🏅Matematika va Mantiq🏅
26 subscribers
71 photos
4 videos
10 links
Matematika va Mantiqiy tafakkurini rivojlantirish biz bilan oson!
Download Telegram
🐦‍⬛️ Qarg'a har bir doira ichiga teng miqdorda don tashladi. Rasmda doiralarning oq qismlardagi donlar soni ko'rsatilgan. Ikkala kulrang qismda jami nechta don 🌾 bor?
🤔1
🏅Matematika va Mantiq🏅
🐦‍⬛️ Qarg'a har bir doira ichiga teng miqdorda don tashladi. Rasmda doiralarning oq qismlardagi donlar soni ko'rsatilgan. Ikkala kulrang qismda jami nechta don 🌾 bor?
Yechim.
1- Bosqich: Birinchi va ikkinchi doiralarda donlar miqdori teng bo'lganligi sababli, ikkinchi kulrang qismda 110 - 68 = 42 don bo'lishi kerak.
2- Bosqich: Xuddi shunday, birinchi kulrang maydonda 87 - 68 = 19 dona mavjud.
3- Bosqich - Javob: Ikkala kulrang maydondagi donlarning umumiy soni 42 + 19 = 61 ni tashkil qiladi.
😁1
Jismoniy tarbiya darsida sinf o'quvchilari bir safda turdilar. Komiljonning o'ng tomonida 12 o'quvchi, Sultonbekning chap tomonida 20, o'ng tomonida esa 8 o'quvchi turgan edi. Komiljonning chap tomonida nechta o'quvchi bor?
🤔1
🏅Matematika va Mantiq🏅
Jismoniy tarbiya darsida sinf o'quvchilari bir safda turdilar. Komiljonning o'ng tomonida 12 o'quvchi, Sultonbekning chap tomonida 20, o'ng tomonida esa 8 o'quvchi turgan edi. Komiljonning chap tomonida nechta o'quvchi bor?
Yechimi:
Sultonbekning chap tomonida 20 kishi va o'ng tomonida 8 kishi borligi sababli, Sultonbekni hisobga olmaganda, jami 28 kishi, Sultonbek bilan birga esa sinfda jami 29 kishi bor.
Demak Komiljonning chap tomonida 29 - 12 - 1 = 16 kishi bor (avval Komiljonning o'ng tomonidagi 12 kishini, keyin esa Komiljonning o'zini chiqaramiz).
💯1
Tomonlari 100 bo'lgan kvadrat ikkita teng to'rtburchakka kesildi va rasmda ko'rsatilganidek, bir-biriga qayta bog'landi. Xosil bo'lgan shaklning perimetrini topa olasizmi?
💯1
🏅Matematika va Mantiq🏅
Tomonlari 100 bo'lgan kvadrat ikkita teng to'rtburchakka kesildi va rasmda ko'rsatilganidek, bir-biriga qayta bog'landi. Xosil bo'lgan shaklning perimetrini topa olasizmi?
Yechimi. Shaklning perimetri uzunligi 100 bo'lgan 3 ta qismdan va 50 uzunlikdagi 4 ta qismdan iborat. Bundan shakl perimetri: 3 x 100 + 4 x 50 = 500 ga teng.
Javob 500.
👏1
8x10 va 12x9 o'lchamdagi ikkita to'rtburchaklar rasmda ko'rsatilganidek, bir-birining ustiga qo'yilgan.
Agar qoraga bo'yalgan qismning maydoni 37 bo'lsa kulrang qismining maydonini topa olasizmi?
🤔1
🙇🏻 Bolalar uchun mantiqiy savol.

Dalaxovliga 7 opa-singil kelishdi va har biri qandaydir ishlar bilan mashg'ul bo'lishdi. Birinchisi kitob o'qiy boshladi, ikkinchisi ovqat pishira boshladi, uchinchisi shaxmat o'ynadi, to'rtinchisi krossvord yechish bilan band bo'ldi, beshinchisi kir yuvdi, oltinchisi xovlini supurdi.

Yettinchisi nima qildi?
🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoydagi odatiy imtihon. har bir stolda har qanday qoidabuzarliklarni yoki aldashga urinishlarni avtomatik ravishda aniqlaydigan kamera bor. Xitoyda atigi 20-30 yil avval darslar huddi bizda, O'zbekistondagidek edi. Ilmga bergan katta e'tibori tufayli xozirda jahondagi eng ilg'or davlatga aylandi. Va hamon ilmga katta e'tibor qaratmoqda.

Bu videoni o'qishga ilm olishga qiziqmaydiganlarga yuboring.
💯1
Mantiqni rivojlantirish ⬇️
(Boshlang'ichda o'qiydiganlarga yechishni taklif qiling.)

Bir yigit ajoyib ayollar poyabzali ishlab chiqaradigan ikkita zavodni meros qilib oldi. Va ko'p o'tmay fabrikalardagi ishchilar poyabzal o'g'irlashga o'rganib qolganini payqadi. Hamma o'g'ilarni tutish va ishdan bo'shatsa fabrikada ishchi yetmay faoliyati to'xtab qolar ekan.

Zavod egasi oʻgʻirlikni kamaytirish uchun qanday yechim topdi?
👏1
It, mushuk va quyonning umumiy massasi qancha?
💯1
10 nuqtani 4 X 4 bo'lgan kvadratning ichiga shunday joylash kerakki har bir qatorda va ustunlarda (gorizontal va vertikal) nuqtalar soni juft bo'lsin. (5 dan ortiq variant bor)
🔥1
3-sinflar uchun mo'ljallangan mana bu masalani hatto ba'zi ota-onalari yecha olishmaydi 🤨

Siz to'g'ri javobni topa olasizmi? ⤵️

Ona va bolaning birgalikda 28 yoshdalar. Onasi bolasidan 22 yosh katta bo'lsa bolaning yoshi nechada?
😁1
👶 Bir bolakay bir qutiga jami 8 ta o'rgimchak va qo'ng'izlarni to'pladi. Har bir 🕸 o'rgimchakda 8 ta, 🪲 qo'ng'izda esa 6 ta oyoq bor. Agar qutidagi oyoqlarning to'plami 54 ta bo'lsa qutida nechta o'rgimchak va nechta qo'ng'iz borligini oson yo'l bilan hisoblay olasizmi? 🤷‍♂️

(Aslida bu boshlang'ich siniflar uchun boshqotirma)
🔥1
Eng diqqatlilarga savol. Bu rasmda nechta kvadrat bor? 🙈
Diqqatingizni tekshirib ko'ring 🤓

Rasmda nechta to'rtburchak va nechta uchburchak bor?
Agar yoqoridagi tutqich bilan soat strelkasi yo'nalishi bo'yicha aylantirishni boshlasak qutining qopqog'i ochiladimi yoku yopiladimi?🧐
🏅Matematika va Mantiq🏅
Agar yoqoridagi tutqich bilan soat strelkasi yo'nalishi bo'yicha aylantirishni boshlasak qutining qopqog'i ochiladimi yoku yopiladimi?🧐
Yechish yo'li:
Raqamlangan har nuqtada aylanma harakat teskarisiga o'zgaradi. Bu rasmda 13 - toq son. Demak qutining qopqog'i ...Raqamlangan har nuqtada aylanma harakat teskarisiga o'zgaradi. Bu rasmda 13 - toq son. Demak qutining qopqog'i ...
1
Илмга навбатда турмадик!
 
Ош деса, йиғилдик малахдек,
Юзимиз китобга бурмадик.
Нафс учун уришдик, талашдик,
Илмга навбатда турмадик!
 
Бугун-чи миллатнинг онги паст,
Жаҳолат майидан юрар маст,
Ўзига душман ҳам қасдма-қасд,
Илмга навбатда турмадик!
 
Тиллолар сарфладик кайф учун,
Шайтоннинг пешоби ҳайф учун,
Чақага оғриндик ҳарф учун,
Илмга навбатда турмадик!
 
Авлодлар бўлишди мардикор,
Хорижда дарбадар, итдан хор,
Эй миллат, ҳолингдан қилгин ор,
Илмга навбатда турмадик!
 
Ҳар ерда порахўр, ўғрилар,
Кулгига олинар тўғрилар,
Билмам, ким хатомиз тўғрилар,
Илмга навбатда турмадик!
 
Кўзимиз алдаган ёлғонлар,
Интернет, ойнайи жаҳонлар,
Уйғонинг, биродар, ёронлар,
Илмга навбатда турмадик!
 
Эъзозда фоҳиша, раққослар,
Онги паст отарчи, паққослар,
Бунда хор олимлар, ваққослар,
Илмга навбатда турмадик!
 
Халқ бугун ишқибоз нодонга,
Орқасин шиширган шайтонга,
Эътибор қаратмас урфонга,
Илмга навбатда турмадик!
 
Хаёлда оғринмай бой бўлса,
Остида энг сўнгги той бўлса,
Егани ҳар куни мой бўлса,
Илмга навбатда турмадик!
 
Амалдор кетини яласа,
Амаллаб халқини таласа,
Дунё деб қалбида талваса,
Илмга навбатда турмадик!
 
Бу миллат мудрайди ғафлатда,
Фарзанди газларда навбатда,
Илмсиз ўламиз, албатта,
Илмга навбатда турмадик!
 
Илмсиз қараммиз, қулдирмиз,
Тириклай ёнамиз, кулдирмиз,
Қадри йўқ, бир чақа пулдирмиз,
Илмга навбатда турмадик!
 
© Девонайи Ҳақгўй (2020 й.)
😢1
Boshlang'ich siniflardagi bolalar uchun savol