BOG‘OT TUMANI HOKIMI MATBUOT KOTIBI / MUXABBAT ABDULLAYEVA
84 subscribers
1.05K photos
101 videos
135 links
БОҒОТ ТУМАНИДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ИСЛОҲОТЛАР БИЛАН СИЗЛАРНИ ТАНИШТИРИБ БОРАМАН
Download Telegram
Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
#Hashar_elga_yarashar

“OBOD YURT YOSHLARI” - HASHARDA

Obod yurtning fayzi, tarovati o’zgacha bo’ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko’rkam bo’lishiga zamin yaratadi.

Bugun yurtimiz bo‘ylab, mahallalar obodligi — yurt farovonligiga munosib hissa qo‘shish uchun hasharlar o‘tkazilmoqda.

Bugun ertalabdan Yoshlar ishlari agentligi Bog‘ot tumani tizimdagi barcha xodimlar hashar ishlarini ko‘tarinki ruhda boshlashdi.

Hashar ishlarida Bog‘ot tumani Yoshlar agentligi jamoasi faol ishtirok etib, dam olish maskanlari hududini yovvoyi o‘tlardan tozaladilar, gullarning tagini yumshatdilar, daraxtlarga shakl berib, ariqlarni tozaladilar.
#HASHAR
Bizning sahifamiz:
BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
@bogottumanihokimligikanali
Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#HASHAR
#YOSHLAR

Bog‘ot tumanida “Obod yurt yoshlari” chellenjga start berildi.

Aziz yoshlar!
Yurtimiz ozodaligi va obodligi yo‘lida birlashaylik!

Yoshlar ishlari Agentligi Bog‘ot tumani bo‘limi boshlig‘i
Otajon Matniyazov: «Biz obod va go‘zal yurtimiz bilan faxrlanamiz!»
@bogottumanihokimligikanali
Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
QAROR IJROSI AMALDA

🔰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Bog‘ot tumani hokimining maslahatchisi F.Usmonova tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashida va tashkilotlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

📝O‘rganishlarda mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida mas'ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
@bogottumanihokimlugikanali
#SEMINAR

Bog‘ot tumanidagi “Azimboy, Azizbek, Azamat” fermer xo‘jaligi dalasida 2024 yil hosili uchun g‘alla ekish ishlarini tashkil etish bo‘yicha  seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Respublika Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Rustam Qarshiyev, tuman hokimi Jahongir Nazarov va agrar soha mutaxassislari ishtirokchilarga don ekinlarini belgilangan muddatlarda ekish uchun yerni tayyorlash, yaxlit konturlarni tanlash, mavsumda zarur bo‘ladigan moddiy-texnika resurslarini o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib berish, boshoqli don ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va fermer xo‘jaliklarining manfaatdorligini oshirish borasida tushuntirib o‘tdilar.

Seminar ishtirokchilari  g‘alla ekishga tayyorgarlik ishlari va bu jarayonga jalb etilgan texnikalar bilan ham tanishish bilan birga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Ma’lumot o‘rnida: tumanda 2024 yil hosili uchun 10 ta hududda jami 72 ta fermer xo‘jaliklari hamda 1 ta klaster tomonidan 3000 gektar maydonga g‘alla ekish rejalashtirilgan.
@bogottumanihokimligikanali
#Islohotlar_amalda

Bog‘ot tumanidagi mahallalarda ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

Gulshan mahallasidagi chang, tuproq yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizilayotganidan aholi mamnun bo‘lmoqda.

Kun davomida olgan fotoreportajimiz orqali Bog‘ot tumani yo‘lsozlari tomonidan amalga oshirilayotgan jarayonlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali