πŸ…Matematika va MantiqπŸ…
26 subscribers
71 photos
4 videos
10 links
Matematika va Mantiqiy tafakkurini rivojlantirish biz bilan oson!
Download Telegram
So'roq belgisi o'rniga qanday son kelishi kerak?
3, 5, 10, 12, 24, 26, ?, 104
Anonymous Quiz
5%
48
57%
52
24%
50
14%
54
Matematikadan oson va foydali usullarni bilib oling. https://youtu.be/Z7eAkFtua28
#olimpiada_savollari
Olma solingan bir nechta xaltalar bor. Ularning har birida 12 yoki 6 tadan olma mavjud. Agar jami olmalar soni 70 tadan kam emas va 80 tadan ko'p emasligi ma'lum bo'lsa, xaltalarda jami nechta olma bo'lishi mumkin?
#olimpiada_savollari #mantiq
Qutida rangli qalamlar mavjud.

- Vohid dedi: "Qutida kamida to'rtta ko'k qalam bor."
- Kozim: "Qutida kamida beshta yashil qalam bor", dedi.
- Po'lat dedi: "Qutida kamida uchta ko'k va kamida to'rtta yashil qalam bor."
- Murod shunday dedi: "Qutida kamida to'rtta ko'k va kamida to'rtta yashil qalam bor."

Ma'lumki, uchta yigit haqiqatni aytgan, biri esa adashgan. Kim xato qildi?
😁1
πŸ…Matematika va MantiqπŸ…
#olimpiada_savollari #mantiq Qutida rangli qalamlar mavjud. - Vohid dedi: "Qutida kamida to'rtta ko'k qalam bor." - Kozim: "Qutida kamida beshta yashil qalam bor", dedi. - Po'lat dedi: "Qutida kamida uchta ko'k va kamida to'rtta yashil qalam bor." - Murod…
Yechim. Kamida to'rtta ko'k qalam bo'lishi kerak, aks holda kamida ikkita yigit - Vasya va Misha xato qiladi. Shuning uchun, ko'k qalamlar haqidagi barcha bayonotlar haqiqatdir.
Kamida to'rtta yashil qalam bo'lishi kerak, aks holda uchta yigit - Kolya, Petya va Misha xato qiladi. Beshdan ortiq yoki teng bo'lishi mumkin emas - keyin hech kim xato qilmaydi, shuning uchun to'rtta yashil qalam bor va Kozim xato qildi.
Javob. Kozim.
πŸ”₯1
πŸ¦β€β¬›οΈ Qarg'a har bir doira ichiga teng miqdorda don tashladi. Rasmda doiralarning oq qismlardagi donlar soni ko'rsatilgan. Ikkala kulrang qismda jami nechta don 🌾 bor?
πŸ€”1
πŸ…Matematika va MantiqπŸ…
πŸ¦β€β¬›οΈ Qarg'a har bir doira ichiga teng miqdorda don tashladi. Rasmda doiralarning oq qismlardagi donlar soni ko'rsatilgan. Ikkala kulrang qismda jami nechta don 🌾 bor?
Yechim.
1- Bosqich: Birinchi va ikkinchi doiralarda donlar miqdori teng bo'lganligi sababli, ikkinchi kulrang qismda 110 - 68 = 42 don bo'lishi kerak.
2- Bosqich: Xuddi shunday, birinchi kulrang maydonda 87 - 68 = 19 dona mavjud.
3- Bosqich - Javob: Ikkala kulrang maydondagi donlarning umumiy soni 42 + 19 = 61 ni tashkil qiladi.
😁1
Jismoniy tarbiya darsida sinf o'quvchilari bir safda turdilar. Komiljonning o'ng tomonida 12 o'quvchi, Sultonbekning chap tomonida 20, o'ng tomonida esa 8 o'quvchi turgan edi. Komiljonning chap tomonida nechta o'quvchi bor?
πŸ€”1
πŸ…Matematika va MantiqπŸ…
Jismoniy tarbiya darsida sinf o'quvchilari bir safda turdilar. Komiljonning o'ng tomonida 12 o'quvchi, Sultonbekning chap tomonida 20, o'ng tomonida esa 8 o'quvchi turgan edi. Komiljonning chap tomonida nechta o'quvchi bor?
Yechimi:
Sultonbekning chap tomonida 20 kishi va o'ng tomonida 8 kishi borligi sababli, Sultonbekni hisobga olmaganda, jami 28 kishi, Sultonbek bilan birga esa sinfda jami 29 kishi bor.
Demak Komiljonning chap tomonida 29 - 12 - 1 = 16 kishi bor (avval Komiljonning o'ng tomonidagi 12 kishini, keyin esa Komiljonning o'zini chiqaramiz).
πŸ’―1
Tomonlari 100 bo'lgan kvadrat ikkita teng to'rtburchakka kesildi va rasmda ko'rsatilganidek, bir-biriga qayta bog'landi. Xosil bo'lgan shaklning perimetrini topa olasizmi?
πŸ’―1
πŸ…Matematika va MantiqπŸ…
Tomonlari 100 bo'lgan kvadrat ikkita teng to'rtburchakka kesildi va rasmda ko'rsatilganidek, bir-biriga qayta bog'landi. Xosil bo'lgan shaklning perimetrini topa olasizmi?
Yechimi. Shaklning perimetri uzunligi 100 bo'lgan 3 ta qismdan va 50 uzunlikdagi 4 ta qismdan iborat. Bundan shakl perimetri: 3 x 100 + 4 x 50 = 500 ga teng.
Javob 500.
πŸ‘1
8x10 va 12x9 o'lchamdagi ikkita to'rtburchaklar rasmda ko'rsatilganidek, bir-birining ustiga qo'yilgan.
Agar qoraga bo'yalgan qismning maydoni 37 bo'lsa kulrang qismining maydonini topa olasizmi?
πŸ€”1
πŸ™‡πŸ» Bolalar uchun mantiqiy savol.

Dalaxovliga 7 opa-singil kelishdi va har biri qandaydir ishlar bilan mashg'ul bo'lishdi. Birinchisi kitob o'qiy boshladi, ikkinchisi ovqat pishira boshladi, uchinchisi shaxmat o'ynadi, to'rtinchisi krossvord yechish bilan band bo'ldi, beshinchisi kir yuvdi, oltinchisi xovlini supurdi.

Yettinchisi nima qildi?
πŸ€”1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoydagi odatiy imtihon. har bir stolda har qanday qoidabuzarliklarni yoki aldashga urinishlarni avtomatik ravishda aniqlaydigan kamera bor. Xitoyda atigi 20-30 yil avval darslar huddi bizda, O'zbekistondagidek edi. Ilmga bergan katta e'tibori tufayli xozirda jahondagi eng ilg'or davlatga aylandi. Va hamon ilmga katta e'tibor qaratmoqda.

Bu videoni o'qishga ilm olishga qiziqmaydiganlarga yuboring.
πŸ’―1
Mantiqni rivojlantirish ⬇️
(Boshlang'ichda o'qiydiganlarga yechishni taklif qiling.)

Bir yigit ajoyib ayollar poyabzali ishlab chiqaradigan ikkita zavodni meros qilib oldi. Va ko'p o'tmay fabrikalardagi ishchilar poyabzal o'g'irlashga o'rganib qolganini payqadi. Hamma o'g'ilarni tutish va ishdan bo'shatsa fabrikada ishchi yetmay faoliyati to'xtab qolar ekan.

Zavod egasi oΚ»gΚ»irlikni kamaytirish uchun qanday yechim topdi?
πŸ‘1
It, mushuk va quyonning umumiy massasi qancha?
πŸ’―1
10 nuqtani 4 X 4 bo'lgan kvadratning ichiga shunday joylash kerakki har bir qatorda va ustunlarda (gorizontal va vertikal) nuqtalar soni juft bo'lsin. (5 dan ortiq variant bor)
πŸ”₯1
3-sinflar uchun mo'ljallangan mana bu masalani hatto ba'zi ota-onalari yecha olishmaydi 🀨

Siz to'g'ri javobni topa olasizmi? ‡️

Ona va bolaning birgalikda 28 yoshdalar. Onasi bolasidan 22 yosh katta bo'lsa bolaning yoshi nechada?
😁1
πŸ‘Ά Bir bolakay bir qutiga jami 8 ta o'rgimchak va qo'ng'izlarni to'pladi. Har bir πŸ•Έ o'rgimchakda 8 ta, πŸͺ² qo'ng'izda esa 6 ta oyoq bor. Agar qutidagi oyoqlarning to'plami 54 ta bo'lsa qutida nechta o'rgimchak va nechta qo'ng'iz borligini oson yo'l bilan hisoblay olasizmi? πŸ€·β€β™‚οΈ

(Aslida bu boshlang'ich siniflar uchun boshqotirma)
πŸ”₯1