ㅤㅤ𝑴𝒂𝒏𝒕𝒊𝒒𝒊𝒚 𝒔𝒂𝒗𝒐𝒍𝒍𝒂𝒓
7.35K subscribers
7.81K photos
1.35K videos
24 files
1.01K links
Mantiqiy savollar va javoblar - Zakovatga qiziquvchi bilimdonlar kanali ! Biz bilan yuksaklikga erishasiz...



Qiziqarli : @iqlogika
Hamkor kanal: @Sevgimsankuuuu
Positive: @Positivemaker

Murojaat uchun:📲 @Enigmauz

Mudirim: @Introvert_c
Download Telegram
MAFIA_olamida
JaJu
❗️Mafia_olamida❗️
💾13.6mb - 29 daqiqa
Sherlar ichidagi mushukcha
NarkoBiznes
🔴Kriminal
Mafia olamida
Жавоб
••●━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━●••
Pushkin aslida duelda halok bulmaydi uzini ulimi uzi uyishtiradi chunki ishlarini yurishmay qarzlari kupayib ketgani sabab u soxta ulimidan so'ng parijda Dyuma taxallusi bilan ijod qiladi,Pushkin ulimidan tasirlangan imperator Pushkinni qarzlaridan ozod qiladi
━━━━━━━━━━━━━━━━━━➲ 🍂
🥇 @Intelligence_777 adminlik taklif qilinadigan bilimdonimiz👏👏👏

🎖@MiRjAhoN_2002_12_22
🎖 Otabek
🎖Mashxur
🎖123
🎖♏️illiy boy

❂━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━❂ @Mantiqiy_savollar_va_javoblar •┈•┈•┈•┈•┈•┈•❂🍁❂•┈•┈•┈•┈•┈•┈•
Pushkin va Dyuma bitta odammi?

Buyuk rus shoiri Aleksandr Sergeevich Pushkin aslida duelda halok bo’lmagan! Bunga nima deysiz? Uning o’limi yolg’ondan uyushtirilgan, shoirning o’zi esa Parijga bosh olib ketgan va mashhur yozuvchi Aleksandr Dyuma sifatida tanilgan. Bu bir qarashda bema’ni uydirmaga o’xshaydi, ammo bu aql bovar qilmas farazni olg’a surayotganlar ancha ishonarli va g’aroyib dalillarni keltirishadi.

Ikki Aleksandr

1837 yilning 27 yanvarida Sankt-Peterburgda kavalergard Jorj Dantes bilan bo’lgan duel chog’ida rus adabiyotining mash’ali Aleksandr Sergeevich Pushkin og’ir yaralanib, halok bo’ldi. Oradan uncha ko’p vaqt o’tmasdan Frantsiyada yangi yulduz porladi, uning ham ismi Aleksandr, faqat familiyasi boshqa, ya’ni Dyuma. Ajablanarlisi shuki, frantsuz Aleksandr rus Aleksandriga tashqi tomondan nihoyatda o’xshash edi.
Pushkin va Dyuma deyarli tengdosh: birinchisi 1799 yilda, ikkinchisi esa 1802 yilda tug’ilgan. Agar bu ikki adabiyot dahosining qiyofasiga razm solinsa, hayratlanarli darajadagi o’xshashlikni payqash qiyin emas: bug’doyranglilik, peshona shakli, qosh-ko’zlar, burun, jingalak sochlar har ikkovida bir xilda bo’lgan. O’spirin Dyuma esa quyib qo’ygandek Pushkinga o’xshaydi. Tadqiqotchilar buni har ikki Aleksandrning kelib chiqishi afrikalik ekanligi bilan bog’laydilar. Ma’lumki, Pushkinning ona tomondan bobokaloni Abram Gannibal Pyotr I ning Afrikadan keltirilgan zanji asrandisi edi. Dyumaning esa ota tomondan buvisi Gaiti orollaridan keltirilgan habash kanizak bo’lgan. Lekin faqat shuning o’zigina bu qadar kuchli o’xshashlikka asos bo’la olmaydi. Chunki bir urug’ga, irqqa mansub odamlar orasida ham bir-biriga ikki tomchi suvday o’xshashini uchratish qiyin.

Jo’shqin isyonchilar

Rus va frantsuz Aleksandrlarining o’zaro o’xshashligi faqat tashqi qiyofa bilangina cheklanmaydi. Pushkinning adabiy qobiliyati barvaqt namoyon bo’la boshlagandi, ammo matematikaga o’xshagan aniq fanlarda u mutlaqo layoqatsiz edi. Buning ustiga xulqi ham past bahoga loyiq topilardi. Uning tadqiqotchilari yozganlaridek, “Litseyda o’tgan besh yil davomida Pushkin o’z shaxsini har qanday tajovuzlardan yaxshi himoya qila oldi, u faqat o’zi istagan narsaga intilar va qanday istasa, shunday o’qirdi”. Voyaga yetganida esa Pushkin o’zining keskin, jizzaki tabiati bilan tanilgandi, maishat va duellarni sevardi. Shoirning yana bir o’ziga xos tomoni nozik jinsga bo’lgan kuchli ishtiyoqi edi. Shu bilan birga, Pushkinning siyosiy qarashlarini ham ta’kidlab o’tish darkor: u dekabristlar bilan do’stona aloqada edi, podsho Aleksandr I nomiga yozilgan epigramma uchun esa sal bo’lmasa Sibirga surgun qilinishi mumkin edi.

Frantsuz yozuvchisi Andre Morua yosh Dyuma haqida o’zining “Uch Dyuma” kitobida shunday yozadi:”U bir tiyiqsiz kuchga o’xshardi, chunki unda afrikalik qoni jo’sh urardi. U aql bovar qilmas darajada sermahsul va roviylik qobiliyatiga ega ijodkor edi. Uning mijozidagi tiyiqsizlik biror bir tartibga bo’ysunmasligida ochiq ko’rinardi. Maktab uning tabiatiga hech qanday ta’sir o’tkaza olmadi. Har qanday siquv, cheklov uning uchun chidab bo’lmaydigan hol sanalardi. Ayollar? O, u ularni sevardi, yana hammasini biryo’la…” Morua yana Dyumaning algebra, geometriya, fizika kabi aniq fanlarga umuman layoqati bo’lmaganini alohida ta’kidlaydi. Dyuma mamlakatdagi siyosiy vaziyatga beparvo emasdi. Hattoki 1830 yilda Frantsiyada alanga olgan Iyul` inqilobida yozuvchi qirolning Tyuilri qasrini egallashda shaxsan ishtirok etadi.

Xullas, ikkala Aleksandrni solishtirib, rostdan ham gap bitta odam haqida ketayotganiga ishonch hosil qilish mumkin. Birgina farqi ulardan biri Rossiyada, ikkinchisi esa Frantsiyada yashagan, xolos.

Tobutdagi daho

Savol tug’ilishi tabiiy: o’z o’limini uyushtirish Pushkinga nima uchun kerak bo’lib qoldi? Hayotining so’nggi yillarida Aleksandr Sergeevichning ishlari yomonlashgandi. Uni ulkan qarzlar o’z sirtmog’iga o’rayotgan, shuningdek, adabiy faoliyatidagi muammolar ham kam emasdi. Masalan, 1833 yilda tugallangan “Mis chavandoz” dostonining nashr etilishi Nikolay I tomonidan ta’qiqlanadi. Umuman, podsho sar
oyi bilan shoir o’rtasidagi munosabatlar sovuqlashgandi. Hatto Rossiya imperatori tomonidan Pushkinga taqdim etilgan kamer-yunkerlik unvoni ham bu munosabatni ilita olmaydi, qaytaga shoirning g’azabini qo’zg’atadi. U o’z kundaligida buni shunday izohlaydi: “bu mening yoshimga nisbatan ochiqdan-ochiq masxara, zero, bunday unvonni juda yosh yigitlarga berishadi…” Pushkin kamer-yunkerlik unvoni saroy ahli uning rafiqasini o’z ziyofatlarida ko’rishni istagani uchungina berildi, deb hisoblagan. 1836 yilda Pushkin “Zamondosh” adabiy almanaxini chop ettira boshlaydi, maqsadi jurnal yordamida o’zining moliyaviy ahvolini yaxshilash edi. Lekin jurnal yangi chiqimlar, xarajatlarni boshlab keldi, xolos. Kiborlar orasida rafiqasi Natal`ya Goncharova hamda Jorj Dantes o’rtasidagi ishqiy aloqalar borasidagi mish-mishlar ham Aleksandr Sergeevichni bezovta qilardi. O’sha yili u taqdirning yana bir zarbasiga uchraydi – onasi Nadejda Osipovna vafot etadi. Zamondoshlari ta’kidlaganlaridek, hayotining oxirgi yillarida Pushkin juda tushkun ahvolda bo’lgan. Nihoyat, 1837 yilning yanvarida Dantes otgan o’q Pushkinning qovurg’asini yalab o’tib, qorniga qadaladi. Jarohat o’sha davr uchun halokatli edi(garchi qator mutaxassislar o’limning asl sababini shifokorlarning xatosida deb bilsalar-da, chunki yaxshi parvarish qilinsa, shoir oyoqqa turib ketishi mumkin edi).

O’limi oldidan Pushkin imperatorga shunday yozadi: “xotirjam ko’z yumish uchun bir og’iz marhamatli so’zingizni kutyapman…” Nikolay I uni avf etganini bildirib, xotini va bolalariga g’amxo’rlik qilish, hatto shoirning hamma qarzlarini to’lashga ham va’da beradi(bularning bari keyinroq ado etiladi ham). Endi Aleksandr Sergeevich tinchgina ko’z yumishi mumkin edi. Ammo dahoning dafn marosimi hanuzga qadar qator saavollarni keltirib chiqaradi. Adabiy tarixchi Aleksandr Nikitenko o’z kundaligida qayd etganidek, juda ko’pchilik bu mashhur siymo bilan vidolashishni istagan, ammo odamlarni atay chalg’itishgan: dafn marosimi Isaakievskiy soborida bo’lishi e’lon qilinadi va xalq o’sha yerda to’planadi. Aslida esa jasad tunda yashirincha Konyushenniy cherkoviga keltiriladi. O’sha kuni universitet professorlari kafedradan bir zum ham jilmaslik hamda talabalarning ma’ruzalarda to’liq ishtirok etishlarini ta’minlash borasida “yuqoridan” qattiq yozma farmoyish oladilar. Tilovatdan so’ng tobutni cherkov yerto’lasiga olib tushadilar va uni o’sha yerda 3-fevralga qadar saqlaydilar, so’ng Pskovga jo’natadilar. Pskov gubernatoriga imperatorning maxsus farmoni yo’llanadi. Ya’ni “har qanday yig’ilish, alohida tadbirlar, bir so’z bilan aytganda, har qanaqa marosimni ta’qiqlash, shu bilan birga, oqsuyaklarga mansub shoirning jasadini cherkov tartib-qoidalariga binoan dafn etish” buyuriladi. Bundan kelib chiqadiki, Nikolay I shoir “o’lim”ining asl sabablarini bilgan bo’lishi ehtimol…

Qayta yaralish

Xo’sh, Pushkin Dyuma bo’la olishi mumkinmidi?
Napoleonning do’sti – general Tom-Aleksandr Dyuma vafot etadi, bu vaqtda uning o’g’li Aleksandr to’rt yoshda edi. Frantsuz kiborlari doirasida generalning uncha mashhur bo’lmagan ismi-sharifi tezda unutiladi. Va kutilmaganda 1822 yilda Parijda yigirma yoshlardagi o’spirin paydo bo’ladi va o’zini afsonaviy general Dyumaning o’g’li sifatida tanishtirib, otasining eski qadrdonlarini izlay boshlaydi. Parijda uning asl kelib chiqishi hech kimda shubha uyg’otmaydi, chunki yigitcha yevropalikka o’xshamas, general Dyumaning tomirida afrikaliklar qoni oqishi haqida esa hamma bilardi. O’sha yigitcha Pushkin bo’lishi mumkinmidi?
Albatta, 1822 yilda Aleksandr Sergeevich tirik va sog’-salomat, mash’um duelgacha esa hali oldinda 15 yil vaqt bor edi. Taxmin qilish mumkinki, shoir avantyurachilik tabiatining undovi ostida ikki xilda hayot kechirgan, Rossiyada Pushkin, Frantsiyada esa Dyuma bo’lib yashagan bo’lishi mumkin. 1820 yildan keyin u to’rt yil davomida janubda yashagandi. Shu yillar ichida shoir bir necha marotaba Parijda bo’lishi va hatto frantsuz tilida Dyuma taxallusi bilan bir nechta asarlar yozishga ham ulgurishi mumkin edi. 1824 yilda ikki yilga surgun hisobida quvilgan
joyi — Mixaylovskdan Parijga ketishiga hech narsa to’sqinlik qilmasdi ham. Aytgancha, xuddi shu yili Dyumaning noqonuniy o’g’li tug’ilgan…

Qolaversa, bir marta Aleksandr Dyumani ham tiriklay ko’mishgandi. 1832 yilda bir frantsuz gazetasida Dyuma qo’zg’olondagi ishtiroki uchun politsiya o’qiga uchgani haqidagi xabar bosiladi. Shundan so’ng yozuvchi uzoq vaqtga Frantsiyani tark etgan. Agar Dyuma – bu Pushkin, degan qarash to’g’ri bo’lsa, rus shoiri xuddi shu yo’l bilan bu firibgarlikka nuqta qo’yishga qaror qilgan bo’lishi mumkin. Chunki ayni shu yili Pushkin Natalya Goncharovaga uylanadi. Ammo u keyinroq yana o’zining frantsuzcha qiyofasini saqlab turishga ahd qilgandir balki.
G’alati tomoni shundaki, Pushkinning o’limiga qadar Dyumaning faqat bir nechta kichik asarlarigina e’lon qilingandi va ular unchalik mashhur ham bo’lmagan. 1830 yillarning so’ngiga kelib esa u birdan roman ketidan roman yoza boshlaydi, natijada adib haqida endi hatto Frantsiyadan chetda ham gapiradigan bo’lishadi.

Satrlar oralab…

Agar Aleksandr Dyuma asarlari qahramonlari diqqat bilan o’rganib chiqilsa, ularda Pushkinga xos belgilarni payqash qiyin emas. Masalan, d’Artanyanni olaylik. Xuddi mana shu jasur gaskonlik kabi Pushkin ham kambag’al aslzodalardan edi, o’ziga nisbatan bo’lgan ozgina behurmatlikdan ham fig’oni ko’kka chiqar va mushtlashishgacha borardi. Uning o’z “tashabbus”i bilan o’n besh marotaba rasman duelga chaqirilgani ma’lum (shulardan to’rttasi yakkama-yakka olishuv bilan tugagan).
Ba’zilar Miledi obrazida Natalya Goncharovani ko’rishadi. Miledi Atosga turmushga chiqqanida 16 yoshda bo’ladi, Goncharova Pushkinni o’ziga maftun qilganida ham xuddi shu yoshda edi. Yozuvchi shu yo’l bilan sobiq xotinidan ikkinchi marta turmush qurgani uchun qasos olganday go’yo. “Uch mushketyor” 1844 yilda yozilgan, Natalya Goncharova ham ayni shu yili general-leytenant Pyotr Lanskiyga turmushga chiqqan!
Yana bir chigal va g’alati dalil shuki, qotil sifatida nohaq ayblangan Jorj Dantesning familiyasini Pushkin-Dyuma ijobiy obrazga – “Graf Monte-Kristo” asarining bosh qahramoniga beradi. Eng qizig’i, Dyumaning qahramoni bo’lgan Edmon Dantes o’z o’limini o’zi sahnalashtirib, qutulib bo’lmas If qal’asidan eson-omon chiqishga muvaffaq bo’ladi va odamlar orasiga boshqa nom bilan qaytadi. Ehtimol, yozuvchi bu bilan o’z “o’lim”iga shama qilgandir?

Asliyatning namoyoni

Mana, navbatdagi qiziqarli dalil: 1840 yilda hali biror marta Rossiyada bo’lmagan Dyuma “Qilichbozlik murabbiysi” nomli roman yozadi va bu romanida dekabristlar voqeasini hamda 1825 yildagi qo’zg’olonni batafsil yoritadi. Shuningdek, u rus shoirlaridan ko’pchiligining asarlarini frantsuz tiliga tarjima qiladi, shu jumladan, Pushkinning ham.
Umuman, frantsuz adibi Rossiyaga katta qiziqish bilan qaragan. Pushkinning vataniga esa faqatgina 1858 yilda kelgan. Uning tashrifi Nikolay I taxtdan ag’darilib, o’rniga Aleksandr II chiqqani bilan bog’liq bo’lsa ehtimol, zotan, Nikolay I Pushkinning asarlariga ta’qiq berganidek, Dyumaning ijodiga ham tish-tirnog’i bilan qarshi edi. Bundan tashqari, Pushkin endi o’zini tanib qolishlaridan cho’chimasa ham bo’lardi, chunki keksaygan, qiyofasi ham ancha o’zgargandi. Adib Sankt-Peterburgdagi barcha taniqli kiborlar uyida aziz mehmon sifatida kutib olingan, ammo rus aslzodalari Dyumani emas, ehtimol bundan 20 yil avval “vafot etgan” Aleksandr Sergeevich Pushkinni qarshi olgan bo’lishlari mumkin…
➲ Савол
••●━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━●••
● Умрни телефон батарейкасига қиёсласак.
Ўхшаб кетади, лекин 4 та катта фарқи бор:
Улар кандай фарклар булиши мумкин???

Javoblar uchun: ✉️📬
@Kanaldi_Admini🕴

Spamlar uchun:➡️📨⤵️
@Mantiqiy savollar va javoblar
••●━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━●••
@Mantiqiy_savollar_va_javoblar
•┈•┈•┈•┈•┈•┈•❂🍁❂•┈•┈•┈•┈•┈•┈•
➲Жавоб
••●━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━●••
● Умрни телефон батарейкасига қиёсласак.
Ўхшаб кетади, лекин 4 та катта фарқи бор:
1. У бир марталик, тўлдириб бўлмайди.
2. Янгисига алиштиролмайсан.
3. Тежаш учун вақтинча ўчириб қўёлмайсан.
4. Қанча заряд қолганлигини билолмайсан.

Шундай экан нега вақтинг қадрига етмайсиз?
Ахир умринг бир мартагина берилади...
━━━━━━━━━━━━━━━━━━➲ 🍂
Deyarli tog'ri topkanlar
🎖♡♡☆Ray☆♡♡
🎖Alisa.....Mo’jizalar mamlakatida ...!!!
━━━━━━━━━━━━━━━━❂ @Mantiqiy_savollar_va_javoblar
•┈•┈•┈•┈•┈•┈•❂🍁❂•┈•┈•┈•┈•┈•┈•
➲ Савол
••●━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━●••
Parijda o'ziga xos stressni oladigan do'kon mavjud. Shuni ta'kidlash joizki, do'kon kirish eshigi oldida quyidagicha e'lon bor: "Sotib olish mumkin, olib ketish taqiqlanadi!".

Diqqat savol:
bu yerda nima sotiladi?

Javoblar uchun: ✉️📬
@Kanaldi_Admini🕴

Spamlar uchun:➡️📨⤵️
@Mantiqiy savollar va javoblar
••●━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━●••
@Mantiqiy_savollar_va_javoblar
•┈•┈•┈•┈•┈•┈•❂🍁❂•┈•┈•┈•┈•┈•┈•
➲Жавоб
••●━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━●••
Sopol idishlar.

Izoh: xaridorlar bu sopol idishlarni sotib olib, uni olib ketmasdan shu yerning o'zida sindirishi kerak bo'lgan va bu stressni oldini olgan.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━➲ 🍂
Xechkim topa olmadi
━━━━━━━━━━━━━━━━❂ @Mantiqiy_savollar_va_javoblar
•┈•┈•┈•┈•┈•┈•❂🍁❂•┈•┈•┈•┈•┈•┈•
Ривоятларда келишича, бир куни Довуд (а.с.) Аллоҳ таъолога:
- Эй Раббим, мен учун берилган неъматларингни энг кичкинасини менга билдиргин, - деб сўрабди. Аллоҳ таъолодан ваҳий келибди:
- Эй Довуд, нафас олгин!
Довуд (а.с) нафас олибди. Шунда Аллоҳ таъоло:
- Сен учун берилган неъматларнинг энг кичиги шу бўлади, - дебди.
Азизлар ҳар бир лаҳзамиз учун Аллоҳимизга шукрлар айтайлик.

#Kanaldi_Admini
➲ Савол
••●━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━●••

Япон театрларида томошабинлар худди ибодатга боргандек боришар экан. Театр улар учун мукаддас жой булгани учун хам узларини ибодатхонага келгандек тутишади. Шундан булса керак, биронта япон театрида уни тополмайсиз. Чунки хеч ким ибодат пайтида у ишини килмайди. Биз хам ибодатга борганда килмаймиз у ишни. Аммо театрда киламиз у ишни. Савол: япон театрларида нима булмайди?

Жавоблар куриб чикилиб 12:00 да елон килинади !? •┈•┈•┈•┈•┈•┈•❂🍁❂•┈•┈•┈•┈•┈•┈•
​​ОНА

😔 Одамзод салгина оғриб қолса, дард чекса дарҳол онасини эслайди. Ҳеч бўлмаса "Оҳ онажон" деб қўяди.

Нега шундай?
Ахир оналарнинг ҳаммаси ҳам шифокор эмас-ку?
Отасини, ака-опасини, ҳатто турмуш ўртоғини ҳам эмас, айнан онасини эслайди, чақиради...

Айтишларича аёл киши дард тутганида ҳам "она" деб чақирар экан, гарчи онаси узоқларда бўлса-да, келолмаслигини сезса-да...

Озроқ мазамиз қочиб кўнглимизга қил сиғмай қолса, онамизга қўнғироқ қиламиз:
"Она мазам йўқ..."
Онамиз эса одати бўйича вақтида олдини олмаган ишларимизни: (юпун кийинганмиз, вақтида овқатланмаганимиз ва ҳакозо) шуларни айтиб койийди, тергайди...

Гўшакни қўямиз-да, негадир енгил тортамиз, ўнта дори беролмаган давони онанинг бир лаҳзалик куйиниши, қайғуриши мехр беради гоҳо...

☝️ Онаси борлар, Онангизни қадрига етинг, кетгандан кейин қиладиган яхшиликларингизни, хозир, борида бажариб, дуоларини олинг!
🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏

══════ ❁✿❁ ══════
🇸🇱 Жавоб
••●━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━●••
Буфет булмайди.

━━━━━━━━━━━━━━━━━━➲ 🍂
🎖 IAllah
🎖 Dilfuzaxon
🎖 @RasulovDilshod
🎖 Sevara Ikromova
🎖💞🌷BAXORINGMAN🌷💞
•┈•┈•┈•┈•┈•┈•❂🍁❂•┈•┈•┈•┈•┈•┈•
Qaysi yo’ldan borsang, to’g’ri yo’l tutgan bo’lasan? O’ylab ko’r va sening ilgarilashingni qaysi biri ta’min etsa shuni qil

Mavlono Rumiy
➲ Савол
••●━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━●••
Махмуд аз-Замахшарий уз ҳаётий кузатишлари буйича инсонга таъриф берадилар. "Инсоннинг уша пайтда кузлари гуё бошнинг оркасига жойлашиб олади, нукул оркага карайди. Олдинда хеч нарса курмайди. Савол аллома инсоннинг кайси даврига бу бахони бераяптилар?

Жавоблар куриб чикилиб 14:00 да елон килинади !? •┈•┈•┈•┈•┈•┈•❂🍁❂•┈•┈•┈•┈•┈•┈•
🇸🇱 Жавоб
••●━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━●••
Карилик даврига !
Чунки бу даврда инсон утган умрни куп ёдга олади .

━━━━━━━━━━━━━━━━━━➲ 🍂
🎖 Z@R@
🎖 Dauran.....
🎖 IAllah
🎖FG
🎖 @SheraliNshanbayev
🎖 @Nurpolat_Daniyarov
🎖 M.Olimova
🎖 Sevara Ikromova
•┈•┈•┈•┈•┈•┈•❂🍁❂•┈•┈•┈•┈•┈•┈•
Ҳамма косметика воситалари ҳам бирдек фойдали эмас.
Айниқса, эркаклар кўйлагидаги лаб бўёғи ҳаёт учун хавфлидир!

#ПОСИТИВКАЙФИАТ
➲ Савол
••●━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━●••
Жюль Верн "Сув остида 20 минг йил" асарида у нарсага шундай таъриф беради: кимёгарлар учун у кальций карбонат ва фосфорли кислота тузлари бирикмаси, табиатшунослар учун пластинкасимон жабралилар синфига кирувчи усимлик. Миср маликаси Клеопатра учун ёшлик ва гузаллик бахш этувчи сиркада эритиб ичиладиган жисм. Шоирлар учун эса чукурдаги куз ёшлардир. Савол: Жюль Верн нимага бу таърифни берган?

Жавоблар куриб чикилиб 16:00 да елон килинади !? •┈•┈•┈•┈•┈•┈•❂🍁❂•┈•┈•┈•┈•┈•┈•
🇸🇱 Жавоб
••●━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━●••
Денгиз чиганокларидан ажратиб олинадиган марварид доналари.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━➲ 🍂
🎖 Sevara Ikromova
🎖IAllah
🎖 Z@Ra
🎖 aristocrat
🎖 Źàŕí
🎖 🌹🌹🌹🌹🌹
🎖 Oqila Zuhurova
🎖 @Hackerk
🎖💞🌹BAXORINGMAN🌹💞
•┈•┈•┈•┈•┈•┈•❂🍁❂•┈•┈•┈•┈•┈•┈•

🔷 2018 - Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни кўллаб-қувватлаш йили
🔶2017 - Халқ билан мулоқот ва инсон манфаатлари йили
🔷2016 - Соғлом она ва бола йили
🔶2015 - Кексаларни эъзозлаш йили
🔷2014 - Соғлом бола йили
🔶2013 - Обод турмуш йили
🔷2012 - Мустаҳкам оила йили
🔶2011 - Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик йили
🔷2010 - Баркамол авлод йили
🔶2009 - Қишлоқ тараққиёти ва фаравонлиги йили
🔷2008 - Ёшлар йили
🔶2007 - Ижтимоий ҳимоя йили
🔷2006 - Ҳомийлар ва шифокорлар йили
🔶2005 - Сиҳат-саломатлик йили
🔷2004 - Меҳр-мурувват йили
🔶2003 - Обод маҳалла йили
🔷2002 - Қарияларни қадрлаш йили
🔶2001 - Она ва бола йили
🔷2000 - Соғлом авлод йили
🔶1999 - Аёллар йили
🔷1998 - Оила йили
🔶1997 - Инсон манфаатлари йили
🔷1996 - Амир Темур йили
🔶1995 - Ибн Сино йили
🔷1994 - Мирзо Улуғбек йили
🔶1993 - Аҳмад Яссавий йили
🔷1992 - Ҳамширалар йили
🔶1991 - Алишер Навоий йили
@Mantiqiy_savollar_va_javoblar