Dilfuza Abdullayeva gender tengligi masalalariga bag‘ishlangan anjumanda ma’ruza qildi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatida “Gender tengligi — demokratik islohotlarning muhim mezoni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Jamiyatda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tengligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda soha mutaxassislari, huquqshunos olimlar, davlat organlari vakillari va yoshlar ishtirok etdi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasida gender tengligini ta’minlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, ularni kamsitish holatlarining oldini olish, oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalar jarayonida xotin-qizlarning mehnat huquqlarini ta’minlash, ularni diskriminatsiyadan himoya qilish, yosh qizlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, jamiyatda gender madaniyatini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Davra suhbatida TDYU Xalqaro huquq va inson huquqlari shu’basi dotsenti Dilfuza Abdullayeva ham ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
😁2
Дилфуза Абдуллаева выступила с докладом на конференции, посвященной вопросам гендерного равенства
В исполнительном аппарате внебюджетного Пенсионного фонда при Министерстве экономики и финансов Республики Узбекистан состоялся круглый стол на тему «Гендерное равенство — важный критерий демократических реформ».
В мероприятии, организованном с целью обеспечения равных прав и возможностей для женщин и мужчин в обществе, защиты прав и интересов женщин, а также широкого информирования общественности о сути и содержании проводимых реформ в сфере обеспечения гендерного равенства, приняли участие отраслевые специалисты, ученые-правоведы, представители государственных органов и молодежь.
В ходе конференции обсуждены масштабные реформы, реализуемые в Республике Узбекистан по обеспечению гендерного равенства, вопросы повышения активности женщин в политической, экономической и социальной жизни, предотвращения дискриминации, а также борьбы с семейным насилием.
В рамках обсуждений участники высказали мнения по вопросам обеспечения трудовых прав женщин, их защиты от дискриминации, расширения возможностей получения образования для молодых девушек, а также формирования гендерной культуры в обществе.
В круглом столе также приняла участие доцент кафедры международного права и прав человека Ташкентского государственного юридического университета Дилфуза Абдуллаева, которая выступила с докладом по данной теме.
TDYUda “Islom moliyasi va banklarini huquqiy tartibga solish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
Toshkent davlat yuridik universiteti Huquq va texnologiyalar shu’basi o‘qituvchisi Amirjon Mardonov tashabbusi bilan tashkil etilgan mashg‘ulotda Markaziy bankning Islomiy moliya faoliyati bo‘yicha loyiha ofisi ishchi guruh rahbari Adhamxon Haydarov va Adliya vazirligi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Umidjon Abduraxmonov ishtirok etdi.
“FinTechning xalqaro huquqiy asoslari” moduli doirasida universitetning magistratura bosqichi talabalari uchun o‘tkazilgan treningda islom moliyasi tizimining huquqiy asoslari, ushbu yo‘nalishda xalqaro tajriba hamda O‘zbekistonda islomiy moliya institutlarini rivojlantirish istiqbollari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir davomida islom moliyasining nazariy va amaliy jihatlari, bank tizimida shariat tamoyillariga asoslangan moliyaviy instrumentlarni joriy etish, ularni huquqiy tartibga solishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
В ТГЮУ прошел семинар-тренинг на тему «Правовое регулирование исламских финансов и банков»
Занятие организовано по инициативе преподавателя кафедры права и технологий Амиржона Мардонова. В работе приняли участие руководитель рабочей группы проектного офиса Центрального банка по исламской финансовой деятельности Адхамхон Хайдаров и начальник отдела Управления по государственной регистрации ведомственных нормативно-правовых актов Министерства юстиции Умиджон Абдурахмонов.
На тренинге, организованном в рамках модуля «Международно-правовые основы FinTech» для студентов магистратуры университета, представлена информация о правовых основах системы исламских финансов, международном опыте в этой области, а также перспективах развития исламских финансовых институтов в Узбекистане.
Кроме того, в ходе мероприятия обсуждены теоретические и практические аспекты исламских финансов, внедрение финансовых инструментов, основанных на принципах шариата, в банковской системе, а также актуальные вопросы их правового регулирования.
❤2
TDYU rektori “Yoshlar kuni” doirasida universitetdagi klub va loyihalar faoliyati bilan tanishdi
Xabaringiz bor, “Yoshlar kuni” doirasida Toshkent davlat yuridik universitetida turli uchrashuv va tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ushbu ishlarning amaliy davomi sifatida TDYU rektori, professor Baxshillo Xodjayev universitetda faoliyat yuritayotgan klub va loyihalar koordinatorlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda universitetda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ishlar muhokama qilinib, koordinatorlarning takliflari tinglandi va klub hamda loyihalar faoliyati davomida duch kelayotgan tizimli muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirda ayni paytda universitetda talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 33 ta klub va loyiha faoliyat yuritayotgani, ularning samarali ishlashini ta’minlash hamda faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida koordinatorlik tizimi yo‘lga qo‘yilgani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida rektor quyidagi 14 ta klub va loyiha faoliyati bilan yaqindan tanishdi, ularning tashabbuslari va kelgusidagi rejalari muhokama qilindi:
— “TSUL ART” — talabalar teatr studiyasi;
— “TSUL Vokal va cholg‘u” klubi;
— “Dance Zone” raqs klubi;
— “Zukko kitobxon” klubi;
— “TEDxTSUL” klubi;
— “The Square Times” nashriy loyihasi;
— “Gender Equality Club”;
— “TSUL TV” klubi;
— “IT – Kompyuter savodxonligi” klubi;
— “Girls Development Club (GDC)”;
— “Miss Leaders” — lider qizlar klubi;
— G‘afur G‘ulom izdoshlari” klubi;
— Volontyorlar markazi;
— Karyera klubi.
Tadbirda universitetdagi 19 ta klub va loyiha faoliyati bilan keyingi “Yoshlar kuni”da tanishish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.
😁5🔥3💘2❤1🤡1
Ректор ТГЮУ ознакомился с деятельностью клубов и проектов университета в рамках Дня молодежи
В рамках Дня молодежи в Ташкентском государственном юридическом университете продолжается проведение различных встреч и мероприятий, направленных на поддержку инициатив студентов и повышение их активности.
В продолжение данной работы ректор ТГЮУ, профессор Бахшилло Ходжаев провел встречу с координаторами клубов и проектов, действующих в университете.
В ходе встречи представлена информация о проводимой работе по содержательной организации свободного времени студентов, раскрытию их талантов и способностей, а также повышению социальной активности молодежи и поддержке их инициатив.
Кроме того, обсуждены вопросы дальнейшего развития данной деятельности. Ректор выслушал предложения координаторов, а также состоялся обмен мнениями по системным проблемам, возникающим в процессе работы клубов и проектов, и возможным путям их решения.
Было отмечено, что в настоящее время в университете функционируют 33 клуба и проекта, направленные на поддержку студенческих инициатив. Для обеспечения их эффективной работы и координации деятельности внедрена система координаторов.
В ходе встречи ректор подробно ознакомился с деятельностью следующих 14 клубов и проектов, а также обсудил их инициативы и планы на будущее:
— «TSUL ART» — студенческая театральная студия;
— клуб «TSUL Вокал и инструментальная музыка»;
— танцевальный клуб «Dance Zone»;
— клуб «Зукко китобхон»;
— клуб «TEDxTSUL»;
— издательский проект «The Square Times»;
— «Gender Equality Club»;
— клуб «TSUL TV»;
— клуб «IT — компьютерная грамотность»;
— «Girls Development Club (GDC)»;
— «Miss Leaders» — клуб девушек-лидеров;
— клуб «Последователи Гафура Гуляма»;
— Центр волонтеров;
— Клуб карьеры.
Также сообщалось, что с деятельностью еще 19 клубов и проектов университета планируется ознакомиться в ходе следующего мероприятия, приуроченного ко Дню молодежи.
❤3👎3
TDYUda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan joriy yil mart oyi davomida ta’lim muassasalarida profilaktik hamda ma’rifiy ishlarni kuchaytirish maqsadida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Toshkent davlat yuridik universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi — taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda TDYU rektori, professor Baxshillo Xodjayev, O‘zbekiston Xalqaro Islomshunoslik akademiyasi Ijtimoiy fanlar va huquq kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Firuz Rashidov. universitet mutasaddilari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlarni illatlardan saqlash, ularda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, jaholat va radikal g‘oyalarning salbiy oqibatlari, diniy bag‘rikenglik, inson qadri va huquqlarining ustuvorligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
So‘zga chiqqanlar bugungi globallashuv sharoitida yoshlarning ongini turli zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni ilm-ma’rifatga undash hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Shuningdek, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda ma’rifatning o‘rni beqiyos ekani, ayniqsa, talaba-yoshlarning huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani qayd etildi.
Uchrashuv davomida diniy bag‘rikenglik, ekstremizm va radikalizmning mohiyati hamda ularning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, yoshlar orasida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishda ta’lim muassasalari, oila va jamiyat hamkorligining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Yakunda talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
👎1
В ТГЮУ состоялась просветительская встреча на тему «Просвещение против невежества»
Как вы знаете, по инициативе Министерства высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан в течение марта текущего года в образовательных учреждениях проводятся встречи, направленные на усиление профилактической и просветительской работы.
В этой связи в Ташкентском государственном юридическом университете состоялась просветительская встреча на темы «Просвещение против невежества» и «Приоритет человеческого достоинства и прав человека — основа развития».
В мероприятии приняли участие ректор ТГЮУ, профессор Бахшилло Ходжаев, старший преподаватель кафедры социальных наук и права Международной исламской академии Узбекистана, доктор философии по юридическим наукам (PhD) Фируз Рашидов, а также представители администрации университета, профессорско-преподавательский состав и студенты.
В ходе встречи высказаны мнения по вопросам защиты молодежи от различных негативных явлений, формирования у них здорового мировоззрения, а также обсуждены негативные последствия невежества и радикальных идей, вопросы религиозной толерантности и обеспечения приоритета человеческого достоинства и прав человека.
Выступающие подчеркнули, что в условиях современной глобализации особое значение приобретает защита сознания молодежи от воздействия различных деструктивных идей, а также формирование у них стремления к знаниям и развитие навыков критического мышления.
Отмечалось, что просвещение играет важную роль в обеспечении мира и стабильности в обществе, а повышение правовой культуры и социальной активности студенческой молодежи является одной из актуальных задач современности.
В рамках встречи также представлена информация о сути экстремизма и радикализма, их негативном влиянии на развитие общества, а также подчеркнута важность взаимодействия образовательных учреждений, семьи и общества в формировании у молодежи здорового мировоззрения.
В завершение состоялся открытый диалог со студентами, в ходе которого даны ответы на интересующие их вопросы.
Toshkent davlat yuridik universitetida “Yevropa Ittifoqi grant loyihalarini tayyorlash” mavzusida ikki kunlik trening o‘tkazildi
TDYU Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti Tadqiqot markazi tashabbusi bilan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining O‘zbekistondagi Milliy Ofisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mashg‘ulotlarni universitet professori, yuridik fanlar doktori, Erasmus+ Jean Monnet loyihalari tanlovining 5 karra sovrindori, “Horizon Europe” dasturi va “WTO Chairs” grant tanlovlari g‘olibi, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti yetakchi ilmiy xodimi Xaydarali Yunusov hamda Milliy Ofis ekspertlari olib bordi.
Shuningdek, treningda TDYU Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti Tadqiqot markazi ilmiy xodimlari hamda Qoraqalpoq davlat universiteti vakillari ham ma’ruza qildi.
Onlayn va oflayn formatda tashkil etilgan tadbirda respublikamizning 20 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Trening davomida ishtirokchilarga Yevropa Ittifoqi grant tanlovlarida ishtirok etishning normativ va konseptual asoslari, muvaffaqiyatli loyiha tayyorlashning ilmiy, amaliy, uslubiy, texnik hamda moliyaviy jihatlari haqida ma’lumot berildi. Mashg‘ulotlar jarayonida grant loyihalarini tayyorlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar, loyiha arizasini shakllantirish usullari hamda xalqaro grant tanlovlarida muvaffaqiyat qozonish uchun zarur strategiyalar muhokama qilindi.
👍2❤1
В Ташкентском государственном юридическом университете прошел двухдневный тренинг на тему «Подготовка грантовых проектов Европейского союза»
По инициативе Научного центра факультета международного права и сравнительного правоведения Ташкентского государственного юридического университета совместно с Национальным офисом программы Erasmus+ Европейского союза в Узбекистане организован двухдневный тренинг.
Занятия провели профессор университета, доктор юридических наук, пятикратный победитель конкурса проектов Erasmus+ Jean Monnet, победитель грантовых конкурсов программы Horizon Europe и WTO Chairs, ведущий научный сотрудник факультета международного права и сравнительного правоведения Хайдарали Юнусов, а также эксперты Национального офиса Erasmus+.
Кроме того, в рамках тренинга с докладами выступили научные сотрудники Научного центра факультета международного права и сравнительного правоведения ТГЮУ, а также представители Каракалпакского государственного университета.
Мероприятие организовано в онлайн и офлайн форматах, в нём приняли участие представители около 20 высших образовательных учреждений республики.
В ходе тренинга участникам представлена информация о нормативных и концептуальных основах участия в грантовых конкурсах Европейского союза, а также о научных, практических, методических, технических и финансовых аспектах подготовки успешных проектных заявок.
В процессе занятий даны практические рекомендации по разработке грантовых проектов, рассмотрены методы подготовки проектных заявок, а также обсуждены стратегии, необходимые для успешного участия и победы в международных грантовых конкурсах.
👍1
“Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi e’lon qilindi
Yoshlarning ijodiy va innovatsion fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, iqtidorli, tashabbuskor va kreativ fikrlaydigan yigit-qizlarni aniqlash hamda ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan tanlovda ishtirok etishni istaganlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak: https://forms.gle/KPA9BGmJkG6tts5w9
Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar respublika tanlovida qatnashish uchun TDYU Yoshlar masalalari va sportni ommalashtirish boshqarmasiga (3-bino 120-xona) ariza bilan murojaat qilishi lozim.
❤3
Объявлен республиканский конкурс «Лучшая креативная идея»
В целях развития творческого и инновационного мышления молодежи, выявления талантливых, инициативных и креативно мыслящих юношей и девушек, а также поддержки их инновационных идей объявлен республиканский конкурс «Лучшая креативная идея».
Желающим принять участие в конкурсе необходимо пройти регистрацию по следующей ссылке:
https://forms.gle/KPA9BGmJkG6tts5w9
Кроме того, зарегистрированные участники для участия в республиканском этапе конкурса должны обратиться с заявлением в Управление по вопросам молодежи и популяризации спорта Ташкентского государственного юридического университета (3-й корпус, кабинет №120).
Дайджест мероприятий, реализуемых коллективом Ташкентского государственного юридического университета в рамках исполнения Постановления Президента Республики Узбекистан №ПП-1 от 5 января 2026 года
В целях обеспечения исполнения постановления Президента Республики Узбекистан №ПП-1 в махаллях «Маърифат» и «Укчи Олмазор» Яшнабадского района проведены изучения условий на местах.
В ходе изучения проанализирован уровень социальных условий в органах самоуправления граждан махалли. В частности, рассмотрены социальное положение, условия проживания и уровень занятости малообеспеченных семей и граждан отдельных категорий, проживающих на данной территории.
По итогам изучения разработаны соответствующие заключения и предложения, направленные на дальнейшее совершенствование системы работы с населением махалли, а также на более эффективное рассмотрение обращений граждан по правовым вопросам.
***
Рабочая группа Ташкентского государственного юридического университета провела изучение в махалле «Алишер Навои», относящейся к «красной категории», в Сардобинском районе Сырдарьинской области.
В ходе мероприятия, проведенного в сотрудничестве с «махаллинской семерки», с целью профилактики преступности и анализа социальной ситуации в махалле проведено анкетирование. По итогам изучения разработаны соответствующие предложения и направлены в штаб ТГЮУ.
***
Профессорско-преподавательский состав кафедры гражданского процессуального и экономического процессуального права организовал мероприятие по правовой пропаганде в общеобразовательной школе № 227 Яшнабадского района.
В мероприятии приняли участие более 100 учащихся. Участникам предоставлена информация о сути и значении постановления №ПП-1, негативных последствиях киберпреступности, необходимости не вовлекаться в преступления, совершаемые организованными группами, а также о вреде наркотических средств.
Также среди учащихся проведены интеллектуальные конкурсы «Правовой диктант», «Правовая заковат» и правовая викторина. В завершение наиболее активные участники были награждены памятными подарками.
***
В целях исполнения постановления Президента Республики Узбекистан №ПП-1 профессорско-преподавательский состав кафедры судебной власти, адвокатуры и правоохранительных органов, а также кафедры криминалистики и судебной экспертизы провёл изучения, направленные на профилактику преступности, в махалле «Шохсанам» Яшнабадского района.
В ходе работы проведены встречи с «махаллинской семеркой», в рамках которых проанализированы факторы, способствующие преступности на данной территории, социальные проблемы, ситуации в конфликтных семьях, а также вопросы, связанные с лицами, нуждающимися в профилактическом контроле.
По итогам изучения в махалле организованы специальные комнаты «Помощь адвоката в махалле» и «Махалля без конфликтов с медиатором», предназначенные для оказания правовой помощи и урегулирования споров среди граждан.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar dayjesti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yashnobod tumanidagi “Ma’rifat” hamda “O‘qchi Olmazor” MFYda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘inlarida mavjud ijtimoiy sharoitlar tahlil qilindi. Xususan, hududda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan oilalar hamda alohida toifadagi fuqarolarning ijtimoiy holati, yashash sharoiti va bandlik darajasi o‘rganildi.
O‘rganishlar yakunida mahalla aholisi bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda fuqarolarning huquqiy masalalar bo‘yicha murojaatlarini samarali ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli xulosalar va takliflar ishlab chiqildi.
***
TDYU ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida qizil toifadagi Alisher Navoiy mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
"Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida mahalladagi jinoyatchilikning oldini olish hamda ijtimoiy vaziyatni tahlil qilish maqsadida savolnoma asosida o‘rganishlar amalga oshirildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilib, TDYU shtabiga taqdim etildi.
***
Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi shu'basi professor-o‘qituvchilari tomonidan Yashnobod tumanidagi 227-umumta’lim maktabida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
100 nafardan ortiq o‘quvchi ishtirok etgan tadbirda ishtirokchilarga PQ–1-son qarorning mazmun-mohiyati, kiberjinoyatchilikning salbiy oqibatlari, uyushgan guruhlar jinoyatlariga aralashmaslik hamda giyohvandlikning zararli ta’siri haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida “Huquqiy diktant”, “Huquqiy zakovat” intellektual tanlovlari va huquqiy viktorina o‘tkazildi. Yakunda faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
***
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sud hokimiyati, advokatura va huquqni muhofaza qiluvchi organlar shu'basi hamda Kriminalistika va sud ekspertizasi shu'basi professor-o‘qituvchilari tomonidan Yashnobod tumanidagi “Shohsanam” MFYda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan o‘rganish ishlari tashkil etildi.
Jarayonda "mahalla yettiligi" bilan muloqotlar o‘tkazilib, hududda jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillar, ijtimoiy muammolar, nizoli oilalar hamda profilaktik nazoratga muhtoj shaxslar bilan bog‘liq masalalar tahlil qilindi.
O‘rganishlar yakunida mahallada fuqarolar uchun “Mahallabay advokat yordami” hamda “Mediator bilan nizodan holi mahalla” xonalari tashkil etildi.
👎1
TDYU jamoasi umumxalq hasharida faol ishtirok etdi
Xabaringiz bor, 13-14-mart kunlari yurtimizda “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Umumxalq hasharida Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari faol ishtirok etdi.
Hashar doirasida universitet va unga yondosh hududlar obodonlashtirildi.
👎1
Коллектив Ташкентского государственного юридического университета принял активное участие во всенародном хашаре.
Как известно, 13–14 марта в нашей стране проходит всенародный благотворительный хашар под девизом «Благоустройство страны начинается с махалли!».
В мероприятии активно участвовали профессорско-преподавательский состав и сотрудники Ташкентского государственного юридического университета.
В рамках хашара проведены работы по благоустройству территории университета и прилегающих к нему участков.
Toshkent davlat yuridik universitetida “Yoshlar kuni” doirasida stol tennisi bo‘yicha “Rektor kubogi” o‘tkazildi
“Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida tashkil etilgan bahslarda 40 nafar talaba g‘oliblik uchun bellashdi.
Qizg‘in va murosasiz bahslar yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin — Firuza Qosimova, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabasi;
2-o‘rin — Miyasar Masheripova, Jinoiy odil sudlov sudlov fakulteti talabasi;
3-o‘rin — Lola Jadigerova, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabasi.
Yigitlar o‘rtasida:
1-o‘rin — Asilbek Norqulov, Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti talabasi;
2-o‘rin — Ozodbek Eliboyev, Jinoiy odil sudlov sudlov fakulteti talabasi;
3-o‘rin — Xudoyshukur Jaynaqov, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabasi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari kubok, medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
👍1👎1🔥1
В Ташкентском государственном юридическом университете в рамках Дня молодежи прошел турнир по настольному теннису на Кубок ректора
В соревнованиях, организованных в рамках спортивных состязаний Студенческой лиги, за победу боролись 40 студентов.
По итогам бескомпромиссных состязаний зафиксированы следующие результаты:
Среди девушек:
1-е место — Фируза Косимова, студентка факультета международного права и сравнительного правоведения;
2-е место — Миясар Машерипова, студентка факультета уголовного правосудия;
3-е место — Лола Жадигерова, студентка факультета международного права и сравнительного правоведения.
Среди юношей:
1-е место — Асилбек Норкулов, студент факультета бизнес-права и судебной защиты;
2-е место — Озодбек Элибоеев, студент факультета уголовного правосудия;
3-е место — Худойшукур Жайнаков, студент факультета международного права и сравнительного правоведения.
Победители и призеры соревнований награждены кубком, медалями, дипломами и памятными подарками.
PQ-1 ijrosi doirasida TDYU va FVV Akademiyasi o‘rtasida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tomonidan “Favqulodda vaziyatlar organlariga 30 yil: rivojlanish yo‘li, islohotlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiya davomida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda ushbu jarayonlarda ilmiy yondashuv va zamonaviy tahliliy metodlarni keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xalqaro anjuman doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “2026-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda ushbu yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar, amaliy loyihalar va ekspertlik faoliyatini rivojlantirish rejalashtirilgan.
Mazkur hamkorlik kelgusida davlat organlari, ilmiy muassasalar hamda oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash, mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan mexanizmlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
⚡1👎1
В рамках реализации постановления №ПП-1 между ТГЮУ и Академией МЧС налажено научное сотрудничество по созданию безопасной среды в махаллях
Академия Министерства по чрезвычайным ситуациям организовала международную научно-практическую конференцию на тему: «30 лет органам по чрезвычайным ситуациям: путь развития, реформы и перспективы».
В ходе конференции обсуждены вопросы формирования безопасной среды в махаллях республики, ранней профилактики правонарушений, а также широкого внедрения научных подходов и современных аналитических методов в данные процессы.
Кроме того, в рамках международного форума подписан меморандум о сотрудничестве между Ташкентским государственным юридическим университетом и Академией Министерства по чрезвычайным ситуациям.
Сотрудничество налажено в целях реализации Постановления Президента Республики Узбекистан от 5 января 2026 года №ПП-1 «О мерах по дальнейшему повышению эффективности системы создания безопасной среды в махаллях республики и ранней профилактики правонарушений в 2026 году».
В рамках данного взаимодействия планируется реализация совместных инициатив, направленных на обеспечение безопасной среды в махаллях, предупреждение чрезвычайных ситуаций, усиление профилактики правонарушений, а также развитие научных исследований, практических проектов и экспертной деятельности в этих направлениях.
Ожидается, что данное сотрудничество будет способствовать укреплению интеграции между государственными органами, научными учреждениями и организациями высшего образования, а также разработке научно обоснованных механизмов обеспечения безопасности в махаллях.
Dual ta’lim samarasi: TDYU talabasining xizmatlari e’tirof etildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida yuridik ta’lim jarayonlarining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan amaliy o‘qitish hamda klinik va dual ta’lim tamoyilini joriy etish vazifasi belgilangan.
Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ayni paytda universitet talabalari davlat va nodavlat tashkilotlar, ichki ichlar, prokuratura, adliya organlari hamda mahallalarda amaliyot o‘tamoqda.
Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi Abdurashid Mamataliyev ham dual ta’lim tamoyili asosida Mirobod tumani Ichki ishlar bo‘limiga amaliyot o‘tash uchun biriktirilgan edi.
Amaliyot davomida yuzaga kelgan muhim holatlardan birida uning ichki ishlar organlari xodimlari bilan birgalikda Koreys ta’lim markazi xodimining katta miqdordagi puli o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq jinoyatni fosh etish jarayonidagi faol ishtiroki Koreya Respublikasi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuborilgan rasmiy minnatdorlik xatida IIO xodimlari bilan bir qatorda alohida e’tirof etildi.
Koreys ta’lim markazi direktori ushbu voqea munosabati bilan bunday iqtidorli va mas’uliyatli talabaga ta’lim bergan Toshkent davlat yuridik universiteti rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilariga samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuridik ta’limni isloh qilishga qaratilgan farmonlari ijrosi doirasida TDYUda ta’lim jarayonini amaliyot bilan uzviy bog‘lash, dual ta’lim tizimini joriy etish va talabalarni real ish jarayonlariga jalb etish borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy natijasi bo‘ldi.
👎1👏1