PQ-1 ijrosi doirasida “Behizor”da “Huquq kutubxonasi” tashkil etildi
Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tizimli va manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur tashabbuslar doirasida Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti tomonidan Yashnobod tumanidagi “Behizor” mahalla fuqarolar yig‘inida “Huquq kutubxonasi” tashkil etildi.
Aholi o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularni qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilishga qaratilgan kutubxona fondiga universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan va chop etilgan fuqarolik huquqi, konstitutsiyaviy huquq, oila huquqi, jinoyat huquqi, bojxona huquqi kabi dolzarb yo‘nalishlarni qamrab olgan 11 nomdagi o‘quv adabiyotlar topshirildi. Mazkur adabiyotlar mahalla aholisiga huquqiy masalalar yuzasidan mustaqil bilim olish, kundalik hayotda uchraydigan muammolarga qonuniy yechim topish hamda o‘z huquq va majburiyatlarini anglash imkonini beradi.
Shuningdek, universitet jamoasi tomonidan mahallada huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish samaradorligini oshirish maqsadida, ayniqsa, ayollar va yoshlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni tahlil qilish hamda “ilmiy xulosa — tavsiya — natija” tamoyili asosida amaliy yechimlar ishlab chiqish uchun maxsus savolnomalar ishlab chiqildi va “mahalla yettiligi”ga taqdim etildi.
Mazkur ishlar mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
❤2
В рамках исполнения №ПП-1 в махалле «Бехизор» организована «Правовая библиотека»
В целях обеспечения исполнения постановления Президента Республики Узбекистан от 5 января 2026 года №ПП–1 «О дополнительных мерах по внедрению целостной системы адресной работы в направлении создания безопасной среды в махаллях республики» Ташкентским государственным юридическим университетом ведется системная и адресная работа.
В рамках данных инициатив факультетом междисциплинарного изучения права в сходе граждан махалли «Бехизор» Яшнабадского района создана «Правовая библиотека».
В фонд библиотеки, направленной на повышение правовой грамотности населения, развитие правовой культуры граждан и информирование их о нововведениях в законодательстве, переданы 11 наименований учебной литературы, подготовленной и изданной профессорско-преподавательским составом университета. Эти издания охватывают такие актуальные направления, как гражданское право, конституционное право, семейное право, уголовное право, таможенное право. Данная литература предоставляет жителям махалли возможность самостоятельно получать знания по правовым вопросам, находить законные решения проблем, возникающих в повседневной жизни, а также осознавать свои права и обязанности.
Кроме того, с целью повышения эффективности раннего выявления и профилактики правонарушений в махалле, особенно среди женщин и молодежи, а также для анализа причин правонарушений и разработки практических решений на основе принципа «научное заключение — рекомендация — результат», университетом разработаны специальные опросники и переданы «махаллинской семерке».
Проводимая работа служит формированию безопасной среды в махаллях, профилактике правонарушений, дальнейшему совершенствованию системы адресной работы с населением, а также повышению правосознания и правовой культуры в обществе.
TDYU va Toshkent shahar sudi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Toshkent davlat yuridik universitetida Toshkent shahar sudi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda sud tizimi va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi uzviy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralarda talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, ularni real sud-huquq jarayonlariga keng jalb etish hamda kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent shahar sudi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Yuridik ta’lim tizimini amaliyot bilan yanada uyg‘unlashtirish, sud-huquq tizimi uchun malakali kadrlar tayyorlash hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik doirasida talabalarning sud organlarida ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarini samarali tashkil etish, dual ta’lim elementlarini joriy etish, sud tizimi faoliyatiga oid dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda seminar va konferensiyalar tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, memorandumda sud tizimiga istiqbolli yosh kadrlarni tayyorlash va ularni kelgusida ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ham ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan.
Bundan tashqari, memorandumga ko‘ra, sud-huquq sohasidagi dolzarb muammolar yuzasidan ilmiy maqolalar va monografiyalar tayyorlash, talabalarning huquqiy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan tanlovlar o‘tkazish, yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion hamkorlik mexanizmlarini, o‘zaro axborot almashish, mutaxassislar ishtirokida uchrashuv va maslahatlashuvlar tashkil etish, qo‘shma dastur va loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali hamkorlikni yanada kengaytirish rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida alohida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.
Mazkur memorandum ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, yuridik ta’lim sifatini oshirish, talabalarni amaliy faoliyatga keng jalb etish hamda sud-huquq tizimi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
❤2🥱1
Подписан меморандум о сотрудничестве между ТГЮУ и Ташкентским городским судом
В Ташкентском государственном юридическом университете состоялась встреча с представителями Ташкентского городского суда.
В ходе встречи обсуждены вопросы развития взаимного сотрудничества, а также расширения тесных связей между судебной системой и высшими учебными заведениями. В переговорах особое внимание уделено интеграции теоретических знаний студентов с практической деятельностью, их более широкому вовлечению в реальные судебно-правовые процессы, а также формированию профессиональных навыков.
В рамках мероприятия между Ташкентским государственным юридическим университетом и Ташкентским городским судом подписан меморандум о взаимном сотрудничестве.
Сотрудничество направлено на дальнейшую интеграцию юридического образования с практикой, подготовку квалифицированных кадров для судебно-правовой системы и укрепление взаимодействия сторон. В частности, предусмотрены эффективная организация производственной и квалификационной практики студентов в судебных органах, внедрение элементов дуального образования, проведение научно-исследовательских работ по актуальным вопросам деятельности судебной системы, а также организация семинаров и конференций.
Вместе с тем в меморандуме в качестве приоритетного направления определены вопросы подготовки перспективных молодых кадров для судебной системы и совершенствования механизмов их последующего трудоустройства.
Кроме того, в соответствии с меморандумом планируется подготовка научных статей и монографий по актуальным проблемам судебно-правовой сферы, проведение конкурсов, направленных на укрепление правовых знаний студентов, поддержка научного и творческого потенциала молодежи, развитие инновационных механизмов сотрудничества, организация встреч и консультаций с участием специалистов, обмен информацией, а также разработка и реализация совместных программ и проектов.
По итогам встречи стороны договорились о разработке отдельной Дорожной карты для обеспечения выполнения намеченных задач.
Данный меморандум будет способствовать выводу двустороннего сотрудничества на новый уровень, повышению качества юридического образования, более широкому вовлечению студентов в практическую деятельность и подготовке конкурентоспособных кадров для судебно-правовой системы.
Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti tomonidan “auditoriyadan — amaliyotga” tamoyili asosida amaliy darslarga start berildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida yuridik ta’limning amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, ta’lim dasturlarining yarmini bevosita soha tashkilotlarida o‘tkazish, o‘quv jarayonini soha tashkilotlari faoliyati bilan integratsiya qilish, talabalarda amaliy misollar asosida huquqiy tahlil, muammoli vaziyatlarga yechim topish va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.
Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti Tadbirkorlik va korporativ huquq shu’basi tomonidan Raqobat qo‘mitasida “auditoriyadan — amaliyotga” tamoyili asosida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish” mavzusida o‘tkazilgan dars mashg‘ulotini qo‘mitaning Raqobat siyosati va iste’molchilar tadqiqoti markazi Tahlil departamenti boshlig‘i B.Ro‘ziyev va “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” davlat muassasasi direktori o‘rinbosari B.Ochilov olib bordi.
Dars davomida talabalarga raqobat qonunchiligi sohasidagi amaliy masalalar, ushbu yo‘nalishdagi dolzarb huquqiy muammolar, qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar hamda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishning amaliy mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.
Факультет бизнес-права и судебной защиты запустил практические занятия по принципу «из аудитории — в практику»
Как вы знаете, в Указе Президента Республики Узбекистан от 26 ноября 2025 года «О мерах по дальнейшему реформированию юридического образования и науки в Республике Узбекистан» в качестве приоритетных задач определены обеспечение тесной связи юридического образования с практикой, проведение половины образовательных программ непосредственно в профильных организациях, интеграция учебного процесса с деятельностью отраслевых учреждений, формирование у студентов навыков правового анализа на основе практических кейсов, решения проблемных ситуаций и самостоятельного выведения выводов.
В рамках реализации задач, обозначенных в указе, Школой предпринимательского и корпоративного права факультета бизнес-права и судебной защиты Ташкентского государственного юридического университета на базе Комитета по развитию конкуренции организовано практическое занятие по принципу «из аудитории — в практику». Занятие на тему «Государственное регулирование и контроль предпринимательской деятельности» провели начальник аналитического департамента Центра конкурентной политики и исследования потребителей Б. Розиев и заместитель директора государственного учреждения «Центр цифровой трансформации и аутсорсинга» Б. Очилов.
В ходе занятия студентам разъяснены практические вопросы в сфере антимонопольного законодательства, актуальные правовые проблемы в данной области, последние изменения в законодательстве, а также механизмы регулирования и контроля предпринимательской деятельности.
Кроме того, студенты получили ответы специалистов на интересующие их вопросы по теме занятия.
Toshkent davlat yuridik universitetida turli xizmatlar uchun tanlov e’lon qilindi
2026-yil (8 oy) davomida universitet hududidagi koʻkalamzorlashtirilgan maydonlardagi maysalarni (20 000 kv.m) oʻrish hamda daraxtlarga (500 dan ortiq) shakl berish, butash ishlari va chiqindilarni olib ketish xizmati.
Lot raqami: 26110012480385
Takliflar taqdim etishning oxirgi muddati: 21.04.2026 15:53
Savdo platformasi: etender.uzex.uz
Savdo havolasi: https://etender.uzex.uz/lot/480385
2026-yil (8 oy) davomida universitet oʻquv va Talabalar turar joylari binolariga oʻrnatilgan fotoelektrostansiyalariga servis xizmat koʻrsatish.
Lot raqami: 26110012480481
Takliflar taqdim etishning oxirgi muddati: 22.04.2026 09:44
Savdo platformasi: etender.uzex.uz
Savdo havolasi: https://etender.uzex.uz/lot/480481
Ташкентский государственный юридический университет объявляет конкурс на оказание различных услуг
В течение 2026 года (8 месяцев):
• покос травы на озелененных территориях университета (20 000 кв.м),
• формирование кроны деревьев (более 500), обрезка,
• вывоз отходов.
Номер лота: 26110012480385
Крайний срок подачи предложений: 21.04.2026, 15:53
Торговая платформа: etender.uzex.uz
Ссылка: https://etender.uzex.uz/lot/480385
В течение 2026 года (8 месяцев):
• сервисное обслуживание фотоэлектрических станций, установленных в учебных зданиях и студенческих общежитиях университета.
Номер лота: 26110012480481
Крайний срок подачи предложений: 22.04.2026, 09:44
Торговая платформа: etender.uzex.uz
Ссылка: https://etender.uzex.uz/lot/480481
TDYU va “KAFIL SUG‘URTA” AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Toshkent davlat yuridik universitetida “KAFIL SUG‘URTA” aksiyadorlik jamiyati vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida sug‘urta huquqi sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliy faoliyat integratsiyasini kuchaytirish, talabalarning nazariy bilimlarini real amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida Toshkent davlat yuridik universiteti va “KAFIL SUG‘URTA” AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumda Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti bitiruvchi talabalarini “KAFIL SUG‘URTA” AJ tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlab olish va ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, talabalar uchun grant tanlovlari hamda rag‘batlantiruvchi stipendiyalarni joriy etish, sug‘urta huquqi yo‘nalishida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish kabi muhim yo‘nalishlar belgilangan.
Shuningdek, tomonlar dual ta’lim asosida o‘quv mashg‘ulotlarini hamkorlikda tashkil etish, seminar va konferensiyalar o‘tkazish, talabalar uchun yozgi stajirovkalarni yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishdi. Bu esa talabalar uchun real ish muhitida tajriba orttirish, kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kelgusida mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanish imkonini kengaytiradi.
Bundan tashqari, “KAFIL SUG‘URTA” AJ xodimlari uchun universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan mediatsiya kurslari va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida belgilangan hamkorlik yo‘nalishlarini tizimli amalga oshirish maqsadida alohida “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish hamda o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirishga kelishib olindi.
Mazkur memorandum ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, yuridik ta’lim sifatini oshirish, talabalar kasbiy salohiyatini mustahkamlash hamda sug‘urta huquqi sohasida amaliy tajribani boyitishga xizmat qiladi.
Между ТГЮУ и АО «KAFIL SUG‘URTA» подписан меморандум о сотрудничестве
В Ташкентском государственном юридическом университете была организована встреча с представителями акционерного общества «KAFIL SUG‘URTA». В ходе встречи, инициированной факультетом бизнес-права и судебной защиты, обсуждались вопросы усиления интеграции образования, науки и практической деятельности в сфере страхового права, сочетания теоретических знаний студентов с реальной практикой, а также реализации перспективных совместных проектов.
По итогам переговоров стороны подписали меморандум о сотрудничестве, в котором предусмотрены содействие в отборе выпускников факультета на вакантные должности в системе компании и их трудоустройстве, внедрение грантовых конкурсов и стимулирующих стипендий для студентов, а также проведение научно-практических исследований в области страхового права.
Кроме того, стороны договорились о совместной организации учебных занятий на основе дуального образования, проведении семинаров и конференций, а также запуске летних стажировок для студентов. Это позволит студентам получить практический опыт в реальной рабочей среде, укрепить профессиональные навыки и повысить конкурентоспособность на рынке труда.
Также достигнута договоренность о проведении преподавателями университета курсов по медиации и программ повышения квалификации для сотрудников компании, а также о реализации совместных научно-практических проектов. В завершение встречи стороны согласились разработать отдельную «дорожную карту» для системной реализации намеченных направлений сотрудничества и дальнейшего расширения взаимодействия.
Данный меморандум направлен на вывод двустороннего сотрудничества на новый уровень, повышение качества юридического образования, развитие профессионального потенциала студентов и расширение практического опыта в сфере страхового права.
TDYUda “Karyera kuni” doirasida bitiruvchilar uchun amaliy uchrashuv tashkil etildi
Toshkent davlat yuridik universitetida Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi vakillari va universitetning bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdi.
Uchrashuvda ishtirokchilarga yuqoridagi tashkilotlarning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, kadrlar siyosati, ishga qabul qilish tartibi hamda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, talabalar uchun mavjud amaliyot va stajirovka dasturlari, yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, kasbiy rivojlanish yo‘llari hamda xizmat faoliyatida zarur bo‘lgan kompetensiyalar haqida ma’lumot berildi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.
В ТГЮУ в рамках Дня карьеры организована практическая встреча для выпускников
В мероприятии, проведенном по инициативе факультета межотраслевого изучения права, приняли участие представители Государственного таможенного комитета Республики Узбекистан, Управления по борьбе с преступлениями в сфере информационных технологий Главного управления внутренних дел города Ташкента, а также акционерной компании «Узбектелеком» и выпускники университета.
В ходе встречи участникам представлена информация об основных направлениях деятельности указанных организаций, кадровой политике, порядке трудоустройства и требованиях к кандидатам, действующих программах стажировок и практики для студентов, возможностях для молодых специалистов, путях профессионального развития, а также компетенциях, необходимых в служебной деятельности.
Во время мероприятия студенты также получили ответы специалистов на интересующие их вопросы.
TDYUda “Islom moliya tizimi va FinTech” mavzusida onlayn vebinar tashkil etiladi
17-aprel 15:30 dan boshlab ZOOM platformasi orqali o‘tkaziladigan vebinarni Islom moliyasi bo‘yicha ekspert Hamid Rahmatov olib boradi hamda unda quyidagi havola orqali ishtirok etish mumkin: https://law-gwu-edu.zoom.us/j/2483009774?pwd=PxJlNNp7takWyeGpxihkiN6rpUuWno.1&omn=98799247876
Toshkent davlat yuridik universiteti Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti Tadqiqot markazi ilmiy xodimi va Yosh olimlar kengashi a’zosi Javohir Eshonqulov tashabbusi bilan tashkil etilayotgan o‘quv mashg‘ulotida Islom moliya tizimining asosiy tamoyillari, moliyaviy texnologiyalarning moliya sohasiga ta’siri, islomiy moliya va zamonaviy texnologiyalar integratsiyasi kabi masalalar muhokama qilinadi.
Onlayn vebinarda professor-o‘qituvchilar, talabalar va ilmiy tadqiqotchilar qatnashishi mumkin.
В ТГЮУ состоится вебинар на тему «Исламская финансовая система и FinTech»
17 апреля с 15:30 в платформе ZOOM пройдет вебинар, который проведет эксперт по исламским финансам Хамид Рахматов. Принять участие можно по следующей ссылке:
https://law-gwu-edu.zoom.us/j/2483009774?pwd=PxJlNNp7takWyeGpxihkiN6rpUuWno.1&omn=98799247876
Мероприятие организовано по инициативе научного сотрудника Научно-исследовательского центра факультета междисциплинарного изучения права Ташкентского государственного юридического университета и члена Совета молодых ученых Жавохира Эшонкулова.
В рамках вебинара будут обсуждаться основные принципы исламской финансовой системы, влияние финансовых технологий на финансовый сектор, а также интеграция исламских финансов и современных технологий.
В вебинаре могут принять участие профессорско-преподавательский состав, студенты и исследователи.
TDYUda “Mehnat huquqi” bo‘yicha respublika onlayn fan olimpiadasi o‘tkaziladi
Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi shu’basi tomonidan tashkil etilayotgan billimlar bellashuvi 18-aprel 12:00 dan boshlanadi.
Test savollari “Mehnat huquqi” (@mehnathuquqi) Telegram kanalida beriladi va ishtirokchilar 30 daqiqa ichida yechishi kerak bo‘ladi.
Olimpiadada yurisprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan barcha talabalar va magistrantlar ishtirok etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, olimpiada g‘olibi to‘g‘ri javoblar soniga qarab aniqlanadi. Agar bir nechta ishtirokchining to‘g‘ri javoblar soni bir xil bo‘lib qolsa, eng kam vaqt sarflagan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
В ТГЮУ состоится республиканская онлайн-олимпиада по предмету «Трудовое право»
Конкурс знаний, организуемый сектором трудового права Ташкентского государственного юридического университета, начнется 18 апреля в 12:00.
Тестовые задания будут опубликованы в Telegram-канале «Mehnat huquqi» (@mehnathuquqi), а участникам необходимо будет решить их в течение 30 минут.
В олимпиаде могут принять участие все студенты и магистранты, обучающиеся по направлению «юриспруденция».
Победитель будет определен по количеству правильных ответов. В случае равного количества правильных ответов победителем станет участник, затративший меньше времени.
TDYU jamoasi tomonidan “auditoriyadan — amaliyotga” tamoyili asosida o‘tkazilayotgan amaliy darslar davom etmoqda
Navbatdagi dars mashg‘uloti Biznes huquqi va sud himoyasi Tadbirkorlik va korporativ huquq shu’basi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligida tashkil etildi.
“Tadbirkorlik faoliyatida litsenziyalash” mavzusida o‘tkazilgan darsda talabalarga Sog‘liqni saqlash vazirligi yuristi M.Xaitboyev tomonidan tibbiyot sohasida litsenziyalash tartibi, ruxsat berish masalalari, litsenziyani to‘xtatib turish va bekor qilish asoslari hamda mazkur yo‘nalishdagi sud amaliyoti haqida ma’lumot berildi.
Dars davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob oldi.
Команда ТГЮУ продолжает проведение практических занятий в рамках принципа «от аудитории — к практике»
Очередное учебное занятие, организованное сектором по бизнес-праву и судебной защите (направление предпринимательского и корпоративного права), прошло в Министерстве здравоохранения.
В рамках занятия на тему «Лицензирование в предпринимательской деятельности» студентам представлена информация о порядке лицензирования в сфере здравоохранения, вопросах выдачи разрешений, основаниях приостановления и аннулирования лицензий, а также судебной практике в данной области. Лекцию провел юрист Министерства здравоохранения М.Хаитбоев.
В ходе занятия студенты также получили ответы на интересующие их вопросы от специалиста.
👎1
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari TDYU talabalari bilan uchrashdi
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Rahimjon Hakimov hamda quyi palataning Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda talabalarga mamlakatimizda yoshlar siyosati sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar, ularning mazmuni hamda amaliy ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining faoliyati, uning qonun ijodkorligi jarayonidagi o‘rni va vazifalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari, qo‘mitalar faoliyati, Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi hamda Yoshlar parlamentining ishlash mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida talaba-yoshlar qonun loyihalarini ishlab chiqish, ularni dastlabki ko‘rib chiqish, birinchi va ikkinchi o‘qishlarga tayyorlash, yalpi majlis muhokamalariga kiritish jarayonlari bo‘yicha foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Uchrashuv yakunida talabalarni qiziqtirgan savollarga deputatlar tomonidan javob berildi.
Tadbir davomida talabalar Oliy Majlis tarixi muzeyi, parlament kutubxonasi hamda qonunlar qabul qilinadigan katta majlislar zali bilan tanishdi.
Заместитель Спикера Законодательной палаты Олий Мажлиса встретился со студентами ТГЮУ
Студенты факультета международного права и сравнительного правоведения Ташкентского государственного юридического университета посетили Законодательную палату Олий Мажлиса Республики Узбекистан.
В рамках визита организована встреча с заместителем Спикера Законодательной палаты Олий Мажлиса Рахимжоном Хакимовым, а также с членами Комитета нижней палаты по вопросам науки, образования, культуры, спорта и молодежи.
В ходе встречи, направленной на повышение политико-правовых знаний молодежи и ознакомление их с сутью и значением проводимых в стране реформ студентам представлена информация о масштабных реформах в сфере государственной молодежной политики, принимаемых новых законах, их содержании и практическом значении.
Также участникам предоставлена информация о деятельности Законодательной палаты Олий Мажлиса, ее роли и задачах в законотворческом процессе, работе фракций политических партий и комитетов, а также о механизмах функционирования Комиссии по вопросам молодежи и Молодежного парламента.
Кроме того, в ходе открытого диалога студенты получили полезную информацию о процессах разработки законопроектов, их предварительного рассмотрения, подготовки к первому и второму чтениям, а также внесения на обсуждение пленарных заседаний.
В завершение встречи депутаты ответили на вопросы, интересующие студентов.
В ходе мероприятия студенты также ознакомились с музеем истории Олий Мажлиса, парламентской библиотекой и большим залом заседаний, где принимаются законы.
TDYUda “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
Toshkent davlat yuridik universiteti Huquq, jamiyat va madaniyat shu’basi tomonidan davra suhbati formatida tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Nodira Rashidova, Nigora Lutfullayeva, Muqaddasxon Axmedova va talabalar ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbarining mamlakatimiz yoshlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda deputatlar tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar bilan ishlashda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, sud-huquq tizimida olib borilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalar yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va o‘zini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari, uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga deputatlardan javob oldi.