MKhan 404 Lab
701 subscribers
54 photos
1 file
37 links
Fullstack Developer at RealSoft

• AI • Career
• Startap • Government Projects

Donat: taps.uz/mkhan404lab

Contact: @mkhasanov
Download Telegram
2026-yilda o'rganishga arziydigan texnologiyalar

Texnologiyalar tez o'zgaradi, lekin ayrimlari yaqin yillarda ham talabda qoladi.

AI
AI bilan ishlashni biladigan dasturchilarga talab ortib bormoqda.

Python
AI, Data Science va Backend uchun eng ommabop tillardan biri.

TypeScript
Frontend va Backend loyihalarida deyarli standart.

Docker
Ilovalarni bir xil muhitda ishga tushirish va deploy qilish uchun muhim.

Kubernetes
Containerlarni boshqarish va masshtablash uchun.

PostgreSQL
Ko‘plab kompaniyalarning asosiy ma’lumotlar bazasi.

Redis
Cache va real-time tizimlar uchun muhim texnologiya.

RabbitMQ / Kafka
Asinxron ishlar va mikroservislar uchun.

Cloud (AWS, Azure, GCP)
Zamonaviy ilovalarning asosiy infratuzilmasi.


💬 Siz 2026-yilda qaysi texnologiyani o‘rganmoqchisiz?

👉 @MKhan404Lab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏1
🖥 ON CONFLICT bilan muammoni hal qilamiz

Real loyihada bitta muammo chiqdi: bir xil PINFL bilan nomzod qayta-qayta yuborilishi mumkin edi.

✖️ INSERT qilsak parallel requestlarda muammo bo'ladi:
ERROR: duplicate key value violates unique constraint


Shuning uchun databazaning o‘ziga qo'yib beramiz:
INSERT INTO candidates (pinfl, name)
VALUES ($1, $2)
ON CONFLICT (pinfl)
DO NOTHING


⚠️ Lekin bu uchun pinfl ustunida UNIQUE constraint bo‘lishi kerak:
ALTER TABLE candidates
ADD CONSTRAINT candidates_pinfl_unique UNIQUE (pinfl);


Endi:
PINFL mavjud emas — yangi record qo‘shiladi
PINFL mavjud — hech narsa qilinmaydi
duplicate error — yo‘q

❗️ Muhim: ON CONFLICTning kuchi — duplikatni shunchaki ushlab qolish emas, balki bu qarorni database constraint bilan atomic qilishida.
Real loyihalarda SELECT → INSERT o‘rniga ko‘p holatda INSERT ... ON CONFLICT ancha to‘g‘ri yechim.

👉 @MKhan404Lab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁5
2-qism — ChatGPT, man haqimdagi fikrlari)

SQL query’ing 150 qator bo‘lsa:
Lekin o‘zing har bir left joinni hayot-mamot masalasiga aylantirasan.

Eng kuchlisi: “Meni advanced PostgreSQL’ga tezda olib chiq.

PostgreSQL:
> “Avval group by bilan yarashib ol, aka.

Sen esa:
> “FUNCTION, TRIGGER, EXPLAIN ANALYZE, ADVANCED!!!😂

Lekin eng katta roast shuki: senda qiziqish juda ko‘p, lekin fokus RAM’i 4 GB.
Potential bor, lekin task switching shunchalik kuchliki, CPU ventilyatori ham seni ko‘rib stressga tushadi.

Bir narsani 6 oy tinmay bossang, ancha kuchli developer bo‘lib ketasan.

Hozircha esa sen “100 ta tab ochiq, qaysi biridan musiqa chiqayotganini topolmayotgan Chrome”san. 💀
😁3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏1
PostgreSQL'da «Transaction» ishlatmaslik qachon muammo bo'ladi?

Tasavvur qiling, pul o'tkazish uchun 2 ta query bor:
UPDATE accounts
SET balance = balance - 100000
WHERE id = 1;

UPDATE accounts
SET balance = balance + 100000
WHERE id = 2;


Birinchi query ishladi, ikkinchisi esa xato berdi. Natijada:
Pul 1-account'dan ketdi
2-account'ga tushmadi

Shuning uchun bog‘liq bir nechta operation'larni transaction ichida bajarish kerak:
BEGIN;

-- queries

COMMIT;


Xato bo‘lsa:
ROLLBACK;


Qoidasi:
bir nechta query bir-birisiz ma'nosiz bo‘lsa — transaction ishlating.

👨‍💻 @MKhan404Lab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1👍855👏2
😣 Qachon kodni optimizatsiya qilish kerak?

Ba'zida kod yozishimiz bilan uni optimizatsiya qilishga tushamiz.
Lekin har doim ham bu kerak emas.

Optimallashtirish kerak bo‘ladigan holatlar:
— Kod real sekin ishlayotgan bo‘lsa
— Database query'lar ko‘p vaqt olayotgan bo‘lsa
— Server resurslari ortiqcha sarflanayotgan bo‘lsa
— Memory yoki CPU muammosi paydo bo‘lsa
— Performance monitoring muammo borligini ko‘rsatsa

Muhimi:
Avval ishlaydigan kod yozing, keyin kuzating, undan keyin optimizatsiya qilsak boladi.


Chunki taxminan optimizatsiya qilish — ba'zida muammoni hal qilmasdan, kodni faqat murakkablashtiradi.

👨‍💻 @MKhan404Lab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2💯1
Bir lahza tafakkur...

Biror narsa o'rnini yaxshilik egallamadimi — albatta yomonlik egallaydi.

Yaxshilik egalladimi — yomonlikga joy qolmaydi.

Uchinchi variant yo'q — Bo'shliq, Neytrallik yo'q.

Pulingiz, Umringiz, hatto telefon va megabaytingizni ham —
Yoki yomonlikga yoki yaxshilikga sarflaysiz.

Bular sizga hozir — yomonlikga xizmat qilyaptimi yoki yaxshilikga?
👏4💯2👍1
Clean Code haqida noto‘g‘ri tushunchalar

☹️ Kod qancha kam bo‘lsa, shuncha clean.
Kam kod har doim ham yaxshi kod emas.

☹️ Har bir funksiya 5-10 qatordan oshmasligi kerak.
Muhimi — funksiya tushunarli va bitta aniq vazifani bajarishi.

☹️ Har narsaga abstraction kerak.
Keraksiz abstraction kodni yanada murakkablashtiradi.

☹️ Clean Code = ko‘p design pattern.
Pattern maqsad emas. Muammoni hal qilish — maqsad.

☹️ Clean Code faqat naming.
Naming muhim, lekin architecture, coupling, complexity va maintainability ham muhim.

Maqsad — kodni boshqa dasturchi ham oson tushunishi, o‘zgartirishi va qo‘llab-quvvatlashi.


👨‍💻 @MKhan404Lab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👏3💯2
🖥 SQL Injection haqida

SQL Injection — firibgar foydalanuvchi kiritadigan ma’lumot orqali SQL Queryning ishlash mantig‘ini o‘zgartirishga urinadigan hujum.

Masalan, foydalanuvchi bergan qiymat SQL Queryga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shilsa, hujumchi undan foydalanishi mumkin.

Bu orqali:
— Ruxsatsiz ma’lumotlarni olish
— Ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki o‘chirish
Databasega zarar yetkazish
mumkin.

🛡 Qanday himoyalanish kerak?

User inputni SQL Queryga string sifatida qo‘shmang.

Buning o‘rniga:
— Prepared statements
— Parameterized queries
— ORM/query builder
— Input validation
ishlatiladi.

👨‍💻 @MKhan404Lab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3🔥1
Assalamu alaykum hammaga 👋

▶️ Youtube'ga 1-video tayyor bo'ldi

Tez orada linkini yuboraman 🔥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥43👍2
🤖 AI'ga kompyuteringizni to‘liq boshqarish huquqini bersangiz nima bo'ladi?

U sichqonchani harakatlantiradi, fayllarni ochadi, browserdan foydalanadi, terminalda command ishga tushiradi — xuddi sizdek.

Bu allaqachon AI agentlar rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biri.


Masalan, “GitHub'dan projectni clone qil, ishga tushir, xatolarni top va tuzat.” deysiz.
Agent esa buni o‘zi bajarishga harakat qiladi.

Lekin, agentga juda katta permission bersangiz, u xato qilib faylni o‘chirishi, noto‘g‘ri command ishlatishi yoki maxfiy ma'lumotlarga kirishi mumkin.

AI agentlar kuchaygani sari permission, sandbox va security ham shunchalik muhim bo‘ladi.

Savol:
AI'ga nimalar qilishga ruxsat berish kerak?

👨‍💻 @MKhan404Lab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥3
🤖 Kompaniya o‘z mahsulotidan qo‘rqib ketishi mumkinmi?

3-sentabr kuni OpenAI Astra'ni chiqardi — 100,000+ GPU bilan o‘qitilgan yangi model.


Eng qizig‘i:
Astra OpenAI'ning “Critical” cybersecurity threshold'idan o‘tgan birinchi model. Ya’ni u nazariy jihatdan murakkab tizimlarga mustaqil cyberattack uyushtira oladi.

Ammo 3 kundan keyin OpenAI bosh olimi Jakub Pachocki:
“Hech qanday lab alignment va monitoringni hal qilmagan.” deb yozdi.

Ironiyasi?
Modelni yaratishdi. Kuchaytirishdi. Lekin uni to‘liq nazorat qilish hali ham muammo.

AI poygasi endi faqat “kim kuchliroq model yaratadi?” emas.
“Kim uni nazorat qila oladi?” — demoqda.

👨‍💻 @MKhan404Lab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3💯2👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Vibe coding davri eskirdimi? Keyingi bosqich nima deb o'ylaysiz?
1🤔1