Mapograph
53 subscribers
186 photos
1 video
15 links
Download Telegram
Dunydagi eng baland 10ta bino. BAAdagi Burj Xalifa hozirda eng baland bino, balandligi 828 metr, 2010-yil qurilgan.

@mapograph
​​Қуйидаги харитада аҳолиси сони Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатиникидан кам бўлган давлатлар кўрсатилган. Яъни, агар ушбу штат алоҳида давлат бўлганида, аҳоли сони бўйича фақатгина Хитой, Ҳиндистон, АҚШ ва Индонезиядан орқада қолиб, дунёда 5-ўринда турган бўларди.

@tashqaridaUZ
Qaysi davlatlarning aholisi eng kam miqdorda dinga sig‘inishi reytingi va o‘sha davlatning necha foizi dindor ekani haqida info. Top 10talik.

@mapograph
Suriyaning 2012- va 2016-yillarda kechqurun olingan surati.

E'tibor berib qarasangiz, 2012-yilga nisbatan chiroqlar soni ancha kamaygan.

O‘zbekistonda hech qachon kamaymasin, iloyim!

@mapograph
Shimoliy Yevropadagi top 10ta eng boy va eng kambag'al aholi yashash hududlari. Kambag'al hududlarning 9tasi Birlashgan Qirollik (The UK) hududiga to'g'ri keladi.

@mapograph
Yava oroli dunyodagi aholi eng zich joylashgan orol bo‘lib, bu orol Indoneziyada joylashgan. Ushbu xaritada Yava orolidan aholisi kam bo‘lgan jahon davlatlari ko‘rsatilgan.
Faqatgina sanoqli davlatlarda undan ko‘p aholi bor.

@mapograph
Forwarded from Pozitiff Repablik (Abdurashid)
O'zbekistonda 30 kun vizasiz yurishi mumkin bo'lgan davlatlar ro'yxati.
Xitoyliklar 7 kun vizasiz yurishi mumkin.


Boshqa viloyatlardan Toshkent shahriga keladigan odamlar maksimal 5 kun ichida vaqtinchalik propiska rasmiylashtirishi kerak. Bu 30 kun vizasiz yuradigan 85ta davlat va 7 kun vizasiz yuradigan xitoyliklar Toshkentda propiskasiz viloyatdan kelgan aholimizdan ko'ra ko'proq yurish imkoniyatiga ega. Xullas, ahmoqona qoida.

Janubiy Koreyaga viza bilan kelgan shaxs uchun mahalliy migratsiya organlariga ro'yxatga qo'yishga 3 oy muddat beriladi, ya'ni kelgan sanadan boshlab 3 oy ichida ro'yxatdan o'tish kerak. Online ravishda boradigan kuningiz va soatingizni belgilaysiz va o'sha vaqtda borib ro'yxatdan o'tasiz.

O'zbekistonda vaqtinchalik propiskaga qo'yish murakkab, 5 kunda ulgurish viloyatdan kelgan odamga mushkul. Uning uchun kamida kelgan odam biror kvartira topib, avval u bilan ijara shartnomasi tuzishi, keyingina boshqa kerakli hujjatlar bilan vaqtincha propiska olishi mumkin.

@eksaqutpol
Qaysi davlatda Ingliz tilini qay darajada bilishadi. Ma'lumot 2018 yildagi.

@mapograph
1950-yilgacha bo‘lgan davrda karbonat angidrid (CO2) ning havo chiqarilishi past bo'lib kelgan. Endi esa u o'zining maksimal darajasiga chiqqan va bu davom etmoqda. Rivojlangan ba'zi davlatlar, xususan AQSH Parij kelishuviga amal qilmasligini e'lon qildi. Havo harorati esa kundan kunga oshib bormoqda. Bekorga 10 yil oldin biz uchun qishdagi oddiy hol bo'lgan qor, hozirga kelib noyob narsaga aylanmadi va e'zozlanmayapti.

Qiziq bundan 20-30 yil keyin ob-havo qanday bo'lar ekan?

Oramizda tabiatni chinakamiga asrashga, uni kelasi avlodga sog'lomroq yetkazishga qayg'uradiganlar ko'payarmikin?

@mapograph
Son jihatdan dunyodagi eng ko'p a'zoga (deputat) ega bo'lgan Qonunchilik palatalari (quyi palata) mavjud davlatlar.

P.S: O'zbekistonda 150 deputar bor.

@exapol
Yevropaning eng boy odamlari. 2017 yilda

@mapograph
Osiyo davlatlarida o'lim jazosi

@mapograph
Eng qimmat shaharlar 20 ligi

@mapograph
Qaysi davlat aholisining eng ko‘p miqdori yoshi kattalardan iborat?

Aholisining necha foizi 65 yoshdan oshganlar tashkil etuvchi top 10ta davlat

@mapograph
"Doing Business" reytingi haqida ko'p eshitganmiz. Xo'sh biznes qilish osonligi bo'yicha 2020 yilgi top 10talikni qaysi davlatlar egallagan?

@mapograph
Dunyodagi eng innovatsion davlatlar 10taligi

@mapograph
Universitetlarda tadqiqot o‘tkazishga eng ko‘p mablag‘ sarflovchi hukumatlar. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, ushbu reytingdagi davlatlar farovon hayotga ega bo‘lgan davlatlar reytingida ham yetakchi hisoblanadi. Demak, ta‘limga e‘tibor berish rivojlanish omili

@mapograph
Eng katta uran zahirasiga ega davlatlar. E'tibor bering, qo'shnimiz 2-da.

@mapograph
Agarda hozir dunyoda faqat 100 kishi bo‘lganda nima bo‘lardi?

Manba: http://www.100people.org/

@mapograph
Forwarded from Ташқарида
​​Коронавирус туфайли Хитой саноати фаолияти секинлашиши оқибатлари нефть истеъмоли камайиши билангина тугамаяпти. Иккинчи энг катта таъсир - чиқарилаётган карбонат ангидирид (углерод диоксиди) ҳажми камайиши билан боғлиқ.

Таҳлилларга кўра, ҳар йили Хитой янги йили таътиллари туфайли пасаядиган карбонат ангидирид чиқариш миқдори бу йил қайтадан кўпаймаган - 2020 йил февралда чиқарилган зарарли газ 2019 йил февралидагидан 36 фоизга кам.

Хитой дунёнинг энг йирик карбонат ангидирид чиқарувчиси эканлиги инобатга олинса, дунё бўйича чиқарилаётган ушбу газ ҳам 10 фоизга яқин камайган. Яъни айни пайтда Ер "ўпкаси" яхшигина дам олмоқда. Афсуски бу хавфли эпидемия туфайлигина содир бўлмоқда.

@tashqaridaUZ
Dunyodagi eng qudratli 10ta davlat. Ushbu reyting davlatlar dunyoda har jabhada yetakchi hisoblanadi

@mapograph