Orziyev blog's
2 subscribers
576 photos
50 videos
5 files
116 links
Download Telegram
#Talabalar_haftaligi
#Shashlik_day

INSTITUTDA PAZANDALIK TANLOVI: “SHASHLIK DAY” OʻTKAZILDI


🏛Navoiy davlat pedagogika institutida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli tanlov, tadbirlar orqali yangi-yangi qobiliyatlarni kashf qilish hamda ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish an’anaga aylangan.

“Talabalar haftaligi-2023” loyihasi doirasida institutning 1-sonli talabalar turar joyida “shashlik day” pazandalik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

✔️Unda 11 ta fakultetdan talaba oshpazlar six kabobning turli ko‘rinishlarini tayyorlashdi hamda hakamlar tomonidan baholanib, eng mazzalisi aniqlandi. 🥇-o’ringa Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti munosib ko‘rildi. 🥈-o‘ringa O‘zbek tili va adabiyoti hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, 🥉-o‘ringa esa Matematika-informatika fakulteti munosib dep topildi.

Ishtirokchilar “talabalar haftaligi” yakunida tantanali taqdirlanadilar.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍2
Forwarded from 🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿 (Akmal Zokirov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NavDPI
#Talabalar_haftaligi

Navoiy davlat pedagogika institutida"Talabalar haftaligi - 2023" "Shashlik day" loyihasi boʻlib oʻtdi.

Bizni kuzatishda davom eting 👇

@NavDPI_YI
#Yoshlar_ittifoqi
#Navoiy_yoshlari
#Turizm

Samarqand bo‘ylab yoshlar sayohati!

🇺🇿Navoiy viloyatidagi Oliy ta‘lim muassasalarining iqtidorli talabalari va viloyat sardorlari uchun Yoshlar ittifoqi tomonidan ichki turizmni keng targ‘ib qilish maqsadida ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil qilindi.
🔰Sayohat davomida yoshlar shaharning tarixiy va diqqatga sazovor joylari, yangi barpo etilgan inshootlari bilan tanishdilar.

➪Bizni kuzatishda davom eting👇🏻
@NavDPI_YI
👍1🔥1
#Talabalar_haftaligi
#Munozara

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari oʻrtasida “Munozara” respublika tanlovining institut bosqichi yakunlandi


1-o‘rin - "Edison" jamoasi (Tarix fakulteti);
2-o‘rin - "Iqro" jamoasi (O‘zbek tili va adabiyoti);
3-o‘rin - "To‘maris" jamoasi (Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim).

Tanlovdan maqsad shuki, mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirishdir.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
#LIVE

Qat’iy fikri va intellektini namoyish qilish salohiyatiga ega talaba-yoshlarimiz o‘rtasida o‘tkazilgan “Munozara” intellektual o‘yinida faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan fakultet talabalaridan iborat jamoalar taqdirlandilar.

Tanlov natijalariga koʻra:
1-o‘rin (3 mln. so‘m) — Tarix fakultetining “Edison” jamoasi;
2-o‘rin (2 mln.so‘m) — O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Iqro” jamoasi;
3-o‘rin (1,5 mln.so‘m) — Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetining “Toʼmaris” jamoasiga nasib etdi.

Ma’lumot uchun, 2022-2023- o‘quv yilida NavDPI talabalari “Munozara” turnirining Respublika bosqichi chempioni bo‘lishgan.


Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍2
Forwarded from Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi (Sorovnoma bot)
#sorovnoma

#yil_bt_jamoasi

SO’ROVNOMA!

🗣O’zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi tomonidan tanlov e’lon qilinadi.

🔔 Joriy yilda Navoiy viloyatidagi qaysi Oliy ta’lim muassasalari yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti jamoasi faol, tashabbuskor va samarali faoliyat olib borgan?

🟦 Tanlovda sizning ovozingiz muhim o’z jamoangiz uchun ovoz bering

🎉So'rovnomada g’olib bo’lgan yetakchilar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi.

🏪 Ovoz berish 20-dekabr soat 22:00 gacha davom etadi.

👇👇👇
ovoz berish uchun

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi
Forwarded from 🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿 (Akmal Zokirov)
#NavDPI
#Yoshlar_ittifoqi
#Zukko_kitobxon

❗️Hurmatli kitobsevar Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari diqqatiga!!! Taʼtil vaqtida sizlar uchun....

📌Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Navoiy viloyati boʻlimi bilan hamkorlikda "Zukko kitobxonʼʼ tanlovini eʼlon qiladi.

☎️Murojaat uchun:
@Akmal_Najmiddinovich

📞Tel: +998 94 253 68 68

Bizni kuzatishda davom eting 👇

@NavDPI_YI
👍1
#Yangi_yil_shukuhi

Yangi yil munosabati bilan Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

🎄Bugun NavDPI Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti talabalari uchun Yangi yil bayrami munosabati bilan badiiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor G’.Yodgorov ochib, ishtirokchilarga bayram tabrigini yo‘lladi.

Dastur davomida talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, raqslar namoyish etildi. Qizg‘in taassurotlarga boy kechgan tadbir barchaga Yangi yil shukuhini ulashdi.

Tadbirda ishtirok etgan talabalarga kitoblar berildi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍4