192-maktab matbuot xizmati
667 subscribers
10.3K photos
3.36K videos
100 files
2.58K links
Ушбу каналда мактабнинг таълим сифатини ошириш мақсадида амалга оширилаётган ишларни кузатиб боришингиз мумкин
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli xalq ta’limi tizimi xodimlari!
Aziz o‘quvchilar!


Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

So‘zim avvalida shuni aytishni istardim: bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta'limga juda katta e'tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.

Yangi o‘quv yilida bolajonlarimizni ko'plab yangiliklar, xususan boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar kutib turibdi. Bularning bari, umuman sohada qilinayotgan har bir islohot yurtimiz ertasi bo‘lgan farzandlarimizning iqboli uchun amalga oshirilmoqda.

Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda maktab ta'limining o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o'z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.

Ta'til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o'quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o’zaro sohadagi yangiliklarni bo'lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o'qituvchi sifatli ta'limning boshida turadi.

Qadrli ustozlar,
aziz o’quvchilar!


Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.

Fanlarni chuqur o'rganib, yurt koriga yaraydigan farzand bo'lib yetishishingizga tilakdoshman!

Barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат

❗️Фарзандларингизни турли бузғунчи ғоялар таъсиридан асранг!
Forwarded from Xoʻjayeva Shaxlo


#deputatlik_faoliyati #tumandeputatlari
#Adolat_SDP
#192-maktab 🏢


⚡️ “Adolat” SDP xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati Dildora Islamova tomonidan “Adolatli jamiyat olimlarga tayanadi” loyihasi doirasida Shayxontohur tumani MMTB tasarrufidagi 192- sonli umumi oʻrta ta’lim maktabining 10-11-sinf oʻquvchi yoshlar davrasida “Ilmli-ma’rifatli yoshlar – buyuk kelajak bunyodkori” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

❗️Uchrashuvda oʻquvchi yoshlar, o‘qituvchilar ishtirok etib, deputat tomonidan yig‘ilganlarga mavzu doirasida nutq soʻzlandi .

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://t.me/Maktabim192


Forwarded from O‘qituvchiga hujjat
⚡️MAKTABNING ICHKI TARTIB QOIDALARIGA KO‘RA OTA-ONALAR QUYIDAGI TALABLARGA RIOYA QILISHLARI KERAK

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘iga ko'ra ota-onalarga quyidagi talablar belgilangan.


- ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalari bilan tanishish;

- o‘qituvchi sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi, dars jarayonlarida aralashmasliklari, pedagoglarni haqorat qilmasliklari;

- farzandini dars jarayonida ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;

- farzandini darslarga to‘liq qatnashishini (davomat) hamda fanlar bo‘yicha ish daftarlari va ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan boshqa barcha jihozlar bilan ta’minlash;

- farzandini muassasaga darslik, o‘quv qurollari bilan kelishini ta’minlash;

- farzandining ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmaslik, uning ta’lim muassasasiga o‘z vaqtida kelishi, darsdan keyin farzandini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

- sinf rahbari va fan o‘qituvchilari bilan farzandining xulqi va davomati yuzasidan aloqada bo‘lish;

- farzandi darslarga kelmay qolishi mumkin bo‘lgan paytlarda ta’lim muassasasiga (sinf rahbariga) uning sabablarini bildirgan holda ma’lum qiladi;

- ta’lim muassasasining taklifiga asosan muassasada o‘tkaziladigan ota-onalar yig‘ilishi, suhbat va turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish.

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/uqituvchiga_hujjat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha mamlakatimiz umumta'lim maktablari bitiruvchilarining oliy ta'lim muassasalari kirish imtihonlari — davlat test sinovlarida erishgan natijalari yakuni e'lon qilindi.

❇️Quvonarlisi, unga ko'ra, Toshkent shahridan talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar test sinovida to'plagan o'rtacha ballari bo'yicha o'n to'rtta hudud o'rtasida faxrli ikkinchi pog'onani band etishdi.

👍Bunda poytaxtlik pedagog-o'qituvchilarning katta hissasi bor, albatta. Fursatdan foydalanib, ularni qayd etilgan ijobiy natija bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://t.me/ToshkentshaharXTBB