MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI
8.81K subscribers
1.01K photos
323 videos
104 files
1.41K links
Bilaman, taxminan shunday o'ylaysiz,
Shoirlar devona, tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamday sevolmaydilar...
𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧

Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii
Download Telegram
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Qilichbek Madaliyev - Aytilmagan Qoʻshiqlarim

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
UZR
_________________________________________
Biz bahorga oshiq boʼldik, kuzdan uzr,
Xazonlarda qolib ketgan qizdan uzr,
Har ne o'tsa bizdan o'tdi, bizda gunoh,
Tug'ilmagan qo'shiqlarim, sizdan uzr…
_________________________________________
Sog'inchlarga singil bo'ldi suyukli yor,
Men merovga na mehr bor, na ko'ngil bor,
Ozroq ilhom, ko'proq sharob qildi xumor…
Tugʼilmagan qo'shiqlarim, sizdan uzr.
_________________________________________
Tilimdan bol tomdi boqib olamga goh,
Bir shirin so'z aytolmadim bolamga goh,
Yillab barmoq bosolmadim qalamga goh,
Tugʼilmagan qo'shiqlarim, sizdan uzr.
_________________________________________
Yo'lim qarab jayron ko'zi tolib ketgan,
Goh dalada daydi shamol olib ketgan,
Goh andisha ayvonida qolib ketgan,
Tug'ilmagan qo'shiqlarim, sizdan uzr.
_________________________________________
Dili borga dildan dardim to'kkanim rost,
So'z boshida bosh egib tiz cho'kkanim rost,
Gohi jonni avaylagan - qo'rqqanim rost,
Tug'ilmagan qo'shiqlarim, sizdan uzr.
_________________________________________
O'ksimasin zardob to'la ko'ngilchangiz,
Daryo-daryo ko'z yoshim bor cho'milsangiz,
Men ham mashhur bo'larmidim, tug'ilsangiz,
Tug'ilmagan qo'shiqlarim, sizdan uzr.
_________________________________________
Yuragimning tagidasiz yalpizdan pas,
Goh o'ylayman - shundoq qo'lim uzatsam bas!
Yuzingiz bir ko'rmay sira o'lgim kelmas…
Tug'ilmagan qo'shiqlarim, sizdan uzr.
_________________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Ohunjon Madaliyev ijrosi
🎤 Alisher Qosimov ijrosi
🎤 Qilichbek Madaliyev ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
TUNDA SHEʼR AYTISHDIK KAPALAK BILAN
______________________________________
Tunda she'r aytishdik kapalak bilan,
Yalpizni alqadim,
Gulni alqadim.
Yonimga sudralib kelib bir ilon
Koʼzoynak ostidan boqdi.
Payqadim.
______________________________________
Quvdi yolgʼiz oʼshal hamxonamni u.
Quvdi parilarni quvgan kabi dev.
Hurkitib yuborib parvonamni u
Bo'ynimga oralib oldi:
Meni sev!..
______________________________________
Chimzor.
Chimildiqda sovuq yor quchdim.
Poʼstin gilam qilib mehrobga qoqdim.
Koʼzimni chirt yumib,
Kechalari jim
Men uni oʼpganda –
U meni chaqdi.
______________________________________
Chaqdi.
Chaqaverdi zahri soʼnguncha.
Chaqdi goh bilagim,
Goh yuragimni.
U qancha chaqsa men tirildim shuncha.
Shuncha eslayverdim kapalagimni!..
______________________________________
Oʼtmishni unutdim bir tushda goʼyo,
Oʼshal chimzordagi koshonamni ham.
Ilon malikadan qutuldim,
Ammo,
Endi topolmasman parvonamni ham.
______________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
***
Ulug' bir zotdan shogirdlaridan biri:
— Hazratim, mening gunohim ko'p, bu holda qiyomat kuni holim ne kecharkin? — deb so'radi.
— Sen cho'pon bo'lsang, qo'ylaring orasida bir oqsoq, majruh qo'y bo'lsa nima qilarding? — so'rabdi ulug' zot.
— Uni tashlab qo'ymasdim, qolganlariga qo'shib, olib kelardim, — debdi shogird.
Shunda ustozi aytdi:
— O'g'lim, sen vazifangni ixlos-la bajar, Alloh karamlidir. Biiznillah, biz-da qarab turmasmiz...

Jaloliddin Rumiy
“40 rivoyatga sharh”

@S.....
Forwarded from O'qing_bu_ qiziq 😂👍 (Qiziq_bot)
28 феврал 2020 йил, жума
Forwarded from JaNNaTiM ONAM
🍃🌸🍃
Ҳақиқат

▪️1000 сўмлик пулни эҳсон қилсак роса кўпга ўхшайди-ю, бозорда жуда камдек туюлади…

▪️Бир соатлик Аллоҳнинг зикри жуда узоқ чўзилганга ўхшайди-ю, телевизор олдидаги бир соат сезилмай ўтиб кетади …

▪️Дуо қилаётганда керакли сўзларни тополмай қийналамиз-у, оғайни-улфатлар билан гаплашганда сўзга чечан бўпкетамиз…

▪️Футболда қўшимча вақт камроқ берилса, жаҳлимиз чиқади-ю, Жума хутбаси озгина чўзилса, шикоят қиламиз…

▪️Қуръоннинг бир порасини ўқиш роса қийин бўлади-ю, бирорта романнинг 100 бетини бир пасда ўқиб чиқамиз…

▪️Концерт залларида одамлар биринчи қаторлардан жой олишга уринишади-ю, масжидда охирги сафга қочишади…

▪️Қуръоннинг бир оятини ёдлаш роса мушкул бўлади-ю, бекорчи миш-мишларни оқизмай-томизмай тарқатиб юрамиз…

▪️Олди-қочди газеталарда ёзилган нарсаларга ишонамиз-да, Аллоҳнинг каломи оятларига ишонишимиз қийин кечади…

▪️Кўпчилик ҳеч нима қилмай, ҳеч нарсага ишонмай, Жаннатга кириш истагида бўлади...

Каналимиздан узоклашманг

👇👇👇👇

http://telegram.me/joinchat/AAAAAD-P8ken1Vdg4I7QWg
Forwarded from JaNNaTiM ONAM
​​Ажиб қабристон

Қадимда бир қабристон
Мавжуд эди хўп улкан,
Кирган киши ҳайратдан
Ёқасин ушлар экан -

Чунки унда тошларга
Берилмас экан ҳеч зеб,
Ёзилганди «бир, икки...»
«Нари борса уч йил» деб!

Дуч келарди нигоҳлар
Бунда ажиб сирларга -
Жуда ошиб борганда
«Беш йиллик умрлар»га...

... Бир кун бу ҳол сирини
Англаёлмай, бир қатор
Шогирдлар Устозидан
Сўраб кўрдилар такрор:

«Бунча кам яшаганлар,
Гўдакларми бу ерда?»
Устоз ўйчан боқиб-ла
Ажиб сабоғин берди:

«Ёзилмаган бу тошга
Инсоннинг тўлган умри,
Бунда ёзилган фақат
Яхшилик қилган умри!»

Юрак-юракка етиб
Борди Устоз сўзлари,
Кейинги васиятдан
Ёшга тўлди кўзлари:

- Мен ўлсам, - дерди Устоз,
Тош қўйманг зийнату зеб,
Қабримга ёзинг фақат
«Туғилдию, ўлди!» деб!

Эзгулик-ла яшаган
Умрим менинг нолга тенг!
Шу боис, туғилгану
Дарҳол ўлган эди, денг!!!»

Бир шогирд шунда ногоҳ
Жавоб топибди тезда:
«... Унда биз аниқ ўлик
Туғилган эканмиз-да?!»

Тожиддинов Абдуссомад Абдулбосит ўғли

Каналимиздан узоклашманг

👇👇👇

http://telegram.me/joinchat/AAAAAD-P8ken1Vdg4I7QWg
Forwarded from 📚ONA TILI — MILLAT RUHI.🌿 O‘ZBEKISTON FILOLOGLARI🕊 (Dilshod Nur (official))
Bahor keldi..

Maysalarga kirib qoldi jon
Bo'rtmoq uchun izlaydi imkon
Tuproq isi yelib har makon
Yurtga bahor keldi onajon,

Zarrin quyosh nurlari o'tkir
Qor bag'ridan bosh ko'tardi qir
Soy suviga ochayapman sir
Yurtga bahor keldi onajon

Go'zallarning sochi jamalak
Yomg'irdan so'ng chiqqan kamalak
Bahoriy his o'rtaydi yurak,
Yurtga bahor keldi onajon

O'tloqlarni sog'indi yelkam
Kaftimni quch lolajon erkam
Tark etmoqda yuragimni g'am
Yurtga bahor keldi onajon

Ko'z suzadi endi boychechak
Doshqozonda qaynab sumalak
Mayin havo, ko'klamdan darak
Yurtga bahor keldi onajon.

Muallif: Dilshod Nur. 29.02.2020
https://t.me/joinchat/AAAAAFjvIiPaNiSb7wYjTA
Forwarded from Nuriddin Mo'sojonov | Shaxsiy rivojlanish va zamonaviy darslar (✵࿆࿆ 🅗ᴀ࿆s࿆ᴀ࿆ɴ࿆ᴊ࿆ᴏ࿆ɴ࿆࿆࿆ 🅢ᴀ࿆ɪ࿆ᴅ࿆࿆ᴏ࿆ᴠ࿆࿆࿆ ✵࿆࿆)
🗓 Bugun: 1-mart sadoqat va erk kuychisi Zulfiyaxonim Isroilovaning 105 yillik yubileyi va bahorning ilk kuni...🌸

📲 @Elektron_Kutubxona
Forwarded from Nuriddin Mo'sojonov | Shaxsiy rivojlanish va zamonaviy darslar (✵࿆࿆ 🅗ᴀ࿆s࿆ᴀ࿆ɴ࿆ᴊ࿆ᴏ࿆ɴ࿆࿆࿆ 🅢ᴀ࿆ɪ࿆ᴅ࿆࿆ᴏ࿆ᴠ࿆࿆࿆ ✵࿆࿆)
Zulfiya hayoti va ijodi haqida ma'lumot.doc
109 KB
Forwarded from Nuriddin Mo'sojonov | Shaxsiy rivojlanish va zamonaviy darslar (✵࿆࿆ 🅗ᴀ࿆s࿆ᴀ࿆ɴ࿆ᴊ࿆ᴏ࿆ɴ࿆࿆࿆ 🅢ᴀ࿆ɪ࿆ᴅ࿆࿆ᴏ࿆ᴠ࿆࿆࿆ ✵࿆࿆)
zulfiya she'rlari.pptx
5.2 MB
Forwarded from Nuriddin Mo'sojonov | Shaxsiy rivojlanish va zamonaviy darslar (✵࿆࿆ 🅗ᴀ࿆s࿆ᴀ࿆ɴ࿆ᴊ࿆ᴏ࿆ɴ࿆࿆࿆ 🅢ᴀ࿆ɪ࿆ᴅ࿆࿆ᴏ࿆ᴠ࿆࿆࿆ ✵࿆࿆)
Zulfiya she'rlari.apk
649.9 KB
Yana bahor hokim
Zulfiya
Zulfiya Isroilova
🎧 "Yana bahor hokim"

📲 @Elektron_Kutubxona kanaliga ulanish
Forwarded from O'qing_bu_ qiziq 😂👍 (Qiziq_bot)
2 март 2020 йил, душанба
Forwarded from Наука|Факты|Мифы
Ey bechora inson! G‘ururga, man-manlikka berilma. Qorga o‘xshab butun yer yuzini qoplab yuborsang ham quyoshning chiqishi bilan yo‘q bo‘lib ketasan!

©Mavlono Rumiy

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Forwarded from Наука|Факты|Мифы
​​Ey avf etishni sevadigan Robbim!
Sen koʻz yoshlarimni art, qalbimga tasalli ber, koʻnglimga xotirjamlikni tushir.
Bu qiyinchiliklarda ham bir xayr bor albatta. Xayrli mashaqqatlarimni men uchun suyukli qil.
Qilgan duolarim xuddi kechaga sochilgan yulduzlar kabi, hayotimni oydinlatsin.
Gʻam tashvishli onlarimda meni xursand qil.
Johilman, nihoyatda johilman.
Ibtidoim ham, intihoim ham Sen boʻl!


©Jaloliddin Rumiy

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Bahor
Ziyoda
Shu qoʻshiq bahorni juda yaxshi xis ettiradi-da-a... ☺️

🎵 Ziyoda “Bahor”

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..