316-MAKTAB AXBOROT XIZMATI
143 subscribers
2.32K photos
662 videos
29 files
1.44K links
Шайхонтохур тумани 316-умумтаълим мактабида таълим сифатини ошириш мақсадида амалга оширилаётган ишларни тўғридан-тўғри кузатиб борасиз.
Download Telegram
Forwarded from Davlat Test Markazi
Bakalavr sirtqi .pdf
5.2 MB
#Qabul2020

2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining SIRTQI taʼlim shakli boʻyicha davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari (toʻliq)

Barcha abituriyentlarga tarqating ❗️

Batafsil ma'lumot⤵️

https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Forwarded from Davlat Test Markazi
Bakalavr kechki.pdf
1 MB
#Qabul2020

2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining KECHKI taʼlim shakli boʻyicha davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari (toʻliq)

Barcha abituriyentlarga tarqating❗️

Batafsil ma'lumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Forwarded from Sherzod Shermatov
Kuni kecha Fanlar Akademiyasi Matematika instituti yangi binosida Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda matematikani rivojlashtirish bilan birgalikda taʼlimning barcha bosqichlarida uzviylik va uzluksizlikni taʼminlash, taʼlim sifatini oshirish uchun xalqaro tajribani o‘rganib dasturlarni qayta ko‘rib chiqish, darsliklarning yangi avlodini yaratish, o‘qituvchilar malakasini oshirish kabi qator muhim vazifalar belgilandi.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun, albatta, kuchli mutaxassislar komandasi faoliyatini tashkillashtira oladigan, taʼlim mazmuni va sifatini tushunadigan rahbar kadr juda kerak edi. Shuning uchun, deyarli 4 oydan beri vakant bo‘lgan vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga Usmon Sharifxodjayevni ham tayinladilar.

U. Sharifxodjayev yosh bo‘lishiga qaramay, fan doktori unvoniga ega, juda o‘qimishli va doim yangilikka intiluvchan, o‘zbek, rus, ingliz, italyan tillarini biladi. Prezident Administratsiyasida shoʻba mudiri sifatida taʼlim sohasidagi xalqaro tajriba bilan birgalikda mamlakatimiz taʼlim tizimidagi muammolarni chuqur tahlil qilgan.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari o‘rinbosari sifatida xalq taʼlimi sohasidagi ilk bora O‘zbekiston tarixida o‘tkaziladigan xalqaro PISA-2021 baholash tadqiqotlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tizimli tahlil va kompleks yondashuv jarayonlarini muvofiqlashtirgan hamda o‘quvchilar uchun uslubiy ko‘rsatmalar, videodarslarni tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan.

Ushbu vazifalarni joylarda to‘laqonli amalga tadbiq etish uchun sohamizdagi taʼlim sifatini oshirish masalalariga masʼul mutaxassislar va rahbar kadrlarning Usmon Sharifxodjayev bilan bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishlari zarur!

Usmon Ulfatovichning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Batafsil: https://bit.ly/3fooGgy
Forwarded from Xalq ta'limi
#Расман

Абитуриентлардан ҳужжатлар 20 июндан 20 июлгача қабул қилинади

Абитуриентларни рўйхатдан ўтказиш жорий йилнинг 20 июнидан 20 июлига қадар (20 июль куни ҳам) бўлган муддатда қуйидаги тартибда амалга оширилади:

1️⃣Республика махсус комиссияси томонидан белгиланган ҳудудларда –Давлат хизматлари марказлари орқали.

2️⃣барча ҳудудларда:

Ягона интерактив давлат хизматлари портали
Давлат тест марказининг расмий веб-сайти (www.dtm.uz) орқали.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

каналга уланиш учун👇
https://t.me/xalq_talimi
Forwarded from Xalq ta'limi
#Расман

Абитуриентлар 5 тагача таълим йўналишини танлаши мумкин

Абитуриентларга тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси ҳамда фанлар кетма-кетлиги бир хил бўлган бештагача бакалавриат таълим йўналиши бўйича танловда иштирок этиш ҳуқуқи берилди.

Шунингдек, кириш тест синовлари абитуриент танлаган бакалавриат таълим йўналишига мос иккита фандан ўтказилади

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

каналга уланиш учун👇
https://t.me/xalq_talimi
Forwarded from 5tashabbus_maktabda
Ҳурматли каналимиз аьзолари фарзандларингизни бўш вақтларини мазмунли ўтишини ҳохласангиз янги ташкил этилган онлайн тўгарак каналига аьзо бўлинглар у ерда фарзандингиз ўзи истаган тўгаракларни онлайн холатда кўриб ўрганади. Ушбу канал 2020 йил 15 июндан ТВ орқали қуйиб бориладиган машғулотларни жойлаб боради. Онлайн тўгарак машғулотлари қуйида кўрсатилган.
Forwarded from Ziyolilar_minbari
2020 йил 15 июнь куни ўқувчилар учун "Online to'garak" йўналишида эфирга узатиладиган телевизион машғулотлар жадвали

👉 "Online to'garak"
(Ўзбек тилида)

12:00 ― Шахмат
12:15 ― Тасвирий санъат
12:30 ― Робототехника
12:45 ― Ёш пазанда ва қандолатчи

👉"Online to'garak"
(Рус тилида)

13:00 ― Шахмат
13:15 ― ИЗО
13:30 ― Робототехника
13:45 ― Юный повар и кондитер


2020 йил 16 июнь куни ўқувчилар учун "Online to'garak" йўналишида эфирга узатиладиган телевизион машғулотлар жадвали


👉 "Online to'garak"
(Ўзбек тилида)

12:00 ― Ёш дастурчи “Python”
12:15 ― Миллий ва жаҳон рақслари
12:30 ― Моҳир қўллар (квиллинг)
12:45 ― Моҳир қўллар (қоғоздан буюм ясаш)

👉 "Online to'garak"
(Рус тилида)

13:00 ― Юный программист
13:15 ― Национальные и мировые танцы
13:30 ― Умелые руки
13:45 ― Умелые руки
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​​​☑️DOLZARB: Beshta OTM tanlash tartibi qanday boʻladi?

Oʻtgan yildan boshlab, qabul jarayonlariga kiritilgan eng katta oʻzgarishlardan biri, bu - abituriyentlarga bir nechta OTMlarga hujjat topshirish imkonining yaratilgani boʻldi. Oʻtgan yili ushbu jarayonlarni amaliyotdan oʻtkazib olishdi va ancha-muncha maʼlumotga ega boʻlishdi.

Sizlarga Xushnudbek Xudoyberdiyevning
avvalgi maʼlumotlari asosida beshta yoʻnalishni tanlash tartibi haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtamiz:

Abituriyentlar hujjat topshirayotgan paytda, 5ta yoʻnalishni ustuvor ketma-ketlikda belgilaydi.

Yaʼni birinchi, ikkinchi va uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi yoʻnalish sifatida qaysi OTMlarni tanlaganini oldindan belgilashadi.

Bunday vaziyatda abituriyent ustuvor yoʻnalishga kira olmagan taqdirdagina keyingi yoʻnalishda omadini sinab koʻrishi mumkin. Agar xoh kontrakt, xoh grant boʻlsin, ustuvor yoʻnalishga toʻplagan bali yetsa, unda keyingi yoʻnalishlar uchun ballari hisobga olinmaydi va tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Ortiqcha savollar boʻlmasligi uchun, misol tariqasida tushuntiramiz.

Aytaylik, fargʻonalik abituriyent tarix yoʻnalishi boʻyicha quyidagi ketma-ketlikda OTMlarni tanladi deylik:

1-yoʻnalish: OʻzMU
2-yoʻnalish: Sharqshunoslik universiteti
3-yoʻnalish: FarDU
4-yoʻnalish: ADU
5-yoʻnalish: NamDU

Abituriyent test sinovlaridan umumiy 150 ball toʻpladi, deylik. Bu ball OʻzMUga kontrakt, TDSHU FarDU, ADU yoki NamDUga esa byudjetga yetarli boʻlsa, unda abituriyent qaysi birini tanlashi mumkin? Sharqshunoslikning byudjetini tanlasa boʻladimi?

Yoʻq, boʻlmaydi! Bunday vaziyatda abituriyentda tanlov imkoniyati yoʻq, u ustuvor yoʻnalish sifatida 1-oʻrinda OʻzMUni belgilagani uchun, shu yerning kontraktiga kirgan hisoblanadi, qolgan 4ta yoʻnalish inobatga olinmaydi. Qachonki u OʻzMUga yetarli ball toʻplay olmasagina, keyin Sharqshunoslikka oʻtiladi. Agar abituriyent bali OʻzMU va Sharqshunoslikka ham yetarli boʻlmagan taqdirdagina, keyin FarDU, ADU yoki NamDU inobatga olinadi.

Yaʼni ustuvor OTMga kira olmasagina, ball keyingisiga oʻtadi. Agar ustuvor OTMga yetarli ball toʻpladimi, tamom, u xoh byudjet, xoh kontraktga kirgan boʻlsin, keyingi OTMlarga inobatga olinmaydi, shu yerda toʻxtaydi.

Xullasi kalom, abituriyentga tanlov imkoniyati hujjat topshirish vaqtida beriladi. Oʻsha paytda u OTMlar roʻyxati va ularning ketma-ketligini toʻgʻri tanlashi kerak, test oʻtgandan keyin unda tanlov yoki oʻzgartirish imkoni boʻlmaydi.

Joriy yilda qabul jarayonlari onlayn boʻlishini inobatga olsak, abituriyentlar yoʻnalish tanlayotganda masʼuliyat bilan yondoshishlari kerak boʻladi
.

1.Qabul kvotalari tasdiqlandi

2.
Hujjatlar 15 iyundan emas, 20 iyundan qabul qilinadi

Barchaga yuboramiz➪︎
https://t.me/joinchat/AAAAAEqdgz9bZOF2EA4iLg
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​ISLOMIY TA’LIM MUASSASALARIGA HUJJAT TOPSHIRISH TARTIBI BELGILANDI

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlar hujjatlari masofaviy tarzda qabul.muslim.uz sayti orqali qabul qilinadi.

O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga:

2020 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha (shu kuni ham)

Talab qilinadigan hujjatlar:
- pasport (elektron shaklda);
- attestat yoki diplom (akademik litsey, o‘rta maxsus kasb-hunar kollejini tamomlaganlik to‘g‘risida) elektron shaklda;
- til bilishi to‘g‘risidagi sertifikat (attestat yoki diplomida yozilgan chet tilidan boshqa xorijiy tilda topshirmoqchi bo‘lganlar uchun) elektron shaklda.

Oliy diniy ta’lim muassasalariga:

Toshkent islom instituti va Mir Arab Oliy madrasasiga
: 2020 yilning 15 iyunidan 15 iyuligacha (shu kuni ham);

Hadis ilmi maktabiga: 2020 yilning 15 iyunidan 5 iyuligacha (shu kuni ham).

Talab qilinadigan hujjatlar:
- pasport (elektron shaklda);
- o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjat (diplom) elektron shaklda.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Forwarded from Davlat Test Markazi
#Asia_Consult_Companiyasi

🎓 Россия Унверситетларига кириш имтихонлари енди Ўзбекистонда.

📃 Ендиликда сиз Asia Consult Companiyaси оркали хужжат топшириш ва имтихонлардан ўтиш имкониятига эгасиз.

🏛 ТОМСК ГОСУДАРСТВЕННОЙ УНИВЕРСИТЕТ.

🤔 Қандай килиб дейсизми?

😊 Бу жуда хам осон:
1) Ариза қолдиринг.
2) Хужжат топширинг.
3) Имтихонлардан ўтинг.

💰 Гранд ютиб олиш имконияти.

🏢 Ётоқхона.

💸 Стипендия.

📖 Диплом тоғридан тоғри тан олинади.

💯 Биз сизга йордам берамиз.

🏃🏃‍♀ Шошилинг Россиянинг талабалар шахарчаси бўлмиш Томс шахридаги енг кучли унверситетларининг бирига ўқишга киринг.
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​BARCHASI BITTA XABARDA

2020/2021 oʻquv yilida
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari (toʻliq).

👉 Kunduzgi taʼlim shakli
👉 Sirtqi taʼlim shakli
👉 Kechki taʼlim shakli
👉 Magistratura taʼlim shakli

Barchaga maksimal tarqating!

Batafsil ma'lumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Forwarded from Sherzod Shermatov
Abituriyentlarga yordam: uyda qolib, bepul “onlayn-repetitor” orqali testlarga tayyorlaning! [на русском внизу⬇️]

Umrida birinchi bor oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun imtihonga tayyorlanayotgan bitiruvchilarimizda, albatta, xayajon bosib testni qanday to‘ldirish, o‘zini qanday tutish kabi masalalarda ham xato qilib qo‘yish xavfi yuqori.

Shu bilan birgalikda, hammaning ham hozirgi yozgi taʼtil vaqtida repetitorga borish imkoni yo‘q.

Shuning uchun “Online-maktab” kanalida (5-8-sinflarnikini o‘rniga) bugundan boshlab “Online-repetitor” rukni ostida testga tayyorlash kurslari boshlandi. Endi mamlakatimizning istalgan joyidan bemalol uyda o‘tirib Davlat test markazining testlariga tayyorgarlik ko‘rsa bo‘ladi.

Ushbu imkoniyatni yaratilishida o‘z hissasini qo‘shgan barcha o‘qituvchilar va mutasaddilarga, jumladan Vazirlar Mahkamasidagi yangi Kompleksimiz, Milliy teleradiokompaniya, AKT vazirligi hamda Davlat test markazi rahbarlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

15 va 16 iyun kuniga mo‘ljallangan jadvallar bizning rasmiy telegram kanalimizda eʼlon qilindi, keyingi kunlarning dars jadvalini kanalimizda kuzatib boring: t.me/uzedu

----------------

В помощь абитуриентам: используйте возможность самоподготовки вместе с бесплатным «онлайн-репетитором» оставаясь дома!

У выпускников школы, впервые в своей жизни сдающим тесты в высшие учебные заведения, очень высока вероятность допущения ошибок при заполнении тестовых форм.

Наряду с этим, не у всех есть возможность найма индивидуального репетитора во время летних каникул.

В связи с этим, с сегодняшнего дня на канале “Online-maktab” запускаем рубрику “Онлайн-репетитор” (вместо канала для 5-8-классов). Теперь, находясь дома, вне зависимости от территориального месторасположения, Вы сможете начать подготовку к вступительным тестам Государственного центра тестирования используя возможности данного канала.

Выражаем благодарность всем учителям и ответственным работникам, которые внесли свой вклад в реализацию данной возможности, в частности руководителям нашего нового Комплекса Кабинета Министров, Национальной телерадиокомпании, Мининфокома и Государственного центра тестирования.

На нашем официальном канале, на который Вы сможете подписаться по ссылке t.me/uzedu , уже опубликовано расписание на 15-16 июня. Batafsil: https://cutt.ly/Kuh8z7y
Абитуриентларнинг олий ўқув юртига киришга тайёргарлик кўришлари учун «Онлайн-репетитор» телевизион дарслар намойиши бошланди

http://www.uzedu.uz/uz/onlayn-repetitor-televizion-darslar


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Davlat Test Markazi
‼️Barcha Abituriyentlar Diqqatiga! Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

WEC
Kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan Qozog'iston oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshiring va hech qanday imtihonlarsiz talaba bo'ling!

📮Qabul shartlari juda oddiy, bizga kerakli hujjatlarni online yoki ofisimizga kelib topshirsangiz kifoya!

🗂Hujjatlar
:
▪️ Diplom(attestat)
▪️ 086 tibbiy ma'lumotnoma
▪️ Rasm 3x4 16 ta

📣 Ro'yxatdan O'tish : @wec_admin_1

📲 Joy band qilish uchun biz bilan hoziroq bog'laning:
🌎 WORLD EDUCATION LLC
📱+998 93 511 5558
📱+998 99 744 7778
📱+998 91 686 53 22 (Fargona)

📌Xizmatlar 100% kafolatlangan

TELEGRAM | INSTAGRAM|YOUTUBE| TALABALAR|LSC MALTA|FACEBOOK|
◾️◾️◾️◾️◾️◾️◾️◾️◾️◾️◾️◾️
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​​​YAGONA IMTIHON: ​Keyingi yildan test sinovlari bekor boʻladimi?

Oʻzbekistonda maktab bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi va OTMga kirish imtihonlarini unifikasiya qilish va yagona imtihonni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining “2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorida aytilgan.

Hujjatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Xalq taʼlimi vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 sentyabrga qadar umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi hamda oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikasiya qilish va yagona imtihonni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishi va Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Administrasiyasiga kiritishi belgilandi.

Shuningdek, belgilab qoʻyilishicha, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari toʻliq avtomatlashtirilgan tarzda “quota.mineconomy.uz” axborot tizimi orqali shakllantiriladi.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​Test sinovlarini 1 avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda.

“Dastlab 5 avgustdan boshlamoqchi edik, lekin keyinchalik bor imkoniyatlarimizni ishga solib, testlarni 1 avgustdan boshlashga qaror qildik”, - dedi Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev.


Batafsil ma'lumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Forwarded from Davlat Test Markazi
​​Joriy yilda quyidagi toifadagi abituriyentlar uchun alohida davlat granti asosida kvota ajratiladi:

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun - 2068 o‘rin;

Harbiy qo‘mondonlik tavsiyanomasi bo‘lgan shaxslar - 928 o‘rin;

Harbiylarning farzandlari uchun - 2068 o‘rin;

Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun - 551 o‘rin;

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun - 1035 o‘rin;

Ijtimoiy kam ta’minlangan toifadagi xotin-qizlar uchun - 940 o‘rin;

So‘x tumanida yashovchi bitiruvchilar - 500 o‘rin.

Imtiyozli shartlarda davlat granti asosida jami 8694ta o‘rin ajratilmoqda (o‘tgan yili qariyb 5 mingta edi).

Batafsil ma'lumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
Forwarded from Davlat Test Markazi
Oliy harbiy taʼlim muassalariga qabul jarayonlarida ham katta oʻzgarishlar boʻladi.

Endi harbiy OTMlarga ham test sinovlari avgust oyida oʻtkaziladi.

Va harbiy OTMga hujjat topshirgan abituriyentlarga 5tagacha yoʻnalishni tanlash huquqi beriladi.

Batafsil ma'lumot⤵️
https://t.me/joinchat/AAAAAFCpZ4Z2FJofYe-Pjw
2020 йил 16 июнь куни ўқувчилар учун "Online repetitor", "Online to'garak", "Online kasbiy rivojlantirish" йўналишларида эфирга узатиладиган телевизион машғулотлар жадвали

👉 "Online repetitor"
(Ўзбек тилида)

9:00 ― Она тили
9:15 ― Тарих
9:30 ― Инглиз тили
9:45 ― Немис тили
10:00 ― Француз тили

👉 "Online repetitor"
(Рус тилида)

10:15 ― Русский язык
10:30 ― История
10:45 ― Английский язык
11:00 ― Немецкий язык
11:15 ― Французский язык

👉 "Online to'garak"
(Ўзбек тилида)

12:00 ― Ёш дастурчи “Python”
12:15 ― Миллий ва жаҳон рақслари
12:30 ― Моҳир қўллар (квиллинг)
12:45 ― Моҳир қўллар (қоғоздан буюм ясаш)

👉 "Online to'garak"
(Рус тилида)

13:00 ― Юный программист
13:15 ― Национальные и мировые танцы
13:30 ― Умелые руки
13:45 ― Умелые руки

👉"Online kasbiy rivojlantirish"
(Ўзбек тилида)

14:00 ― Математика
14:15 ― Физика
14:30 ― Инглиз тили
14:45 ― Таълим технологияси

👉 "Online kasbiy rivojlantirish"
(Рус тилида)

15:00 ― Математика
15:15 ― Физика
15:30 ― Английский язык
15:45 ― Технологии образования

Изоҳ: мазкур машғулотлар "ONLINE-MAKTAB" рукни остида 9:00 дан бошлаб (16:00 дан бошлаб такрорий) эфирга узатилади.