiy sug’urta kartangiz bo’ladi va qachonki shiforkor qabuliga borsangiz u doimo yoningizda bo’lishi lozim. Yangi ko’chib kelganlar, karta olishlari uchun 3 oy muddat kutishlari lozim.

Oilaiviy shifokor va lab tahlillari

Har bir inson tug’ilganda yoki Ontarioga ko’chib kelganida yangi bemorlar qabul qilayotgan oilaviy shifokorga bemor sifatida yozilishi lozim. Oilaviy shifokor umumiy profildagi mutaxassis bo’lib, odatiy ko’riklar uchun yoki biror joyingiz bezovta qilib qolsa aynan birinchi uni qabuliga borasiz. Klinikangizga qo’ng’iroq qilib yoki onlayn tizim orqali qabulga yozilsangiz bo’ladi. Vaziyatdan kelib chiqib turli tahlillarga/ laboratoriyaga yo’llanma berishi mumkin. Yoki maxsus mutaxassisga (LOR, Oftalmolog va hzo). Agar kasalingiz maxsus mutaxassis ko’rigini talab qilmasa-yu, oilaviy shifokoringiz tashxis qo’yib muolaja belgilasa, nur ustiga a’lo nur.

Maxsus profildagi shiforkorlar

Chunki maxsus mutaxassisga yo’llanma berilishi va toki u shifokor qabuliga kirishingiz bir necha oylarga ham cho’zilishi mumkin. Bu sizning ahvolingiz qanchalik jiddiyligi va o’sha shifokor jadvali bo’sh/ tig’izligiga bog’liq. Men masalan bir mutaxassis qabuliga yo’llanma olganimga bir oy bo’ldi, endi kechagina o’sha shifokor ofisidan qo’ng’iroq qilib qabulga yozishdi.

Tibbiy qaydlar va retseptlar

Yaxshi tarafi barcha qaydlar onlayn, tibiiy tarixingiz ham ma’lumotlar bazasiga elektron kiritib boriladi: har qabulga borganingiz, buyurilgan dori - darmonlar, tahlil natijalari va hzo.
Shifokorlar ha-a deganda dori - darmon yozib berishavermaydi. Yengilroq alomatlar bo’lsa, immunitetingiz o’zi kurashishi uchun qo’yib berishadi. “Shamollash dori - darmon bilan 7 kunda tuzaladi, dori – darmonsiz bir haftada” – degan (turk) maqoliga amal qilishsa kerak-da. Xullas, retsept yozib berishsa, uni aptekadan borib olaverasiz.

To’lovlar

Ontario (Kanada) rezidentlari uchun zaruriy tibiiy qabul va ko’riklar bepul, yuqoridagi provinsial sug’urta kartangiz bo’lsa bo’ldi. Ko’z va tish masalalaridan tashqari. Kasalxonalar ham bepul. 24 yoshgachalar uchun aksariyat dori - darmonlar ham bepul.
Odatda ishxonangizda qo’shimcha sug’urta rejasi ham taqdim qilinadi. Provinsiya qoplamaydigan xarajatlarni ushbu sug’urta to’ldiradi: tish, ko’z shiforkori qabuli, dori - darmonlar, hayot sug’urtasi va hzo. Lekin ko’pincha bu sug’urta rejalarining yillik cheklovlari bo’ladi. Masalan, yiliga ko’z muammolari bo’yicha $2,000 gacha qoplash cheklovi.

Agar Ontarioda vaqtincha yashayotgan bo’lsangiz, barcha xizmatlar pullik va anchayin qimmat.

Shunaqa gaplar, aslida kim qayerda bo’lsa ham kasal bo’lishmasin.
@MenSenvaUlar2
Shawn Mendesni konsertiga ortiqcha chiptam bor edi. Konsertni Facebookdagi sahifasiga kirsam, chipta izlayotganlardan ko’ra sotayotganlar ko’proq ekan.

Ticket Pickers (Chipta teruvchilar) degan firma haqida eshitib qoldim. Xullas, olib - sotarlar.

Messenjerdan yozib ko’rdim, chiptani yarim narxini ham taklif qilishmadi. Savdolashib ko’rdim, narxini oshirishmadi. Ko’nmadim, avval tanish bilishlarga aytib ko’raychi deb o’yladim. Qiziqgan chiqmadi. Ham bitta chiptani olinishi qiyin. Odatda kamida ikki kishi bo’lib boriladi-ku.

Aylanib, biror hafta o’tib, bugun yana Ticker Pickers’ga yozib ko’rdim. Ochig’i, o’zi o’sha eski so’rashgan narxiga ham bervorishga tayyor bo’lib turgandim ($59). Harnada, umuman, to’liq puliga kuygandan ko’ra.
Bugun yozsam, chiptani asl narxidan ($129) ozgina kamroqqa olishdi ($109). Siyosat qilib, mayli olgan narximdan kamrog’u, sizlargayam nimadir qolish kerak-ku deb bervordim. ☺️ Chiptani elektron o’tkazib berdim, pulini PayPaldan jo’natvorishdi. 15 daqiqada hammasi hal. Menimcha, bu firma faqat Shimoliy Amerika miqyosida ishlaydi.

Hali ommalashmagan joylarda esa, start up qilishga bitta g’oya-da bu ham. Qonuniy olib - sotarlik qilish. Sovuqda, issiqda, kech bo’lganda konsert zallari oldida dallollik qilguncha, shinam ofisda online xizmat ko’rsatish mumkin. Chiptalarni nisbatan arzon sotib olasiz, keyin ustama bilan sotaverasiz. Hamma xursand. A nima dedingiz?

@MenSenvaUlar2
​​2021 yilga borib Kanadada bir martalik plastik idish/ qadoqlar ishlatilishiga barham berilmoqchi. Darhaqiqat, ichimliklardan tortib tayyor ovqatlargacha plastikda qadoqlanishiga o’rganib qolganmiz. Bozorlik qilingandagi polietilen paketlarni adog’i yo’q.

Qaysi kuni Bulk Barn (choy, un, qand - qurs, quruq mevalar va hzolar sotiladi) super marketiga borgandik. Bir ona - bola qo’llarida turli bankachalar ushlab olishgan ekan. Hayron bo’lgandim. Bular oladigan mahsulotlarini bankaga solib ketar ekanmi deb. Kassaga kelsam, kassir aytib qoldi: Bizda bu oy aksiya o’tkazilmoqda. Agarda, ko’p martalik ishlatiluvchi idish/ konteyner bilan kelsangiz, har bir olgan mahsulotingiz narzxidan 20% chegirib beriladi. Zo’r o’ylashibdi.

Ozgina statistika: Hozirda Kanada bo’ylab shahar ma’muriyatlarining plastik chiqindilarni alohida yig’ishlari, qayta ishlash say - harakatlariga qaramay, jami plastik chiqindining 10% dan kamroq miqdori qayta ishlanar ekan. Mamalakat bo’ylab yiliga 3mln tonna plastik tashlab yuboriladi. Dunyoda esa millionalab qushlar va yuz minglab dengiz jonivorlari plastikni ozuqa deb o’ylab zararlanishmoqda….

Plastikni taqiqlash orqali nafaqat tabiyatni muhofaza qilamiz, balki chiqindini qayta ishlash sohasida qo’shimcha ish o’rinlari ham tashkil etiladi, - deb undamoqda Bosh vazirimiz.

World Economic Forum sahifalarida ko’rib qoldimki, Rimda o’tkazilayotgan pilot loyiha doirasida jamoat transportiga plastik baklashkalar orqali haq to’lashingiz mumkin ekan.

Global iqlim o’zgarishi, tabiat muxofazasi borasida kichik bo’lsa-da, shunday amaliy qadamlar tashlanayotganidan xursand bo’lsa bo’ladi. Sizchi? Samarali ish berayotgan shu kabi qanday g’oyalarga duch kelgansiz/ eshitgansiz?

Quyida mazkur mavzuda batafsil ko’rishingiz mumkin (ingliz tilida).

@MenSenvaUlar2
​​Balkonimizda kichkina bog’chamiz bor. Bodringlarimiz hosilga kirib qoldi 🥒. Yana bulg’or qalampiri, qovoq, ko’katlar ekganmiz.

P.S Kanadada ko’p qavatli uyda yashovchilarning poliz ekinlari ekishi oddiy hol. ☺️
MenSenvaUlar 2.0 pinned «Qani boshladik Meni bir vaqtlar MenSenvaUlar degan blogim bo’lardi. Oxirgi paytlarda Telegram kanallari ommalashayotganligi meni ham kanal ochib ko’rishga undadi. Qanchalik samarali yuritaman unisini bilmadim. Xullas karnaychidan bir ‘puf’. Xush kelibsiz…»
​​Oranglarda Kanadaga immigratsiya qilayotgan/qilmoqchilar bo’lsa, ushbu qo’llanmani tavsiya qilmoqchiman. U IRCC (Immigration, Refugees and Citizenship of Canada) tomonidan ishlab chiqilgan va doimiy yangilanib boriladi.

Mazkur qo’llanmada Kanadaga ilk kelgan haftalaringizda kerak bo’ladigan muhim resurslar va ma’lumotlar mavjud: ish izlash, ta’lim olish, til bilimlaringizni mukamallashtirish, Kanada qonunchilik tizimi, huquq va majburiyatlaringiz, yangi kelganda zarur hujjatlarni qayerda/qanday rasmiylashtirishingiz kerak (Soliq to’lovchi raqami- SIN, sug’urta, haydovchilik guvohnomasi va hzo). Xullas, kerakli va eng so’nggi ma’lumotlar, eng muhimi rasmiy manbadan. Kimdir kimdan eshitgan yoki amakingizni o’g’lini tanishi aytgan gaplar emas. Va yana yaxshi tomoni - TEKIN. Elektron variantini yuklab olishingiz mumkin. Men chop qilingan nusxasini buyurtma bergandim (2016 yil). Ikki oylarda pochtadan yetib borgandi, Toshkent viloyatiga.

Quyida havola ⬇️

P.S So’raganlar bor edi. Muloqot botini qayta tiklayapman. Kanalni biosidan o’tib yozsanglar bo’ladi.

@MenSenvaUlar2
​​​​​​Kuni kecha Apple yangi iPhone va boshqa qurilmalarni taqdim etdi. Bitta yaqin tanishim yozib qoldi. Biz tomonlarda iPhone’ning narxi qanaqaligiga qiziqib. Toshkentda Apple’ning rasmiy do’koni yoki online do’koni yo’qligi bois, bunday qiziqishlar tug’ilishi tabiiy.

Olamshumul yangilik emas, lekin ayrimlar uchun asqotishi mumkin: agarda sizni A yoki B davlatda yangi iPhone narxlari qiziqtirsa, o’sha davlatdagi online do’kon vebsaytiga kirib ko’rishingiz kifoya. Masalan, AQShda (apple.com), Kanadada (Apple.com/ca), Germaniyada (Apple.com/de) va hokazo.

P.S AQSh va Kanadada narxlar QQSsiz ko’rsatilishini yodda tuting, shtat/provinsiyaga qarab soliq % o’zgaradi va ko’rsatilgan narxga qo’shimcha to’lanadi.

Yana bitta olamshumul yangilik emas, ammo ayrimlarimiz uchun asqotishi mumkin layfhak. Bu ham QQS bilan bog’liq. Balki sifat jihatdan ishonchi komil bo’lishi uchun, balki narx - navoda kichik farq tufayli, xorijdan elektron qurilma yoki boshqa buyumlarni xarid qilish istagi bo’lishi mumkin.

Bunday holda siz odatda to’lagan QQSni aksariyat qismini qaytib olishingiz mumkin. Deylik, Buyuk Britaniyada iPhone xarid qildingiz – XXX funt sterlingga. Aeroportda maxsus VAT Tax refund (QQS qaytib olish) kiosklariga uchrasangiz, sizga to’lagan QQSingizning aksariyat Y qismini qaytib beradi. Aksariyat deyishimning boisi, bu xizmatni ko’rsatuvchi tashkilot (siz va soliq mutasaddilari o’rtasida vositachilik qilgani) xizmati uchun biroz o’ziga komissiya to’lovi olib qoladi.

Adashmasam, Yevropada Global Blue bu xizmatni ko’rsatadi. Faqat xarid chog’ida oddiy chekdan tashqari, VAT refund chekini ham so’rab olishni unutmang.

P.S Bu tax refund xizmatidan faqatgina sayyohlar, mamlakatga vaqtincha borganlar foydalana oladi. Yani, xarid qilingan buyum bizni misolimizda Buyuk Britaniyadan tashqarida ishlatish uchun mo’ljallanmoqda. Buyuk Britaniyada doimiy istiqomat qiluvchi inson xarid qilgan bo’lsa, u QQSni qaytarib olish huquqiga ega emas.

Masalani ikkinchi tarafi: buyumni olib kirayotgan davlatingiz bojxona deklaratsiyada ma’lum qilishingiz va kerak bo’lsa boj/soliqlar to’lashingiz lozim. Alqissa, bitta buyumga ikki marotaba QQS/ soliq solinmaydi. Siz yashaydigan davlatda bojxona ‘shedriy’ bo’lsa-yu, mayli yangi olib kelganing telefonga boj to’lash shart emas desa, siz biroz yutasiz. Shunaqa gaplar.

Aytgancha, shu qoqtungi yashillik rangdagisini yomon chiqaribdi – a? Sizga qaysinisi yoqdi?

@MenSenvaUlar2
​​Ertalab bir maqola o’qib qoldim. Kanadaga yangi ko’chib kelganlarning yangi joyda tanish va do’st ortirib ketishlari, aniqrog’i buning biroz qiyin kechishi haqida.

Maqolaning qisqa mazmuni shunda iboratki, Kanadaga yangi kelganlarda mahalliy aholi vakillari bilan do’stlashib ketishi biroz qiyin kechadi. Taajublanarli bo’lishi mumkin, ammo bunga asosiy sabablardan biri qilib kanadaliklarning xushmuomala, muloyim va tolerantliklari keltirilgan.

Bunday xushmuomala va tolerant jamiyatga yangi kelib qo’shilgan shaxs ham mazkur ijobiy xislatlarni tezda o’zlashtirib olishlari ham rost. Natijada, suhbatlar chog’ida hamma nimtabassumli, o’ziga yoqmagan mavzu yoki insonga ham xushmuomalalik bilan javob qaytarishadi, juda qursa jilmayib qo’yishadi.

Suhbatdoshingiz aslida nima o’ylayapti, nimalarga qiziqadi, nimalarni yoqtirmaydi bila olmaysiz. Tanish, suhbatdosh bo’la olasiz, ammo o’rtada devor bordek, nosamimiylik bor. Uni oshib, yaqin do’st bo’lib ketish esa birmuncha qiyin.

Albatta maqolada jon bor, o’zimga, men tanigan, bilgan immigrantlarga nazar tashlasam ‘odatda’ boshqa immigrantlar bilan do’stlashishgan, bordi - keldi qilishadi. Aslida, hozir ish, o’qish, uy, oila va boshqa hobbylarimdan ortib o’ta ijtimoiylashayapman deya olmayman. Hatto eski qadrdonlarim bilan ham ahyon - ahyonda gaplashaman.

Lekin masalan, Britaniyada o’qigan kezlarimga e’tibor qaratsam, yaqin o’rtoqlarim bari xalqaro talabalar bo’lgan ekan (turk, xitoy, grek, ispan, arab, ukrain va hzo., lekin ingliz emas). Aslida o’qishda kursdoshlarim ham, ish joyida ham, ijarada turadigan uyimda ham aslida hammasi no-ingliz insonlar edi-da.

Yuqoridagi maqolada jon bo’lsa-da, bu holatning asosiy sabablaridan yani biri madaniyatlar turfaligi, menimcha. Ha kanadaliklar tolerant, sizning boshqacha hatti - harakatlaringiz, qiziqishlaringiz, gap so’zlaringizga muloyimlik bilan yondashishadi. O’z o’rnida siz ham kelib qo’shilgan jamiyatingiz madaniyatiga 100% kirishib ketmasangiz - da, hech qursa hurmat qilasiz.

Oddiy misol, ishxonada tushlik qilib o’tiribmiz, biror kino, qo’shiq, ko’rsatuv, kitob haqida so’z ketadi, men esa shunchaki boshimni qimirlatib “ha shunaqami, ha-ya” -, deb turaveraman jilmayib. Bu mavzular borasida ma’lumotim yo’qligi uchun aralashib keta olmayman. Xuddi shunday, ularga Chingiz Aytmatovning biror kitobi yoki “Mahallada duv - duv gap” filmi haqida aytsam, ular ham nari borsa “ha-a, qiziq” deb jilmayib qo’yishadi va tamom.

Demoqchimanki, ming liberal qarashga ega bo’lmay, 25 yil yashaganim madaniyat, o’qib o’rganganim ma’lumotlar bu yerda unchalik ahamiyatga ega emas. Tarix, madaniyatlar turfaligi, taomlar va hzo haqida bir gapirasiz, ikki gapirasiz, shu bilan tamom.

Keyin masalaning yana bir tarafi bor, inglizzabon insonlarning, hammasi emas, lekin sezilarli qismining odatda dunyo qarashi biroz torroq (geografiya, til o’rganish, boshqa madaniyatlar haqida bilim borasida). Ingliz tili global til bo’lgani uchun xuddiki dunyoning markazi ular… Lekin dunyo ko’rgan, ko’p sayohat qilib, o’qib - o’rganib yuradiganlari albatta bundan mustasno.

Shunday ekan, o’ylashimcha, yangi kelgan va mahalliy aholi vakillarining do’stlashib ketishi qiyinligiga nafaqat kanadacha muloyimlik balki madaniyatlar o’rtasidagi farq ham asosiy sababdir.

Oramizda xorijda yashaydigan/ yashab ko’rgan mushtariylarimiz ham talaygina. Siz bu mavzuda qanday fikrdasiz? Yangi joyda mahalliy do’stlar ortirishda nimalar qo’l kelishi mumkin?

@MenSenvaUlar2
​​​​Keyingi oyda Kanadada saylovlar bo’lib o’tadi. Hukumat uchun kurashuvchi asosiy siyosiy partiyalar beshta:
- Liberallar (amaldagi hukumat)
- Konservatorlar (muxolifat)
- Yashillar
- Kvebek bloki
- Yangi demokratlar

Ammo kurash, doimgidek Liberallar va Konservatorlar o’rtasida kechishi kutilmoqda. Men qaysi partiyaga ovoz bergan bo’lardim? Keling, undan avval bu ikki partiyaning stereotipik farqlariga nazar tashlaymiz.

Ijtimoiy sohalarda:

Inson huquqlari, irqchilik va hzo masalalarida Liberallar o’ta faol. Kichik va diskriminatsiyaga uchragan ijtimoiy guruhlarga imtiyozlar yaratishga harakat qilishadi. Farqli ravishda, Konservatorlar bunday mavzularga ‘ko’z yumib’, barcha barobar qabilida ish tutishadi.

Jinoyatchilikka, Liberallar ijtimoiy masala deb qarab, unining kelib chiqish sabablarini (masalan qashshoqlik) bartaraf qilishga harakat qiladi. Ular yana odatda ko’proq ayblanadigan kichik etnik guruhlarga adolatliroq bo’lish g’oyasini ilgari surishadi. Konservatorlar esa jinoyatchilikka biroz qattiq qo’llik bilan, jazo va qonunchilikni qattiqlashtirish orqali yondashishadi.

Iqtisodiy sohalarda:

Soliqqa solish masalasida Liberallar ‘boy va o’rta qatlam’ga ko’proq soliq solish payida bo’lishadi. Konservatorlar iloji boricha soliqlarni kamaytirish g’oyasini ilgari surishadi.

Budjet sarflari borasida, Liberallar yuqoridagi aytganim soliqlarni ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taminlangan qatlamga sarflab o’zlarini saxovatpesha qilib ko’rsatishsa; Konservatorlar esa davlat budjeti sarflari iloji boricha minimal bo’lish tarafdori.

Iqtisodiyotni tartibga solish borasida. Liberallar turli (masalan ekologik) jabhalarni o’ylab, tadbirkor va ishlab chiqaruvchilar uchun ma’lum cheklovlar kiritishi mumkin. Konservatorlar esa, iqtisodiyot erkin qo’yilishi tarafdori bo’lib, hamma bilganini qilishini yoqlaydi.

Harbiy sohada

Liberallar iloji boricha kamroq harbiy xarjlarni yoqlab, armiyaga o’ta e’tibor qaratavermaydi. Konservatorlar, davlat budjeti bo’yicha ziqna bo’lishsa- da, harbiy sohaga kelganda g’azna pullarini ayashmaydi.

Bularning bari o’ta umumiy va stereotipik qarashlar. Albatta, har bir partiya aniq rejalar bilan boyitilgan o’z kun tartibiga ega.

Menga kelsak, shu soliq borasidagi qiliqlarini yoqlamasam - da (yil oxirida deklaratsiya to’ldirganda yillik to’lagan solig’imni ko’rib qon bosimim oshib ketadi 🤯) Liberallar tarafini tutgan bo’lardim. Ammo lekin biroq, menda saylovda qatnashish huquqi yo’q, shunga mana hech kim so’ramasa ham, kanalimda tanlovimni yozib o’tiribman.

Mundoq olib qarasa, umrimda birinchi marta saylovlarni qiziqib kuzatarkanman. Undan avvalgilarini kuzatish shart bo’lmagan - da, kim yutishini avvaldan bilib tursang…mayli mavzudan chetga chiqmaylik.

Darvoqe, siz qaysi partiyaga ovoz bergan bo’lardingiz? O’zim tarafga og’dirish uchun mana bonusiga Liberallarning saylov oldi kampaniyasi qo’shig’ini qo’yib beryapman 😉

@MenSenvaUlar2
​​​​📢 Kanada oliygohlarida magistraturada ta’lim olmoqchi bo’lganlar diqqatiga. Kanada hukumati tomonidan barcha xarajatlarni qoplovchi grant dasturi e’lon qilindi. Batafsil ma’lumot uchun quyidagi havolaga o’ting. Omad!

@MenSenvaUlar2
​​Ottawa Citizen OAVsining yozishicha Ottava kasalxonasi tez tibbiy yordam ko’rsatish bo’limida kutish vaqti uzunligi bo’yicha butun provinsiya bo’yicha yoz oylari davomida birinchilikni olibdi. Hech ham hayratlanmadim. O’rtacha kutish vaqti 3.2 soat bo’libdi.

Kasalxona rahbari o’rinbosari bunday uzoq navbatlarga sabab qilib: (1) kasalxonada bemorlarni qayd qilishning yangi elektron tizimiga o’tganliklari, xodimlarning tizimga moslashishi vaqt olishini hamda (2) bemorlar oqimi odatdagidan ko’p bo’lganligini keltiribdi.

Ma’lumot uchun, tez tibbiy yordam bo’limida ahovolingiz qanchalik og’irligiga qarab ‘tezroq’ yoki sekinroq xizmat ko’rsatishadi.

Shaxsan o’zim iyul va augustda ikki marotaba bo’lgandim.

Birinchi borganimda, doktor ko’rsatmasi bilan o’z oyog’imda borgandim, zudlik bilan X mutaxassisdan maslahat olish uchun. Mubolag’asi yo’q, naqd 6 soat kutib qolganman. Kutish zalida tizma qator o’rindiqlar bemorlar bilan to’la, yana yo’laklarda tez yordam mashinasida olib kelingan bemorlar kushetkada yotib kutayapti… kimlardir nogironlik aravachasida…kimdir homilador, kimnidir qo’li gips… boshqa bir muncha ahvoli yaxshiroq bemorlar shunchaki kitob/ gazeta o’qib o’tiribdi…

Qiziq jihati, hech kim jig’i biyron emas, jim o’tirib kutishyapti… Ahvoli qanchalik yomon bo’lmasin… O’shanda kanadaliklarning sabri va muloyimligiga yana bir bor amin bo’lgandim. Joningiz o’g’rib turganda bamaylixotir o’tirish… Menimcha kanadaliklarning yuragi juda keng, to’rtta kamera o’rniga yuraklari sakkiz kameralik bo’lsa kerak…

Ikkinchi safar uyga tez yordam mashinasi chaqirishimizga to’g’ri kelgan. O’rnimdan turib yurolmasdim. Tezda yetib kelib, yo’lda hamma qatnovni chetga surib meni zumda kasalaxonaga obordi nimayu… yana o’sha bo’lim yo’laklarida qabul qilinishimni kutib yotishim nima… Xullas qabul qilinib, shifokor meni ko’rguncha 3 soatcha vaqt o’tdi.

Zutopiya multfilimini ko’rganmisiz? O’shanda yalqovning harakatlanishi bor-ku, shu tezlikka ruhan tayyorlanib borilsa, uzoq navbatlarda turganda odam anchayin xotirjam bo’lsa kerak.

Darvoqe, Zutopiyani ko’rmagan bo’lsangiz, ko’ring. MenSenvaUlar tavsiya etadi. Zo’r multfilm! Quyida kichik parcha (inglizcha)

@MenSenvaUlar2
Azizlar, ikkita yaxshi yangiligim bor:

1. Navbatdagi CPA kursimdan yaxshi o’tib olibman 😎. CPA haqida oldin aytib o’tgandim.

2. AQShga sayyohlik vizam chiqdi. Shu joyida bir tilim qichiydi endi.

Shu paytga qadar, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada va Efiopiyaga viza olganman. Deyarli barida belgilangan tartibda ma’lum hujjatlar so’ralgan, topshirganman, ko’rib chiqilgan va viza berilgan.

AQShga kelsak, ariza blankasi va rasmdan boshqa hujjat so’ralmaydi. Anketada bergan ma’lumotlaringiz, suhbat chog’ida javoblaringiz va ofitserning kayfiyatiga qarab viza olasiz/olmaysiz. Asosiy immigratsiya tizimi butunlay lotoreyaga asoslangan bu davlat, sayyohlik vizasiniyam subyektiv ravishda beradi. Xullas, shu logikasi yo’q prezidentiga o’xshaydi, ish tutishlari.

Bundan ikki yil oldin, topshirganimda berishmagandi. Qo’shimcha oborganim hujjatlarga qaramagandi ham.

Bu safar qaniy bersa berar bo’lmasa yo’q deb topshirsam, bervordi.

Xullas,nima bo'lgan taqdirda ham, keyingi oydagi safarimdan allaqachon hayajondaman 🤩
Xo’sh...Taxmin qilib ko'ringchi, qaysi shtatga otlandim?

@MenSenvaUlar2
​​Haq to’lanuvchi onalik ta’tili davomiyligi, ayrim rivojlangan davlatlar kesimida:
🇨🇦 Kanada va 🇸🇪 Shvetsiya peshqadamlardan.
🇺🇸 AQShda esa federal miqyosda haq to’lash majburiyati yo’q (ammo, ayrim shtatlarida bir necha haftalik ta’til mavjud).

@MenSenvaUlar2
​​Inson umri moboynida katta o’zgarishlar olib keladigan bir necha burilishlar bo’ladi. Menda shunday burilishlardan biri aynan bugungi kun san’asi bilan bog’liq.

Bundan roppa-rossa 6 yil avval xuddi shu bugun Toshkent- London yo’nalishidagi samolyotga o’tirgandim. Ilk marta parvoz qilishim, ilk marta xorijga chiqishim edi(O’rta Osiyoni hisoblamaganda).

Keyingi ikki yil moboynida Kardiffda o’rganganlarim, orttirgan ajoyib do’stlarim va ko’rgan -kechirganlarim yuragimda alohida o’ringa ega.

MenSenvaUlar ham aynan Kardiffda tug’ilgan.

Mayli bugunga shunchalik romantika yetar ☺️

Rasmda Kardiff yaqinidagi Brecon Beacons tog’ tizmalarida o’sha safarga chiqqan qahramonimiz.

@MenSenvaUlar2
Malakali kadrlarni jalb qila olish tashkilotlar uchun qanchalik muhim bo’lsa, ularni ushlab qolish ham teng ahamiyatlidir…Yani mehnat bozorida ish beruvchilar o’rtasida sifatli kadrlar uchun raqobat kechadi.

Ish takliflarini ko’zdan kechirarkan, kadrlar ish haqi miqdoridan tashqari boshqa moddiy va nomoddiy rag’batlarni ham nazardan chetda qoldirishmaydi.

Masalan:
• Tibbiy sug’urta paketi: qanchalik keng qamrovli ekanligi;
• Nafaqa jamg’armangizga qo’shimcha pul ajratilishi (majburiy federal to’lovdan tashqari);
• Haq to’lanuvchi yillik mehnat ta’tili va xastalikda ta’tilga chiqish;
• Moslashuvchan ish vaqti: ish soatlarini o’zingizga moslash, uydan ishlash; (batafsil bu yerda)
• Turli korporativ tadbirlar;
• Trening va malaka oshirishdan o’tish imkoniyatlari;
• Ofisda biroz xordiq chiqarish uchun sharoitlar mavjudligi: mini sport zal, dam olish xonalari…

Bu ro’yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Buyog’i biror sohaning qanchalik yog’lik soha va/yoki ish beruvchining moliyaviy ahvoliga bog’liq.

Men insonvarparlik yordami ko’rsatuvchi notijorat tashkilotda ishlayman. Albatta, resurslar cheklangan. Shunga qaramay, tashkilotimiz imkon boricha xodimlarni rag’batlantirib boradi.

Shulardan biri har yili o’tkaziladigan “Xodimlarni qadrlash kuni”. Shahar chetida biror maskanga borib dam olib kelinadi: turli o’yinlar, yeguliklar, ko’p e’tirof etilgan xodimlar uchun sovg’alar va h.k.

O’tgan hafta zarang daraxtidan sirop oluvchi fermada mehmon bo’ldik. Butun haftani shaharda, betonlar orasida o’tkazuvchi ofis xodimlari uchun tabiat qo’yniga chiqish ayni muddao… Quyida tadbirdan ayrim rasmlar.

Siz uchun ish beruvchi tanlashda ish haqidan tashqari yana nimalar muhim?

@MenSenvaUlar2