Matematika|Doniyor Mexribonov
578 subscribers
3.46K photos
401 videos
771 files
203 links
9 yillik tajriba
🎓 1200+ o'quvchilar
98%+ natija
❇️ 4-11 sinf o’quvchilar,abituriyentlar va ustozlar uchun

https://youtube.com/@Mathematic_Genius?si=o3X_TKwdQ4g85g

Murojat uchun:
📞+99897 307-99-78
✒️ @Math_repetitor_uzb
Download Telegram
#Natija2025

Bormi og’riq😁
🔥104🥰3
#Natija2025

Seriyani davom ettiramizmi?😎
🔥6
#Natija2025

Bor bitta shunaqasi dermidi😁
Majburiy blokdagi o’quvchilarimiz ham qolishayotgani yo’q. 10/10 natijani kutib qolamiz. Barchangizga omad
😱6👍4🔥1
#Natija2025

Seriyani majburiy blok yechgan o’quvchilarimiz bilan davom ettiramiz😎
🔥6👍1
👍21🔥1
#tanlov2025 #Abituriyent2025
🆕
Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi


Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

💻 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

🧑‍🎓 Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.

📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.

✒️ Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

✍️ Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

👉 @Mathematic_Genius
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
#Natija2025

Alloh izni ila o’quvchimiz Elmurodov Firdavs Prezident maktabi birinchi bosqich imtihonidan eng maksimal 100 bal bilan birinchi o’rinda oʻtdi. Bugun Firdavs ikkinchi bosqich imtihoniga kiradi. Duo qilinglar ko’pchilikni duosi oʻtadi. Nasib qilsa ikkinchi bosqich imtihondan ham maksimal balni toʻplab oʻtib, ota-onasi va ustozlarining yuzini yorugʻ qilsin!

😎 @Mathematic_Genius
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥54👏2
Assalomu aleykum kanalimiz qadrli kuzatuvchilari. Navbatdagi milliy sertifikatga birga tayyorgarlik ko’rishga tayyormisiz?
Anonymous Poll
59%
⚡️
11%
💣
30%
🔥
👍41🔥1
#Natija2025

Akademik litseyga qabul qilingan o’quvchilarimiz natijasini boshlaymizmi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
#Natija2025

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti akademik litseyi😎
4👍2
Matematika|Doniyor Mexribonov
#Natija2025 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti akademik litseyi😎
#Natija2025

Avvalroq o’quvchimiz Azizbekning ukasi Mirpo’latov Shohjaxon Buxoro viloyati Al-Xorazmiy maktabiga o’qishga qabul qilingan edi. Bir oilaning talabaga aylangan ikki farzandi. Natijalar muborak bo’lsin.

🏫 Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻtkazilgan imtihon natijalari
____
🆔: 2092520100332
____
Sinf: 9
____
Jami ball: 38.1
____
Tavsiya etildi
Buxoro shahridagi al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi
👍3👏3🔥1
⚡️Kutganmidingiz? Tayyormisiz? Unda bu aynan siz uchun!

Oliy taʼlim muassasasiga o'qishga kirish istagida bo'lgan barcha abituriyentlar va matematikani o’rganish istagida bo’lgan o’quvchilar! Matematikadan DTM imtihonda eng yuqori balni beruvchi milliy sertifikatni olmoqchimisiz?

Aziz o'qituvchilar! Siz professional rivojlanmoqchimisiz? Yoki milliy sertifikat va attestatsiya imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tib daromadingizni oshirmoqchimisiz?

Biz sizga shunday imkoniyatni taqdim etamiz. Milliy sertifikat uchun yangi guruhlarga qabul boshlandi 🌟

Kurs davomida:
🔢 Algebra Noldan ( yangi boshlaganlar uchun)
👨‍🎓Oktabr oyida sertifikat topshiradiganlar uchun Kvadrat tenglamalar va Trigonometriya bo'limlaridan boshlab
✏️ Geometriya va streonometriya
boshidan ( Noldan ) boshlab o'rganish imkoniyatiga ega bo'ling.

❇️ Bundan tashqari milliy sertifikat va attestatsiya imtihoni muhitida olinadigan mock testlar sizlarni kutmoqda.
Darslar haftasiga 5 kun davom etadi.

📆Qabul 1-avgustdan 5-avgustgacha davom etadi!

Ro'yhatdan o'tish va batafsil ma'lumot uchun biz bilan bog'laning:
📞 +998973099099
📞 +998998879978
📞 +998973079978

😎 @Mathematic_Genius
😎 @karakulacademy_2020
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
Abituriyentlar uchun yangi imkoniyat: joriy yil to‘plagan ballarining o‘tgan yilgi o‘tish ballariga mosligini tekshirish mumkin
#abituriyent

mandat.uzbmb.uz saytiga yangi funksiya qo‘shildi. Ko‘pchilik mening balim qaysi yo‘nalishlarga o‘tadi, deb so‘rayotgan edi. Buni hozir hech kim bilmaydi, joriy yilgi o‘tish ballari faqat mandatdan keyin ma’lum bo‘ladi xolos.

Ammo o‘tgan yilgi o‘tish ballari bilan solishtirib, taxminiy mo‘ljal olish mumkin. Endi buni bilishning oson yo‘li paydo bo‘ldi.

mandat.uzbmb.uz saytining Qo‘shimcha sahifasida joriy to‘plagan ballar bo‘yicha 2024-yilgi o‘tish ballarini ko‘rish mumkin.

Bunda abituriyent ruxsatnomasidagi ID raqamni kiritish kerak (ID-kartadagi raqam emas bu, adashtirib qo‘ymang).

Shunda abituriyent haqida ma’lumotlar chiqib keladi. Joriy yil to‘plagan bali bilan o‘tgan yili qayerlarga kirish mumkin bo‘lgani ko‘rsatiladi. Chiqqan ma’lumotlarni hudud va yo‘nalish kesimida filtr qilish mumkin.

Bu ma’lumotlar abituriyentga qaysi yo‘nalishni tanlashni hal qilishga yordam beradi.

Yana qaytaraman, joriy yilgi o‘tish ballari o‘tgan yilgidan farq qilishi mumkin. Chiqqan ma’lumotlar shunchaki taxminiy mo‘ljal olishga yordam beradi xolos.

Izoh:

🟢 Yashil rang — kontrakt uchun ball yetadi degani.

🟡 Sariq rang — kontrakt uchun ball yetmaydi degani.


😎 @Mathematic_Genius
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
⚠️ Yo’nalish tanlash yakunlanishiga bir kun qoldi.

😎 @Mathematic_Genius
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
‼️MANDAT CHIQDI

⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.


😎 @Mathematic_Genius
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’qishga kira olmagan abituriyentlar kayfiyatni ko’taramiz😁

😎 @Mathematic_Genius
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁5