𝐌𝐚𝐭𝐡 𝐌𝐚𝐬𝐭𝐞𝐫_𝐔𝐳
305 subscribers
901 photos
21 videos
165 files
155 links
Yo asling kabi ko'rin, Yo ko'ringaning kabi bo'l!
Jaloliddin Rumiy

Matematika dunyosi va Dunyo matematikasi.
Download Telegram
📢 Kanalimiz faoliyatini boshlash arafasida turibmiz.

Siz uchun qaysi turdagi kontentlar eng foydali bo‘lar edi?

💬 Fikringizni izohlarda qoldiring!
1👍9
Respublikamiz bo‘ylab barcha hududlarda O‘qituvchilar
o‘rtasida Respublika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahri.

Ushbu olimpiadada jamoamizning ikki a’zosi yuqori o‘rinlarni egalladi.

1-o‘rin. Shomirza Asqarov (90,7 ball).

4-o‘rin. Davron Obilov (77,3 ball).

Endi navbat Respublika bosqichiga.

@MathMaster_Uz
1👍24
Ustozlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan matematika fan olimpiadasini Respublika bosqichi boshlanmoqda.

Rasmda: 2018-2019-yillari xalqaro olimpiadalarga birga tayyorgarlik ko‘rgan qadrdonlarimiz.

Abbos Sayliyev
Elbek Toshpo‘latov

Shomirza Asqarov

@MathMaster_Uz
1👍9
Sodiq school matematika fani ustozlar orasida sentyabr oyida o‘tkazilgan olimpiadasining 23-savoli.

Ehtimollar nazariyasiga oid ajoyib misol ishlab ko‘rishni tavsiya qilamiz.

Shomirza Asqarov

@MathMaster_Uz
👍3
Bugungi ustozlar olimpiadasi savollari 🔋
👍3
Hurmatli ustozlar!

Mehnatingiz va sabringiz uchun tashakkur. Sizga sog‘liq, baraka va baxt tilayman.

@MathMaster_Uz
1👍13
Ustozlar o‘rtasida o‘tkazilgan matematika fan olimpiadasini Respublika bosqichi natijalari.

MMU jamoamizdan 2 nafar ustoz Matematika fanidan “Fan kengashi” a’zolariga aylandi.

Davron Obilov

Shomirza Asqarov

P.s. “Fan kengashi”ning 10 ta a’zosidan 6 ta a’zosi 2018-2019-o‘quv yilida o‘rta maxsus talimni tugatganlar.

@MathMaster_Uz
1👍14
Ustozlarga online kurs o‘tishni boshlaymiz degan maqsadda yurardik.

1-online kursimizni nasib bo‘lsa 2026-yil 5-yanvardan boshlashni maqsad qildik.

Hamma qatori 1-online kursimiz bo‘lganligi sababli sifatga ko‘proq urg‘u beramiz.

Kurs haqida hozir aytishimiz mumkin bo‘lgan narsalar.

Kurs nomi: Matematika 1+

Kurs o‘tuvchi: Shomirza Asqarov

Kurs davomiyligi: 2-3 oy.

Kursda o‘rgatiladi: Matematikaning ba’zi mavzulariga kirish, darslarni tizimli tashkil qilish, darslarga tayyorgarlik ko‘rishda app lardan foydalanish.

Kursga olinadigan ustozlar soni: 20 ta.

Kurs haqidagi ma’lumotlarni ushbu kanalimizda berib boramiz.

1-online kursimiz bo‘lganligi sababli imkon qadar bizni taniydigan va biz ham ularni taniydigan ustozlarni o‘qitib boshlamoqchimiz.

@MathMaster_Uz
10👍23
Jamoamiz a’zolaridan ba’zi ustozlar toifa imtihonini topshirishdi natijalarni sizlar bilan bo‘lishib qo‘yaylik.

Obilov Davron 80 ball (2-toifa)

Rajabboy Nurov 72 ball (1-toifa)

Davron Saydullayev 70 ball (2-toifa)

Nasib bo‘lsa bahorgi toifa imtihonida jamoamizni deyarli 80% ustozlari imtihon topshirishadi. Bu safargisida ba’zi texnik sabablarga ko‘ra topshira olmay qoldik.

@MathMaster_Uz
3👍29
Ba’zan yaxshi ishlar bo‘lganda emas, yomon ishlar bo‘lmaganda sevinamiz.
👍18
Har oyda bir marta jamoamiz a’zolari o‘rtasida olimpiada o‘tkazamiz.

Olimpiadaga mehmon sifatida ustozlarni chaqirib turamiz.

Bu oy bo‘ladigan olimpiadamiz 16-noyabr (yakshanba) kuni soat 08:00 da boshlanadi.

Mehmon sifatida tashrif buyurishni istasangiz @MM_U_admin ga murojaat qiling (Murojaatlar 14-noyabr 14:00 ga qadar qabul qilinadi).

Olimpiada haqida qisqacha ma’lumot.
➤ Savollar: 30 ta. [20 ta test 10 ta javob yoziladigan savol]
➤ Vaqt: 4 soat.
➤ Savollar abituriyent darajasidan qiyinroq bo‘ladi.

Olimpiadadan olinadigan manfaatlar.
★ O‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazish.
★ Jamoamiz faoliyati bilan tanish.

😀 Olimpiadadan so‘ng doim choyxonaga boramiz (Agar xohlasangiz birga tushlik qilamiz).

@MathMaster_Uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍10
#olimpiada

︎ Olimpiadamizning 13-soniga start berildi.

Ma’lumot:
➤ 2024-2025-o‘quv yilida 10 ta sonini o‘tkazganmiz.
➤ 2025-2026-o‘quv yilda 3-sonini o‘tkazyapmiz.

★ Yanvarda boshlanadigan kursimizni o‘qiydigan ustozlarni ham ushbu olimpiadamizga jalb qilamiz.

Aqlning zakoti ilm. Tilning zakoti zikr. Qalbing zakoti ishqdir Allohga muhabbatdir.

@MathMaster_Uz
10👍7
Yaqinda ustozimizdan ajoyib bir gap eshitib qolgandik nimagadir hozir esga kelib qoldi, sizlar bilan ham ulashib qo‘yaylik.

Muvaffaqiyat yakshanbani ham o‘z ichiga oladi.

@MathMaster_Uz
1👍10
#online_kurs

Matematika 1+ kursimiz haqida ba’zi ma’lumotlar.

Kurs maqsadi: Matematika fani ustozlarining o‘quvchilari viloyat olimpiadasida tushadigan savollarni 80% dan oshig‘ini yecha oladigan darajada tayyorlay olish ko‘nikmasini shakllantirish (kurs maqsadi hozircha kursni o‘tish davomida kursdan ko‘zlayotgan asil maqsadimiz haqida tanishtiramiz).

Kurs davomiyligi 1 oy (bir oylik olingan xulosalar tajribalardan va kursda o‘qigan ustozlarning fikridan kelib chiqib davom ettiramiz).

Bir oy davomida nimalar o‘rgatiladi.
- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

1. Quyida keltirilgan 7 ta mavzu o‘tiladi (mavzular kurs maqsadiga mutanosib ravishda o‘tiladi, kurs boshlanguncha har bir mavzuga oid misollardan namuna tashlab boriladi).

1.1  Ratsional sonlar
1.2  Toq-juft, ketma-ket sonlar
1.3  Butun sonlar ustida tahlil
1.4  Bo‘lish va bo‘linish qoidalari
1.5  Tub sonlar va ularning ko‘paytuvchilari
1.6  EKUB va EKUK
1.7 Oddiy tengsizliklar


- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

2. Har bir ustoz o‘z kutubxonasini (darslarini o‘tishda foydalanadigan barcha akademik materiallar) yaratishda foydalanishi shart bo‘lgan 3+ ta ilovalar va dasturlar bilan tanishtiriladi va ba’zilaridan foydalanish o‘rgatiladi.

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

3. Akademik suhbatlar.

3.1 Maktab o‘quvchilarda qanday ko‘nikmalarni shakllantirish kerak?
3.2 Bu ko‘nikmalar shakllanishida matematikaning o‘rni (Matematika o‘zi nimaga kerak? savoliga javob beriladi)?
3.3 Kelayotgan 10 yillikda o‘qituvchilar qilishi shart bo‘lgan ishlar.
3.4 O‘quv markaz va maktabning farqlari nimada (maktablar bor-ku, o‘quv markazlar nega kerak o‘zi?)?
3.5 O‘quv markazlar qachon trenddan qoladi?
3.6 5 yildan keyin oylik maoshingizga qo‘shima kamida $100+ qo‘shib beriladi, agar ... .


- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Kurs narxi: 500 000 so‘m (birinchi oy uchun).

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Kurs kimlarga tavsiya etiladi:

★ O‘z ustida doimiy ishlamoqchi bo‘layotgan, ammo nimadan boshlashni bilmayotgan ustozlarga.
★ O‘quvchilari Respublika fan olimpiadalarida (o‘quvchilaringizni viloyatda o‘rin ola oladigan darajada tayyorlay oladigan ustoz darajasiga chiqasiz), Xalqaro darajadagi (AMC 8, 10/12 , Kengaroo, ... va shu kabi olimpiadalarni nazarda tutilgan fan olimpiadalarida o‘rin olishini (aytishga uyalmaydigan natija ko‘rsatishini) xohlaydigan ustozlarga.
★ Matematika faniga xos bo‘lgan ilmiy muhit izlayotgan ustozlarga.
★ Xususiy maktab ustozlariga.


ushbu kursimizda o‘qishni tavsiya qilamiz.

- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Kimlarga tavsiya qilmaymiz.

❍ Qaysidir nomdor (Milliy sertifikat, SAT, Attestatsiya) sertifikatni olish uchun o‘qimoqchi bo‘lsangiz (bu sertifikatlarni olish uchun maxsus shu sertifikatlar uchun ochilgan kurslarda o‘qiganingiz afzal ular manzilga tezroq olib boradi).
❍ O‘ituvchilik kasbida vaqtinchalik ishlayotganlarga (kelajakda boshqa bir sohaga o‘tib ketmoqchi bo‘lganlarga).
❍ Biz o‘rgatmoqchi bo‘layotgan barcha ko‘nikmaga ega ustozlarga


ushbu kursimzida qatnashmasliklarini tavsya bermaymiz.

@MathMaster_Uz
3👍15