MAKON Marketing
384 subscribers
288 photos
110 videos
6 files
364 links
MAKON Marketing
+99897 402 28 20
www.marketing.uz
Download Telegram
to view and join the conversation
Zamonaviy kasb egalari taqdirlandi

«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida 19-dekabr
kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida grafik va veb dizayn sohasiga oid “Design Club #XXI” loyihasi taqdimoti bo’lib o’tdi.

Unda yurtimizdagi kuchli dizaynerlar o’zlarining 2021–2022-yillarda tayyorlagan dizayn keyslarini namoyish qilishdi. Tadbir so’nggida eng faol dizaynerlarga quyidagi nominatsiyalar bo’yicha diplom va esdalik sovg’alari topshirildi:
«Eng mashhur dizayner» — Laziz Hamidov;
«Eng xarizmali dizayner» — Ahmad Sobitov;
«Eng iste’dodli dizayner» — Farrux Sharipov;
«Eng yaxshi SMM dizayner» — Jahongir G‘ulomov;
«Eng yaxshi veb dizayner» — Jamshid Xoliqulov;
«Eng bilimli dizayner» — Zokir Xalmatov;
«Eng yaxshi grafik dizayner» — Temur Sa’diy.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
👉🏻 @yoshlarforumi
Veb-sayt | Facebook | Twitter
YouTube | Instagram | TikTok
19-dekabr “Yoshlar ijod saroyi”da “O’zbekiston yoshlar forumi-2021” doirasida “Marketing Uz” loyihasi bo’lib o’tdi.

“Marketing Uz” – o’zbek tilidagi ilk marketologlar hamjamiyati bo’lib, shu kunga qadar 5 ta soni oflayn, 7 ta soni onlayn tarzda tashkil etilgan. Loyihaning har bir sonida marketingda tajribaga ega 3 ta spiker ma’lum mavzuni yoritib beradi.

Loyihaning ushbu sonida “Korzinka” supermarketlar tarmog’i marketing mutaxassisi – Mirzayor Erkinov digital marketingda kreativ, “R/A Production” asoschisi, prodyuser Ravshan Abdusalyamov videokontentning marketingdagi o’rni haqida hamda “Vencom communications” hamasoschisi Abror Ismoilov O’zbekistonda PR sohasi to’g’risida nutq so’zladi.

Shuningdek, tadbir so’ngida O’zbekistonda marketing rivojiga hissa qo’shgan bir guruh soha mutaxassislari taqdirlandilar.

Tadbirda 400 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Telegram @marketinguz_event
2022GMT-Data-Cuts-DK uzb.pdf
3.4 MB
Hayrli kech. Deloitte Marketing Trends 2022 hisobotini tarjima qilish tugallandi.
Bilimlar ochiq bo'lishi uchun tarjimaga butun jamoa jalb qilindi. O'zbekistonda marketing eng yaxshilardan biriga aylanishiga ishonaman. Axir biz bunga loyiqmiz. 🇺🇿❤️

P.S. Xatolar va ehtimol eng yaxshi tarjima bo'lmagani uchun oldindan uzr so'rayman. Biz ham bu borada ishlayapmiz.

Xurmat bilan Farxod Kamilov.
Forwarded from marketing.uz
Уважаемые коллеги!

Этот год для Маркетинговой Ассоциации Узбекистана был очень плодотворным и эффективным.

🔺 Ассоциация попрощалась со старым названием "Национальный маркетинговый центр" и получила домен marketing.uz

🔺 Ассоциация значительно увеличила число новых партнеров и экспертов.

🔺В открытых голосованиях конкурсов Ассоциации приняли участие более 300 000 человек.

🔺После вынужденного перерыва возобновлены интересные встречи с лидерами рынка в рамках Маркетингового клуба и MAKON Interview.

🔺В этом году в MAKON Marketing Forum и TAF!21 приняли участие самые известные эксперты из России, Украины, Грузии, Белоруссии и Узбекистана.

И, конечно, у Ассоциации и её партнеров много планов на 2022 год!

👉Соблюдая традиции, мы подготовили презентацию «Маркетинговые итоги года Узбекистана 2021», которую предлагаем вашему вниманию под этой публикацией.

🇺🇿Принимаем ваши мнения по итогам года и предложения на 2022 год!
O‘zbekiston marketing uyushmasi 2021-yil uchun boshlang‘ich O‘zbekiston brendlari va agentliklarining marketing samaradorligi reytingi va kreativ reytingni tayyorladi.

Reytinglar to‘g‘risidagi axborot – sarlavhasidagi havolada.

🔺Marketing uyushmasining har yilgi brendlar va agentliklar reytingi O‘zbekistonda keyingi ikki yilda marketing sohasidagi eng samarali kompaniyalarning professional yutuqlari natijalarini aks ettiradi va bozorda o‘zini taqdim etish va ilgarilatishning to‘g‘ri strategiyasini xolis baholashning yagona umume'tirof etilgan vositasi sanaladi.

🔺Reyting Uyushma tomonidan brendlar va agentliklarning festival, tanlovlar, mukofotlarda qatnashishi natijalari asosida shakllantiriladi va yil davomida yangilanadi.

🔺Reytingda qatnashish bepul.

Barcha reytinglar marketing.uz saytida chop etiladi.

❗️Agar kompaniyangiz va agentligingiz 2021 yilda festivallar yoki tanlovlarda qantashgan bo‘lsa, reytingni yangilash uchun bu haqda bizga xabar berishingizni so‘raymiz.

📞+998 97 402 28 20
Kirib kelayotgan 2022-yil muborak, qadrli do‘stlar, biznes sohiblari, marketologlar, ekspertlar, O‘zbekiston Marketing uyushmasi hamkorlari!

Bu yil hayotingizdagi yanada unumli va muvaffaqiyatli yil bo‘lsin, eng olamshumul rejalarning ro‘yobi nasib qilsin, biznesingiz o‘sib, yangi cho‘qqilarga erishing!
Bu yil yangidan-yangi qo‘shma loyihalar va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash hamda e'tibor uchun imkoniyatlar yili bo‘lsin!

Sizga va yaqinlaringizga tilaklar ro‘yobini, sog‘liq-salomatlik, quvonch, farovonlik va barcha ishlaringizda omad tilaymiz!
O‘zbekiston Marketing uyushmasi Uyushmaning hamkori Korzinka supermarketlar tarmog‘ini muhim sana bilan muborakbod etadi!

Korzinka, O‘zbekistonda "supermarket" formatidagi chakana savdo bozorida kashshof bo‘lib, 25 yil ichida haqiqiy xalqona brendga aylandi, iste'molchilar mehri, e'tirofiga va "Yil brendi" mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Korzinkaning butun jamoasiga savdo tarmog‘ini yanada yaxshilash yo‘lida ravnaq va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#korzinka25
Forwarded from Marketing bo'limi
​​O'zbekistonda mahalliy marketing, kreativ agentliklar va brendlar effektivligi reytingi e'lon qilindi

Marketing.uz - O'zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi tominidan mahalliy marketing va kreativlik reytinglari e'lon qilindi. Reyting uch asosiy yo'nalishlarga va har bir yo'nalish yana uch guruhga bo'lingan - A, B va C guruhlar.

Birinchi yo'nalish. Brendlar miqyosida O'zbekiston Marketing Reytingi 2021. Ushbu yo'nalishda ja'mi 177 ta brend ro'yxatga kiritilgan. Birinchi pog'onani Coca Cola, ikkinchi - Knauf Uzbekistan, uchinchi o'rinni esa HAVAS egallagan. TOP beshlik Sergeli Tumani Ma'muriyati va Agro Bravo kompaniyalari bilan yakunlangan.

Ikkinchi yo'nalish. Agentliklar miqyosida O'zbekiston Marketing Reytingi 2021. Ushbu reytingdan 31 agentlik joy olgan. Ma'no Branding birinchi o'rinda, FCB Artgroup ikkinchi va Rocket Digital Agency uchunchi o'rinlardan joy olishgan. Lokals Central Asia va MaslovPR agentliklari TOP 5ni yopganlar.

Uchunchi yo'nalish. O'zbekiston Kreativlik Reytingi 2021. Ro'yxatga 9ta agentlik kiritilgan. Kreativlik reytingida ham Ma'no Branding birinchi o'rinda. Ikki va uchunchi pog'onalarda FCB Artgroup bilan Lokals Central Asia. To'rtinchi o'rinda Division Marketing, besh - Sintez.

Reytinglarni tuzishda dunyo tajribasidan foydalanib, brend yoki agentlik mahalliy va xalqaro festival, tanlov, premiyalarda qatnashganligi asos qilib olingan. Har bir qatnashuvchining sovrini va tanlovdagi egallagan o'rni uchun 2dan 25gacha bal qayd etilgan. Shunday qilib, kim eng ko'p bal to'plagan bo'lsa, reytingning yuqori o'rinlaridan joy olgan. Reytingda qatnashish uchun maxsus shartnoma yoki boshqa rasmiyatchilik talab etilmaydi. Barcha ma'lumotlar ochiq manbalardan yig'ilgan.

Batafsil ma'lumot va barcha o'rinlar, agentlik va brend nomlari bilan ushbu PDF faylda tanishish mumkin.

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
⚡️YANGILIK!

Bu yil V “2021-yil brendi” mukofoti yangi formatda o‘tadi!

1️⃣ Faoliyatidan qat'i nazar, barcha brendlar ishtirok etishi mumkin.

2️⃣ Mukofotda qatnashish – faqat brendning arizasiga ko‘ra.

3️⃣ Arizalarni qabul qilish tez orada – 2022-yil fevralda boshlanadi.

4️⃣ Ishtirok etish uchun brendning kichik taqdimotini tayyorlash kerak bo‘ladi.

5️⃣ Mukofot reglamenti, nominatsiyalar va qatnashishga oid barcha tafsilotlar marketing.uz saytida e'lon qilingan.

👉 V “2021-yil brendi” mukofoti brendlarga o‘z marketing yutuqlarini keng ommaga va Uyushmaning 200 dan ziyod hamkorlariga namoyish etish hamda “2021-yil brendi” maqomini olish imkonini beradi.

🇺🇿 Sizning brendingizni Mukofot ishtirokchilari qatorida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!

📞99897 402 28 20

️ Ruscha

️ Instagram | Facebook | YouTube |
Yerevan - Toshkent! 🇦🇲 🇺🇿

Aynan shu marshrutda Assotsiatsiya taklifi bilan Zuck Independent Agency mustaqil reklama agentligi asoschilari Arman Ghazaryan va Ashot Hovakimyan tez orada yetib kelishadi.

Mana Zuck Independent agentligi o'zi haqida nima yozadi:

▫️“Biz Zukmiz. Mukofotga sazovor bo'lgan mustaqil agentlik. To'liq mustaqil - guruhlar, tarmoqlar, an'analar va cheklovlardan.

▫️Biz qilayotgan ish oddiy. Biz reklama qilamiz va brendlarni targ'ib qilamiz. Bu bir martalik afishalardan tortib 360° integratsiyalashgan kampaniyalargacha bo'lgan hamma narsani anglatadi.

▫️Biz birinchi navbatda g'oyamiz, chunki ajoyib g'oyani hayotga tatbiq etgandagina ajoyib ijro yaxshi bo'ladi.

▫️Biz juda global va juda armanmiz”.

▫️Agentlik mijozlari orasida Beeline, Coca Cola, Visa, Nemiroff, ACBA Bank va boshqalar bor.

🔥 Va, albatta, Marketing Club doirasida mehmonlar bilan uchrashuv tayyorlayapmiz!

25-yanvar, seshanba kuni Ground Zero Minorda ko‘rishguncha!

Yangiliklarimizni kuzatib boring!
Forwarded from Bright Uzbekistan
O‘zbekiston brendlari o‘z yutuqlari haqida qanday so‘zlab berishlari mumkin? Yangilangan «Yil brendi» mukofoti va birinchi marketing reytingi

Keyingi vaqtlarda Apple va Tesla kabi brendlarning fenomenal muvaffaqiyati ko‘p muhokama qilinmoqda. Ularning jo‘shqin o‘sishi hech kimni befarq qoldirmaydi, ularni butun dunyoda biladilar va sevadilar.

Batafsil:
UZB🇺🇿 RUS🇷🇺 ENG🇬🇧

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | Website