Mansurxon Nurmatov
694 subscribers
712 photos
119 videos
1 file
396 links
Bilib qoʻygan yaxshi @Ushbu_kunda
Download Telegram
QO‘YAVERING...
____________________________
Shamol sabab, ehtimol,
Tunda eshik g‘ichirlar.
Boshlanadi, qishloqda
Shunda pichir-pichirlar.
____________________________
Sizga nima?
Siz uxlang,
Hech ishingiz bo‘lmasin.
Kimda kimning ko‘ngli bor,
Qo‘yavering, o‘ynasin...
____________________________
Oshiqlarim — oshiqdek
Mayli, ko‘ngil xushlashsin,
Ikki oshiq istasa,
Shamol bilan mushtlashsin.
____________________________
O‘ksimasin qiz qalbi,
Yigit rayi o‘lmasin,
Kimda kimning ko‘ngli bor,
Qo‘yavering, o‘ynasin...
____________________________
G‘iybat qilmang yigitni,
Uyaltirmang qizni ham.
Shunday o‘tli muhabbat
Siylar bo‘lsin sizni ham.
____________________________
Bir sovuq so‘z tufayli,
Sevgi bog‘i so‘lmasin.
Kimda kimning ko‘ngli bor,
Qo‘yavering, o‘ynasin...
____________________________
Ilk sevgidan iymanib,
So‘ng pushaymon yonsa ham,
Sepli qizga suykanib,
Epli qizdan tonsa ham.
____________________________
Nasib etmay yor vasli,
Endi hajri qiynasin!..
Kimda kimning ko‘ngli bor,
Qo‘yavering, o‘ynasin...
____________________________
Ikki yorti bosh uzra
Porlasin ishq quyoshi.
Qizga hayo, yigitning
G‘urur bo‘lsin yo‘ldoshi.
____________________________
Diydoriga bir-birin
Termulishib to‘ymasin.
Kimda kimning ko‘ngli bor,
Qo‘yavering, o‘ynasin.
____________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Ahror Usmonov ijrosi
🎤 Jahongir Otajonov ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Nechanchi yil?
Shoirimiz Muhammad Yusufga
Oʻzbekiston Xalq shoiri unvoni berilgan?
Anonymous Quiz
29%
1997-yilda
27%
1999-yilda
23%
1996-yilda
21%
1998-yilda
Mirzo (keyinchalik Sulton) Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulugʻbek Koʻragon — Temuriylar davlatining hukmdori, Shohruhning oʻgʻli. Buyuk Oʻzbek astronomi (Yulduzshunos) va matematigi.

Ulugʻbek 1411-yildan 1449-yilgacha bugungi Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Janubiy Qozogʻiston, Eron va Afgʻoniston Turkistonida hukmdorlik qilgan.

Oʻlimi❗️
Otasi Shohrux Mirzo oʻlimidan keyin Ulugʻbek Balxga yurish qildi, chunki Mirzo Alavuddavla ibn Boysunqur Mirzo Hirotdagi Temuriylar hukmdorligiga daʼvogarlik qilgan edi. Murgʻobda boʻlib oʻtgan ushbu toʻqnashuvda Ulugʻbek gʻolib boʻlib Hirot tomon harakat qildi, ammo Alavuddavlaning akasi Mirzo Abul Qosim Babur bilan boʻlgan toʻqnashuvda magʻlubiyatga uchrashib, Balxga qaytib kelgach oʻz oʻgʻli Abdullatifni fitnasi tufayli 1449-yilda oktyabrning 27-sanasida, yaʼni 55 yoshida Samarqand yaqinida oʻldirildi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Mahmudjon Azimov - Samarqand

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
MEN DARDIMNI KIMGA AYTAMAN
_________________________________
Samarqandga borsam men agar, 
Ulug'bekni ko'rib qaytaman. 
U qon yig'lab turar har safar: -
Men dardimni kimga aytaman?..
_________________________________
Bag'rimda bo'y yetgan bo'z bolam, 
Mergan bolam, lochin ko'z bolam, 
Bo'g'zimga tig' urgan o'z bolam, 
Men dardimni kimga aytaman? 
 _________________________________
Sezmay qoldim... o'shanda chog'im, 
Yulduzlarda ekan nigohim. 
Bilmadim ne edi gunohim, 
Men dardimni kimga aytaman? 
_________________________________
Qancha g'amga botmagan edim, 
Qancha og'u yutmagan edim.
O'z bolamdan kutmagan edim!
Men dardimni kimga aytaman? 
_________________________________
Tanim muzlab, goh tosh qotaman, 
Men shoh emas, axir otaman. 
Goʻrimda ham oʻylab yotaman,
Men dardimni kimga aytaman?..
_________________________________
Samarqandga borsam men agar,
Ulugʻbekni koʻrmay qaytmayman.
U qon yigʻlab turar har safar,
Men kimga aytishni bilmayman!..
_________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Mahmudjon Azimov ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Muhammad Yusuf qalamiga mansub
"Qoʻyavering" sheʼrini qaysi honanda aytgani sizga manzur keldi?
Anonymous Poll
75%
Ahror Usmonov
25%
Jahongir Otajonov
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Yulduz Usmonova - Xudo Bilar

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Vohid Abdulhakim - Xudo Bilar Kim Oldin Ketar

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
RUH TO‘TISI
________________________________
Bosh bir kun tosh yostiqqa yetar,
Ruh to‘tisi tanni tark etar.
Deydilar yosh tanlamas ajal,
Xudo bilar, kim oldin ketar...
________________________________
Oftob yelib tolsa ko‘k uzra,
Unga osmon sandig‘i hujra.
Haqdan hukm, bandadan ijro,
Xudo bilar, kim oldin ketar?!
________________________________
Pok dilingni kemirdi hasad,
Qadamingda topding aziyat,
Do‘stim, menga qilma vasiyat,
Xudo bilar, kim oldin ketar.
________________________________
Aso tutmish qancha qaddi dol,
Men bir kuchga to‘lgan navnihol,
Otam meni ko‘mar ehtimol...
Xudo bilar, kim oldin ketar.
________________________________
Ko‘zim ko‘kda, sizda xayolim,
Jujuqlarim — mening kamolim!.
G‘animatmiz, jufti halolim,
Xudo bilar, kim oldin ketar!..
________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Yulduz Usmonova ijrosi
🎤 Vohid Abdulhakim ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Aso tutmish qancha qaddi dol,
Men bir kuchga to‘lgan navnihol,
Otam meni ko‘mar ehtimol...
Xudo bilar, kim oldin ketar.

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
#AllohYolidaSizgailindim

Germaniyada bir koʻz shifokori qabuliga kelgan musulmon yigitni tekshiradi.
Tekshirib boʻlib unga savol beradi:
- Sen namoz oʻqiysanmi?
Yigit:
- Doʻxtir, mening koʻzimdagi dard bilan namozning qanday aloqasi bor.
Mendan namoz oʻqish-oʻqimasligimni soʻrayapsiz?
Germaniyalik shifokor aytadiki:
- Agar sen namoz oʻqisang, oʻqib boʻlib ikki tomonga salom berayotgandagi harakatni qilganingda bu kasallik senda boʻlmasdi...

Izoh: Yaʼni, salom berayotganda ikki yelkamizga salom beramiz, shunda koʻzimiz harakatlanadi.
Koʻz harakatlanishi koʻzning salomatligi va nuri uchun foydali. Koʻz mashqlarida bu bor. Subhanalloh, namoz ibodatimizda koʻzimiz uchun ham sihhat bor ekan.
Shu oʻrinda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Namoz - koʻzimning nuri”, degan maʼnodagi hadislari yodga tushadi.
Robbimiz bizdan talab qilgan ibodatlar ham ruhimiz, ham tanamiz uchun shifodir.
Robbimiz bizning ibodatlarimizga muhtoj emas, aksincha, biz ularga muhtojmiz.

Germaniyalik shifokor soʻzida davom etib:
- Arablarda koʻzoynak ishlatilishi kamdan-kam.
Sababi esa, ular oʻngdan chapga qarab toʻgʻri oʻqiydilar. Biz yevropaliklar esa, lotinchani chapdan oʻngga qarab oʻqiymiz. Holbuki, yaratilishga koʻra, koʻz oʻngdan chapga qarab oʻqishga moslashtirilgan.

Shifokor keyinchalik Islomni qabul qilib Musulmon boʻladi.

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
#MuhammadYusufIzdoshlari

🎤 Qashqadaryo Viloyati Qarshi davlat universiteti Inyaz 1-kurs talabasi Visola Asrorova - Fidoyilar

Muhammad Yusuf Sheʼri📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
FIDOYILАR
________________________________________
Kubrolardan qolgandir bu koʼhna kuylar,
Elim degan har bandasin Xudo siylar.
Vatan desa ikki qoʼllab jonni tutgan
Fidoyilar kerak bizga, fidoyilar.
________________________________________
Kimga qoʼrgʼon - ularga keng maydon tegar,
Mard mushkulni yengar, nomard boʼyin egar.
Erk deganga er yigitlar jondan jigar - Fidoyilar kerak bizga, fidoyilar.
________________________________________
Nomus uchun nomni emas, ruhni oʼstir,
Ogʼir kunda yovdan qochgan - yovga doʼstdir,
Yurt chorlasa suvlarni kech, oʼtlarga kir -
Fidoyilar kerak bizga, fidoyilar.
________________________________________
Kim yurt ishqin jonlariga jolar qilar,
Kim kurashib, kimlar tamosholar qilar.
Bir chivincha qanot boʼla olmas kimlar…
Fidoyilar kerak bizga, fidoyilar.
________________________________________
Koʼrinishdan tuprogʼiday oddiy gohi,
Yerday xoksor, yerdan uzilmas nigohi.
Sherday naʼra tortgan ammo, kerak chogʼi
Fidoyilar kerak bizga, fidoyilar.
________________________________________
Yurt ishqida yonmas yurak - yurak emas,
Yurt qadrini bilmaganlar kerak emas,
Erkka sajda qilmaganlar kerak emas,
Fidoyilar kerak bizga, fidoyilar.
________________________________________
Minnati yoʼq uyda yovgʻon osh yaxshidir,
Yomon doʼstdan yoʼlda yotgan tosh yaxshidir,
Yorilsa ham egilmagan bosh yaxshidir,
Fidoyilar kerak bizga, fidoyilar.
________________________________________
Koʼngilda pok niyat boʼlsa, nur bulogʼi,
Choʻp minsangiz - Goʼroʼgʼlining argʼumogʼi.
Ozod oʼlka qalqonlari, qosh-qarogʼi,
Fidoyilar kerak bizga, fidoyilar.
________________________________________
❗️Oʻzbek tilining izohli lugʻati

YOVGʻON - goʻshtsiz, yogʻsiz tayyorlanadigan suyuq ovqat
________________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Qashqadaryo Viloyati Qarshi davlat universiteti Inyaz 1-kurs talabasi Visola Asrorova

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Xayrulla Hamidov - Umr Oʼtkazdik

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Davron Ali - Umr Oʻtkazdik

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
***

Daryodek chayqalib, daryodek toshib,
To‘fondek to‘xtamay umr o‘tkazdik.
Izzat ilinjida mansab talashib,
Odamdek yashamay umr o‘tkazdik.
____________________________________
Topganimiz — go‘zal qizlar nigohi,
Qilgan hadyamizning bo‘lmay adog‘i,
Onaizorimiz qabriga gohi
Bitta gul to‘shamay umr o‘tkazdik.
____________________________________
Suyganni siylamoq qo‘ldan kelmadi,
Suymasga suykanib ko‘ngil to‘lmadi.
Do‘st holin so‘rmoqqa fursat bo‘lmadi,
Yo‘qladik-yo‘qlamay umr o‘tkazdik.
____________________________________
Kimgadir ilinib oltin devorni,
Kimdandir qizg‘andik qishda ham qorni
Qanotiga kirib Xudobezorni,
Nochorni qo‘llamay umr o‘tkazdik.
____________________________________
Iblisni inim deb quchdik gohida,
Arshda arg‘imchoqlar uchdik gohida.
Shayton bilan sharob ichdik gohida,
G‘aflatdan bo‘shamay umr o‘tkazdik...
____________________________________
O‘zdan o‘tganidan o‘zimiz ogoh,
Ikki yelka to‘la bir dunyo gunoh.
Nasib etgaymi endi odamdek o‘lmoq?..
Odamdek yashamay umr o‘tkazdik.
____________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Xayrulla Hamidov oʻqigan
🎤 Davron Ali ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Salom Qish,
Salom Mehr eʼtiborga muhtoj Oʻzbek xalqi!

Yaqinda yangi yil butun Dunyo mamlakatlari yangi yilga hozirlik koʻrish bilan band bizda esa odamlar (Baʼzi bir Zodagonlardan tashqari) faqat qishdan qanday chiqib olish xayolida!

21 asr dunyoda elektrda yuradigan mashinalar-u Barcha ishni qiladigan robotlar paydo boʻlmoqda.
Ha qiziqib koʻring Qaysidir davlat albatta katta kashfiyot qilish bilan band!
Bizda esa hali ham qandaydir "Tezak" Orqali Qishdan sovuq qotmay chiqib olaman deganlar qancha.

Vaholanki Oʻzbekiston 266ta davlat ichida gaz qazib olish Boʻyicha 13 Oʻrinda Turadi bu fakt!

Qani shuncha gaz?
Qani shuncha bizning boyligimiz!
Ha adashmadim bu mening sizning hammamizning boyligimiz.
Qandaydir bugun kelgan kursida oʻtirgan "Paxtakor" koʻzboʻyamachi Insonlarniki emas.
Koʻpchilik Men yaxshi yashayapmanku degan naqlga amal qiladi!

Oʻsha gaz svet bermay turganlar bir kun sham yoqib "Tezak" yoqib koʻp emas faqat bir kun yashab koʻrsinlar?

Soddagina Xalqimizning Qanday yashayotgani xis qilishadi
***

Menday g'aribni ham koʻrolmaslar bor,
Nurab borarmanu oʻzim shunday ham. 
Tugab borarmanu oʻzim shunday ham,
Koʻksimga tosh otmay yurolmaslar bor. 
_________________________________
Tovushim chiqmas bir kapalakcha ham,
Sadosiz kuzatgim kelar dunyoni.
Koʻtarolmas hatto temir tokcha ham, 
Ular qanotimga ortgan riyoni. 
_________________________________
Doʻstlar, degim kelar,
Boʻlmang xavotir,
Uzoq yashamayman shunday ham oʻzim,
Umrim bir bog' kezib oʻtgay navodir.
Soʻnar u bir ochib yumgincha koʻzim. 
_________________________________
Qoʻyishmas,
Qoʻlimdan tortadi biri,
Biri oyog'imdan,
Biri sochimdan. 
Biri qoʻynim biri koʻnglimga kirib. 
Hayotdan bezdirar oʻttiz yoshimdan. 
_________________________________
Oʻtmas pichoq bilan meni soʻyishib,
Tomosha aylarlar turib sal nari.
Xudoning qoʻlidan non yeb toʻyishib, 
Shaytonning xizmatin qilishar bari!..
Menday g'aribni ham koʻrolmaslar bor.
_________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
🎤 Janob Xech Kim - Men Qaytaman...

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Sardor Mamadaliyev - Bir Yigitlar

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi