Jahon Siyosati | Breaking
6 subscribers
756 photos
80 videos
2 files
212 links
🌐 Jahonda va mintaqamiz tarixi, siyosati, iqtisodiyotiga oid aniq va tezkor maqolalar, yangiliklar, statistikalar haqida maʼlumot beruvchi kanal.

Admin @Azamat_MK
Download Telegram
🇰🇬 Qirg'iziston Oliy sudi mamlakatning prezidenti Almazbek Atambaevga nisbatan chiqarilgan hukmlarni bekor qildi.

Avvalroq, u jinoyat boshlig'i deb atalgan Aziz Batukaevni ozod qilish paytida korrupsiya uchun 11 yilu ikki oyga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

👉 @MapAndData
Yuqoridagi xaritada dunyodagi bir palatali parlamentga ega davlatlar yashil rangda ko‘rsatilgan.

👉 @MapAndData
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu videoda g'ayrioddiy hech narsa yo'q. Shunchaki 🇦🇩 Moldovaning yangi prezidenti Mayya Sandu ishga keldi. Kortejlar va qo'riqchilarsiz. Bir o‘zi.

👉 @MapAndData
Ikkinchi jahon urushidan oldingi davlat rahbarlari

👉 @MapAndData
30 (1990) yil oldingi Yevropa davlat rahbarlari.

🚩 Mixail Gorbachov
🇹🇷 Turgut O'zal
🇩🇪 Gelmut Kol
🇬🇧 Margaret Hilda Tetcher

👉 @MapAndData
Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi

Bugun 2 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo'lib turgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o'rinbosari Dmitriy Kozak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Oliy darajadagi samarali muloqot tufayli O'zbekiston-Rossiya ko'p qirrali hamkorligi keyingi yillarda jadal sur'at bilan rivojlanayotgani, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini davlatimiz rahbari katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Dmitriy Kozak O'zbekiston Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Bo'lajak ikki tomonlama va ko'p tomonlama formatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish masalalari ko'rib chiqildi. Ushbu tadbirlar kun tartibini aniq amaliy mazmun bilan boyitishga alohida e'tibor qaratildi.

👉 @MapAndData
1914-yildagi davlat rahbarlari

Buxoro amiri va Xiva xoni(chapda)
Yevropa davlat rahbarlari(oʻngda)

1990-yildagi va 2-jahon urishidan oldingi Yevropa rahbarlar.


👉 @MapAndData
🇺🇦Ukraina, 🇷🇺Rossiya, 🇧🇾Belarussiyaning XXI asrdagi prezidentlari.

👉 @MapAndData
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari "2021-yilgi Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonun loyihasini tasdiqlashdi.

Muhokamalar jarayonida, nima uchun Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga kam byudjet ajratilgani qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi.

👉 @MapAndData
Anvar Davletov Xorazm viloyati Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo'lib o'tdi. Xorazm viloyati hokimi Farxod Ermanov ishtirokidagi sessiyada tashkiliy masala ko'rib chiqildi.

Davletov Anvar Kenjayevich Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. U shu vaqtga qadar viloyat hokimining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo'yicha yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Anvar Davletov 1985 yil 30 aprelda Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanida tug'ilgan. Millati o'zbek, ma'lumoti oliy. Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.

👉 @MapAndData
2-dekabr holatiga ko'ra 🇸🇾 Suriyadagi vaziyat.

🟠 63% Suriya rasmiy hukumati (Assad)
🟡 26% Kurdlar
🟢 11% Muxolifat

👉 @MapAndData
Koronavirus vaksinalari

👉 @MapAndData
Fransiyaning sobiq prezidenti koronavirusdan vafot etdi

Chorshanba kuni Fransiyaning yigirmanchi prezidenti Valeri Jiskar d'Esten 94 yoshida vafot etdi. U mamlakatni 1974 yildan 1981 yilgacha boshqargan.

Xorijiy nashrlarning yozishicha, sobiq prezident koronavirus infeksiyasining oqibatlaridan vafot etgan.

Sentyabr oyida Jiskar o'pka infektsiyasi tufayli Parijdagi kasalxonaga yotqizilgan. 17 noyabr kuni esa u yurak yetishmovchiligi sabab yana bir bor shifoxonaga murojaat qildi.

Sobiq prezident o’z davrida mamlakatning eng yosh prezidenti bo’lgan. U lavozimga o’tirganda 48 yoshda edi.

👉 @MapAndData
Bugun Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanida barpo etilgan yangi zavodning ochilish marosimida ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun poytaxtimizning Yangihayot tumanida barpo etilgan Toshkent metallurgiya zavodining ochilish marosimida ishtirok etadi.
Ushbu ulkan majmua O'zbekiston iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Chunki mamlakatimizda qora metallurgiya sanoati rivojlanmagan. Yangi korxonada yiliga 500 ming tonna rux va polimer qoplamali metall listlar ishlab chiqariladi. Ilgari bunday mahsulotlar asosan chetdan olib kelinardi.
Bu zavodda import o'rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarilib, iqtisodiyotimizda mahalliylashtirish darajasi sezilarli oshadi. Shuningdek, yiliga 90 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan. Majmuada 700 ga yaqin kishi ish bilan ta'minlanadi. Lekin turdosh tarmoqlar bilan birga 5 mingta yangi ish o'rni yaratiladi.
Mazkur zavodni barpo etish 2017 yil fevralda boshlangan edi. Qurilish ishlariga 420 million dollar sarflangan.

👉 @MapAndData
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇲 Turkmaniston Prezidenti kamera qarshisida giyohvand moddalar uchun "krematorium" ni ochdi. Respublikada maxsus operatsiyalar paytida huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan tortib olingan dopingni yoqishga tayyorgarlik ko'rish uchun ushbu majmua qayta qurildi.
Prezident o'zini ko'rsatishning muxlisi bo'lishiga qaramay, bu "taqdimot" to'g'ri mavzuda o'tkazilganligini ta'kidlash kerak.
Rossiya, Yevropa, Bolqon va qisman Yaqin Sharqqa Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston davlatlari orqali afyun etkazib beradigan Afg'onistondan o'lmas giyohvand moddalar savdosi tufayli, faqat Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Turkmaniston giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashda ma'lum muvaffaqiyatlarga erishdi.
Turkmaniston va 🇦🇫Afg'oniston uzoq va qulay chegaralari bo'lgan qo'shni davlatlar bo'lishiga qaramay, afyunlarning 5 foizdan kamrog'i respublika orqali o'tadi.

👉 @MapAndData
🇦🇿 Ozarbayjon Qorabog'dagi jangovar harakatlarning tugashi munosabati bilan 10 noyabrni G'alaba kuni sifatida belgilamoqchi. Va 27 sentyabr esa endi qurbonlarni xotirlash kuni bo'ladi.Bu "xalqimizning qudrati va milliy g'ururimiz bayramiga aylangan va davlatimizning obro'si va kelajakdagi taraqqiyoti uchun alohida ahamiyatga ega bo'lgan mislsiz g'alabani abadiylashtirish uchun amalga oshirildi" dedi Ilhom Aliyev.

👉 @MapAndData
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷Har yili 10 noyabr kuni soat 9:05 da butun Turkiyada sirenalar chalinadi, mashinalar, poyezdlar sekinlashadi, piyodalar, Bosfor bo‘g‘ozidagi kemalar to‘xtaydi.Har yili shu kuni va shu vaqtda butun Turkiyada Buyuk Otaturk(1881-1938)ni shunday xotirlashadi.Bundan 82 yil oldin 10 noyabr kuni soat 9:05 da Mustafo Kamol Otaturk bu dunyodan abadiyga ko‘zlarini yumdi.

Shu jarayonda paydo bo‘ladigan insonni to'lqinlantiradigan atmosfera videodan ham ufurib turibdi.

👉 @MapAndData
Qirg'izistonda navbatdan tashqari prezident saylovlari bo'lib o'tadi

2021 yil 10 yanvar kuni Qirg'izistonda navbatdan tashqari prezident saylovlari bo'lib o'tadi. Saylov qonunchiligiga ko'ra, nomzodlar saylovoldi tashviqotini 15 dekabrdan boshlashlari mumkin bo'ladi.

Hozir saylov kampaniyasining navbatdagi bosqichi - Qirg'iz Respublikasi Prezidenti lavozimiga nomzodlarni ko'rsatish nihoyasiga yetdi. Xabarlarga qaraganda, 3 dekabrning soat 23:59 holatiga ko'ra, Qirg'iz Respublikasi Saylov va referendum o'tkazish bo'yicha Markaziy komissiyasi 21 nomzoddan imzo varaqalarini qabul qilib olgan.

Muddatidan oldin bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlari uchun Qirg'iz Respublikasi saylovchilarining dastlabki ro'yxati Davlat ro'yxatga olish xizmati tomonidan tuzilgan va 10 noyabrdan boshlab “Tizme” portaliga joylashtirilgan.

Saylovchilarning dastlabki ro'yxatidan, 10-noyabr holatiga ko'ra, 3 million 544 ming 403 nafar saylovchiga oid ma'lumotlar joy olgan.
O'zbekiston Respublikasi hukumati rahbariyati va hukumat a'zolari (vazirlar) qaysi oliy ta'lim muassasalarini tamomlagan?

8 nafar vazirlar (I. Abdurahmonov, R. Davletov, T. Ishmetov, J. Quchkarov, A. Sultonov, S. Umurzoqov, J. Xo‘jayev va Sh. Shermatov)ning “bisoti”da xorijiy oliy ta’lim muassasalari diplomlari ham bor.

10 nafar vazir 2 tadan OTMlarni tamomlagan, moliya vaziri Timur Ishmetov esa 3 ta — Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent moliya instituti va Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya)da ta’lim olgan.

Manba

👉 @MapAndData
Jahon Siyosati | Breaking
🇦🇿 Ozarbayjon Qorabog'dagi jangovar harakatlarning tugashi munosabati bilan 10 noyabrni G'alaba kuni sifatida belgilamoqchi. Va 27 sentyabr esa endi qurbonlarni xotirlash kuni bo'ladi.Bu "xalqimizning qudrati va milliy g'ururimiz bayramiga aylangan va davlatimizning…
🇦🇿Aliyev Ozarbayjonda tashkil etilgan G'alaba kuni sanasini o'zgartirdi.

U bayram kunini 10-dan 8-noyabrga ko'chirdi. 10 noyabrdan boshlab Turkiyada Mustafo Kamol Otaturkni (Turkiya Respublikasining asoschisi) Xotira kuni nishonlanadi.
"Ozarbayjon xalqining irodasi va qudratining g'alabasiga aylangan ushbu G'alaba kuni har yili 8-noyabr kuni tantanali ravishda nishonlanadi", dedi Ozarbayjon rahbari.

👉 @MapAndData