MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI
8.47K subscribers
1.06K photos
328 videos
104 files
1.41K links
Bilaman, taxminan shunday o'ylaysiz,
Shoirlar devona, tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamday sevolmaydilar...
𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧

Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii
Download Telegram
UYQUDAGI QIZ

Qaro yerga qo‘yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Ko‘zlariga to‘lib yosh,
Hur qizgina uxlaydi.

Yotar qurib darmoni,
Mangu uxlar gul yanoq.
Ko‘ngli to‘la armoni,
Qo‘yni to‘la qizg‘aldoq...

Bu dunyoda hech sendek
Qiz yo‘q edi, tur, singlim,
O‘zing orzu qilgandek
To‘y qilamiz, yur singlim.

Oy yuzingga bir nafas,
Harir ro‘mol o‘rarsan.
Gul-gul yonib muqaddas,
Chimildiqqa kirarsan...

Qaro yerga qo‘yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Nurxon otli qalamqosh,
Hur qizgina uxlaydi.

Muhammad Yusuf

t.me/Muhammad_Yusif_ijodi
DUNYO

Menga boqib miyig‘ida kulgan dunyo,
Meni tuproq, o‘zni osmon bilgan dunyo,
Seni momom cho‘miltirgan yuvib-tarab,
Seni bobom tetapoya qilgan, dunyo!..

Ey, o‘tmishdan o‘tgan kunin so‘ramagan,
O‘zbek borsa kim qo‘liga qaramagan?
Botirlari qul bo‘lishga yaramagan,
Suluvlari bo‘yniga osilgan dunyo!

Moziy manim borimni yod etib siylar,
Dilin obod, ruhlarin shod etib siylar.
Shoh G‘azzoliy, shoh Tabriziy, shoh Rumiylar...
Chorig‘ini yelkasiga ilgan dunyo!

Sen sig‘ingan-o‘sha jondin ortiq senga
Tojmahal ham bir bobomdan tortiq senga.
Kulma menga, iddaolar qilma menga-
To‘qqiz kunda Temur bosib olgan dunyo!

Yuzlaringni yoritgan shu sharq ziyosi,
Dardlaringni aritgan shu sharq ziyosi.
Sinoning etagin o‘pib Ovruposi,
Amriqosi Beruniydan qolgan dunyo.

Mening ko‘shkim ko‘kda-unga yetmaydi qo‘l,
Mening ko‘rkim ko‘ngil, unga eltgay bir yo‘l,
Tirikman men, kel istasang muridim bo‘l-
Sen Islomdan iymon darsin o‘rgan, dunyo!..

Muhammad Yusuf

t.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
BESHINCHI O'G'IL

Yetmish yulduz yig'ilib
Yarim oycha to'lolmas,
Yetti yanga yig'ilib,
Bitta ona bo'lolmas,
Ona tirik eshikka
G'iybat yaqin yo'lolmas,
Mening esa bag'rim qon,
Vayronaman, Onajon...

Garchi biz yosh, g'o'r edik,
Siz bor-biz ham zo'r edik,
Bir mayizni besh o'g'il
Teng bo'lishib yer edik,
Goh talashsak, haq so'zni
Onam aytsin der edik,
Tushmi endi u zamon,
Hayronaman, Onajon...

Tirik yursa volidang
Toqqa kuching yetarkan,
Onang o'lsa boshingdan
Oftob o'tib ketarkan,
Jindekkina alam ham
Tog'dek botib ketarkan,
Ko'ksim to'la ming armon,
To'lg'onaman, Onajon...

Onasiz uy-oysiz tun
Ekan endi o'ylasam,
Qalbni o'rtar dardlarim,
Qay birini so'ylasam?
Sizsiz ko'cham befayz,
Halovat yo'q uyda ham,
Farishtasi tark etgan
Ostonaman, Onajon...

O'zing uchun o'l yetim,
O'rda ham men, qirda ham.
Ko'ylagimda tugma yo'q,
Tugma bo'lsa, kir-yoqam.
To'rt yangamga qo'shilib
Turtkilaydi to'rt og'am,
O'z uyimda jonajon,
Begonaman, Onajon...

Ko'ngil o'zin tutingan
Bir mehribon qo'msaydi,
Dunyoda bir odamga
Siring aytib bo'lsaydi,
Onasizni do'sti ham,
Dushmani ham aldaydi,
Ayting axir, men kimga
Ishonaman, Onajon...

Yo'qligingiz qadamda
Turar shunday bilinib,
Non yopmaysiz tonglari
Menga kulcha ilinib,
Sarg'ayarman sarg'aygan
Rasmingizga termulib,
Ziyo istab zor qaqshar
Parvonaman, Onajon...

Uy to'rida tol beshik -
Akam yotgan, men yotgan,
Sherdek-sherdek kelbatli
Besh o'g'ilga asqatgan,
Qaytib kirib bo'lsaydi
Bo'lardim jon deb qaytgan!..
Men bu joyni hammadan
Qizg'onaman, Onajon.

...Yashayapman sharpadek
Sezilmay goh, sezilib.
Gohi ko'kka intilib,
Gohi yerga egilib,
Sog'inganda she'r yozib
Yuraklarim ezilib -
El ichra bir shoiri
Devonaman, Onajon.


Muhammad Yusuf

@Muhammad_Yusuf_ijodi
ONAMGA

Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Har baloni ko‘rib yorug‘ dunyoda,
Toshkanni ko‘rmagan bechora onam,
Bolang bo‘lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o‘g‘il bo‘ldimmi!..

Garchi bisotingda "bayram" so‘zi yo‘q,
Bilaman, kutasan sandal to‘la cho‘g‘,
Menda yurak deganlarin o‘zi yo‘q:
Men sovg‘a beraman qiz yo‘q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o‘g‘ilmi, onam?..

Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh eslab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi havas...
Axir, mening dardim She'r emas faqat,
Men mashhur shoirmas - mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o‘g‘ilmanmi, ayt?..

Sha'ningga she'r bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz cho‘kib, qo‘lingni o‘psin.
Undan ham ulug‘im borligin ko‘rsin,
Men uchun ham aziz holingni so‘rsin,
Sensiz g‘arib ko‘nglim ko‘ngilmi, onam,
Endi men ham senga o‘g‘ilmi, onam!..

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_yusuf_ijodi
YURAK BILAN SUHBAT

-Sohib dilim, nega kunda yig‘layverasan,
Nega yig‘lab hiq-hiq, yuragimni tig‘layverasan?
-Kunda shu hol, do‘sti halol, hayronman men ham,
O‘pkam to‘lib ketar bir kun yig‘lamay qo‘ysam.
-Xavotirdamisan, onaizoringdanmi,
Yo do‘stingdan kuyganmisan, yo yoringdanmi?
-Onam o‘lgan... Bu ikkisi jumboq men uchun,
Ikkovi ham menga ko‘rsatur kuchin.
Shunday damlar yig‘lamasdan yozolmayman she'r,
Senga nima, to‘xtab yurib, urib turaver.
-Sohib dilim, mayliga-yu, ko‘p yig‘laysan-da,
Qarab tursam hech bir yayrab sen kulmaysan-da?!
-Men shunaqa yig‘loqroqman, hamma biladi,
Faqat... o‘lsam yig‘lamayman, uyat bo‘ladi.

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
BIR KECHA

Bir kecha bexosdan uyg‘onib ketsam,
Yig‘lab o‘tiribdi yuragim yum-yum.
Cho‘chib turdim: senga nima bo‘ldi, erkam,
Nimaga yig‘laysan,
Men nima qildim?

Unday desam bo‘lmas,
Bunday desam ko‘nmas,
Chekdim. Chiqib sekin hovlini kezdim.
Hamma yulduz so‘ndi. Bir yulduz so‘nmas -
Ko‘zimga mo‘ltirab turar ilk sevgim.

Yulduzdan ham olis o, sen buyuk g‘am,
Bugun o‘zing yo‘qsan faqat yonimda.
Hijron kuyin chalib qon o‘rnida ham
Armon aylanadi joni tanimda.

O‘ylayman. O‘ylayman, o‘ylarim uzun,
Qo‘lim qisqa, sevgim, bo‘ylarim uzun,
Endi sen men uchun eng uzun ertak,
Endi meni yolg‘on qiynar bu yurak!..

Chekaman. Tutunga to‘ladi xona,
Ilk sevgim mo‘ralar to‘rt burchagidan.
Men dalli, yuragim mendan devona -
Yotmayman, deb yig‘lar par to‘shagingda.

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_yusuf_ijodi
Senga zor kimlar
Muhammad Yusuf
* * *

Kimgadir dardlaring to‘king kelarkan,
Kimdandir berkitging kelarkan sirlar,
Kimnidir yuraging yaxshi ko‘rarkan,
Sen kimga zorsan-u, senga zor kimlar.

Birovlar husningga bo'lib mahliyo,
Bebaho qadringga achinmas bir dam.
Yoqtirgan odaming òtar beparvo
Sen kimga zorsan-u, senga zor kimlar.

Gohida pul tutar keltirib ģashing,
Bilmaydida zarga uchmaydi hurlar.
Noto‘ģri tushunar bitta qarashing,
Sen kimga zorsanu senga zor kimlar.

Qanoting qayrilsa suyanguchim deb
Yerdagi odamni ataysan pirlar.
Baxtsiz ular qildi o'ylaydi hadeb,
Sen kimga zorsanu senga zor kimlar.

Mehrga muhtojing bosmaydi qadam,
Unga hatto bitasan she'rlar.
Odam bilan bo'ling tirikku odam.
Sen kimga zorsanu senga zor kimlar.....
​​OT HAQIDA OQ QO‘SHIQ

Suyganim tulpor edi,
Tillo yoli bor edi.
Og‘aynilar, ot menga
Ham do‘stu ham yor edi.

Yolin o‘psam, cho‘k tushib,
Kaftimdan suv ichardi.
Chuh desam, yer changitib,
Bulut bo‘lib uchardi.

Nazdimda yer keng yaylov,
Ko‘k yaylovga o‘xshardi.
Uchar otim poyiga
Osmon yulduz to‘shardi.

Uyimizga bir kuni
Qarindoshlar to‘lishdi.
Chaqmoqtuyoq toyimdan
Ayirmoqchi bo‘lishdi.

Otam: ulg‘ayding o‘g‘lim,
Uylanmasang or, dedi.
Qiz turganda yigitga,
Otga nima bor, dedi!..

Suyganim tulpor edi,
Tillo yoli bor edi.
Og‘aynilar, ot menga
Ham do‘stu ham yor edi.

Ot oldidan boshlandi
Chimildiqqa yo‘lakcha.
O‘ksinma yor, ne qilay,
Otga mehrim bo‘lakcha...

Oftob botmay og‘rinib
Yo‘l poyladi dildorim.
Kelin kelgan kechadan
Arazladi tulporim.

Men ularga yolvorib,
Ne deyishni bilmayman.
Qiz qo‘lini qo‘yvorib,
Ot yolini silayman.

Bormi bizdek oshiqlar;
Bahorimda kuz yig‘lar.
Qizni quchsam ot yig‘lar,
Otni quchsam qiz yig‘lar.

Bir bor o‘psam xotinni,
Uch bor o‘pdim otimni!
Qoldim ikki o‘t aro
Kimga aytay dodimni...

Suyganim tulpor edi,
Tillo yoli bor edi.
Kelinchakka bu uyda
Ayting nima bor edi.

Yotib qoldi ot bir kun
Otxonada majolsiz.
Otim o‘lsa—siz xursand,
Ayolsiz-da, ayolsiz!...

Chelak tutsam, qiqirlab
Suv yo‘q deysiz, quduqda.
Tulporimga yovqarab,
Ajalga siz qulluqda.

Tog‘dan giyoh toparman,
To‘shiga to‘shim yoparman..
Tuzalguncha tulporim
Tabiblarga choparman.

Shifo topsa bas, toyim,
Bor bisotim socharman.
Otim o‘lsa, odamdek
Qirq kun aza ocharman...

Qarashmaysiz qayrilib,
Sinovmi bu, nozmi yo.
Xotin jafo, ot vafo,
Deganlari rostmi yo!..

Suyganim tulpor edi,
Bo‘ynida xoli bor edi.
Yorim, sizga bu uyda
Ayting nima bor edi.

...Yorim yo‘lim poyladi
Yot xonada olti oy.
Otim bilan uxladim
Otxonada olti oy.

Bo‘ynin silab seskandim,
Jarohatin topgandek.
Mixlar to‘la tuyog‘in
O‘pdim, qizni o‘pgandek...

Tun. Tush ko‘rdim, to‘lg‘onib
Ot rozimish o‘limga.
Kaftim kuyib suv tutsam,
Igna yog‘di qo‘limga.

Yuraklarim zirqirab,
Bergim keldi jon uzib.
Tumshug‘idan tirqirab
Turar edi qon sizib!

Boshim qo‘yib yig‘ladim,
Tuyog‘iga majolsiz.
Yor, kirdingiz siz xursand,
Ayolsiz-da, ayolsiz...

Suyganim tulpor edi,
Tillo yoli bor edi.
Yorim sizga bu uyda
Ayting nima bor edi.

...Otim ko‘mdim dalaga,
Yodi qoldi ko‘ksimda.
Jovdiragan ko‘zlarin
Dodi qoldi ko‘ksimda.

Suyganim tulpor edi,
Qizday beg‘ubor edi.
Og‘aynilar, ot menga
Ham do‘stu ham yor edi.

Yolin o‘psam, cho‘k tushib,
Kaftimdan suv ichardi.
Chux desam, yer changitib,
Bulut bo‘lib uchardi.

Nazdimda yer keng yaylov,
Ko‘k yaylovga o‘xshardi.
Uchar otim poyiga
Osmon yulduz to‘shardi.

Tillo yoli bor edi,
Bo‘ynida xoli bor edi.
Tilini tushunmasam ham,
Tilida boli bor edi...

Yordan kechdim shu ot deb,
Elga bo‘ldim ermaklar.
Qaydan bilsin ot qadrin,
Ot minmagan erkaklar...

Muhammad Yusuf

@Muhammad_Yusuf_ijodi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«– Ватан нима?
– У шунақа нарсаки, уни айтганингда одам жон беришга тайёр туришинг керак, жонинг чиқиб кетиши керак!»

Нодар Думбадзе

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
* * *

Mana shu - men tug‘ilgan go‘sha,
Uyga yetdim - ariq hatladim.
Shu yerlik bir qizga yoqay deb,
Uzun-uzun she'rlar yodladim...

Yodladimu aytolmay unga,
Bag‘ri dilim to‘ldi dog‘ bilan.
Osmonlarga termulib yotdim,
Tomda singlim qizg‘aldoq bilan.

Osmon deganlari keng ekan,
Bo‘yi bo‘yim bilan teng ekan.
Bu dunyoda dardingiz bo‘lsa,
Yulduzga baxtliman deng ekan...

Hamma yulduz menga mo‘ltirar,
O‘lsam meni savol o‘ldirar.
Ayvondagi qaldirg‘ochlardek
Ular tizilishib o‘ltirar.

Qarang, qanday baxtli bolaman!
Uylarimda gullar uxlaydi.
Ko‘zlarimda jaranglab kulgu
Yuragimda... yo‘lbars... yig‘laydi.

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_yusuf_ijodi
***
___________________________________
Bir kuni
Yoningga kelaman,
Deyman: men sen kutgan bolaman.
Tinglaysan ochilib sen chaman,
Men seni sevaman, sevaman!..
_________________________
________
Kel, deysan. Kun sovuq, o‘tirgil.
Kaftimda laylakqor — atirgul.
Xonangda yugurib-yelaman,
Men seni sevaman, sevaman.
_____________________
____________
Kim u jim kuladi, kuladi,
Bildirmay ermaklar qiladi?
Mayli men g‘alati, telbaman,
Men seni sevaman, sevaman.
_________________
________________
Kel, deysan. O, muncha kechikding,
Yo‘q endi u g‘uncha, kechikding.
Boq yigit, atrofing qahraton...
Men seni sevaman, sevaman.
_____________
____________________
Sen turgan joy endi biy dala,
Qo‘lingda qorako‘z bir bola.
Men endi qo‘shiqmas — nolaman,
Men seni sevaman, sevaman.
_________
________________________
Ayt, mendan ne istar bu odam,
Tikilar, sinarmi irodam?..
Tikilar bir yomon, bir yomon,
Men seni sevaman, sevaman!..
_____
____________________________
Meni yov etmish bor mardum-la,
Labimdan uchmagan bir jumla.
Endi kech, endi ne qilaman,
Men seni sevaman, sevaman!..
_
________________________________
Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
__________________________________
QIZIL OLMA

S. ga

Baland shoxda qizil olma
Pishgan ekan.
Uzib olib qarasam, qurt
Tushgan ekan.

Men olmani irg‘itvorsam,
U dod soldi:
Tashlab ketar ekan meni
Nega oldi?!

Qizil olma, qizil olma,
Men yengildim.
Dunyoi-dun deganlarin
Endi bildim...

Yuragim-ey, seni ne o‘y
O‘rtamoqda?
Sevgiga yo‘l bo‘lsin bizga
Bu chorbog‘da.

Baland shoxda qizil olma
Pishgan ekan...
Bizning boshga shunday savdo
Tushgan ekan.

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_yusuf_ijodi
UNI TANIYSIZ

Siz uni taniysiz,
Tanimay ko‘ring,
To‘xtatadi o‘zi yoqadan ushlab,
She'rlar o‘qib tashlar uzundan-uzun.
Men shoirman deydi
Ko‘ksiga mushtlab...
Tanimay ko‘ring-chi.

Kursiga o‘ltirar choyxonada ham,
Latifalar aytib hiringlar,
Oshni buzibsan-u, akasi, mayli,
Men shoirman, deydi,
Qoshiq beringlar...

Siqilib ketadi har yil bahorda,
Sayrga boradi Shohimardonga.
Sigaret hidini taratib badbo‘y,
Hamzaning ko‘ziga bosib bemalol,
Men shoirman deydi,
Keldim, ko‘rib qo‘y!..

Mening qonim buncha qaynoq bo‘lmasa?
Izzatni bilmadim alp davralarda.
Xafa qilib qo‘ydim shunday "shoir"ni
Bir kuni ruhimni siylab serzarda.

Tamom!
Endi she'rim chiqmaydi, ona,
Ko‘z-ko‘z qilolmaysan yelib-yugurib.
Suyunchi so‘rmaysan cho‘loq otamdan
Yupqa jild kitobim ko‘zingga surib.

Ammo - osmon buncha chiroyli bu tun!
Qarayman, qarayman, ko‘zim to‘ymaydi.
Jimir-jimir qilgan yulduzning bari -
Hammasi singlimga o‘xshaydi!

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_yusuf_ijodi
Atirguldan yumaladi kapalak,
Bir silkinib qo‘ymadi ham gul shoxi.
Jon talashib, qum yaladi kapalak,
Ko‘chdi mening ko‘ksimga-da titrog‘i.

Dunyo kezib, topgani shu gul edi,
Yaproqlari belanchagi zangori.
Tongda uning iforiga qul edi,
Shomda ertak bo‘lib qoldi diydori...

Atirguldan yumaladi kapalak,
Ko‘ngilni bir buzdi. Bo‘ldi xayolni.
Uvolingni kim oladi, kapalak,
Qay qo‘l bilan tutay qotil shamolni?

Oqshom bog‘da unga boqib qoldim lol,
Tushimda ham ko‘rmagandim, bu ne hol -
Bir qanoti yotar edi yerda loy,
Bir qanoti ko‘kda edi - yarim oy...

Atirguldan yumaladi kapalak,
Oq upasi Somon yo‘li butoqda.
Sen ham ketsang kim qoladi, kapalak,
Men yolg‘izman, to‘ti to‘la bu bog‘da.

1994. Muhammad Yusuf.

http://T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
YOLG‘ONCHI YOR

Yolg‘onchi yor, yolg‘onlaring tugar qachon,
Yolg‘on yig‘lab, kuyganlaring tugar qachon,
Qachon menga bir iltifot aylagaysan,
Qachon tugar sitamlaring karvon-karvon,
Yolg‘onchi yor, yolg‘onlaring tugar qachon?..

Majnun bo‘ldim sahrolarda bir soya yo‘q,
Menga oftob - qaroqchidan himoya yo‘q.
O‘ngimda cho‘g‘, so‘limda cho‘g‘, ko‘nglimda cho‘g‘.
Jonim sayyod qo‘lidagi jayron-jayron,
Yolg‘onchi yor, yolg‘onlaring tugar qachon?..

Uzun tunlar bekorga men to‘lg‘onmasman,
Parizodim, seni sevdim, hech tonmasman,
Ming bir kecha ertaging ayt - ishonmasman,
Ishonmay ham ko‘zimda yosh marjon-marjon,
Yolg‘onchi yor, yolg‘onlaring tugar qachon?

Jannat ishvasiga uchib kim chopmagan,
Taqdir mening peshonamga qil yopmagan,
Noshud qulman chaman kezib gul topmagan,
O‘z holimga endi o‘zim hayron-hayron,
Yolg‘onchi yor, yolg‘onlaring tugar qachon?..

Tushunmadim muhabbatning shevasiga,
Ko‘ngil berdim senday qizning nimasiga,
Nega mindim omonat ishq kemasiga,
O‘z umrimni o‘zim qildim vayron-vayron,
Yolg‘onchi yor, yolg‘onlaring tugar qachon!..

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_yusuf_ijodi
ЎЗБЕКЛAРГA

Борган сари гуноҳ тўляпти,
Ҳолимизга ҳамма куляпти,
Бутун дунё турибди ҳайрон,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Бир пайтлари муаллим бўлган,
Етмиш минглаб ҳадислар билган,
Бухорийни тарбия қилган,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Тўғри йўлни кулиб кўрсатган,
Ҳақиқатнинг ўрнин ўрнатган
Навоийга ҳарф ўргатган,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Тинмас кўча-куйда яллалар,
Қайда қолди гўзал паллалар?
Термизийга айтган аллалар,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Элим сочган даври ҳурликда,
Бугун эса тамом хўрликда,
Пешқадамдир порахўрликда,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Султон бўлган, юрак қўлида,
Ҳукм қилган сарой тўрида,
Хизмат қилар Қозоқ ерида,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Заҳар иси келар болидан,
Ҳароми кўп топган молидан,
Туркман, ҳатто, кулар ҳолидан,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Йигитлари топиб "дугона"
Хоҳлаганда қилар жонона,
Қизларига ҳаё бегона,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Шоирлари мансаб талашар,
Пешволарни мақтаб талашар,
Мўминлари мазҳаб талашар,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Отилгандек мисли палахмон,
Ватангадо ҳолида ҳамон,
Рус ерида хор-у саргардон,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Фарзларига амал қилмайди,
Суннатларни писанд илмайди,
Ҳаққин талаб қилиш билмайди,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Бугун ҳайрон Ибн Синолар,
Мавлони ўтказиб дунёлар,
Тополмас қалбига даволар,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Мўминлиги даводан ташкил,
Ҳаёти кайф-сафодан ташкил,
Эҳсонлари риёдан ташкил,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Қодирийни сотгани етмай,
Беҳбудийни отгани етмай,
Бугун қўймас яхшини тутмай,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Ёқмас биров ҳақ сўз гапирса,
Тағин ҳақни излаб лоф урса,
Дин, - деган "дин" сўзин тупурса,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Четдан келган ҳар қандай одам,
Ҳайрон бўлар ташласа қадам,
Ҳамма учун тунда ёққан шам,
Ўзбекларга нима бўляпти?

Қаён борсам, халқим қилар тўй,
Мижозича айтилгандек – қўй,
Хайруллони ўйлатар бир ўй,
Ўзбекларга нима бўляпти?

© Хайрулла Ҳамидов
TURG‘UNLIK

Hatto kech kuzda ham tugadi ko‘sak,
Serhosil O‘zbekiston dalalari.
Dalaga chiqishar ko‘tarib etak,
Birinchi sinf bolalari...

Zo‘r kelsa go‘dak ham birlashur,
Kattalar bilan teng bellashur,
Bo‘yi g‘o‘zadan past, chillashir
Birinchi sinf bolalari.

Sovuq deysizmi?
Ha, qahraton!
Qo‘lchalar qo‘yinda qotgan non,
Ammo nima qilsin, paxta shon,
Birinchi sinf bolalari.

Bari jimjimalar - qog‘ozda,
"Zangori kema"lar - qog‘ozda,
Paxta terishadi ayozda,
Birinchi sinf bolalari.

Paxta terar yig‘lab baxti kulganlar,
Omadi kulganlar, ahdi kulganlar,
Pufak bobolarin Qahramon qilganlar
Birinchi sinf bolalari.

Faqat bir iltimos, muallimlari,
Burnin artib tursa bo‘lgani.
Ishtonin ko‘tarib qo‘yishsa bas, shu -
Paxtani plani to‘lgani!

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_yusuf_ijodi