Hadicha universal group
2.34K subscribers
561 photos
91 videos
216 links
Download Telegram
🌿 Payg‘ambar alayhissalomning qizlari hazrati Fotima bir kuni kasal bo‘lib qoldi. Negadir ko‘ngli anor tusadi. Buni eri - hazrati Aliga aytdi. Hazrati Ali bozorga chiqib, bir dona anor sotib oldilar. Chunki pullari faqat bittagina anorga yetdi.

Bozordan qaytayotsalar, yo‘lda tilanchi uchrab, qo‘llaridagi anorni so‘radi. Iymon va hayolari qo‘ymay, anorni ikkiga bo‘lib, yarmini gadoga berdilar. Tilanchi xursand bo‘ldi. Uyga kelib, hazrati Ali anorning yarmini ayollariga berdilar va uzr so‘radilar. Hazrati Fotima uzrni qabul qilib:

- Alloh sizdan rozi bo‘lsin, ajr-mukofot bersin, - dedi.
Oradan hech qancha fursat o‘tmagan ham ediki, eshik taqillab qoldi. Hazrati Ali ochib qarasalar, eshik oldida Salmon Forsiy turibdilar. Qo‘llaridagi idishda to‘qqiz dona anor.

- Bu anorlarni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam berib yubordilar, - dedilar Salmon.

- Bo‘lishi mumkin emas, agar Rasululloh berib yuborganlarida o‘n dona bo‘lishi kerak edi. Chunki Alloh bir yaxshilikka o‘n yaxshilik beriladi, degan.

Shunda Salmon Forsiy cho‘ntaklaridan o‘ninchi anorni chiqarib:

- Barakot uchun olib qolgan edim, - dedilar.

🌁https://t.me/Mediya_scools
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8😍2
🌺Goʻzal gumon...

🌺Bir ayol dedi:
“Xudo xohlasa, men albatta solih insonga turmushga chiqaman! U bilan baxtli hayot kechiraman”. Aytgani boʻldi.

🌺Dedi:
“Men universitetda oʻqishga qabul qilinishimga ishonaman va shunga intilaman! Oʻzim istagan mutaxassislikga kiraman!” Aytgani boʻldi.

🌺Unga dedilar:
“Yetar shuncha tuqqaning! Bolalar charchatishdan boshqasiga yarashmaydi”.
Dedi:
“Alloh yordam beradi. Farzandalarim qobil, koʻzimning quvonchi boʻlishadi”. Aytgani boʻldi.

🌺Eri katta tuhmatga qolib qamaldi. Dedilar:
“Ering tuhmatga qolib qamaldi. Yaqin orada chiqmasa kerak. Uning faqat oʻligi chiqadi”.
Dedi:

🌺“Yoʻq, Xudo xohlasa, albatta chiqadilar. Men ularni juda ham chiroyli kutib olaman”. Aytgani boʻldi. Erining qanday chiqqani hammani hayratda qoldirdi...!

🌺Bir kishi dedi:
“Men ishdan haydalishdan qoʻrqaman. Shuning uchun ishsiz qoladigan kunlarimga ham pul yigʻmogʻim kerak!” Aytgani boʻldi. Ishdan boʻshatildi.

🌺 Nimaga bizning aytganlarimiz roʻyobga chiqadi?

🌺Chunki Alloh taolo: “Bandam Meni qanday oʻylasa, shundayman!” deydi. Agar Alloh haqida chiroyli gumon qilsa, oʻziga yaxshi. Yomon oʻylasa, oʻziga yomon.

🌺Shuning uchun ham Muso alayhissalom Nil daryosiga kelib, qochishga yoʻl qolmaganda ham Robbilari haqida chiroyli gumon qildilar. Qavmlari: “Endi qoʻlga tushdik” deyishsa ham, ular: “Yoʻq! Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur” dedilar. Alloh ularning aytganlarini roʻyobga chiqardi. Aql bovar qilmas holda daryo qoq ikkiga boʻlindi. Yoʻl ochildi...!

🌺Hatto arzimas narsalar haqida gapirish, oʻylashda ham diqqat qiling!

🌺Doim nekbin (optimist) boʻling! Alloh haqida chiroyli gumon qiling! U - Kariym, U Rohiym!

🌺Yomonlik haqida oʻylamang! Agar qiyin vaziyatga tushib qolsangiz, Muso alayhissalom aytganlaridek:

🌺U (Muso) “Yoʻq! Albatta, Robbim Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur”, dedi, deb ayting...!

🌺Inshaalloh hali hammasi yaxshi boʻladi ☺️🥰


Qorli tong muborak 😊🌸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4
🥰Qishning mizaji: sovuq va nam. Bu faslda bizni ko'proq uyquga moyilligimiz ortadi, ishatahamiz ochiladi, yolg'iz qolish istagi ortadi. Ko'proq issiq choylar ichib tanamizda balg'am oshishini oldini olishimiz mumkin. Ertalab iliqdan issiqroq suv ichishni unutmang😒

4 faslni yashatadigan O'zbekistonimiz bor🐝
Alhamdulillahi ala kulli hal❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
🍕🍕🌯🍟Qish mavsumida tabiati sovuq taomlardan uzoq turish kerak.

🐟Qish mavsumida baliq go'shtlari, sut💦, qatiq 💦kabi sovuq tabiatli yeguliklarni kamroq istemol qilishga harakat qilish kerak.😋😋😋😋

🎁https://t.me/Mediya_scools
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31
🌿 ​Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni masjidga kirsalar, Abu Umoma degan ansoriy sahoba o‘tirgan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Abu Umoma, namoz vaqtidan boshqa paytda masjidda o‘tirganing boisi nima?» deb so‘radilar. «Ey Rasululloh, meni g‘am va qarz shu ahvolga solib qo‘ydi», dedilar. Shunda u zot: «Senga bir duoni o‘rgataymi? Ularni aytib yursang, Alloh g‘amingni ketkazib, qarzingdan xalos etadi. Agar tong otsa va kech kirsa:

اللهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْهَمِّ وَالحَزَنِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنَ العَجْزِ وَالكَسَلِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنَ الْجُبْنِ وَالْبُخْلِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ غَلَبَةِ الدَّيْنِ وَقَهْرِ الرِّجَالِ

«Allohumma inniy a’uzu bika minal hammi val hazani va a’uzu bika minal ’ajzi val kasali va a’uzu bika minal jubni val buxli va a’uzu bika min g‘olabatid dayni va qohrir rijal»ni ayt»


(Allohim, Sening noming ila g‘am-tashvishdan, ojizlik va dangasalikdan, qo‘rqoqlik va baxillikdan, qarz ezib qo‘yishi va kishilarning qahridan panoh tilayman), deb buyurdilar. Abu Umoma: «So‘ng Nabiy sollallohu alayhi vasallamning aytganlariga amal qildim. Alloh mening g‘am-g‘ussamni ketkazib, qarzdan xalos etdi», deb aytadilar».

Abu Dovud rivoyatlari.

🎁https://t.me/Mediya_scools
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Channel photo updated
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zor wer ekan ☺️❤️
6👍2
🩷Oqsil nima?

🩷OQSIL- barcha tirik mavjudotlar tarkibiga kiruvchi murakkab organik modda.
Tirik organizmning tuzlishi va hayot faoliyatida oqsil eng muhim ahmiyatga ega.
Oqsillar vazifalari:
➡️Transport- qondagi kimyoviy moddalarni tashuvchi oqsillar( gemoglobin, albumin)
➡️Regulyatorlik- gormonlar(insulin, samototropin)
➡️Himoya - immun hujayralari interferon, immunoglobulin
➡️Energiya
➡️Fermentativ- kimyoviy jarayonlarni tezalashtiradi, hazm qilishda ishtirok etadi( pepsin, tripsin )
➡️Qurilish- kollagen, keratin, elastin
Demak, ratsionda oqsil yetishmasa immun tizimi, mushaklar, ovqat hazm qilish, gormonal tizim ishida buzulishlar bo'ladi. Kamqonlik, terining osilishi, ichki o'rganlar tushishiga ham oqsil yetishmasligi sabab bo'ladi.
Bolalarda oqisl yetishmasligi mushak massasini kamligi, tana vaznining yetishmasligiga, kam qonlikga olib keladi. Tana vazni normadan kam bo'lgan bolalarga oqsilga boy taomlar berish tavsiya qilinadi.


✍🏻Nutritsiolog Shahlo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🌿 Nolimang...

O‘limi aniq bo‘lsa ham hayotga tashna xastalarni ko‘rdim...

Ko‘zi ojiz bo‘lsa ham qalb ko‘zi ochiqlarni ko‘rdim...

Puli kam bo‘lsa ham shukri ko‘plarni ko‘rdim...

Dardi og‘ir bo‘lsa ham umidi borlarni ko‘rdim...

Hali uzoq davom etishim mumkin edi...

Tinch va xotirjammisiz, tanangiz sog‘ - omonmi nolimang, ne’matlarga nonko‘rlik qilmang...
🥰54
🌱💸 Rizqni keng qiluvchi zikrlar...

1) لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ المَلِكُ الحَقُّ المُبِينِ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللهِ صَادِقُ الوَعْدِ الأَمِينِ

"Laa Ilaha Illallohul Malikul haqqul mubiyn" 100 ta. 100 ta "Muhammadur Rasulullohi sodiqul va’dil amiyn" qo‘shiladi.

2) سبحان الله وبحمده ،سبحان الله العظيم أستغفر الله.

"Subhanallohi va bihamdihi subhanallohil aziym, astag‘firulloh" 100 marta o‘qiladi.

Reaksiyalaringizni qoldiring va yaqinlaringizga yuboring ))
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
29🎉4🥰2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌺 Tarkibida moychechak va bir qancha sifatli yogʻlar mavjud boʻlgan, palma yogʻi ishtirok etmagan bolalar uchun premium sifatdagi sovunlarimiz sotuvda!


🌺Buyurtmalar uchun @Hadi9229 ga murojaat qilasiz!

⏏️ Xayrli xaridlar..)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12
Yoshim oltmishdan oshdi. Bugun ota-onamning oldilarida tunashga qolgandim. Ertalab tursam onam tuflimni isitgich oldiga toblab qo‘yibdilar. Ko‘zimga yosh keldi..
Alloh ota-onalarimizni yaxshilik ila mukofotlasin!

- Abdulloh Muslih Murih
17😢4
🌸 Moychechak — murakkabguldoshlar oilasiga mansub dorivor o‘simlik bo‘lib, asosan Yevropa va Osiyo hududlarida keng tarqalgan.

🌸 U quyoshni yaxshi ko‘radi va bahor oxiri hamda yoz oylarida gullaydi. Dorivor maqsadda asosan uning gullari yig‘ib olinadi.

🌸 Moychechak gullari efir moylari, flavonoidlar, kumarinlar, organik kislotalar va A hamda C vitaminlariga boy.
🌸 Aynan shu moddalari tufayli u antibakterial, yallig‘lanishga qarshi va tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
🌸 Moychechak damlamalari asab tizimini tinchlantirish, uyquni yaxshilash va stressni kamaytirishda qo‘llaniladi.

🌸 Shuningdek, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi, spazmlarni kamaytiradi va shamollashda foyda beradi.

🌸 Moychechak terini tiklash, rangini ochish va sezgirlikni kamaytirishda samarali.

🌸 U kremlar, shampunlar, losyonlar va niqoblar tarkibiga qo‘shiladi. Oqartiruvchi xususiyati tufayli soch parvarishida ham ishlatiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1
🌸 Moychechak sovun tarkibida terini yumshatuvchi va himoyalovchi komponent sifatida xizmat qiladi. U terining tabiiy balansini buzmasdan tozalaydi, ekzema va dermatitga moyil terilar uchun foydali hisoblanadi.

Shuningdek, moychechak sovunga tabiiy rang va yengil o‘simlik hidini beradi.

🌸 Moychechak qo‘shilgan sovunlar terini tinchlantiradi va quritmaydi. Shu sababli u bolalar va sezgir teri uchun mo‘ljallangan sovunlarda keng qo‘llaniladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🌸 Moychechakli sovun terini tozalash bilan birga, bakteriyalarni kamaytiradi. Bu terida mikroblarning ko‘payishini cheklab, mayda jarohatlar va kesiklarning tezroq bitishiga yordam beradi.

🌸 Aslida moychechakning foydali xususiyatlarini sanasak juda koʻp. Biz sizga ayrimlarini aytib oʻtdik xolos.

🌸 Tabobatda ham, xalq orasida ham va bizning sovunlarimiz tarkibida ham moychechakning oʻrni beqiyos!

🌸 Shunday ekan, moychechakli sovunlarimiz, aynan bolajonlar sovunlariga qoʻshilgani uchun, eng xaridorgir mahsulotimizdan hisoblanadi.

Narxlarini bilasizmi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41👍1
Sertifikat oldim 😁
👍13🎉9🔥4
🧼 “Sovun” soʻzining kelib chiqishi va asl ma’nosi haqida bilasizmi?
Bugun har kuni qo‘llayotgan sovunimiz faqatgina yuvish vositasi emas, balki ming yillik tarix va ma’no bilan bog‘liq mahsulotdir.

📜 Soʻzning kelib chiqishi
“Sovun” soʻzi arab tilidagi “صابون” (sabun) soʻzidan kirib kelgan. Arab tiliga esa u lotincha “sapo” soʻzidan oʻtgan. Qadimgi Rimda sapo — hayvon yogʻi va kul aralashmasidan tayyorlangan tozalovchi modda bo‘lgan.

🧪 Ilmiy ma’nosi
Ilmiy jihatdan sovun — bu yogʻ yoki moylarning ishqor bilan reaksiyasi natijasida hosil boʻladigan yogʻ kislotalarining natriy yoki kaliy tuzlari.
Aynan shu tuzilma sovunga yogʻni eritish va kirni suv bilan yuvib ketkazish xususiyatini beradi.

🌿 Qadimda sovun qanday bo‘lgan?
Ilk sovunlar:
hayvon yogʻi
oʻsimlik moylari
kuldan olingan ishqor
asosida tayyorlangan.
Hech qanday sun’iy qo‘shimchasiz — mutlaqo tabiiy bo‘lgan.

🕌 Sharq va sovun madaniyati
Sharq mamlakatlarida sovun nafaqat gigiyena vositasi, balki poklik va tozalik ramzi hisoblangan.
Mashhur Halab (Aleppo) sovuni buning yorqin misoli bo‘lib, u asrlar davomida zaytun va lavr moyi asosida tayyorlab kelinadi.

Xulosa
“Sovun” soʻzi o‘zida:

tozalik
poklik
sogʻlom turmush
tabiiylik
ma’nolarini mujassam etadi.

👉 Shuning uchun haqiqiy sovun — tarkibi toza, niyati halol va foydasi tabiiy bo‘lishi kerak.

🧼 Siz qaysi sovunni afzal ko‘rasiz: tabiiy yoki sanoat mahsuloti?
Izohlarda fikringizni qoldiring
5👍3
Kuniga 50–100 ta soch to‘kilishi me’yor hisoblanadi. Ammo bundan ko‘p bo‘lsa, organizm sizga nimadandir signal berayotgan bo‘lishi mumkin.

✔️ Tug‘ruqdan keyin, stress, qalqonsimon bez muammolari soch ildizini zaiflashtiradi.

✔️ Temir, D vitamini, B guruhi yetishmasa — soch sinadi va to‘kiladi.

✔️ Asab tizimi charchasa, sochlar birinchi bo‘lib javob beradi.
Ayniqsa chaqaloq bilan moslashish jarayonida bu holat koʻplab uchraydi…

✔️ Sulfatli shampunlar, tez-tez issiq quritish uskunalaridan foydalanish, bo‘yoq va qattiq tarash ildizga zarar yetkazadi.

✔️ Oqsil va foydali yog‘lar kam bo‘lsa, soch “ovqat”siz qoladi.

Koʻrib turganingizdek, sochlarda faqatgina tashqi ta’sir orqali emas, ichki omillar sababli ham muammolar kelib chiqar ekan.

Ishni nimadan boshlash mumkin?
6
YECHIM — ICHKARIDAN

Soch — bu tananing oynasi. Uni to‘xtatish uchun ildizdan ish boshlaymiz:

Oqsilga boy mahsulotlar (tuxum, baliq, loviya), foydali yog‘lar va ko‘katlar — soch uchun asosiy “qurilish materiali” hisoblanadi.

Temir, D vitamini, B12 yetishmovchiligi soch to‘kilishining eng keng tarqalgan sabablaridan.

Uyqu, nafas mashqlari, ibodat yoki sayr — oddiy, ammo kuchli yordamchi.

Suv yetishmasa, teri va soch quriydi, ildizlar zaiflashadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
KEYINGI YECHIM — TABIIY PARVARISH

Tabiiy tarkibli shampun tanlang.
Sulfat, silikon va parabenlar soch ildizini bo‘g‘adi.

Bosh terisini massaj qiling.
Qon aylanishi yaxshilanib, soch o‘sishi faollashadi.

Issiqlikni kamaytiring.
Fen va tekislash vositalarini iloji boricha kamroq ishlating.

Yog‘li niqoblar.
Kastor, qora sedana, kokos yog‘i — ildizni oziqlantiradi.

🔘Eslab qoling: eng qimmat vosita emas, to‘g‘ri tanlangan vosita ishlaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5