🏅Matematika va Mantiq🏅
26 subscribers
71 photos
4 videos
10 links
Matematika va Mantiqiy tafakkurini rivojlantirish biz bilan oson!
Download Telegram
Javobini 5 soniyagacha topishga harakat qiling. Javob variantlari quyida👇🏻
🎉3
Ayni testing farqli ko'rinishi. Javobini 5 soniyagacha topishga harakat qiling. Javob variantlari quyida👇🏻. Tez yechish yo'llari haqida ertaga yozamiz.
1
🏅Matematika va Mantiq🏅
Javobini 5 soniyagacha topishga harakat qiling. Javob variantlari quyida👇🏻
Yechis uslubi:
Bu savoldagi kvadrat ichida raqamlar bo'lgani uchun yechimni topish miyamiz uchun ikkinchi boshqotirmadan bir oz qulay bo'ladi.
Eng avval bir hillikni qidiramiz.
- Uch dona 3 soni diagonal bo'ylab joylashgan. Shuning o'zi to'g'ri javobni topish uchun yetarli.
- Qo'shimcha sifatida keyingi o'xshashlikni ham topishga harakat qilishimiz mumkin. Ikkita 5 raqmining joylashuviga e'tibor qarataylik.
Javob variantlaridan bunday o'xshshlikda joylashgan bir hil shakllarni topamiz.
🎉2
MADAD IT ACADEMY Бепул очиқ дарсларга таклиф қилади!

🔢 5-январ, соат 11⁰⁰ да Математика:
  - Математика 0 дан Олий таълим учун
  - Халкаро олимпиада ва ПМ учун
  - РОБОТОТЕХНИКА

👩‍💻 5-январ, соат 13⁰⁰ да Аёллар учун IT:
   - Компьютер саводхонлиги ва офис дастурлари.
   - Мобилография
   - График дизайнерлик

📊 6-январ, соат 11⁰⁰ да SMM:
   - SMM курси
   - Мобилография
   - График дизайнерлик

🇬🇧 6-январ, соат 13⁰⁰ да Чет тиллари:
   - бошланғич Инглиз тили
   - IELTS курслари
   - CEFR курслари
   - Турк тили

📞 +998336007707
       +998996007707

📩 Админга ёзинг

📝 Рўйҳатдан ўтинг

📍Манзил: Қўқон шаҳар, Усмон Носир кўчаси 28А
💯1
🧠 3-sinf uchun boshqotirma 🧠.
So'roq belgisi o'niga qanday raqam kelishi kerak? Javobingizni kommentariyaga yashirin matn shaklida yozing.
😁1
Sonlarga diqqat bilan razm soling, So'roq belgisi o'rniga qanday raqam bo'lishi kerak?
Javobingizni kommentariyalarga yashirin matn sifatida yozishingiz mumkin.
🔥3
🔥 Vaqt siri! 🔍

Aqlingizni charxlash uchun yangi boshqotirma! 🧪🕰

Sizda ikkita turli hil qalinlik va uzunlikda arqon bor, ularning har biri roppa-rosa bir soat ichida yonaib tugaydi. Ushbu arqonlar va gurgut yordamida qanday qilib aniq 45 daqiqani o'lchash mumkin? 🤔💡

Aqlli g'oyalaringizni Izohlarda biz bilan baham ko'ring! 🚀💬 Bu boshqotirmani kim birinchi bo'lib hal qila olishini ko'ramiz! 🕵️‍♂️
🤔2
🏅Matematika va Mantiq🏅
Sonlarga diqqat bilan razm soling, So'roq belgisi o'rniga qanday raqam bo'lishi kerak? Javobingizni kommentariyalarga yashirin matn sifatida yozishingiz mumkin.
Yechish yo'li:
Har doimgidek eng avval bir hillikka e'tibor qaratamiz, bular:
6666=4, 1111=0, 0000=4, 2222=0, 5555=0, 7777=0, 9999=4.
Endi 1 ga teng sonlarga e'tibor qarataylik: 9131=1, 1012=1, 7756=1, ya'ni 9=1, 0=1 bo'lmoqda. Bu yerda javobni sonlarning qiymati emas, balki shakli - ko'rinishidan qidirsak to'g'ri bo'lishi mumkin. Raqam shaklidagi doirlar soni biz izlayotgan javob bo'lishi mumkin. Javobimizni tekshirish uchun birinchi songa nazar solaylik 8809. 8 da ikkita doira bor, jami sonda 6. Taxminimiz to'g'ri chiqdi.

Javob: 2581=2
2
🏅Matematika va Mantiq🏅
🔥 Vaqt siri! 🔍 Aqlingizni charxlash uchun yangi boshqotirma! 🧪🕰 Sizda ikkita turli hil qalinlik va uzunlikda arqon bor, ularning har biri roppa-rosa bir soat ichida yonaib tugaydi. Ushbu arqonlar va gurgut yordamida qanday qilib aniq 45 daqiqani o'lchash…
Yechim:
Birinchi arqonni har ikki tarafidan va Ikkinch arqonning faqat bir uchidan ayni vaqtda 🔥 yoqamiz.
Birinchi arqon yarim soatda yonib tugaydi. Ikkinchi arqonning yonib tugashiga esa yarim soat qolgan bo'ladi. Huddi shu vaqt ikkincha arqonning ikkinchi uchudan ham yoqamiz 🔥. Endi ikki tarafidan yoqilgan arqon 15 daqiqada yonib tugaydi.
Javob: 30+15 = 45 daqiqa 🎉.
🎉1
Bu boshqoritma javobini 5-6 soniya ichida topishqa harakat qiling. Avvalgi, o'xshash boshqotirmalarni tez yechish yo'llari haqida mana bu yerda, va bu yerda yozgan edik.
Jabov variantlarini tanlang 👇🏻
🎉1
Kanalimiz a'zolari tarifidan jo'natilgan mana bu savolning javobini topishga urinib ko'ring. Yechish yo'lini ertaga yozamiz.
🔥1
🏅Matematika va Mantiq🏅
Kanalimiz a'zolari tarifidan jo'natilgan mana bu savolning javobini topishga urinib ko'ring. Yechish yo'lini ertaga yozamiz.
Yechish yo'li
Avval Masalada berilgan shartlarni yozaylik: Toshbaqaning bo'yini stolning bo'yidan olib tashlab, Mushukning bo'yini qo'shsak 170 cm ga teng bo'lar ekan, buni tenglama sifatida yozaylik:

Mushukning bo'yi + (stolning bo'yi - toshbaqaning bo'yi) = 170 cm
Toshbaqaning bo'yi + (stolning bo'yi - mushukning bo'yi) = 130 cm

Yoki yanada qisqartirib yozadigan bo'lsak:

M + S - T = 170
T + S - M = 130

Tenglamaning har ikki tarafiga teng bo'lgan qiymatlar qo'shish tenglamani buzmasligidan kelib chiqib:

M + S - T + T + S - M = 170 + 130 (M va T lar qisqarib ketadi)
2S = 300
S=300/2


Javob: Stolning bo'yi 150 cm
🔥2🎉1
Bugun “Raqamlar qatori” deb nomlanadigan boshqotirmani e'tiboringizga havola qilmoqchimiz.

Ushbu test berilgan raqamlar, ob'ektlar qatorini taxlil qilgan holda navbatda qaysi raqam yoki ob'ekt kelishini oldindan bilish qobiliyatini o'lchash uchun ishlatiladigan testlardan biridir.

Bunday testlarni yechishni mashq qilish orqali miyaning raqamlarning yoki boshqa ob'ektlarning bir biriga bog'liqlik tartibini (tez) tushinish va to'g'ri hulosalar chiqarish ko'nikmasini rivojlantiradi.

Masalan, quyidagi raqamlar qatorida so'roq belgisi o'rniga qanday raqam kelishi kerak?

1, 3, 4, 2, 5, 7, 3, 7, ?

Yechish yo’li:
Raqamlar uch guruh bo’lib kelmoqda: a) 1, 3, 4; b) 2, 5, 7; c) 3, 7, ? . Shu taxlil bilan ham tartib qoidasini chiqarish mumkin.
Agar javob topishda qiynalsangiz taxlilda yana davom etishimiz mumkin:
Har bir navbatdagi guruh avvalgi guruhidagi raqamlarga bevosita bog’liq ravishda joylashgan ya’ni avvalgi guruhning ilk raqamini 1 ga orttirish orqali keying guruhning ilk raqamini hosil qilinmoqda: a) 1; b) 2; c) 3.
Shuningdek avvalgi guruhning ikkinchi raqamini 2 ga orttirish bilan navbatdagi guruhning ikkinchi raqami hosil qilinmoqda: a) 1, 3; b) 2 , 5; c) 3 , 7.


Javobni uchinchi raqamlarni 3 ga orttirish yo’li bilan topamiz: 10
🤩3
Raqamlar qatorida o'rtadagi raqamni ham yashirish mumkn. Quyidagi so'roq belgisi o'rniga qanday raqam kelishi kerak?

3, 9, ?, 81, 243
Anonymous Quiz
19%
26
6%
28
56%
27
13%
25
6%
23
🔥2💯1
Raqamlar qatori boshqotirmasining yana bir ko'rinishi. Quyidagi so'roq belgisi o'rniga qanday raqam kelishi kerak?
20 22 19 23 18
30 34 28 (?) 26
Anonymous Quiz
12%
24
6%
26
47%
36
24%
32
12%
34
1🔥1
Raqamlar qatori boshqotirmasidan yana bir savol. Javobingizni tanlang.👇🏻
🤔3