Maqsud Shayxzoda
109 subscribers
320 photos
32 videos
30 files
255 links
🏛Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlarining adabiy va badiiy faoliyatini yoritib boruvchi kanal.

👉 @Maqsud_Shayxzoda_bot
Maqsud Shayxzoda haqida ko'plab ma'lumotlarga va materilallarga ega bo'lasiz.
Download Telegram
✔️Toshkent davlat transport universiteti talabalari tomonidan Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etildi.

🎗️ Universitetning iqtidorli talabasi Oʻrinboyev Farrux tomonidan Maqsud Shayxzoda ijodini keng targʻib qilish maqsadida tadbir tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub she'rlar yoddan oʻqildi

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
#stipendiya

Toshkent davlat transport universitetida "Maqsud Shayxzoda" nomli maxsus stipendiyasiga hujjatlar qabuli boshlandi.

📑 Talabgorlar dastlabki koʻrib chiqish uchun ilmiy kengashiga quyidagi hujjatlarni topshirish jarayonlari boshlandi:

1️⃣ sinov daftarchasidan ko'chirma (o'zlashtirish ko'rsatkichi);

2️⃣ kafedra tavsiyanomasi;

3️⃣ ijodiy (ilmiy) ish, uning annotatsiyasi va taqriz (mavjud bo'lsa); murabbiy (tyutor)ning fikr-mulohazalari;

4️⃣ adib hayoti va ijodi hamda faoliyati (ommaviy axborot vositalarida,  ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa) targ'iboti bo'yicha materiallar;

5️⃣ adib hayoti va ijodini, faoliyatini tadqiq qilish bo'yicha respublika va xalqaro miqyosdagi jurnallarda chop etilgan yakka mualliflikdagi ilmiy maqolalar, o'tkazilgan anjumanlardagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjat (asl nusxasi);

6️⃣ o'z sohasi bo'yicha xalqaro yoki respublika miqyosidagi ko'rgazma, bienalle, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishganligi (mavjud bo'lsa) to'grisida tasdiqlovchi hujjat.

💸 Maqsud Shayxzoda nomli stipendiya hozirda oyiga 1 461 000 so'mni tashkil etadi.

📆 Stipendiya sohibi bo'lish istagidagi talabalar 10-aprelga qadar tegishli fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosariga hujjatlarini topshirishlari lozim!

📓NIZOM

Telegram | Instagram |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti talabasi Qo'ziboyev Behruz tomonidan Qarshi davlat universiteti qoshidagi Akademik litseyda "Maqsud Shayxzodaning adabiy merosi" nomli davra suhbati tashkil ettirildi.

🎗️Davra suhbati davomida o'quvchi-yoshlarga Maqsud Shayxzoda hayot yoʻli haqida ma'lumotlar berildi, hamda adib qalamiga mansub she'rlar ifodali o'qildi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🎗️Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bagʻishlangan badiiy tadbir boʻlib oʻtadi.

✔️Joriy yilning 4-aprel sanasida Oʻzbekiston va Ozarbayjon xalqlarining zabardast vakili Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bagʻishlangan badiiy tadbir tashkil etilmoqda.
🔹Barchangizni badiiy tadbirimizga taklif etamiz.
Qatnashish istagida boʻlganlar @sabina8688 profiliga murojaat qilishlari soʻraladi.

📆 4-aprel;
⏱️ 15:00;
📍 Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
✔️Toshkent davlat transport universiteti talabalari tomonidan Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bagʻishlangan tadbirlar davom etmoqda.

🎗️ Universitetning iqtidorli talabalari Urinboyev Farrux va Bobur Sirojiddinov tomonida Mirzo Ulug'bek tumanidagi 333-maktabda atoqli shoir, tarjimon Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bagʻishlangan "Ikki xalq dilbandi" nomli tadbir tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub she'rlar yoddan oʻqildi hamda asarlari haqida maʼlumotlar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🎗️Toshkent davlat transport universiteti Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti talabasi Qo'ziboyev Behruz tomonidan AB-6, AB-7, AB-8 guruhlarida tahsil oluvchi talabalar ishtirokida "Maqsud Shayxzodaning O'zbekiston Ozarbayjon adabiyoti rivojiga qo'shgan hissasi" mavzusida davra suhbati tashkil ettirildi.

✔️Davra suhbatida davomida talabalar Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdilar.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti talabasi Qo'ziboyev Behruz tomonidan Toshkent shahridagi 94-maktabda o'quvchilar o'rtasida "Maqsud Shayxzodaning O'zbekiston Ozarbayjon adabiyoti rivojiga qo'shgan hissasi" nomli davra suhbati tashkil etildi.

🔹Davra suhbati davomida o'quvchilarga Maqsud Shayxzodaning ijod yoʻli haqida oʻquvchilarga koʻplab ma'lumotlar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram