192-maktab matbuot xizmati
672 subscribers
10.3K photos
3.34K videos
93 files
2.54K links
Ушбу каналда мактабнинг таълим сифатини ошириш мақсадида амалга оширилаётган ишларни кузатиб боришингиз мумкин
Download Telegram


#Birinchi qo’ng’iroq🔔
#192-maktab 🏢



⚜️Bugun poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 192-sonli umumta'lim maktabida ham "Birinchi qo'ng'iroq" sadolari jarangladi.

💫
"Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!” shiori ostida o'tkazilgan tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ta'lim bo'lim mudiri Bakiyev B.M., Toshkent shahar maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi mas’uli Vaxobova O.M. , Shayxontohur tumani prokratura bo'limi mudiri undan tashqari podpolkovnik hamda ingliz tili o'qituvchisi, misrlik Maryam Said Muhammad Fouad Atta va boshqalar ishtirok etdi.

🔔 Maktab ostonasiga ilk qadamlarini qo'ygan 1-sinf o'quvchilariga 12 turdagi o'quv qurollari, maktab sumkasi va darsliklardan iborat Prezident sovg'alari topshirildi.

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 https://t.me/Maktabim192


Forwarded from 🇺🇿 Uz Demokrat 🇺🇿 (Ravshan Maxmudov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ёшларга қилинган мурожатни ўринли масала деб хисоблашдим ва сизларга ҳам улашдим...

Сиз ҳам яқинларингизга улашинг

@Ravshan_Maxmudov

https://t.me/joinchat/R8ovk7Jd5abt8bX-
Forwarded from Muqaddas
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бу видеони кўриб, шунчаки, ўтиб кета олмадим ва ўзбек тилига таржима қилдим. Хабиб кичкинагина мавзуни эмас, глобал муаммони иккита гап билан очиб берган. Барчамизга тааъллуқли☝🏻

Эслатма учун танишларга ва яқинларга юбориб қўйинг.

КАНАЛГА УЛАНИНГ👇🏻
@Azizjonmirsaidov
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli xalq ta’limi tizimi xodimlari!
Aziz o‘quvchilar!


Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

So‘zim avvalida shuni aytishni istardim: bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta'limga juda katta e'tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.

Yangi o‘quv yilida bolajonlarimizni ko'plab yangiliklar, xususan boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar kutib turibdi. Bularning bari, umuman sohada qilinayotgan har bir islohot yurtimiz ertasi bo‘lgan farzandlarimizning iqboli uchun amalga oshirilmoqda.

Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda maktab ta'limining o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o'z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.

Ta'til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o'quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o’zaro sohadagi yangiliklarni bo'lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o'qituvchi sifatli ta'limning boshida turadi.

Qadrli ustozlar,
aziz o’quvchilar!


Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.

Fanlarni chuqur o'rganib, yurt koriga yaraydigan farzand bo'lib yetishishingizga tilakdoshman!

Barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат

❗️Фарзандларингизни турли бузғунчи ғоялар таъсиридан асранг!
Forwarded from Xoʻjayeva Shaxlo


#deputatlik_faoliyati #tumandeputatlari
#Adolat_SDP
#192-maktab 🏢


⚡️ “Adolat” SDP xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati Dildora Islamova tomonidan “Adolatli jamiyat olimlarga tayanadi” loyihasi doirasida Shayxontohur tumani MMTB tasarrufidagi 192- sonli umumi oʻrta ta’lim maktabining 10-11-sinf oʻquvchi yoshlar davrasida “Ilmli-ma’rifatli yoshlar – buyuk kelajak bunyodkori” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

❗️Uchrashuvda oʻquvchi yoshlar, o‘qituvchilar ishtirok etib, deputat tomonidan yig‘ilganlarga mavzu doirasida nutq soʻzlandi .

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://t.me/Maktabim192


Forwarded from O‘qituvchiga hujjat
⚡️MAKTABNING ICHKI TARTIB QOIDALARIGA KO‘RA OTA-ONALAR QUYIDAGI TALABLARGA RIOYA QILISHLARI KERAK

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘iga ko'ra ota-onalarga quyidagi talablar belgilangan.


- ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalari bilan tanishish;

- o‘qituvchi sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi, dars jarayonlarida aralashmasliklari, pedagoglarni haqorat qilmasliklari;

- farzandini dars jarayonida ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;

- farzandini darslarga to‘liq qatnashishini (davomat) hamda fanlar bo‘yicha ish daftarlari va ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan boshqa barcha jihozlar bilan ta’minlash;

- farzandini muassasaga darslik, o‘quv qurollari bilan kelishini ta’minlash;

- farzandining ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmaslik, uning ta’lim muassasasiga o‘z vaqtida kelishi, darsdan keyin farzandini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

- sinf rahbari va fan o‘qituvchilari bilan farzandining xulqi va davomati yuzasidan aloqada bo‘lish;

- farzandi darslarga kelmay qolishi mumkin bo‘lgan paytlarda ta’lim muassasasiga (sinf rahbariga) uning sabablarini bildirgan holda ma’lum qiladi;

- ta’lim muassasasining taklifiga asosan muassasada o‘tkaziladigan ota-onalar yig‘ilishi, suhbat va turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish.

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/uqituvchiga_hujjat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM