MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI
8.47K subscribers
1.06K photos
328 videos
104 files
1.41K links
Bilaman, taxminan shunday o'ylaysiz,
Shoirlar devona, tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamday sevolmaydilar...
𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧

Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii
Download Telegram
Бир хислар ўрмалар жонни танг этиб,
Ақлу хуш аролиқ, алҳол, жанг этиб,
Кўзимга дунёни турфа ранг этиб,
Яна соғинтириб келдингми баҳор…

Новдалар титранар, бахтдан масту лол,
Бир нажиб саллона, тун кезар ҳилол.
Жоним нимталайди бежавоб савол,
Яна соғинтириб келдингми баҳор…

Қай бир юракларда, эҳтирос янги,
Ишққа,
Муҳаббатга иқтибос янги,
Кўнгилда пўртана,
Гулдурос янги,
Яна соғинтириб келдингми баҳор…

Бу кун дарахтларнинг туйғуси яшил,
Ғунчаларнинг латиф, кулгуси яшил.
Юракнинг соғинчи, қайғуси яшил,
Яна соғинтириб келдингми баҳор…

Мадина Муҳаммад

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
#QORA_QUYOSH

- Umr nima, ey odam?
- Umr yo'ldir bir quloch.
- Armon nima, ey odam?
- Armon ham bir ehtiyoj.

- Omad nima, ey odam?
- Ayvondagi qaldirg'och.
- Orzu nima, ey odam?
- Bo'ldi, mening qornim och...

- Yolg'on nima, ey odam?
- Yolg'on — o't o'smas dala.
- Haq nimadir, ey odam?
- Haqiqat — yetim bola...

- Sevgi nima, ey odam?
- Sevgiga yo'q hafsala.
- Baxt nimadir, ey odam?
- Baxt — bir kosa atala...
Tolkosada atala...

- Tolkosa nima, ey odam?
- Tolkosa hayot, jo'ra.
- Atala nima, ey odam?
- Stalin bobongdan so'ra!..

http://T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
#QORA_QUYOSHdan

Saqovni qamashdi,
Saqov dushmanni,
Siyosiy savodsiz,
Anqov dushmanni...

Qamashdi,
Bir kunda,
Paysalga solmay.
Aybi aniq edi,
Aybi ma'lum edi,
U dohiy otini
To'g'ri aytolmay,
Hammaning oldida,
"Ishtalin" dedi!

Soqchiga mo'ltirar
Saqov,
Qaltirar,
O'ldirishar endi,
Uni o'ldirar.

Qoldi uy,
Qoldi — g'urbatxonasi,
G'urbatxonasida —
Qari onasi.
Yana bir zot ketdi
Shunday qilib —
Saqovning boshiga
Yetdi o'z tili...

O'rmonda otishdi,
Qor edi qalin.
Yiqildi.
Xayqirib,
Yashashin Ishta-lin!

Saqovni otishdi,
Anqovligi uchun.
To'g'rirog'i —
Tug'ma
Saqovligi uchun.

Qirq yil bo'ldi bunga.
Ellik yil bo'ldi-yov.
Mana endi,
Saqovning onasi —
Haqiqiy saqov!..

Saqov duduq edi
Munday olganda.
Tillashsa bo'lardi
O'lmay qolganda.

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
#QORA_QUYOSHdan

"Sibirdagi sargardonlik yillarim bir hamyurtim bilan uchrashib qoldim. Yig'lab ko'rishdik. Hol-ahvol so'rashdik. Men uni ham o'zimga o'xshab beayb badarg'a bo'lganlardan biri ekanligini sezib tursam ham so'radim:
— Sizni nega qamadilar, birodar?
— Sulaymon Azimovning "dumi"san, deb!
— Kimning-kimning?
— Aytdim-ku, Azimovning...
Anchadan keyin biroz o'zimga kelib, sekin yoniga borib yelkasidan quchdim:
— Uni tanisizmi?
— Yo'q, ko'rmaganman...
— Unda keling, tanishvolaylik, – dedim. – Menman o'sha siz aytgan odam!.."
Markazqo'mning sobiq kotibi Sulaymon Azimovning xotiralaridan.

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
Audio
📝 Xuddi, senga yo'qdek keragim...
Muhammad Yusuf
🎙 Guli Ikrom qizi
@Gulijon_ijod

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
#QORA_QUYOSHdan

O'ttiz yettinchi yil kashfi sizga mana —
Erkaklarga alohida qamoqxona,
Ayollarga alohida qamoqxona,
Bolalarga alohida qamoqxona...
O'ttiz yettinchi yil kashfi bular bari –
Ko'rinmas-u daxshat solib sharpalari,
Kelsa – yaqin kelmay, ketsa – ketmay nari,
Izg'ib yurar LEVRINTIY*ning laychalari.

Bu o'lkada endi norg'ul yigitlar yo'q,
Boyqushlar bor, kalxatlar bor –
Burgutlar yo'q,
Ne-ne Suloymonlar, Abdulhamidlar yo'q,
Qaytarmikin? Qaytmog'iga umidlar yo'q...

Bedarak yo'qoldi qancha odam, esiz,
So'roqlarda o'ldi qancha odam, esiz,
Qiynoqlarda o'ldi qancha odam, esiz,
Sirtmoqlarda qoldi qancha odam, esiz...

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
#QORA_QUYOSHdan

* * *
"Singlim Rohatxon! Uyğunnikiga borib, narsalarimni ol. Madamin Davronning uyida paltom bor. Ibrohim Nazirnikida etigim ham. Shularni olib kelib menga kirgizib yubor. Ketadiganga õxshayman..."
Toshkent qamoqxonasi.
1937-yil. Usmon Nosir.


Vatan gar dilda jo bõlsa,
Ne istar u bajo bõlsa.
Kim bilsin, kim bilsin agar,
Mening jonim fido bõlsa-
Tirik yurgaymidi hozir,
Usmon Nosir, Usmon Nosir.

Baxil bõyin egmish qachon?
Oqilga kun tegmish qachon?
Kim bilsin, kim bilsin, agar,
Yomonga ham jazo bõlsa-
Tirik yurgaymidi, hozir,
Usmon Nosir, Usmon Nosir.

Ğanim har kimda bor, ğanim,
Ğanimga yõq gapim manim.
Kim bilsin, kim bilsin, agar,
Dõst-u yorda vafo bõlsa-
Tirik yurgaymidi, hozir,
Usmon Nosir, Usmon Nosir.

Joningdanaylanay, yurtim,
Shoiring kõp ekan, kõrdim.
Kim bilsin, kim bilsin, agar,
Ulardan bir sado bõlsa-
Tirik yurgaymidi hozir,
Usmon Nosir, Usmon Nosir.

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
#QORA_QUYOSHdan

...Uning uchun qamoqxonada eng tansiq narsa qog'oz edi. U hamma joydan faqat qog'oz qidirardi. Bir daqiqa sayrga olib chiqishsa, devorlar tagida sarg'ayib, g'ijim bo'lib yotgan bir parcha qog'oz topib olib, boshi osmonda, yana zax xonaga qaytardi. Tergov paytida ham ilinji shu.
Ovqat paytida ham.
Ana shunday ming mashaqqatlar bilan yiqqan qog'ozlari bir kuni qo'lyozmaga aylandi. Endi uni nima qilib bo'lsa ham tashqariga, odamlarga yetqazish zarur edi. Lekin qanday qilib?
U turma boshlig'iga murojaat qildi. Meni qabul qilishingizni so'rayman, deb qayta-qayta so'rayverdi. Nihoyat boshliq zerikdi. Qahraton qish kunlarining birida boshliq issiq pechka oldida, oyoqlarini chalkashtirib o'tirib, uning arzini tingladi.
— Sizdan o'tinib so'rayman. Shu qo'lyozmani odamlar o'qisin. Mayli, keyinroq, oqlanib ketsam yoki...
— Bu yoqqa ber, – dedi boshliq o'rnidan turmay. Soddadil adib unga qo'lyozmani uzatdi.
Boshliq qo'lyozmani oldiyu gurullab yonib turgan pechkaning ichiga otdi... U yana o'sha zax va qorong'i xonada o'ziga keldi. "Bu ablaxning oldiga meni kim boshlab bordi? Oyoqlarimmi? Men ularni hoziroq kesib tashlayman. Nahot shuncha xo'rliklarni ko'rib ham ko'zim ochilmadi! Nahot, bu boshda zarra aql bo'lmasa? Nahotki, u meni jalloddan yordam so'rab borishga undadi! Hozir... Hozir!.." U dast o'rnidan turib, yugurib borib, zarb bilan boshini devorga urdi. Urdi va yana uraverdi. Joni chiqib ketguncha uraverdi!..
Kim edi bu adib? Qodiriymi?.. Cho'lponmi? Yoki Usmon Nosirmi?!.

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
#QORA_QUYOSHdan

Qisqagina umr ko'rib, uzoq yashab kelayotgan zotlarga qarang...

Ahmad Yugnakiy

Tushimga kirdi Qodiriy bobom,
Bemador, bemajol, behol, beorom.

Egniga eski bir to'n kiyib olgan,
(Sheneldir balki u, kimdardir qolgan).

O'sha to'n egnida pohol ham borday,
Bobomning yuzlari oqargan qorday.

Yo'q, yuzi somonga o'xshaydi uning,
Charaqlab turuvchi ko'zi to'la mung...

Tushimga kiradi Qodiriy bobom:
Tur deydi, muncha ko'p uxlading, bolam.

Boq, bu dam aylanib jo'xorizoring,
O'rog'ing qayraydi onaizoring.

U o'rib bo'lguncha risq-u zaringni,
O'ynatib tur chiqib, ukalaringni.

Va mening salomim ayt, der ularga –
Bobosin sog'ingan musichalarga...

Tushimga kiradi Abdulla bobom.
Oh oltin bobom-a, voh tilla bobom.

Qaro yer qarida qon yig'lab qolgan,
Akmal Ikrom bobom, Fayzullo bobom!

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
#QORA_QUYOSHdan


O'lgan o'ldi-ketdi.
Hech kim qaytmaydi.
Nega?
Nima uchun?
Bu ham muammo.
Tarix saqov kampir,
Dardin aytmaydi,
Aytolmas,
Unutib ham bo'lmas ammo.

Mana,
Qodiriyni qilishar so'roq:
"O'tgan kunlar" degan she'r siznikimi?
— Xa.
Ammo u she'r emas...
— Jim bo'ling, ahir.
She'rmi yo boshqami, avtori siz-da.
Tamom.
Boshqa gapga qolmaydi hojat.
Tergovchi – payg'ambar,
Tergovchi – xudo.
Temir zotdan kelgan buyruq – ijozat,
O'zbek yana bitta o'g'lidan judo.

Aybi shuki...
Aybi...
Kim bilsin buni,
Balki, juda noyob iste'dodidir.
Otishdimikin yo osishdi uni?
Balki, hukm ijrochisi jodidir.

Jodi deganlarin bilishmas yoshlar,
Bilmagani ma'qul bundan keyin ham.
Jodi orasiga tushganda boshlar
Odam...

Ko'zimga yosh to'lar mana shu yerda.
Qo'ynimga tosh to'lar mana shu yerda.
Ko'zimga tor bo'lib qoladi olam,
Oh, oltin bobom-a, voh tilla bobom...
O'tgan kuning qursin, Abdulla bobom!

Muhammad Yusuf
T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
#QORA_QUYOSHdan

O'y yomon.
O'y yomon qiynar odamni.
Ilondek yurakni kemirar mal'un.
Urushdan chalajon qaytgan otamning
Qirq yilki, tilidan tushmas STALIN...
OTA, qo'ying, deyman.
Otajon, qo'ying.
Umringiz o'tmoqda kimga ishonib?
Temir kosov bilan ko'zimni o'ying,
Faqat bir iltimos,
Gapirmang o'shani!..
Yer esa aylansin,
Yumushi mo'l Yer.
Oqar yuzlaridan,
Marjon-marjon ter...
O'ylayman zaminda
Eng baxtiyor zot –
Yoki akademik,
Yoki besavod.

Biri o'qiganin tahlilin so'rmas,
Biri o'qishga ham urinib ko'rmas...
O'y yomon, o'y bu – jar,
Bu jar qorong'u.
"Qayt bolam!.."
Otamning so'zlarimikin?
Bu zulmat qa'rida yongan ne yog'du,
Fayzullo bobomning ko'zlarimikin?

"Sen nima bilasan,
Farzandi nodon,
Urushda yurtingni asrab qoldi kim?.."
Ishonch qanday unvon,
Ishonch qanday shon,
Ul buzrukvorimga nima ham derdim.

O'lgan o'ldi-ketdi.
Endi qaytmaydi.
Nega?
Nima uchun?
Bu ham bir jumboq.
Ota xatosini o'g'il aytmaydi,
Aytolmas,
Unutib ham bo'lmas biroq...

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
#Diqqat
Uzoq kutilgan tanlov!

"Muhammad Yusuf" nomidagi jamoat fondi va Muhammad Yusuf ijodi telegram kanali "O'zbekiston yoshlarining milliy-ma'naviy meroslari" loyihasi doirasida "Muhammad Yusuf merosini o'rganamiz" mavzusida Respublika oliy ta'lim muassasa talabalari va yoshlar o'rtasida #tanlov e'lon qiladi.

Tanlov 3 yo'nalishda:

1) Muhammad Yusuf xotirasiga bag'ishlangan she'rlar;

2) Muhammad Yusufga atab chizilgan suratlar;

3) Shoir she'rlaridan tayyorlangan audio va monologlar; shaklida @Muhammad_Yusuf_ijodi telegram kanalida o'tkaziladi.

Ijodiy ishlaringizni 25-martga qadar @Muhammadmurodovxatbot manziliga ism-sharifingiz va o'zingiz tahsil olayaotgan Oliy talim muassasangiz nomini keltirilgan holda #tanlovga heshtegi ostida yo'llashingiz mumkin.


G'oliblar 31-mart kuni har bir yo'nalishdan eng ko'p ovoz (👍like) olgan 2ta, eng ko'p ko'rilgan (👁️‍🗨️prasmotr) 2ta va hakamlarga ma'qul kelgan 2ta ijodiy ishlardan aniqlanadi va Muhammad Yusuf tavalludining 68yilligi arafasida diplom, sertifikat, estalik sovg'alar hamda Muhammad Yusufning she'riy to'plamlari bilan taqdirlanadi.

📌Tanlov tashkilotchisi Nazira as-Salom.

Tarqating:

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI pinned «#Diqqat Uzoq kutilgan tanlov! "Muhammad Yusuf" nomidagi jamoat fondi va Muhammad Yusuf ijodi telegram kanali "O'zbekiston yoshlarining milliy-ma'naviy meroslari" loyihasi doirasida "Muhammad Yusuf merosini o'rganamiz" mavzusida Respublika oliy ta'lim muassasa…»
#QORA_QUYOSHdan

— Otang qani, bolam-ov?
— Otam Sibirga ketgan.
— Onang qani, bolam-ov?
— Onam ham birga ketgan...

— Akang qani, bolam-ov?
— U dunyoda uxlaydir.
— Ukang qani, bolam-ov?
— Ko'krak so'rab yig'laydir...

— Singling qani, bolam-ov?
— Singlim yotar chalajon.
— O'g'lim bo'lgin, bolam-ov,
— Noniz bormi, onajon?!

— Ukamni ne qilamiz?
— Echki suti beramiz.
— Singlimni ne qilamiz?
— Tutmayiz yediramiz...

— Choliz qayda, enajon?
— Cholim Sibirga ketgan.
— O'g'liz qayda, enajon?
— O'g'lim ham birga ketgan.

— Enajonim, enam-ov,
Endi nima qilamiz?
— Enang o'lsin, bolam-ov,
Bir kunimiz ko'ramiz!..

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
#QORA_QUYOSHdan

Yillar ham ko'chmanchi qaldirg'ochlardek,
Kelar,
Ketaverar,
Miq etmay, beun.
Dunyoda men yolg'iz sig'ingan odam
Elimdir mahzun.
O'ylayman ufqlar ortidan bir kun,
U asta bo'ylar-u
Ko'z tushar ko'zga:
Begunoh uzlatga ketganlar uchun
Kim javob beradi, o'rtoqlar bizga?..

Men nima degandim,
Nima degandim,
Kelarni qilgandim u kun vasiyat?
Hurmatli yurtdoshlar,
aziz boshingizga,
Stalin – o'zingiz topgan musibat!..

O'lgan o'ldi-ketdi,
Hech kim qaytmaydi.
Nega?
Nima uchun?
Bu ham bir jumboq.
Tarix saqov kampir
Dardin aytmaydi,
Aytolmas,
Unutib ham bo'lmaydi biroq...

Muhammad Yusuf

T.me/MUHAMMAD_YUSUF_ijodi
#tanlovga 1
📝 Tug'ilmagan qo'shiqlarim...
🎤 Allaberganova Rayhon
Toshkent Davlat Transport Universiteti talabasi

@Muhammad_Yusuf_ijodi
Audio
#tanlovga 2

📝 Biz baxtli bo'lamiz...
🎤 Shuhratov Shahzodbek

@Muhammad_Yusuf_ijodi
#QORA_QUYOSHdan

Fayzullo Xo'jayev marsiyasi

Qadim Buxoroga laylaklar keldi,
O'zingiz qaydasiz, Fayzullo bobo?
Rivoyatlar keldi, ertaklar keldi,
O'zingiz qaydasiz, Fayzullo bobo?..

Biz-ku ertakni ham surgaymiz ko'zga,
Mushtoqmiz xabarga, mushtoqmiz so'zga,
Hammadan ham ko'proq mushtoqmiz sizga,
O'zingiz qaydasiz, Fayzullo bobo?

Boboyurt bog'lari sizdan xotira,
Chaqnoq chiroqlari sizdan xotira,
Ko'z yosh buloqlari sizdan xotira,
O'zingiz qaydasiz, Fayzullo bobo?

Qo'ymadik joyiga, e'zozingizni,
Aytmay ketdingiz-ku dil rozingizni,
Tinglab yurarmiz-u ovozingizni,
O'zingiz qaydasiz, Fayzullo bobo?

Yig'lar SAMARQANDga sirdosh BUXORO,
Minorida uxlar quyosh BUXORO,
Ibn Sinolari talosh BUXORO,
O'zingiz qaydasiz, Fayzullo bobo?

Tuproqning insonga tortiqlari ko'p,
Tortig'idan jonga og'riqlari ko'p,
Gullagan Vohaning notiqlari ko'p,
O'zingiz qaydasiz, Fayzullo bobo?


Qadim Buxoroga laylaklar keldi,
O'zingiz qaydasiz, Fayzullo bobo?
Rivoyatlar keldi, ertaklar keldi,
O'zingiz qaydasiz, Fayzullo bobo?!

MUHAMMAD YUSUF

T.ME/MUHAMMAD_YUSUF_IJODI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shoir qalbi boshqacha bo'ladi. Birgina she'r uni larzaga keltirib yuborishi mumkin.
Ayniqsa muallif tilidan aytilganda o'zgacha ruh, turfa xislar junbushga keladi...

Birgina she'r insonni ruhan hayotga qaytarishi mumkin. Ko'proq she'r tinglab turing.


Muhammad Yusuf "O'zbekiston"
.....Бўлса бас

#tanlovga

«Ўзбекистон ҳалқ шоири Муҳаммад Юсуфга»



Мақтовларга учмас дейдилар,
Унинг номи ўчмас дейдилар,
Бевафони қучмас дейдилар,
Шоир мол-у, дунё истамас.
Тилда ширин калом бўлса бас.

Юракка чўғ солар сўзлари,
Яхшиликни кўзлар кўзлари,
Ёруғ бўлса бўлди юздари,
Шоир мол-у, дунё истамас.
Қўлда қоғоз, қалам бўлса бас.

Сотмас асло дилда орини,
Ёдда сақлаб ҳар он ёрини,
Шерга тизар дилда борини,
Шоир мол-у, дунё истамас,
Унга лутф-у карам бўлса бас.

Ҳафа бўлмас инсон зотидан,
Жумла битиб ҳар бисотидан,
Ажралмайин оппоқ отидан,
Шоир мол-у дунё истамас,
Муҳаббати олам бўлса бас.

Ҳаёт нима? Билмоқлик учун,
Халққа хизмат қилмоқлик учун,
Жаннат томон жилмоқлик учун,
Шоир мол-у, дунё истамас,
Унга қоғоз, қалам бўлса бас!


Ҳосилбек Искандаров.


@Muhammad_Yusuf_ijodi