Orziyev blog's
2 subscribers
576 photos
50 videos
5 files
116 links
Download Telegram
Forwarded from 🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿 (Akmal Zokirov)


🇺🇿 “Maʼrifat maydoni” Respublika ko‘rik-tanlovining institut bosqichiga start berildi.

❗️ Tanlovda 12 nafargacha bo‘lgan talabalardan tashkil topgan jamoalar bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda jamoalar o‘zaro 3 ta shart bo‘yicha bellashadilar:
1️⃣1-shart: “Adib hayoti” ko‘rgazmali taqdimot chiqishi;
2️⃣2-shart: Tezkor savol-javob;
3️⃣3-shart: “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”.


🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🎁 Mintaqaviy bosqichda g‘olib bo‘lgan jamoa aʼzolari oʻzi tahsil oladigan taʼlim muassasasining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan planshet, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

🟢Respublika bosqichi g‘oliblari esa Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
🎗1-o‘rin – 40 million so‘m;
🎗2-o‘rin – 25 million so‘m;
🎗3-o‘rin – 20 million so‘m;
🎗4-o‘rin – 10 million so‘m;
🎗5-o‘rin – 5 million so‘m.


Tanlovda ishtirok etish istagidagi talaba-yoshlar o‘zi tahsil olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.

📌 Tanlov nizomini o‘qish

🔵Tanlovning ta’lim muassasasi bosqichi joriy yilning 17-yanvarida bo‘lib o‘tadi.

@NavDPI_YI
👍2
#Liga_
#NavDPI_YI
#MVBTF

📣Talabalar diqqatiga...
Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va Boshlang'ich ta'lim fakulteti Bosh koordinatori M.To‘xtosheva tashabbusi bilan zakovat intellektual o‘yining yangi yilgi "Fakultet ligasi"ga start beradi🎯

📚 Har juma
Vaqti 11:00

Shartlar juda oddiy:
1. 6 kishilik jamoa tuzasiz (barcha ishtirokchilar fakultet talabasi bo‘lishi shart)
2. Jamoaga nom qo‘yasiz
3. Ishtirokchilar ism familiyasi avvaldan taqdim etiladi.
Ishtirok etish uchun @madina_anvar0vna profiliga murojaat qilib ro‘yxatdan o'tishlari mumkin.

‼️Reglament o‘yin boshlangach tushuntiriladi.
G‘oliblar diplom va sovg'alar bilan taqdirlandi🎁🎁🎁

Bizni kuzatishda davom eting👇

@NavDPI_YI @MVBTF
Forwarded from 🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿 (Akmal Zokirov)
https://gamma.app/

Qadrli kuzatuvchilar sizlar uchun maxsus slayd taxlab beradigan sunʼiy intellektni biz topdik🤩

Bizni kuzating va doʻstlaringizni taklif qiling👇

@NavDPI_YI
Forwarded from Deleted Account
#NavDPI
#Yoshlar_ittifoqi

🇺🇿 NavDPI Yoshlar ittifoqi BT Kengashi tashabbusi bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi” hamda "Vatanparvarlik oyligiʼʼ doirasida “Yangi Oʻzbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida musobaqa boʻlib oʻtadi.

🎗 Shartlari:
1-shart. Saf chiqishi (1-10 balgacha)
2- shart. Sport oʻyinlari; tosh koʻtarish, anjumaniya, arqon tortish. (Har bir jamoadan sport turlari uchun 1 nafardan jamoa a'zosi ishtirok etadi)
3- shart. Erkin mavzu ( Vatanga muhabbat mavzusida jamoalar chiqishi). (1-10 balgacha)

4- shart. Vatanparvarlik haqida tezkor savol-javob (1-10 balgacha)
5- shart. Sardorlar bahsi. (Ak-74 qurolini vaqtga yoyish va yig‘ish)

📌 Umumiy ballar qo'shilgan holda 1,2,3-o‘rinlar aniqlanadi va munosib taqdirlanadi.

18-yanvar soat 10:00 da institut bosh binosi futbol maydonida bo'lib o'tadi.

Murojat uchun:
@InformatikaMI

Bizni kuzatishda davom eting
👇🏻

@NavDPI_YI
#NavDPI
#Yoshlar_ittifoqi
#Zukko_kitobxon

❗️Hurmatli kitobsevar Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari diqqatiga!

📌Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Navoiy viloyati boʻlimi bilan hamkorlikda "Zukko kitobxonʼʼ tanlovini eʼlon qilgan edi.

Ushbu tanlov 19-yanvar kuni
Soat 14:30da start oladi.
Manzil: Institut Axborot-resurs markazi

☎️Murojaat uchun:
@Akmal_Najmiddinovich

📞Tel: +998 94 253 68 68

Bizni kuzatishda davom eting 👇

@NavDPI_YI
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum azizlar? Qoʻldan kelguncha yordam qilaylik!!!
8600 3104 2986 7070
Jasurbek
😢2
#NavDPI
#Yoshlar_ittifoqi
#DIQQAT_TANLOV!

Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi Kengashi tomonidan tanlov e'lon qilamiz!

🎓 Mazkur tanlovda Ibrat platformasi orqali xorijiy tillarni o‘rganib, eng ko‘p sertifikatga ega bo‘lgan institut talaba-yoshlar soni boʻyicha Respublikamizda 2-oʻrinda ketmoqdamiz🤩 Barchamiz birlashib roʻyxatdan oʻtishda Navoiy davlat pedagogika institutini belgilab roʻyxatdan oʻtib Sertifikatni qoʻlga kiritsak albatta 1-oʻringa chiqamiz

Quyidagi tillardan Sertifikat taqdim etiladi

Ingliz tili
Rus tili
Turk tili

📌 Tanlov 1-fevralga qadar davom etadi. Sertifikatni qo'lga kiritib kitoblarga ega bo'ling! Sertifikatlarni @Lider_Zokirov ga tashlab berasizlar

➡️ Havola — IOS

➡️ Havola — Android

Bizni kuzatishda davom eting 👇

@NavDPI_YI
#diqqat_tanlov

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovida qatnashing va o‘z iste'dodingizni namoyon qiling!

💠Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida Respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi e’lon qilinadi.

➡️Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

🔹Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar mazkur sayt orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki Inkubatsiya va akaseleratsiya markaziga murojaat qilishlari so'raladi.

☎️Qo‘shimcha ma’lumot:
@oybek_abduraimov
+998997564934

Bizni kuzatishda davom eting 👇

@NavDPI_YI
#NavDPI_YI
#Yoshlar_ittifoqi

Navoiy davlat pedagogika instituti maqolalar tanlovini eʼlon qiladi!

Institutning barcha talabalari uchun tashkil etilgan ushbu tanlovda Taʼlim-tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidagi maqolalar qabul qilinadi.

Maqolalar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
• maqola mavzusi
• maqola muallifi toʻgʻrisida maʼlumot
• maqola annotatsiyasi
• tayanch soʻzlar
• kirish
• mavzuga oid adabiyotlar tahlili
• tadqiqot metodologiyasi
• tahlil va natijalar
• xulosa va takliflar
• foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
•maqola matni "Times New Roman" da 14 kegelda boʻlishi
• qatorlar oraligʻi 1 intervalda boʻlishi
• maqola matni sahifasining barcha tomonidan 2smdan iborat masofa qoldirilishi
• maqolaning maksimal hajmi 16 betdan oshmasligi, minimal hajmi 6 betdan kam boʻlmasligi
• foydalanilgan adabiyotlar soni 5-10tadan iborat boʻlishi lozim.


Maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida tegishli fan mutaxassisining rasmiy taqrizi bilan qabul qilinadi.

Har bir yoʻnalish boʻyicha eng yaxshi deb topilgan 3ta maqola mualliflari diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishidagi eng yaxshi 3ta maqola institutning " Elektron taʼlim" jurnalida, Tilshunoslik yoʻnalishi boʻyicha eng yaxshi 3ta maqola " XXI asr tilshunosligi: tahlil va talqin" jurnalida chop etiladi.

Maqolalar 2023 yil 25 dekabridan 2024 yil 10 fevralgacha boʼlgan muddatda navdpiilmiy@mail.ru elektron manzilga yuborilishi soʼraladi

Murojat uchun:
+998933196500

Bizni kuzatishda davom eting... 👇

@NavDPI_YI
🔥1
👍2
Forwarded from Deleted Account
#NavDPI
#Yoshlar_ittifoqi
#MVBTF
#talabalar_hayoti

🔰 Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti koordinatori M.To‘xtosheva hamda fakulteti tyutori Oybarchin Kurbonova tomonidan ijarada turadigan fakultet talaba qizlarining sharoitlari o'rganilib ularning bo‘sh vaqtlarida qanday mashg'ulotlar bilan bandligi haqida suhbatlar olib borildi. Suhbat jarayonida ularga to'g'ri tavsiyalar berilib, kamchiliklar haqida suhbat qildi.


Suhbat so‘ngida, talabalar taklif va muammolari o‘rganildi, kerakli maslahatlar berildi. Institut va fakultetning yangilik va tanlovlari haqida ma'lumot berildi.

Bizni kuzatishda davom eting👇

@NavDPI_YI @MVBTF
👍1
#NavDPI
#Yoshlar_ittifoqi
#Tanlov

🇺🇿 Navoiy davlat pedagogika instituti Mir Alisher Navoiyning 583 yilligi munosabati bilan videoroliklar tanlovini e'lon qiladi.

📽 Tanlovda ishtirok etish uchun Alisher Navoiy ijodiga mansub gʻazal yoki sheʼriy baytlardan ijro etib, ishtirokchining oʻzi koʻringan holda video koʻrinishida taqdim etish kerak.

📌 Tanlov g'oliblari kanal obunachilari tomonidan ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.

📚 G'oliblar institut rahbariyati tomonidan
1-o'ringa 30 ta kitob,
2-o'ringa 20 ta kitob,
3-o'ringa 15 ta kitoblar jamlanmasi hamda diplom bilan taqdirlanadi.

Tanlov 7-fevraldan 10-fevralga qadar davom etadi.

Tanlovda ishtirok eting va sovrin sohibiga aylaning!

Bizni kuzatishda davom eting

@NavDPI_YI
Forwarded from 🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿 (Akmal Zokirov)
#NavDPI
#Yoshlar_ittifoqi

📣EʼLON
Muddatli harbiy xizmatni o'tab imtiyozli o'qishga qabul qilingan talabalar uchun yangilik!

👉 Ittifoq tanlovlarida, sport musobaqalarida hamda fan olimpiadalarida ishtirok etganmisiz?
👉 Siz ittifoqning Oliy ta'lim muassasalaridagi yoshlar kengashida faoliyat olib borasizmi?
👉 Kontrakt to'lovini to'lashga qiynalyapsizmi?


📈 O'quv fanlarini 71% va undan yuqori ko'rsatkichga o'zlashtiring, to'lov-kontrakt summasining 35%ini Yoshlar ittifoqi tomonidan to'lab berilishiga erishing!

📌Hujjatlarni qabul qilish 13-fevraldan 26-fevralgacha davom etadi. Kechikgan hujjatlar qabul qilinmaydi.

🏢 Batafsil ma'lumot uchun Navoiy davlat pedagogika institutining Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotiga murojaat qiling.


+998938303354

Bizni kuzatishda davom eting👇

@NavDPI_YI
Forwarded from 🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿 (Akmal Zokirov)
#NavDPI
#Yoshlar_ittifoqi
#QvZ

🫡Hurmatli kulgu shinavandalari Navoiy davlat pedagogika instituti fakultetlari o‘rtasida "Quvnoqlar va Zukkolar" ko‘rik tanlovi "Rektor kubogi" start beramiz.........!

Bizni kuzatishda davom eting👇🏻

@NavDPI_YI
#NavDPI
#Yoshlar_ittifoqi
#Humo_volontyorlari

🛎 19-mart kuni soat 09:00 da Navoiy viloyati qon quyish markazida
“MEN-DONORMAN” xayriya qon topshirish aksiyasi bo‘lib o‘tadi!

💉 Donorlik tartibi:
- 18 - 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar (pasport bilan),
- 1 kun avval achchiq, sho‘r mahsulotlar, spirtli, gazli yaxna ichimliklar, ertalabki nonushtada tuxum, yog‘, sut iste’mol qilmasligi,
- sariq kasalga chalinmagan, D ro‘yxatda turmasligi lozim.

♦️ Aksiyada siz ham faol ishtirok eting!

❣️Unutmang sizning bu ezgu amalingiz bir bemorning hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etishi mumkin!

Murojaat uchun: @Kamronbek0801

📞Telefon raqam:
+998 93 478 91 10

Bizni kuzatishga davom eting👇

@NavDPI_YI
@NavDPI_HUMO
Forwarded from Navoiy kundaligi
#ENG_FAOL_REKTORGA_OVOZ_BERING!

Oliy ta'lim muassasalari faoliyatini namunali yo‘lga qo'yish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashda munosib hissa qo'shib kelayotgan "Eng faol rektor"ga ovoz bering!

🏆 Mazkur so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plagan oliy ta’lim muassasasi rektori Navoiy viloyati Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 3 million so‘mlik kitoblar jamlanmasi va maxsus statuetka bilan taqdirlanadi.

❗️Eslatib o‘tamiz: So‘rovnomada ovoz berish 26-aprel 18:00 gacha davom etadi.