Ma'ruf Pardayev
1 subscriber
1 photo
1 video
2 links
Bu kanalda o'qiganlarim va eshitganlarim haqida yozaman (ba'zilari xato bo'lishi ham mumkin)
Download Telegram
Channel created
Insonning statusi(mavqei) boshqa odamlarning unga bo'lgan munosabatidan kelib chiqadi.

(Aleks Hormozi)

Kimdur o'zini boshqalardan ustun deb bilsa va boshqalarni mensimasa demak atrofgadilari unga shunaqa o'ylashiga sababchi bo'lishgan.
🤔1
Muhit irodadan kuchli.

Muhit yomon bo'lsa, iroda charchaydi.
Muhit to'g'ri bo'lsa, irodasiz ham o'sadi. Yoki ketadi.

(Kimdur)
👍2🔥1🤔1
Insonni u aldanganiga ishontirishdan ko'ra uni aldash osonroq

(Qizil tabletka)
🥰1👏1
Baxt - bu shaxsiy tanlov
👍2👏1
Yoshligimdagi eng zo'r multifilmlardan bittasi.
❤‍🔥1👏1
Intizom - bu o’zingizga hiyonat qilmaslik san’ati.
👍4👏1
1
Bugun odob haqida gaplashamiz. Odob so'zi tilimizda ko'p ishlatiladi. Ta'rifini so'rasangiz hamma har xil javob beradi. Balki shuning uchun ham odob nima deganda xayolimga bitta narsa kelishi qiyin bo'lgan. Farzandlarimga ham tushuntira oladigan osongina ta'rif qidirganman.
Maktablarimizda odobnoma darsi ham bor edi. Hozirgi darsliklarimizning bir nechtasini ham ochib ko'rdim. Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat, kattalarga salom berish mavzulari turibdi. Odobning bir qismi deb tanishtirishyapti. Odobning o'ziga esa ta'rif uchratmadim. Odobning sodda ta'rifi nima? Chet ellik ham tushunadigan. Odoblilar ham qabul qiladigan. Shu haqida o'ylanib qoldim.
Odob so'zining vikipediyadagi ta'rifini o'qib chiqdim. Ikki marta. Aniq tasavvur hosil bo'lmadi. Axir haqiqat tiniq, ta'riflar esa aniq bo'ladi-ku. Yoki bir saytdan boshqa ta'rifga duch keldim:
Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Men hurmat qiladigan odamlar va o'qigan kitoblarda odob maqtalib, muhimlik darajasiga olib chiqilgan sifatlardan. Bu ta'rif muallifni qoniqtirmadi. Baribir tasavvur uyg'onmadi.
Shu mavzu haqida ancha o'yladim.
Javob kutilmagan joydan kelib qoldi. Odobga rus tilida mos keladigan so'zni topib oldim. Учтивость. Bir odamni hurmatini joyiga qo'yish. Ya'ni inobatga olish. Gyotening so'zlarini amalda his qildim. Birorta ham chet tilini tushunmagan, o'z tilini ham oxirigacha tushunmaydi. Bu yerda ham o'z tilimdagi so'zni tushunishga chet tilidagi so'z yordam berdi.
Inobatga olish? Nimani inobatga olish? Oldimizdagi odamni. O'sha odamning borligini hisobga olib harakat qilish. Begonaga salom berar ekanmiz, bu odob belgisi. Chunki uning borligini inobatga olyapmiz. Yuziga qarata:
-Sizni ko'rdim. Sizga salomatlik tilayman deyapmiz.
Shuning uchun ham salomning o'zi odob emas. Hisobga olganini bildirib qo'yish odob. Ya'ni zo'rga "solekum" deb ko'ziga qaramay berilgan salomdan ko'ra, gapirmasa ham, yuziga qarab, kulib qo'ygan ko'proq odob belgisi. Salomdan ham ko'ra, salom nimani ifoda qilayotgani muhimroq.
To'rtta odam turgan joyda uchtasi bilan so'rashib, bittasi bilan so'rashmaslik odobsizlik belgisi bo'ladi. Nega? Chunki so'rashmagan odamimizni inobatga olmadik. Devorning yonidan o'tib ketgandek o'tib ketdik. Men uchun devor bilan bir xilsan dedik.
Shu mantiq bilan ham yopiq kiyim kiyish odob belgisi. Hurmat qilgan odamimiz oldida uzunroq, yopiqroq kiyinamiz. Yonimizdagi odamga qarata:
Sizni inobatga oldim. Shu sabab tanamni yopadigan kiyim kiydim. Tanamga e'tibor qaratmoqchi emasman degandek bo'lamiz. Do'ppining odob belgisi ekanligi ham shundan.
Shuning uchun ham diplomatlar yengi kalta ko'ylak emas, yozning issig'ida ham kostyum shimda uchrashuvlarga borishadi.
Shuning uchun ham millatning aksari (misol uchun AQSHda) ochiq kiyinsa ham, birinchi xonimlar (prezident rafiqalari) yopiqroq kiyinishga urinishadi. Angliya qirolichalarining boshlaridan qalpoq tushmaydi.
Ota-onaga bo'lgan odobga ham shu ko'zoynak bilan qaray olamiz. Ota-onamizning oldida ular borligini inobatga olyapmizmi? O'tirishimiz o'zgaryaptimi? Ovozimiz pasayyaptimi? Telefonimiz cho'ntagimiz tubida zanjirband turibdimi?
Ovqatlanish odobi ham inobatga olishga asoslangan. Oldimizdan olamiz, narigi tomon bor. Chapillatmay yeymiz. Sherigimiz asabiga tegishi mumkin. Ovqatni yomonlamaymiz, oshpaz yoki yoqtirib yeyayotganlarga tegib ketishi mumkin.
Jahlning zararlaridan eng kattasi ham shu bo'lsa kerak. Jahl qilganda oqibatlarni o'ylamay harakat qilamiz. Odoblarni unutib qo'yamiz. Inobatga olish darajamiz pasayib ketadi.
Bir odamning oyoq kiyimini to‘g‘rilaganimizda, kelgan payti o'rnimizdan turganimizda, ko'zimiz tushganda kulib qo'yganimizda, u gapirganda telefonimizni o'chirib turganimizda oddiygina xabarni yetkazayotgan bo'lamiz:
-Men sizni inobatga olyapman. Siz borligingiz sabab, harakatlarimni o'zgartiryapman.
Inobatga olish bizga qimmatga tushmaydimi? Axir, bir inshomizda bu haqda gaplashgan edik. Xulosamiz mana bunday bo'lgan edi:
Boshqa odamlarni inobatga olish miyamizni band qiladi. Band bo‘lgan miya bilan esa katta ishlar qila olmay qolamiz.
...
"Ko'ringaning kabi bo'l. Asling kabi ko'rin. Yo'qsa, miyang odamlarni inobatga olish bilan band bo'lib qoladi."
Balki hammamiz o‘ylaganimizdan ko‘ra diqqatimiz kuchliroqdir? Ijodkorligimiz ham aslida balandroq bo‘lsa-chi? Kompyuterimizga tushib olgan virus protsessorimizni band qilgani kabi, inobatga olish o‘ylari miyamizning to‘liq ishlashiga qo‘ymayotgan bo‘lsa-chi?
Yonimizdagi odamlarni inobatga olmasdan ishlasak, ijodkorligimiz shamolga yo'liqib qolgan varrak kabi yuqorilarga chiqib ketadi. Muallif ijodining asosiy qismini shunday usulda qiladi.
Bir vaqtning o'zida odamlarning borligini inobatga olish odob bo'ladi. Yuqoridagi fikrlarni birlashtirsak, odob va ijod yonma-yon kela olmaydi degan xulosa chiqadimi? Iqtidorimiz issiqlikni ko'rgan kungaboqar kabi oxirigacha ochilishi uchun Tolstoy kabi sargardon, Adham Shuqayriy kabi kimsasiz orolda mehmon, Monten kabi o'rmon ichida kezgan bo'lishimiz kerakmi?
Unday emas.
Chunki yuqoridagi "inobatga olish"lar turlicha.
Diqqatimizni o'g'irlaydigan inobatga olish aslida o'zimizni o'ylab inobatga olish. Bizga qarab turgan qiz, rahbarimiz, hamkasbimizning biz haqimizdagi fikriga ta'sir qilishga urinish. Ya'ni o'sha-o'sha "odamlar nima deydi". Statusimiz haqida qayg'urish. Odamlarning fikriga qarab ish tutadiganlar aslida o'zlarining odamlar oldidagi statuslariga qarab ish tutishayotgan bo'lishadi.
"Spark olsam qo'shnim nima deb o'ylarkin" deb emas, "Qo'shnim oldida darajam tushib qolmasmikin" deb o'ylaydi.
Biz odob deb bilgan inobatga olish esa boshqa odamlarning o'zini inobatga olish. O'zimiz haqimizda umuman o'ylamaslik. Ularning xafa bo'lishlarini oldini olish. Ya'ni qalblarini inobatga olish.
"Spark olsam, qo'shnim mashinasi yo'qligidan o'ksinib qolmaydimi? "deb o'ylash.
Hazratimiz alayhissalom yo'lda ketayotganlarida bir kampir to'xtatdi. Jannat haqida savol berdi. Erinmay javob berdilar. Hazil ham qildilar. Kimnidir yaqin tutsakkina hazil qilamiz. Demak, javob berganda ham, hazillashganda ham, o'sha kampirning qalbini inobatga oldilar.
Boshqa vaziyatda bir ko'r kishi savol so'rab keldi. Muhim da'vat ketayotgan edi. Suhbatda davom etdilar. Ko'r kishini kamroq inobatga oldilar. Natijada tarixga muhrlangan tanbeh tushdi.
Demak, odamlarning biz haqimizdagi fikrini inobatga olib, o'sha maqsadda harakat qilish odob emas. Statusimiz haqida qayg'urish xolos. Riyoning bir ko'rinishi.
Odamlarning qalbini og'ritib qo'ymaslik maqsadida harakat qilish odob. Har bir odamga rahbarimiz/mijozimiz kabi muomala qilish odob.
Nima uchun rahbarimiz kabi?
Rahbarimizga gapirar ekanmiz, so'zlarimizni tanlaymiz. Xafa qilib qo'ymaslikka urinamiz. Muloyim bo'lamiz. Chunki xafa qilishimizning oqibatlari bo'ladi. Ishimizga ta'sir qiladi. Olovdan qochayotgan odamni ehtiyotkor deyilmaydi. Olovning zarari hammaga tushunarli. Olovga to'g'ri borayotgan odamni ahmoq deyiladi.
Ukamiz, farzandimiz, xodimlarimiz, yosh bolalar bilan gaplashganda ham muloyim (qalbni hisobga olib) munosabat qilamizmi? Gaplarimizni tanlaymizmi? Qalblarni hisobga olamizmi? Mana shu odobimizning belgisi.
Shuning uchun ham odamning odobi kuchsizlar bilan gaplashganida ko'rinadi. Dinimiz tarixida roshidun Xalifalar o'tgan. Ularning davrida millatlar farovonlik cho'qqisiga chiqqan. Shunga yaqin yaxshi imperatorlar ro'yxati Rim Imperiyasining tarixida ham bo'lgan. Mark Averliy o'sha imperatorlardan biri Antoniyni ta'riflar ekan, Uning biror marta ham jahli chiqqanini ko'rmaganman deydi. Bu oddiy maqtovdek ko'rinishi mumkin. Yaxshi imperatorlar ro'yxatidagi Adrian bir marta kichik xato uchun kotibini ko'ziga qalam tiqib olganini hisobga olishimiz ham kerak. Aytgancha, muallifning yaqin tanishida ham shunday bo'lgan. Kichik xatosi uchun o'qituvchisi uning ko'ziga ruchka otgan. O'shandan beri ko'z vazifasini to'liq bajara olmay keladi.
💯1
Xavfli yoki hurmatli odamning qalbini inobatga olish odob emas. O'zimizni o'ylab gaplashish xolos. Bizga foyda va zarar keltira olmaydiganlarga munosabatimiz odobimiz chegarasini ko'rsatib beradi.
Yuqoridagilarni hisobga olib ham biz bochkada yashagan faylasuf Diogenni odobning cho'qqisida deya olmaymiz. Odobli bo'lish uchun odobsiz bo'lishga imkoniyat bo'lish kerak. Odamlarni inobatga olmaslik, xafa qilishga imkoniyat katta bo'lishi kerak. Hazrati Navoiyni esa odobning quyoshdek yorqin namunasi deya olamiz. Millioner, vazir, taniqli shoir bo'la turib, ko'chalarda odamlarni eshitib yurish ularning qalbini inobatga olishning belgisi.
Qalblarni inobatga olar ekanmiz, o'sha qalb bilan do'st bo'lishimiz oson bo'ladi. Qalblarni qozonamiz. Rumiy yozganlaridek: "Ba'zi odamlar qabrlarga ko'miladi, ba'zilar esa qalblarga ko'miladi."
Qalblarni qozonish bizga nega kerak? Hamma narsa uchun.
Qalblarni qozonish odamlarga xizmatning yuqori ko'rinishi. Odamlar bergan ovqatimizni unutishi mumkin, ko'nglini yorishtirganimizni unutmaydi. Demak qalblarni qozonish oliy maqsadimizning bir qismi. Qalblarni qozonish do'stlarimizni ko'paytiradi. Chunki aql qalbni boshqara olmaydi. Sinash uchun kimnidir yaxshi ko'rishga o'zingizni ko'ndirib ko'raylik. Xojiboy Tojiboyevning latifasidagi kabi. Teskarisi esa oddiy hol. Aql qalbning aytganini qiladi. Nafaqat aql. Barcha a'zolar ham. Qalblarni qozonish odamlarni yaxshiroq tarafga o'zgartiradi. Demak jamiyatlarni yaxshiroq qiladi. Inobatga olinib, uning rohatini ko'rganimizdan keyin, boshqalarga ham shu rohatni ulashishni xohlab qolamiz. Fanda buni davom etib ketuvchi alturism deyishadi.
Odobning shunchalik ko'p foydalari bor ekan. Nega odobli bo'lish, qalblarni inobatga oladigan odam bo'lishimiz qiyin kechadi. Jumladan muallif uchun ham?
Umrimizning aksar qismi avtoboshqaruvda o'tadi. Weymo mashinasi kabi haydovchisiz yuramiz. Kun davomida ongli qarorlarimiz kam bo'ladi. Ya'ni o'zimizning qalbimizdan nima o'tayotganini ham ko'pincha bilmaymiz. Odob bu qalbimiz nazoratimizda ekanligining belgisi. Chiroyli axloqning mevasi.
O'z qalbining holatini kuzatmaydigan odam uchun boshqalarning qalbini inobatga olish yanada qiyinroq kechadi. Bu xuddi fotoshopda qiynalayotgan kompyuterimizga 3ds max o'rnatishga o'xshaydi. Tekis yo'lda yurmayotgan velosipedimizda tepalikka chiqishga o'xshaydi. O'zining qalb holatini kuzatmagan, boshqalarnikini qanday inobatga ola oladi?
Balki shuning uchun ham qalblarni og'ritib qo'ymaydiganlar kam uchraydi.
Kam uchragani uchun ham bu ko'nikmaning bahosi tilla kabi tinmay oshib keladi.
👏2