Mapograph
53 subscribers
186 photos
1 video
15 links
Download Telegram
Davlatlarning pul birliklari qanday belgilar (£€¥$) bilan belgilanishini bilasizmi?

Ushbu xaritada bu haqda ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

@mapograph
Polimer (plastik) paket ishlatish taqiqlangan davlatlar

#Ekologiya

💙 Rangdagi davlatlarda to'liq yoki qisman taqiqlangan qonun bilan
💚 Rangdagi davlatlarda iqtisodiy instrumentlar (soliqqa o'xshagan) orqali - O'zbekistonda ham 2019-yil 1-yanvardan shunday
🧡 Randagi davkatlarsa xalq bilan o'zaro ommaviy kelishuv asosida
💜 Rangdagi davlatlarda yuqoridagilardan bir nechtasi


@mapograph
Давлатлардаги оммавий ахборот воситаларининг эркинлиги бўйича рейтинг.

Ўзбекистон 160 ўринда

@Mapograph
Is there someone who is taking part in Union X?
Turli davlatlardagi ''Dam olish kunlaringizni qayerda o'tkazgan bo'lar edingiz'' - deya berilgan savolga berilgan javoblar.

Asosan, Italiya deb javob berilgan. O'zbekistonda esa Ispaniya deb javob berilgan.

@mapograph
Forwarded from Mehrob.uz
Ўзбекистонда Рамазон 6 майда бошланади. Уни муносиб ўтказиш учун Президентнинг қарори қабул қилинди


Ўзбекистон Республикаси Президентининг
қ а р о р и

Тобора ривожланиб, чирой очиб бораётган жонажон Ватанимизда миллий ва диний қадриятларимизга бўлган ҳурмат ва эътиборни янада мустаҳкамлаш, эл-юртимиз учун азалдан эзгулик, саховат, меҳр-мурувват рамзи бўлиб келаётган муборак Рамазон ойини муносиб ўтказиш, ушбу ойда ислом динининг тинчлик, бағрикенглик, шукроналик каби олижаноб ғоялари ҳамда инсонпарварлик моҳиятини кенг тарғиб қилиш мақсадида:
1. 2019 йил муборак Рамазон ойининг бошланиши 6 май кунига тўғри келиши ҳақидаги Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг ахбороти маълумот учун қабул қилинсин.
2. Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши, вилоятлар ва Тошкент шаҳар ҳокимликлари Ўзбекистон фахрийларининг ижтимоий фаолиятини қўллаб-қувватлаш "Нуроний" жамғармаси, Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари фаолиятини мувофиқлаштириш бўйича Республика кенгаши ва бошқа жамоат ташкилотлари билан биргаликда Рамазон ойини миллий анъана ва қадриятларимиз руҳида ҳар томонлама муносиб ўтказиш билан боғлиқ чора-тадбирларни амалга оширсин. Бунда:
жойларда Рамазон ойининг мазмун-моҳиятида мужассам бўлган инсонийлик, маънавий поклик, шукроналик фазилатларини эъзозлаш, ҳозирги тинч ва фаровон ҳаётимизнинг қадрига етиш, одамларни бир-бирига яхшилик қилиш, аҳил ва ҳамжихат бўлиб яшашга даъват этадиган ҳамда улғайиб келаётган ёш авлодни она Ватанга садоқат, миллий ва диний қадриятларимизга ҳурмат руҳида тарбиялашга хизмат қиладиган маърифий тадбирлар ва тарғибот ишларини ташкил этишга;
мурувват, аҳиллик ва ҳамжиҳатликни улуғловчи ушбу фазилатли ойда эҳтиёжманд ва ёрдамга муҳтож оилаларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш, маҳаллаларда меҳр-оқибат ва ўзаро ҳурмат муҳитини мустаҳкамлаш, буюк алломалар, азиз-авлиёларимизнинг зиёратгоҳларини, қабристонларни ободонлаштиришга қаратилган тадбирларни янада кучайтиришга алоҳида аҳамият берилсин.
3. Ўзбекистон Миллий телерадиокомпанияси, Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги ва бошқа оммавий ахборот воситаларига Рамазон ойини ўтказиш билан боғлиқ тадбирларни кенг ёритиш тавсия этилсин.
4. Мазкур қарорнинг ижросини назорат қилиш Ўзбекистон Республикасининг Бош вазири А.Н.Арипов зиммасига юклансин.

Ўзбекистон Республикаси
Президенти                                         Ш.МИРЗИЁЕВ

Тошкент шаҳри,
2019 йил 1 май
Каналга уланиш учун !👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAD-ZGmfxchEBQ7FNXg
Hurmatli qadrdonlarim, barchangizni kirib kelayotgan Muborak Ramazon oyi bilan tabriklayman 😊
Forbes versiyasiga ko'ra, dunyodagi eng yaxshi ish beruvchilar.

AQSHda (Alphabet)
Germaniyada(Daimler)
Rossiyada (Magnitogor metallurgiya kombinati)

Shundan ham qaysi davlatning iqtisodiyotining qaysi jabhasi yaxshi rivojlanganini 🤨

@mapograph
Yevropa davlatlari tillaridagi "Sog' bo'ling" so'zining ma'nosi.

@mapograph
Qadrli kanal a'zolari, barchamizga muqaddas Juma kuni muborak bo'lsin
Forwarded from EksaQutPol (Abdurashid)
#kinotime

Sizlarga bir kinoni tavsiya qilmoqchiman. O'zi juda kam kino ko'raman. Bir tanishim bir nechta kinoni tavsiya qildi, o'shandan birini ko'rib bo'ldim, juda yoqdi (Qolganlarini hali ko'rmadim, ko'rib yoqtirsam, balki ularni ham tavsiya etarman). Shunga sizga ulashgim keldi.

Kino nomi: Daniyalik kelin (Denmarkali gelin)
Turklar tomonidan ishlangan. Turkiyaga kelin bo'lib, islom dinini qabul qilgan Xadicha (Anna) haqida.

O'zbekchadagi versiyasi (sifati past): https://ok.ru/video/3279226891

Turk tilidagi versiyasi: https://www.youtube.com/watch?v=GH4wbBOsxFo

Kichik xulosam: Kinodagi Turkiyani O'zbekistonga o'xshatdim. Aholisining 90%dan ortig'i musulmonlar deb aytiladigan yurtimizda haqiqatda dinga e'tiqod qiladiganlar ancha kam.

EksaQutPol
Qit'alar(Amerika qit'asi 2ga bo'lib ko'rsatilgan)ning umumiy joriy kundagi umumiy qiymati. AQSH $ hisobida. Eng qimmat Shimoliy Amerika - 101 trillion. Eng arzoni - 3 trillion.

@mapograph
Qonun ustuvorligi indeksi 2019-yilda.

Har doimgidek Skandinaviya davlatlari yetakchi. Bravo.

@mapograph
Канадага кетишда энг кўп отказ олган давлатлар. Ўзбекистон намбер ван 😅
G-20 davlatlari. Dunyo yetakchilari
2019-yildagi eng qimmat brendlar:

1. Apple (Technology): $205.5 mlrd
2. Google (Technology): $167.7 mlrd
3. Microsoft (Technology): $125.3 mlrd
4. Amazon (Technology): $97.0 mlrd
5. Facebook (Technology): $88.9 mlrd
6. Coca-Cola (Beverages): 59.2 mlrd
7. Samsung (Technology): $53.1 mlrd
8. Disney (Leisure): $52.2 mlrd
9. Toyota (Automotive): $44.6 mlrd
10. McDonald’s (Restaurants): $43.8 mlrd

So'nggi 1 yil ichida eng ko'p foyda olgan kompaniyalar

1. Amazon (Technology): +37%
2. Netflix (Technology): +34%
3. Google (Technology): +27%
4. Adobe (Technology): +27%
5. Gucci (Luxury): +24%

Manba: Howmuch.net

@mapograph
Shimoliy Koreyadan aholisi qaysi davlatlarga borib, migrant sifatda ishlashi haqida info

@mapograph
Inson jon boshiga davlatlarning yalpi ichki mahsulotining qanchadan to'g'ri kelishi (vertikaliga, ya'ni tepaga) va davlatlardagi liberalizm darajasi (gorizontal holatda, yonga ketgan chiziq) haqidagi info.

Shuni aytib o'tish kerakki, davlatlardagi aholi jon boshiga YaIM va liberalizm o'zaro bir biriga to'g'ri proporsionalda (bog'liq).


@mapograph
Jahon mamlakatlaridagi jinoyatchilik darajasi aks etgan info. Qanchalik qizil bo'lsa, shunchalik jinoyatchilik darajasi yuqori. O'rta Osiyo eng yomon ko'rsatgichlardan biriga ega.

@mapograph
Forwarded from Pozitiff Repablik
O'zim uchun qiziq bo'lgan bir so'rovnoma o'tkizmoqchiman. Sizningcha bizning jamiyatda hayotda halol yashab, barcha qoidalarga imkon boricha amal qilib, to'g'ri yo'ldan yurgan odam muvaffaqqiyat qozona oladimi?
Anonymous Poll
31%
Ha, muvaffaqqiyatga erisha oladi
27%
Bu odamning o'ziga bog'liq
7%
Yo'q, muvaffaqqiyatga bunday odam erisha olmaydi
35%
Erishishi mumkin, lekin bizning jamiyatda emas
Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun boruvchilar ro'yxatida O'zbekistonliklar yetakchilik qilishmoqda (2019-yilda deyarli 1 mln O'zbekistonliklar borishgan).

MDH davlatlarini hisobga olmaganda, bu borada Xitoy yetakchilik qilmoqda.

@mapograph