Forwarded from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bolalar
#Surxondaryo
Mamlakatimizda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni oilaviy muhitda tarbiyalash va mehr-muruvvat bilan o‘rab olishga qaratilgan islohotlar natijasida Oilaviy bolalar uylari tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tizim mehr va e’tiborga muhtoj bo‘lgan oilasiz bolalar uchun yangi umid eshigini ochib, ularning sog‘lom va baxtli hayot kechirishlariga xizmat qilmoqda.
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Guliston” mahallasida tashkil etilgan 2-sonli “Oilaviy bolalar uyi” ham ana shunday ezgu maqsad yo‘lida faoliyat olib bormoqda. Bu yerda 3 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola tarbiyalanmoqda. Ularning har biri o‘ziga xos qiziqish va iste’dod sohiblaridir.
Ushbu bolalar uchun uydagi tutingan ota-ona tomonidan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilib, ular mehr va e’tibor bilan o‘rab olingan.
Ularning har biri o‘z qiziqishiga qarab fan va sport to‘garaklariga jalb etilgan. Shu orqali ular o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish, kelajakda jamiyatga foydali inson bo‘lib yetishish uchun puxta poydevor yaratmoqdalar.
Bunday maskanlarning tashkil etilishi nafaqat bolalar taqdiri, balki jamiyat kelajagi uchun ham ulkan ahamiyatga ega. Zero, har bir bola oilaviy muhitda tarbiyalanishi, mehribonlik va e’tibor bilan o‘sishi uning kelajakda yetuk inson bo‘lib shakllanishida muhim omildir.
Batafsil videoda...
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Рақамлаштиришни кенг жорий қилиш орқали иқтидорли спортчиларни топиш, саралаш ва уларни тайёрлаш бўйича ҳам янги тизим жорий қилинади.
Бунинг учун алоҳида рақамли платформа ишга туширилади. Умумтаълим мактабларида ўқувчиларнинг у ёки бу спортга қобилияти аниқланиб, электрон платформага киритилади. Спорт мактаблари бу мезонлар асосида ўзига ёшларни танлаб, жисмоний ва психологик тайёрлаб боради. Спортчиларнинг кундалик натижалари, эришаётган ютуқлари ҳам ягона электрон тизимга жойлаштирилади.
Спорт федерациялари ҳам энг яхши натижа кўрсатган ёшларни терма жамоа йиғинларига чақириб, уларни селекция қилиб боради. Терма жамоага жалб қилинган ёшлар учун жисмоний кўрсаткичларни мониторинг қиладиган рақамлашган тизим яратилади.
Натижада спортчиларнинг кўрсаткичлари хорижий ёки тор соҳа мутахассисларига онлайн юборилиб, тавсиялар олиш имкони яратилади.
Шунингдек, спортчилар касал бўлганида, улар қандай дори воситаларини истеъмол қилиши мумкин ёки мумкин эмаслиги бўйича платформада онлайн консультациялар бериб борилади. Буни ҳисобига допинг билан боғлиқ нохуш ҳолатларни олди олинади.
Энг муҳими, бу тизим нафақат спортчилар, балки уларнинг мураббийлари фаолиятини ҳам баҳолаб боришга хизмат қилади.
Facebook|Instagram|X

"Xavfsiz bolalik" tamoyili asosida Olmaliq shahridagi 18 va 23-sonli maktablarda targʻibot tadbiri amalga oshirildi.
Jarayonda bolalarga piyoda va velosipedchining majburiyatlari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
- - -
"Хавфсиз болалик" тамойили асосида Олмалиқ шаҳридаги 18 ва 23-сонли мактабларда тарғибот тадбири амалга оширилди.
Жараёнда болаларга пиёда ва велосипедчининг мажбуриятлари юзасидан батафсил тушунчалар берилди.
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Harbiy qismida ochiq eshik kuni oʻtkazildi
Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi tomonidan harbiy qismda ochiq eshik kuni boʻlib oʻtdi. Tadbirda Olmazor tumanidagi 326-sonli maktab hamda Shayxontohur tumanidagi 276-sonli maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.
O‘quvchilar harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti, jangovar texnika va qurollar bilan tanishdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan kinologiya xizmat itlarining koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.
Website | Telegram | Instagram | Youtube | Facebook