BOG‘OT TUMANI HOKIMI MATBUOT KOTIBI / MUXABBAT ABDULLAYEVA
79 subscribers
1.05K photos
101 videos
135 links
БОҒОТ ТУМАНИДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ИСЛОҲОТЛАР БИЛАН СИЗЛАРНИ ТАНИШТИРИБ БОРАМАН
Download Telegram
#DALALARDAN_FOTOREPORTAJ

BOGʻOTDA TILIMI TILNI YORADIGAN QOVUNLAR YETISHTIRILMOQDA

Yurtimiz tuprog‘ining har qarichi oltinga teng.

Mubolag‘a bilan aytganda, umid bilan tuprog‘iga bir tayoq suqilsa, albatta, unib chiqadi.

Serquyosh zaminimizning sahovati bilan pishib yetilayotgan har bir ne’matning ta’mi-tarovati betakror.

Ayni paytda yer bilan “tillashadigan” bobodehqonlarimiz «Raximboy, Dilmurod, Shahzodbek», «Sanjar Mirzo bog‘i», «Jayhun zamini” fermerlarining dalalariga borsangiz betakror qovun hididan ko‘nglingiz yayraydi.
— Saxiy quyoshimiz taftidan tobora ko‘rkamlashib borayotgan yurtimizning sharbatga to‘la, g‘arq pishib yetiladigan meva-chevalari mo‘l bo‘lgan bog‘lariga, turfa qovun-tarvuzlari yetilayotgan polizlariga boqqan kishining bahri-dili ochiladi, — deydi «Raximboy, Dilmurod, Shaxzodbek» fermeri rahbari Doniyor Raximboyev. — To‘g‘ri, bizning sharoitimizda mo‘l hosil yetishtirishning mashaqqati ko‘p, sababi yerlarimiz ishlov va parvarishni ko‘p talab qiladi. Ammo quyosh issig‘i nisbatan kuchli bo‘lganidanmi, pishib yetilgan hosil shiraga, darmondoriga kon bo‘ladi. Shuning uchundir, Bog‘ot polizkorligida azaldan “tilimi tilni yoradigan” qovun-tarvuz yetishtirilgan. 15 gektar dalada qovunning ko‘kcha, gulobi, bo‘rikalla navli qovunlarni Turkiyadan keltirilgan serhosil gilos ko‘chatlarini ekilgan dalaga ekdik. Mana qovunlar ko‘zni quvontiradi. Qovun, tarvuz, loviya, sabzi, sholg‘om bir dalada pishib yetilmoqda. Qovunning 1gektaridan sof 60 million so‘m foyda qilyapmiz, eksport qilishga shaylab qo‘yibmiz. Qovunchilik ilmining bilimdonlari, olimlarning fikrlarini ham tinglab bormoqdamiz. Qovunchilik - eng serdaromad soha ekanini bilganimdan, Bog‘ot qovunlari savdosi bo‘yicha jahonga chiqish rejalarini tuzganman va albatta bunga erishaman. Suhbatimiz jarayonida 11,5 gektar dalaga qovun ekkan «Jayhun zamini» fermer xo‘jaligi rahbari Xolmurod Sodiqov, 5 gektar dalada eng shirin qovunlarni yetishtirgan «Sanjar Mirza bog‘i» fermerining yosh, shijoatli rahbari Doniyor Jumaboyev, usta dehqon Oybek Xudayberganovlar qovunchilikda erishayotgan muvaffaqiyatlarining asl siri mehnatda ekanini aytib o‘tdilar.

Ha, darhaqiqat, qovunchilik - eng daromadli va foydali soha ekanligini anglagan fermer va dehqonlarimizning mehnatlari orqasidan dasturxonlarimiz to‘kin-sochin, bozorlarimiz arzon bo‘lmoqda.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YO'LI OBODNING - KO'NGLI OBOD
07.08.2023

📲@XorazmTELEKANAL✔️

📲DASTURNING HD versiyasi👇
https://www.youtube.com/c/XORAZM24

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali
Bog‘ot tumani doimiy aholisining tarkibi


📊 2023- yilning 1- iyul holatiga Bog‘ot tumani aholisi soni 173935 kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,9 %ga o‘sgan.


Batafsil ...

Rasmiy sahifalar

Facebook | Telegram
Uzum yetishtirishda Bog‘ot tumani yetakchi

📊Xorazm viloyati bo‘yicha joriy yilning 6 oyida 1156 tonna uzum yetishtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,6 %ga oshgan.


Batafsil ...

Rasmiy sahifalar

Facebook | Telegram
Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
#Kitob_javoni_har_bir_xonadonga

MA’RIFATLI OILA - MUSTAHKAM VA FAYZLI OILA

Bugungi go‘zal, betakror, tinch va farovon hayotimizga bayramlar, to‘ylar, alyoru - allalar yarashadi. Bog‘otning to‘ylari biri-biridan go‘zal urf-odatlar, an’analarga boy tarzda o‘tkaziladi.

O‘zbek xalqi yillab topgan tutganlarini to‘y, yaxshi kunlar uchun yig‘adi, to‘playdi, xalqqa osh, to‘y-tomosha qiladi.
Butun viloyatimiz bo‘ylab an’anaga aylanayotgan shunday noan’anaviy to‘ylardan biri Bog‘ot tumani Galaba mahallasida istiqomat qilayotgan Razzoqovlar oilasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu oila qizlari Risolat Razzoqovaga to‘y kunida kitob javoni, oila ilmi, ota-onalik, kelin-kuyovlik ilmi bilan sayqallangan kitoblar to‘plamini  sovg‘a qilib, kitobxonlik bo‘yicha savobli tashabbusni davom qildirishdi.

Darhaqiqat, yangi hayotga qadam qo‘ygan yosh oila hayoti ilmu-ziyo bilan boshlanadi. Kitob bilan yangi xayot boshlayotgan oilaning albatta baxtli yashashiga ishonamiz.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali