Keling bugun Kanada hayot tarzidan turli lavhalarni aks ettiruvchi filmlar haqida so’zlashamiz. Kim bilsin, sizda ham qiziqish uyg’onib, ko’rmoqchi filmlaringiz qatoriga qo’shib qo’yarsiz.
Monsieur Lazhar (Janob Lazhar) – Bir o’rta maktab o’qituvchisi tragik holda o’z joniga qasd qilganidan so’ng film bosh qahramoni Bashir Lazhar maktabga ishga keladi. Jaji o’quvchilarni qayg’usiga sherik bo’larkan, bu aljirlik immigrantning shaxsiy hayoti ham g’am- g’ussadan holi emas. Mavjud qiyinchiliklar, bundan tashqari Kanada va o’zi kelgan jamiyatdagi qadriyatlardagi farqlarga bosh qahramonimiz yumor orqali yondashib filmga o’zgacha ruh bag’ishlaydi. Mazkur filmda mening sevimli filmlarimdan biri Kitob o’g’risi (Book Thief)da bosh rollardan birini o’ynagan qizcha (Sofi Neliss) ham ishtirok etgan.
Bon Cop, Bad Cop (Yaxshi va yomon militsiya xodimi) – Ajoyib komediya. Ayniqsa, Ontario yoki Kvebekda istiqomat qilsangiz-u kontekstdan xabardor bo’lsangiz, film sizga yaxshigina kulib olish imkonini beradi. Mazkur filmda Kanadada ingliz va fransuz tilida so’zlashuvchilar orasida til va madaniyatlar farqini ko’rsatuvchi stereotiplar yumoristik shaklda yoritib berilgan.
Atanarjuat: Fast Runner (Atanarjuat: Chopqir) – Kanadani o’zining aborigen xalqlarisiz to’liq tasavvur qilish qiyin. Bu film esa Inuit xalqining o’tmishdagi hayot tarziga nazar soladi. Tushunchalar, qadriyatlar turlicha. Filmni ko’rib, “nega bunday” degan bir necha savollar tug’ilarkan, tomoshabin o’yga cho’mishi katta ehtimol…
Terry (2005) – Bu film hayotiy voqealarga asoslangan bo’lib, Kanada milliy qahramoni Terry Foks haqida. Saraton hastaligiga chalinib, bir oyog’idan ajragan Terry qo’ltiq tayoqda xayriya marafoni uyushtirib, yugurishga chiqadi. Bir necha kun ichida unga yuzlab insonlar qo’shiladi... Tushgan pullarni esa, saratonga chalinganlarga yordam sifatida ehson qiladi. Filmni ko’rishdan avval, dastro’molchangizni yoningizga olib oling.
One week (Bir hafta) – Ushbu film orqali ham badiiy voqealar guvohi bo’lasiz, ham bosh qahramon bilan butun Kanada bo’ylab sayohat qilishingiz mumkin (Ontariodan toki Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasiga qadar). Bonus sifatida esa Kanadacha musiqalar film saundtreki sifatida taqdim etiladi.
P.S Barcha filmlar IMBd 7+ reytingga ega, faqat Bon Cop, Bad Copni 6.9 reyting bilan burnidan ilib olsak bo’lgani.☺️
Ushbu filmlardan birortasini ko’rgan bo’lsangiz, yoki endi ko’rsangiz tassurotlaringizni biz bilan ham bo’lishing. ⬇️
@MenSenvaUlar2

Bosh Vazirimiz Jastin Tryudo o’zi va oila a’zolari nomidan Navro’zni nishonlayotgan barchani bayram bilan qutlamoqda.
Men ham barchangizni Navro’zi olam bilan qutlab qolaman!
P.S Navro’z munosabati bilan bugun bo’limimizdagilar birinchi marta o’zbekcha osh va shakarop tatib ko’rishadi 😋.

Bir necha kun oldin amaldagi Liberal hukumat 2019 yilgi federal budjetni e’lon qildi. (Hukumat moliyaviy yili 1 apreldan 31 martgacha davom etadi.)
Budjetga “O’rta qatlamga sarmoya - Kanada iqtisodiyoti o’sishi demakdir” ni shior qilib olishibdi.
Joriy yilning kuzida saylovlar bo’lib o’tadi. Shu bois Liberallar yoshlar, keksalar, o’rta va kam daromadga ega aholi qatlami, xullas barchani xursand qilishga astoydil kirishgani aniq. Saylovda har bir ovoz hal qiluvchi bo’lishi mumkin-da.
Ma’lumot uchun, budjet ishlab chiqilishidan avval barcha sektor, vazirliklar o’z kun tartibida dolzarb masalalarni parlamentga taqdim qilib, iloji boricha budjetdan o’z tegishini olishga advokatlik qilishadi. Bundan tashqari norasmiy kanallar orqali ham lobbilash ishlari olib borilishi mumkin. Masalan, bu yil eng ko’p yoshlar (millennials), ayniqsa, talabalar Ottavada Parlament tepaligi va boshqa shaharlarda ko’plab namoyishlar uyishtirishdi. Va bu albatta besamar ketmadi.
Quyida qisqacha 2019 yilgi budjet ko’zda tutgan asosiy ijtimoiy islohatlar:
🏘 Ilk bor uy xarid qiluvchilarga ko’mak. Odatda, ilk bora uy oluvchilar nisbatan aholining yosh qatlami bo’ladi. Budjet uy summasining 5-10% ni qoplab berishni vada qilmoqda.
🎓Bundan tashqari, ta’lim kreditlarini ham isloh qilish ko’zda tutilibdi. Kredit foizlari pasaytirilib, o’qish tugaganda ilk 6 oyida foiz to’lanmas ekan;
👵🏻Keksalar nafaqa olish tizimiga ham bir qator o’zgartirish kiritishmoqchi;
💉Dori-darmonlar narxlarini nisbatan pasaytirish ko’zda tutilmoqda;
🌐Qanchalik chekka hududda yashamasin, har bir xonadon kamida 50 Mb/s tezlikga ega Internetga ulana olish imkoniga ega bo’lishi;
👩🏻🔬Kasbiy malaka oshirish, qayta tayyorlov kurslari hukumat moliyaviy ko’magi asosida taqdim etilishi;
Hindu xalqlar uchun ta’lim, sog’liqni saqlash va hzo tizimlarni yanada isloh qilish;
Yana bir qiziq fakt, moliya vazirimiz har yil budjetni e’lon qilish tadbiri uchun yangi juft dizaynerlik poyabzali olishni odat qilgandi. Bu yil eski oyoq kiyimida kelganini ma’lum qildi. To’lagan soliqlaringni oxirgi sentigacha budjetga kirityapmiz demoqchi bo’ldi shekilli-da ☺️.
Rasmda Moliya vazirimiz, Bill Morneau.

O’tgan dam olish kunlari UFile onlayn platformasi orqali 2018 yil uchun soliq deklaratsiyamni topshirgandim. Jami daromad, to’lagan solig’im, men olishim mumkin soliq imtiyozlari (kreditlari) hammasi hisoblanib, davlat menga to’lagan solig’imdan biroz qaytaradigan bo’ldi. Qanday soz.
Ammo bu postda, soliq yoki deklaratsiya haqida yozmoqchi emasman. Bugun bank hisobimga Soliq qo’mitasi (CRA) o’sha qaytarib berishi kerak summani tushirib beribdi. Shu bahonada Amazondan anchadan beri o’ylab yurgan xaridimni qilib oldim.
D Acemoglu va J Robinsonning “Nega davlatlar tanazzulga yuz tutadi” (Why Nations Fail) nomli kitob haqida ko’p maqtov eshitgandim. O’zi soham bois taraqqiyot iqtisodiyoti, unda siyosatni o’rni kabi mavzularda kitoblarni o’qishni yaxshi ko’raman.
Hozir Amazonga kirib shu kitobni qaradim -$22. Bepul yetkazib berish xizmatidan faqatgina $35dan ko’proqlik xarid qilsagina foydalanish mumkin. Yoniga nima olsam deb, qaray boshladim.
Isroillik tarixchi Yuval Hararining “Aqlli/Donolar” (Sapiens) kitobi e’tiborimni tortdi. Bu bestseller kitobni Barack Obama ham hammaga o’qishni tavsiya qilgan ekan. Demak, bir nimasi bor.
Hozirda esa Orhan Pamukning O’ylarimdagi g’alati hislar (A strangeness in mind) asarini yakunlay deb qoldim. Asar davomida qahramonlar bilan birga Istanbulning 60 yillaridan tortib bugungi kuniga qadar hayotini birga yashash mumkin. Sodda va qiziqarli asar. Bu kitobni o’qigan paytlarim miyyam shunchaki dam oladi.
Ba’zi kitoblarni o’qib, mushohada qilasiz, o’yga cho’masiz, savollar tug’iladi... Googlega kirib u-bu tarixiy voqealar yoki tushunchalar haqida qarashingizga to’g’ri keladi. Bu asar o’zgacha, shunchaki, uni varaqlab... Istanbul ko’chalarida yillarni ortda qoldirib keza borasiz...ayrim voqealar yuzingizda tabassum ham uyg’otadi...
Oldin Pamukning “Qor” asari haqida aytib bergandim. Ha biroz Pamukmaniyaga chalinganim rost. Uyda uning yana 2 ta asari bor o’qishim uchun.
Lekin, endi biroz Pamukdan, umuman badiiy asarlardan tanaffus qilgim bor. Yuqorida buyurtma berganim kitoblar ayni muddao.
Mayli, buguncha botaniklik yetar, endi yotib uxlaymiz. Sizlarni esa kuninglar xap- xayrli o’tsin ✌🏻

Ancha kundan beri Instagramga kirmagandim. Bugun kirib, lentani o’tkazib tursam, birinchi xonimimiz qo’ygan oxirgi rasm e’tiborimni tortdi. Unda uchta farzandi tabiat qo’ynida eshak quchib tushishgan ekan. Ota- onalari vaqt topib, farzandlarida tabiatga, jonivorlarga mehr uyg’otishayotgani xursand qiladi.
Kezi kelganda aytib ketay. Kanadada eshaklar uchun maxsus qo’riqxona ochilgan bo’lib, yiliga $600,000 eshaklar muxofazasi uchun sarflanarkan. Shuncha e’tibor, mehr berilgandan eshaklaram hayotdan xursand, selfielarga mamnun tushib berishadi.
Ikkinchi rasmda Omega Parkidagi to’rt oyoqli do’stimiz bilan men.

Khan Academy va men
Bakalavrda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti Menejment yo’nalishida o’qiganman. Institutimiz, o’qituvchilar, kursdosh o’rtoqlarim, talabalik xotiralari bari men uchun juda qadrli. Lekin, institutimizda ta’lim berishni yanada samarador qilish borasida qilinishi mumkin ishlar yo’q emasdi. Ayrim fan yoki darslar ma’naviy ma’ruzalarga aylanib ketib ham qolardi (batafsil).
Magistraturaga Kardiff Metropolitan Universiteti Moliyaviy menejment yo’nalishiga kirdim.
Ochig’ini aytaman, doim a’lo baholarga o’qiganman. Ammo, Kardiffda birinchi semestrda yaxshigina ter to’kishimga to’g’ri kelgan. Endilikda moliyaga ixtisoslashganim, ta’limni ingliz tilidaligi va umumun ta’lim tizimi tubdan farq qilishi - bari sabab bo’ldi. Ilk kunlarda ayrim ma’ruzalarni, ayniqsa asl inglizzabon ma’ruzachilar darslarini to’liq tushuna olmayotgandim.
Shunda o’zim qo’shimcha internet orqali shug’ullana boshlaganman va Khan Academy’ning Moliya va qimmatli qog’ozlar, Makro/Mikroiqtisodiyot bo’limlari menga soham bo’yicha ingliz tilimni va mavzularni mustahkamlab olishimga ka- (shu yerida klaviaturada “a” ko’p bosilib ketgan deb o’qing) - tta yordam bergan.
O’qishda ma’ruza payti tushunmagan joyingizni bir so’raysiz, ikki so’raysiz. Ba’zan ayrim ma’lumotlarni qayd qilishga ulgurmaysiz, ma’ruzalar 2 soatlab davom etadi, ertalab birinchi darsga qahva ichmasdan kelgan bo’lishingiz mumkin va hzo.
Khan Akademiyasida darslar 10 -15 daqiqa, lo’nda va tushunarli tilda qiziqarli bayon etiladi. Xohlasangiz, bitta darsni ikki marta ko’rasiz, to’xtatib qo’yish, bilgan joylaringizni o’tkazib yuborish mumkin. Xullas, ajoyib va bari butunlay bepul.
Endilikda akademiya platformasi va video darslari o’zbek tiliga o’girilmoqda. Bu haqida ilk xabar topganimdayoq quvonib ketdim. O’zbek o’quvchilari uchun katta imkoniyat eshiklari ochilmoqda degani bu. Internet xizmatlari sifatlari oshib, yanada aholi uchun hamyonbop bo’lsa, bunday platformalar foydalanuvchilari keskin oshishiga ishonchim komil.
Loyiha jon kuyarlari esa shunchaki molodets. Hozirda faqat matematika komponenti ustida ishlashayapti ekan. Moliya, iqtisodiyot yoki ijtimoiy mavzularga o’tishsa, imkonim bo’lsa men ham ko’ngilli bo’lishni istardim. Hozir esa shunchaki kichik bo’lsa-da moliyaviy hissa qo’shish bilan cheklandim. Xissa qo'shmoqchilar uchun havola.
Qissadan xissa azizlar, barchamizni ushbu ajoyib loyiha bilan tabriklayman!
P.S yuqorida “batafsil” havolasidagi postni o’qiganlarga yengil tabassum kafolatlanadi.

Putin festivali
O’tgan hafta Ottavada Putin festivali bo’lib o’tdi. Uning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga aloqasi yo’q 😉.
Putin (Poutine) - fransuz kanadaliklar tomonidan Kanada oshxonasiga olib kirilgan bu taom, hozirda Kanadaning eng ommabop milliy ovqati hisoblanadi.
Har yili Ottavaning Sparks ko’chasida bir necha o’nlab putin sotuvchi vagonchalar turna qator tizilib, shahar aholisi va turistlarni turli xildagi putinlar bilan xushnud qilishadi.
Festivalda yana turli ko’cha -ko’yda ijro etuvchi qo’shiqchi- yu, qo’g’irchoqbozlar ham tashrif buyurib, unga o’zgacha shukuh bag’ishlaydi.
Biz borgan kuni biroz qor yog’ayotgani uchun, festival siyraklashib qolgan ekan.
Xo’sh, Kanadaning eng ommabop ovqati nimalardan va qanday tayyorlanadi deb o’ylaysiz?
Uzoq o’ylashning hojati yo’q. U shunchaki kartoshka fri, pishloq va greyvi sousidan iborat. Mazzali, to’yimli, lekin sog’liq uchun o’ta foydali deyaolmayman.

Ingliz tilida hectic degan so’z bor. Vaqtingiz tig’iz, ish- tashvishlaringiz boshingizdan oshgan va siz bezovta holatda bo’lganingizni bitta so’z bilan ifodaylaydi.
Ish, o’qish, uy, oila - hammasi usti- ustiga stressli bo’lib ketish mumkin. Tabiatan perfeksionist bo’lganim bois, yon atrofdagilarni ham operativ harakat qilishlarini kutib, tezda havsalam pir bo’lishi mumkin.
Oxirgi vaqtlarda hal qilinishi kerak masalalar 24 soat aqlimdan ketmay uyqim yo’qolgandi. Postlarim kamnamoligi ham shundan.
Mutaxassis bilan maslahatlashsammi deb yurgandim, o’rtog’im bitta dasturni tavsiya qilib qoldi. Mindfullness Program – Xotirjamlikka o’rgatisharkan. Vaziyatga biroz sovuqqonlik bilan qarash orqali, boqi - beg’amroq bo’lishni o’rganasam - a.
Xarajatlarini ishxonam bergan tibiiy sug’urta qoplaydi. Bir sinab ko’ray, mendan nima ketdi deb, yozila qoldim.
Meditatsiya va xotirjamlik mashg’ulotlarining bir uchi buddizmga borib taqaladi. Sekulyar inson sifatida shu tarafiga biroz o’ylanayotgandim. Tanishturuv uchrashuvida oydinlik kiritib oldim. Mashg’ulotlar ilohiyotga yondashmagan holda, psixologik amaliyot standartlariga ko’ra malakali psixologlar tomonidan o’tilarkan.
Mashg’ulotlar boshlanishiga yaqin qolganini o’ziyoq biroz xursand qilayapti. Taassurotlarim bilan keyinroq o’rtoqlashaman.
Ozgina nolish - xonish post uchun pardon 😉. Hammamizga ichki xotirjamlik tilayman!

O’rtoqlar, suyunchi beringlar! Ottavaga bahor keldi...! 🥰
Bugun lola sayliga bordik... Har yili shahrimizda dunyodagi eng katta lola sayli bo’lib o’tadi. 100,000 dona lola piyozlarini Gollandiyadan sovg’a qilib yuborish odatga aylangan.
Ikkinchi jahon urishida Gollandiya qirollik oilasi Ottavada qo’nim topib, urush tugaguniga qadar mehmon bo’lishgan ekan. 1945 yilda malika Juliana mamlakatiga qaytgach, minnatdorchilik sifatida lola piyozlari yuborgan.
Shundan beri, rang - barang lolalar har yili shahar aholisi va sayyohlarni ko’zlarini quvontirib keladi.
Mana sizlar ham bahramand bo’linglar....

Kecha Ottavada rus tilida so’zlashuvchilar ishtirokida bahorgi piknik bo’lib o’tdi. Quvnoq startlar deysizmi, intelektual o’yinlar, sport o’yinlari va bir necha boshqa mashg’ulotlar tashkil etilgandi.
Piknik potluck (hamma olib kelganini o’rtada baham ko’rish) tarzida o’tdi. Oshdan tortib vinegretgacha bor.
Bizni ilk ishtirok etishimiz. Bir qancha yangi tanishlar orttirdik. Jumladan o’zbek va o’rta osiyolik oilalardan ham. O’ylab qoldim, Ottavada o’zbek oilalar nari borsa 10-15 tacha chiqishsa kerak...
Rasmlar (c) Konstantin Avramets

Favqulodda vaziyatlar haqida odatda o’ylayvermaymiz, toki o’sha holatga tushib ko’rmaguncha…
Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik haftasi doirasida ofisimizda bir necha o’quv - ko’rgazmali tabdirlar bo’lib o’tdi. Shu jumladan yong’in xavfsizligi bo’yicha Ottava o’t o’chirish xizmati xodimlari taqdimot qilishdi. Taqdimot o’z ichiga yong’in turlari, yog’in holatlari rivojlanishi, oldini olish chora - tadbirlari, bartaraf etish, evakuatsiya tartibi va hzolar bo’yicha nazariy ma’lumotlarni olgandi.
So’ngra o’t o’chirish moslamasini ishlatishni mashq qilib ko’rdik. Birinchi marta qo’lda ushlashim bo’lsa-da, olovni 8 sekundda o’chira oldim. Simulatsion olovni kim o’zarga o’chirish qilib, bir kulishib oldik. Mashg’ulot so’ngida o’zimni nimadir bo’lib qolsa, tayyordek (o’zimcha) his qilgandim.
Toki ayni ertansi kuni biz turadigan uyda qoq tun payti rostakam yong’in chiqgunga qadar. Tabiiyki, hali zarur narsalarni (Emergency kit and essentials) tayyorlamaganmiz. Tutun detektori signalidan uyg’onib ketdik. Signal aynan detektordan kelayotgani, yong’in xavfi borligini tushunib yetib, ustimizga qalinroq narsa ilib, Natalieni olib chiqgunimizcha pastda tumonat odam tushib bo’lgan, yong’in xavfsizligi xodimlari kelib, ishga kirishib bo’lgan ekan. O’zimiz bilan faqat telefon, mashina va uy kaliti olibmiz xolos. Emergency kit uyoqda tursin, hamyon yoki zarur hujjatlarni ham ololmaganmiz.
Bizdan bir qavat yuqoridagi xonadonlardan birida yong’in chiqgan ekan. Olovni o’chirib, tutunlarini bartaraf etishguncha 60-80 daqiqacha ko’chada tura turdik.
Postni shu yerga qadar o’qigan bo’lsangiz rahmat! Yana 2-3 daqiqangiz bo’lsa, yong’in xavfsizligi qoidalari bilan tanishib chiqishni tavsiya qilardim... (O’zbekcha 🇺🇿 yoki Inglizcha 🇨🇦)