316-MAKTAB AXBOROT XIZMATI
142 subscribers
2.32K photos
662 videos
29 files
1.44K links
Шайхонтохур тумани 316-умумтаълим мактабида таълим сифатини ошириш мақсадида амалга оширилаётган ишларни тўғридан-тўғри кузатиб борасиз.
Download Telegram
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Qaldirg'och va qovoq (yapon xalq ertagi)

Mehribon yurak va mehnatkash qo'llar uyga baxt olib keladi. Xasislik, baxillik va hasad esa insonni barcha narsadan mahrum qiladi. Yapon xalq ertagining qahramonlari Otsukiti va Kosuke ham bunga amalda ishonch hosil qilishadi. "Qaldirg'och va qovoq" audioertagini tinglab, hammasi haqida bilib olasiz.

#premyera
@bolalikkunlarimda
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Bo'ritish va go'zal Nitaki (hindu xalq ertagi)

Ko'pgina ertaklarda mard yigitlar jodugar bilan tengsiz olishuvga otlanishadi. Uni yengish uchun nafaqat g'alabaga bo'lgan ishonch, kuchli iroda va jasorat, balki mehribon yurak hamda sodiq do'stlarning ko'magi ham kerak bo'ladi. Hindularning "Bo'ritish va go'zal Nitaki" ertagini tinglasangiz, do'stlari bilan go'zal qizni jodugarning changalidan qutqargan mehribon yigit haqida bilib olasiz.

#premyera
@bolalikkunlarimda
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Aldar Ko'saning dimog'dorni uyaltirgani haqida (6+) (qozoq xalq ertagi)
 
Topqirligi va o'tkir aqli bilan xalq orasida tanilgan Aldar Ko'sa bu safar o'ziga bino qo'ygan yigitning ta’zirini beradi. Podshohning ahmoq va maqtanchoq o'g'li chuv tushganini sezmay ham qoladi. Bu haqda batafsil "Aldar Ko'saning dimog'dorni uyaltirgani haqida" ertagini tinglab, bilib olasiz.

#premyera
@bolalikkunlarimda
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Sehrli surat (xitoy xalq ertagi)

Qadim zamonlarda Chju-tszi ismli mehribon va ochiqko'ngil yigit yashagan ekan. Bir kuni u yonidagi so'nggi puliga kambag'al choldan hayotini butkul o'zgartirib yuborgan ajoyib rasm sotib oladi. Bu qanday bo'lganini "Sehrli surat" xitoy xalq ertagini tinglab, bilib olasiz.

#premyera
@bolalikkunlarimda
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Dimog'dor Bekmirz (qirg'iz xalq ertagi)

Kuchini qayerga qo'yishni, kimga ko'rsatishni bilmay yurgan Bekmirza polvonligini ko'rsatishning antiqa yo'lini topadi. U vahshiy qashqirni ham yer tishlatadi. Ammo dimog’dorligi pand berib, keksa chol oldida uyatga qoladi. Bu haqda batafsil "Dimog'dor Bekmirza" qirg'iz xalq ertagini tinglab bilib olasiz.

#premyera
@bolalikkunlarimda
Forwarded from Bolalik kunlarimda
Yoshlik yelpig'ichi (yapon xalq ertagi)

O-Take va Masao bir-biriga ko'ngil qo'yishgan. Ammo boy savdogar ham O-Takega uylanish istagida. Masao qizga qanday ko'mak bera oladi? U bu ishni uddalay oladimi? Galdagi ertagimizni tinglab, hammasini bilib olasiz.

#premyera
@bolalikkunlarimda