Orziyev blog's
2 subscribers
576 photos
50 videos
5 files
116 links
Download Telegram
#Diqqat #Tanlov

Hurmatli kuzatuvchilar, professor-o‘qituvchilar va qadrli talaba-yoshlar!

🎗Navoiy davlat pedagogika institutida “Yilning eng faol va tashabbuskor fakultet dekani-2023” ko‘rik tanloviga start berilganini ma’lum qilamiz.

2023-oʻquv yili davomida har jabhada faol va tashabbuskor fakultet dekanini aniqlashda ishtirok eting hamda munosib deb bilgan nomzodingizni qoʻllab-quvvatlang.

So‘rovnoma 10-dekabr soat 23:59 gacha davom etadi.

G’oliblar statuetka, diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

™️@NavDPI_Rasmiy
#Talabalar_haftaligi
#Shashlik_day

INSTITUTDA PAZANDALIK TANLOVI: “SHASHLIK DAY” OʻTKAZILDI


🏛Navoiy davlat pedagogika institutida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli tanlov, tadbirlar orqali yangi-yangi qobiliyatlarni kashf qilish hamda ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish an’anaga aylangan.

“Talabalar haftaligi-2023” loyihasi doirasida institutning 1-sonli talabalar turar joyida “shashlik day” pazandalik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

✔️Unda 11 ta fakultetdan talaba oshpazlar six kabobning turli ko‘rinishlarini tayyorlashdi hamda hakamlar tomonidan baholanib, eng mazzalisi aniqlandi. 🥇-o’ringa Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti munosib ko‘rildi. 🥈-o‘ringa O‘zbek tili va adabiyoti hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, 🥉-o‘ringa esa Matematika-informatika fakulteti munosib dep topildi.

Ishtirokchilar “talabalar haftaligi” yakunida tantanali taqdirlanadilar.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍2
Forwarded from 🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿 (Akmal Zokirov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NavDPI
#Talabalar_haftaligi

Navoiy davlat pedagogika institutida"Talabalar haftaligi - 2023" "Shashlik day" loyihasi boʻlib oʻtdi.

Bizni kuzatishda davom eting 👇

@NavDPI_YI
#Yoshlar_ittifoqi
#Navoiy_yoshlari
#Turizm

Samarqand bo‘ylab yoshlar sayohati!

🇺🇿Navoiy viloyatidagi Oliy ta‘lim muassasalarining iqtidorli talabalari va viloyat sardorlari uchun Yoshlar ittifoqi tomonidan ichki turizmni keng targ‘ib qilish maqsadida ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil qilindi.
🔰Sayohat davomida yoshlar shaharning tarixiy va diqqatga sazovor joylari, yangi barpo etilgan inshootlari bilan tanishdilar.

➪Bizni kuzatishda davom eting👇🏻
@NavDPI_YI
👍1🔥1
#Talabalar_haftaligi
#Munozara

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari oʻrtasida “Munozara” respublika tanlovining institut bosqichi yakunlandi


1-o‘rin - "Edison" jamoasi (Tarix fakulteti);
2-o‘rin - "Iqro" jamoasi (O‘zbek tili va adabiyoti);
3-o‘rin - "To‘maris" jamoasi (Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim).

Tanlovdan maqsad shuki, mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirishdir.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
#LIVE

Qat’iy fikri va intellektini namoyish qilish salohiyatiga ega talaba-yoshlarimiz o‘rtasida o‘tkazilgan “Munozara” intellektual o‘yinida faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan fakultet talabalaridan iborat jamoalar taqdirlandilar.

Tanlov natijalariga koʻra:
1-o‘rin (3 mln. so‘m) — Tarix fakultetining “Edison” jamoasi;
2-o‘rin (2 mln.so‘m) — O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Iqro” jamoasi;
3-o‘rin (1,5 mln.so‘m) — Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetining “Toʼmaris” jamoasiga nasib etdi.

Ma’lumot uchun, 2022-2023- o‘quv yilida NavDPI talabalari “Munozara” turnirining Respublika bosqichi chempioni bo‘lishgan.


Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍2