MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI
8.77K subscribers
1.04K photos
325 videos
104 files
1.41K links
Bilaman, taxminan shunday o'ylaysiz,
Shoirlar devona, tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamday sevolmaydilar...
𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧

Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii
Download Telegram
23 феврал 2020 йил, якшанба
Barcha ishni ertaga qoldirdik,ammo ertaga ulguramizmi...?

Erta bizga vafodorlik qilarmikin...?

Savollar ko'p lek javob yo'q...!

Hechqisi yo'q.

#taqdirni
#Allohga
#Havola
#etganimiz
#bor

#...🌸
@muhammad_yusuf_ijodi ❤️
Sen shunday sukut saqlab sabr qilginki,insonlarning minglarcha so'zi seni 1 soniyalik sukutingga teng kela olmasin!
Hilal🌊
@muhammad_yusuf_ijodi
Xayotda asosiysi bu oila!

Ishing _ uyingda kutmaydi

Puling _ko'z Yoshing artmaydi

Amaling _ Sen Bilan to Abad birga bo'lmaydi...!

Niyat qilganlar #layk bosishni unutmang 👨‍👩‍👧‍👦 🥰🥰


   @muhammad_yusuf_ijodi 

Mαhzυη qαlblαr  mαηzιlι   💫
Agar inson oʻzin tuproqdan ustun bildi – Shaytondir!

@muhammad_yusuf_ijodi – didimiz bir!..
Bir hakim zotdan: "Nima uchun sizga yomonlik qilgan kishidan oʻch olmaysiz?", deb soʻrashdi.
Donishmand tabassum bilan javob berdi: "It meni tishlasa, men ham uni tishlashim kerakmi?"

@muhammad_yusuf_ijodi – didimiz bir!..
Insonlardagi go'zallik bu - yuzdir, yuzdagi go'zallik esa - ko'zdir. Ammo, insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan - so'zdir.

Rumiy

@muhammad_yusuf_ijodi
Forwarded from Nuriddin Mo'sojonov | Shaxsiy rivojlanish va zamonaviy darslar (✵࿆࿆ 🅗ᴀ࿆s࿆ᴀ࿆ɴ࿆ᴊ࿆ᴏ࿆ɴ࿆࿆࿆ 🅢ᴀ࿆ɪ࿆ᴅ࿆࿆ᴏ࿆ᴠ࿆࿆࿆ ✵࿆࿆)
Abdulla Oripov - Sohibqiron.pdf
8.1 MB
Forwarded from Наука|Факты|Мифы
Bir narsa aniq: hech qachon ertaga kelmaydi. Bugun esa, doim biznikidir.
Shunday ekan, ertani kutmang, oʻtningizdan turing...


@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Forwarded from Chiroyli So'zlar (🦅C̸R̸E̸A̸T̸O̸R̸ G̸R̸E̸A̸T̸🦅)
Assalomu alaykum!!!
Hayrli tong Hurmatli kanalimiz a'zolari.

📅 Bugun: 24.02.2020 yil

Bugungi kuningiz hayrli va barakali bo'lsin. Ishlaringizga omad. Kanalni kuzatishda davom eting.

Kanalga a'zo bo'ling👇

https://t.me/joinchat/AAAAAFlMpFZWT2b-zn33wQ
Forwarded from Наука|Факты|Мифы
Dunyo o‘zi nima?!
— G‘amxona...
Kimdir mol istar, kimdir go‘zal yor, yana kimdir uy-joy...
Alloh Jalla va A’lo imtihon qiladi, qolgani esa bir bahona...
Qul deganing sabrli bo‘lsinki, kamolotga erishsin...
"Yaxshi emas" demoqlikga qanday haddimiz bo‘lsin.
Har qanday holatimizga Allohga shukrlar bo‘lsin!

Hazrati Shams Tabreziy quddisa sirruhu

@Taqdir_bitiklari – didimiz bir!..
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Jahongir Otajonov - Otam Oʻgitlari (Jonli ijro Konsert version)

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
UNUTISH
_____________________________________
Otam o‘gitlarin unutmoqdaman,
Unutyapman sekin, o‘zimni oqlab.
Sen kimning o‘g‘lisan? Kimning o‘g‘lisan?
Ortimda imonim yurar so‘roqlab...
_____________________________________
Men kimni aldadim. Ilk yolg‘onlarim,
Soxta tabassumim kimga ataldi?
Menga shuhrat tutgan xushomadlarim
Otamning qabriga tig‘day qadaldi.
_____________________________________
Otam o‘gitlarin unutmoqdaman,
Unutyapman ozg‘in yuz, qo‘llarini.
Ter hidi anqigan beqasam chopon,
Ketmoni, yaktagi yamoqlarini.
_____________________________________
Toleidan mamnun jufti halolim,
Tilla tishlarini ko‘rsatib kular.
Mening ko‘nglim bilan ishi yo‘q sira,
Suratimni izlab kitob titkilar.

Men esa otamni unutmoqdaman...
_____________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Jahongir Otajonov ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
OLIFTA QIZLARGA YOQMAGAN SHEʼRIM
____________________________________
Ko‘ngil shodligiga yo‘qdir nihoya, 
Jonimni allalar tug‘ilgan yerim. 
Salom, ota makon va bedapoya
Olifta qizlarga yoqmagan she’rim!
____________________________________
Sen o‘sha — o‘shasan, dilkashu mo‘min
Dunyoni o‘ylaysan shudgorni kecha. 
Yuzingdan suv oqib tinmaydi bir kun,
Ko‘zingdan arimas tashvish bir kecha.
____________________________________
Men esa yashadim olisda bebosh, 
Tilla sirg‘alarning jarangi aro. 
O‘sdi, o‘saverdi yurak — xarsangtosh, 
Bolangga o‘xshamay turibman, qara. 
____________________________________
Kelaman bittalab terib loy yo‘ldan 
Oltin yoshligimning suratlarini... 
O‘rdaklar uchadi og‘rinib ko‘ldan, 
Oftobga tutgali ho‘l patlarini. 
____________________________________
Ko‘ngil shodligiga yo‘qdir nihoya, 
Endi qadring bildim tug‘ilgan yerim, 
Salom, yaydoq dala va g‘o‘zapoya — 
Olifta qizlarga yoqmagan she’rim!..
____________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Yulduz Usmonova - Aytinglar

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
***
_____________________
G‘irot mingan Go‘ro‘g‘li
Bobom qani, aytinglar,
Qo‘ng‘irotlik Alpomish
Og‘am qani, aytinglar?..
_________________________
Tustovuqday tovlangan
Olam qani, aytinglar,
Ko‘lda kiyik ovlangan
Dalam qani, aytinglar?..
_________________________
Kokillari yer o‘pgan
Sanam qani, aytinglar.
Kuyib ketgan jonimga,
Malham qani, aytinglar?..
_________________________
Dardim aytsam tushungan
Odam qani, aytinglar?..
_________________________
Ko‘nglim gulday ezilib,
Ko‘zimga yosh to‘lyapti.
Eh, quyoshga osilib,
Botib ketgim kelyapti!
_________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Yulduz Usmonova ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Bosmachilik — Turkistonda sovet
hokimiyati va bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borilgan qurolli harakatga shoʻro hukumati davrida berilgan rasmiy nom
"Bosmachi" soʻzi aslida turkiy "bosmoq" (hujum qilmoq) feʼlidan yasalgan. Xalq oʻrtasida "bosmachi" deb harbiy birlikka aloqasi boʻlmagan  jinoyatchi unsurlar, oʻgʻri va bezorilar tushunilgan. Shuningdek birovlarning yurtini bosib olgan bosqinchilarni ham "bosmachilar" deyish mantiqan toʻgʻri keladi. 1918-yilning boshidan 1919-yil oʻrtalarigacha boʻlgan arxiv hujjatlarida "bosmachi" soʻzi uchramasdan, uning oʻrniga "qaroqchi", "bosqinchi" iboralari qoʻllanilgan. 1919 yilning oʻrtalaridan boshlab avval vaqtli matbuotda, soʻngra rasmiy hujjatlarda "bosmachi" va "bosmachilik" iboralari keng ishlatilgan. Bu iboralar milliy ozodlik harakatining mohiyatini soxtalashtirish, ajdodlarimizning sovet rejimi va bolsheviklar hukmronligi hamda qizil armiyaning bosqinchilik siyosatiga qarshi olib borgan qurolli kurashlarini niqoblash uchun buyuk davlat shovinistlari tomonidan oʻylab topilgan hamda "banditlik", "qaroqchilik" degan soʻzlar bilan asossiz ravishda bir qatorga qoʻshilgan.

1979—89-yillarda SSSRning Afgʻonistondagiintervensiyasiga qarshi afgʻon xalqining olib borgan ozodlik kurashi qatnashchilarini ham dastlab sovet matbuoti "bosmachilar" deb nomladi. Keyinchalik oʻz vatanining mustaqilligi uchun kurashgan afgʻon mujohidlari "dushmanlar" deb ataldi.

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎤 Xayrulla Xamidov - Bosmachilar

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi